(Ikki qit'a sharhi)
Qit'a arabcha so'z bo'lib, ma'nosi "parcha", "qism", "bo'lak" dåmakdir. Qit'a - ikki va undan ortiq baytli shå'r arab, fors, turk mumtoz shå'riyatida kång tarqalgan mustaqil adabiy turlardan biridir. "G'iyos ul-lug'ot"da sharh etilishicha, qit'a "har narsaning bir bo'lagi; va shoirlar istilohida ikki baytlik yoki undan ziyoda bo`lgan shå'r, matla'i bor va yo'qdir, go'yoki u g'azal yoki qasidadan olingan parchadåk, ammo uni "qat'a" dåb, ya'ni kåsib, ayirib olingan dåb o'qish xatodir..." Dåmak, qit'a g'azal yoki boshqa shå'r turining parchasi emas.
>>>>
KO'NGLI TILAGAN MURODIG'A YÅTSA KISHI...

(Ikki ruboiy sharhi)
Bobur mirzo ijodiy kamolotining oliy samarasi uning ruboiylaridir. Ruboiy qisqa va shiddatli kåchgan shoir va sarkarda hayotining tabiatiga mos - biror dam xotirjam ijod bilan shug'ullanishga imkon topilmagan Bobur mirzo to`rt satrda yuragida oylar, yillar to'planib qolgan dardu-hasratini ayon etgan edi. Abdurauf Fitrat shoirning bu fazilatini aniq qayd qilib, yozadi: "Bizning shoirlarimizdan o'zini Xayyomga o'xshatishga tirishganlari ko'p. Navoiyning, Lutfiyning,Umarxonning, Fazliyning va boshqalarning xayyomona ruboiylari yo'q emas, bor. Låkin bularning håch biri ruboiyda Xayyomga yaqinlasha olmadi: Xayyomga yaqinlashishga muvaffaq bo'lgan birdan-bir shoir Bobur mirzodir. Boburning ruboiylarida bo'lgan ochiqlik, soddalik Xayyomga o'xshaydir".
>>>>