TARJIMAI HOL
Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlog'ida tavallud topgan. Toshkånt universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Uzoq yillar nashriyot sohasida, Ma'naviyat va ma'rifat markazida faoliyat yuritgan. 1996 yildan O'zbåkiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlab kelmoqda.
Dastlabki shå'rlar to'plami - 'Qadrdon quyosh' (1979), 'Shahardagi olma daraxti' (1979). Keyinchalik 'Tungi bog'lar' (1981), 'Uchib boraman qushlar bilan' (1983), 'To'marisning ko'zlari' (1984), 'Bolalikning ovozi' (1986), 'Qaqnus' (1987) va 'Bahordan bir kun oldin' (1997) kabi she'riy to'plamlari nashr etilgan.
Xurshid Davron 90-yillarda shå'riyatdan ko'ra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U o'tmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi mo'tabar qo'lyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Bibixonim qissasi yoki tugamagan doston' (1990), 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoki Shayx Kubro tushlari' (1998) kabi tarixiy-ma'rifiy qissa va 'Alg'ul' (1995), 'Sog'inch' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda O'zbåkistonda tarixiy o'tmishga bo'lgan munosabatning yana ham qizg'in tus olishiga munosib hissa qo'shdi.
Adib ayni paytda Samarqandda bo'lib o'tgan Amir Tåmurning 660, Ulug'båkning 600 yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odåon' tåatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tåatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Tåmurnoma', 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssånariylari muallifi.
Sharq va G'arb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq bir oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining shå'rlaridan tarkib topgan 'Dångiz yaproqlari' (1988) to'plamlarini o'zbåk tiliga tarjima qilgan.