Navro’zi olam muborak bo’lsin!

Ayyomingiz muborak bo’lsin! Xurshid Davron kutubxonasi barchangizni Navro’z ayyomi bilan qutlaydi

21 — mart Navro’z ayyomi bilan barchagizlarni chin yurakdan muborakbod etamiz. Navro’z yangi kun, yangilanish kuni. Ushbu kunda sizga dunyodagi eng ezgu va pok niyatlarni tilab qolamiz. Barcha niyat qilgan ishlaringiz amalga oshishida tilakdoshmiz. Agarda qadimga nazar solsak, Navro’z kuni urushlarga chek qo’yilgan. Yana bir ajoyib tomoni esa Navro’z sayllari odamlarni birlashtiradi, notanishlarni tanishtiradi. Mana hozir yurtimiz O’zbekistonda bayromona kayfiyat jo’sh urmoqda. Qozonlarda sumalaklar qaynamoqda. Ana shunday ajoyib kunda sizga uzoq — umr, sihat — salomatlik, oilangizga tinchlik — hotirjamlik, o’qish va ishlaringizda omad tilaymiz. Eng ajoyib bayram Navro’z sizga xursandchilik, quvonch, baxt — omad keltirsin deb niyat qilamiz. Yana bir bor bayram muborak bo’lsin Aziz Yurtdoshlar!

Yangi yilda kutubxonamizga yutubdagi kanalimizga a’zo bo’lishingizni istab qolamiz.

03

(Tashriflar: umumiy 544, bugungi 1)

Izoh qoldiring