Men sevgan she’rlar. Oybek. Xastamen

MUSO TOSHMUHAMMAD O`G`LI OYBEK
(1905-1968)

Oybek 1905-yilda 10-yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tug`ilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. «Bolalik xotiralarim» (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20-asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabog`i, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
1922-yildan unrining oxirigacha Oybek she`r, dostonlar yozdi. «Onamning mozorida» (1924), «Ovchiga» (1924), «Yoshlik xotiralaridan» (1925), «Gunafsha» (1927) singari she`rlarida yosh shoir ruhiyatining holatlari tasvirlanadi. «Fanga yurish» (1930), «Fikr» (1931), «Tansiq» (1935), «Dala yo`lida» (1935), «Qishloq qizi student» (1933), «Brigadir ayol» (1935) singari she`rlarida ijtimoiy hayot aks ettiriladi. Shoir «Dilbar » davr qizi» (1932), «O`ch» (1932), «Navoiy» (1947), «Qizlar» (1947), «Davrim jarohati» (1965) singari poemalar yozgan.
Oybek poemalarining qahramonlari «Qutlug` qon» (1940), «Navoiy» (1944), «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) singari romanlariga ham o`tgan. «Quyosh qoraymas» (1954), «Ulug` yo`l» (1963), «Nur qidirib» (1955), «Bola Alisher» (1967) » Oybekning muhim asarlaridan. U nosir sifatida xalqning boy, murakkab tarixini aks ettirdi.
Oybek 1943-yilda O`zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a`zo bo`ldi. Olim «Adabiyot qoidalari haqida» (1926), «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo`li» (1936), «Tanqidchilikda savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o`t ochaylik» (1939), «Muqimiy asarlarida sotsial tiplar» (1939) singari tadqiqotlarni, Navoiy haqidagi maqolalarni yozdi.
U «Evgeniy Onegin», «Sosunlik Dovud» kabi asarlarni o`zbek tiliga tarjima qildi.
Oybek 1968-yilning 1-iyulida vafot etgan, Chig`atoy qabristoniga dafn etilgan.

ХАСТАМЕН

Хастамен… Фикрга,туйғуга тўлиб,
Ой менга ҳамқадам — сокин юрамен.
Соғайсам бир куни ёзамен тўйиб,
Ҳисларга қалбимни қўшиб ёзамен.

Кечалар юрурмен телбадай ҳориб,
Бошимда ой борур, менга ҳамқадам.
Хаёллар учади машъалдай ёниб,
Тўйиб ёзажакмен бир кун соғайсам…

(Tashriflar: umumiy 364, bugungi 1)

Izoh qoldiring