Xurshid Davron. Za’far qirda saman otning…

Image
Kattalashtirish uchun suratni bosing

ZA’FAR QIRDA

Za’far qirda saman otning
Kokilini oy o’par.
Oy nurlari sukunatni
Cho’miltirar,yayratar —
Za’far qirda saman otni
Kechaga hadya etar.

Qorongida yaltiraydi
Saman otning ko’zlari.
Tun qo’rqadi, qaltiraydi,
Tun ko’zida shubha bor:
Olib qochib ketmasmi deb
Sukunatni bu tulpor…

1980

She’r Xurshid Davronning «Tungi bog’lar» kitobidan olindi.

(Tashriflar: umumiy 35, bugungi 1)

Izoh qoldiring