Besh yarim daqiqalik «Ana u nima?» filmni ko’rib juda qattiq ta’sirlandim

Ti einai afto? / What is that? (2007)

Directed by: Constantin Pilavios
Written by: Nikos & Constantin Pilavios
Director of photgraphy: Zoe Manta
Music by: Christos Triantafillou
Sound by: Teo Babouris
Mixed by: Kostas Varibobiotis
Produced by: MovieTeller films
Cast overview:
Nikos Zoiopoulos -Father
Panagiotis Bougiouris — Son

Bu filmni ilk bora ko’rganimga ham 4 yilcha bo’lib qoldi. O’g’lim Temur olib kelib ko’rsatganida ko’zlarimdan shovullab yosh oqqan edi. Yunon rejissyori Konstantin Pilaviosning boshqa filmlarini ko’rgan emasman.Ammo,shu qisqagina film uning juda iste’dodli va eng muhimi juda katta mehrli qalb egasi ekanini aytib turibdi.
Bugun zulm va yovuzlik kitoblaru filmlarni to’la egallab olayotgan dahshatli zamonda mehru oqibatning chumchuqdayin mitti ko’rinishi dunyo tarozusini ezgulik tomonga og’ishiga ozgina bo’lsa-da ta’sir ko’rsatadi degan gapni aytishdan yiroqman.
Shu film bahona men o’tgan umrimga nazar tashladim,rahmatli otam bilan onamni bag’rim ezilib esladim,haqlariga duolar bag’ishladim,yuragim halimday yumshaganini sezdim va filmni sizga tavsiya etgim keldi. Balki,siz uni allaqachonlar ko’rgandirsiz,ammo yana bir marta ko’rsangiz yutqizmaysiz,deb o’yladim.
Film xuddi yapon xaykusi-yu tankasiga o’xshab ketadi.

P.S. Mazkur sizga tavsiya qilinayotgan filmni o’zbek tilida men tanimaydigan Abdulhofiz ismli yigit tarjima qilgan ekan. Uning tarjimasi kamchiliklardan xoli emas.Men baribir shu yigitga o’zimning samimiy minnatdorchiligimni aytaman va yaqin kunlarda bu kamchiliklarni  bartaraf etib filmning yuksak sifatli faylini ham sizlarga taqdim etishga va’da beraman.

FILM INGLIZ TILIDA

FILM RUS TILIDA

Удивительно трогательная греческая короткометражка об отношениях поколений.
Когда дети ещё маленькие, они не способны думать и поступать так, как мы, взрослые…
Когда наши родители стареют, они становятся уже не такими, какими мы знали их раньше…
Казалось бы — простые истины, но как сложно порой нам бывает это осознать…

(Tashriflar: umumiy 43, bugungi 1)

Izoh qoldiring