Ibrohim Haqqul va Xurshid Davron Alisher Navoiyga bag’ishlangan «Oqshom gurunglari» teleloyihasida.

099  феврал —  буюк шоир ва мутафаккир Мир Алишер Навоий таваллудининг 575 йиллиги

Иброҳим Ҳаққул ва Хуршид Даврон Алишер Навоийга бағишланган «Оқшом гурунглари» телелойиҳасида. 2 қисмдан иборат адабий суҳбат. «Маданият ва маърифат» телеканали. 2014 йил, феврал /Ibrohim Haqqul va Xurshid Davron Alisher Navoiyga bag’ishlangan «Oqshom gurunglari» teleloyihasida. 2 qismdan iborat adabiy suhbat. «Madaniyat va ma’rifat» telekanali. 2014 yil, fevral

021

06

021

SUHBATDOSHLAR  HAQIDA MA’LUMOT

033Ibrohim Haqqul Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida tug’ilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyat tadqiqiga bag’ishlangan «Badiiy so’z shukuhi», «Zanjirband sher qoshida», «She’riyat – ruhiy munosabat», «Abadiyat farzandlari», «Tasavvuf va she’riyat», «Taqdir va tafakkur», «Navoiyga qaytish», «Meros va mohiyat» va yana bir qator mumtoz she’riyat, tasavvufshunoslik va zamonaviy  adabiyot haqidagi  kitoblari chop etilgan. Olimning ayrim maqola va kitoblari turk, uyg’ur, ozarbayjon, tojik va rus tillariga tarjima qilingan. Ko’p yillardan buyon Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritadi.Filologiya fanlari doktori.

044 Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlog’ida tavallud topgan. Toshkеnt universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969).  Dastlabki shе’rlar to’plami – ‘Qadrdon quyosh’ (1979), ‘Shahardagi olma daraxti’ (1979). Keyinchalik ‘Tungi bog’lar’ (1981), ‘Uchib boraman qushlar bilan’ (1983), ‘To’marisning ko’zlari’ (1984), ‘Bolalikning ovozi’ (1986), ‘Qaqnus’ (1987) va ‘Bahordan bir kun oldin’ (1997) kabi she’riy to’plamlari nashr etilgan.
Xurshid Davron 90-yillarda shе’riyatdan ko’ra nasriy janrlarda samarali ijod qildi, ‘Bibixonim qissasi yoki tugamagan doston’ (1990), ‘Samarqand xayoli’ (1989), ‘Sohibqiron nabirasi’ (1995), ‘Shahidlar shohi yoki Shayx Kubro tushlari’ (1998) kabi tarixiy-ma’rifiy qissa va ‘Alg’ul’ (1995), ‘Sog’inch’ (1996) pyesalarini yaratdi. Sharq va G’arb shoirlarining asarlaridan iborat ‘Qirq bir oshiq daftari’ (1989) va yapon shoirlarining shе’rlaridan tarkib topgan ‘Dеngiz yaproqlari’ (1988) to’plamlarini o’zbеk tiliga tarjima qilgan.

0222

(Tashriflar: umumiy 312, bugungi 1)

2 izoh

Izoh qoldiring