Yaxshilar yodi: Shavkat Rahmon.

0982 октябрь — Шавкат Раҳмон хотираси куни

Ҳар доим Шавкат Раҳмон номини тилга олганимда беихтиёр «истеъдод» деган сўзни шоирнинг исмидан олдин талаффуз этгим келади. Унинг истеъдоди оддий сўзларга, шунчаки таърифларга сиғмайди. Ўзи айтганидек, «бахт — чексизлик» экан, шоирнинг истеъдоди ҳам чексиздир, дегим келади (Отажон Норовнинг «Миллат куйчиси» мақоласидан. Мақолани мана бу саҳифада ўқишингиз мумкин).

077

Яхшилар ёди: Шавкат Раҳмон. Муаллиф: Зебо Мирзаева. Режиссёр: Қодир Саъдуллаев. Тасвирчи: Рафаел Камолов. Муҳаррир: Нодир Жонузоқ. Матнларни Ўзбекистон халқ артисти Афзал Рафиқов ўқиган. «O’zbekiston» телерадиоканали. / Yaxshilar yodi: Shavkat Rahmon. Muallif: Zebo Mirzaeva. Rejissyor: Qodir Sa’dullaev. Tasvirchi: Rafael Kamolov. Muharrir: Nodir Jonuzoq. Matnlarni O’zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov o’qigan. «O’zbekiston» teleradiokanali.

077

099 Шавкат Раҳмон 1950 йил 12 сентябрда Ўш вилоятининг Қорасув туманига қарашли Помир маҳалласида туғилган. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими (1996). Москвадаги Адабиёт институтини тугатган (1975). Дастлабки шеърий тўплами — «Рангин лаҳзалар» (1977). «Юрак қирралари» (1981), «Очиқ кунлар» (1984), «Гуллаётган тош» (1985), «Уйғоқ тоғлар» (1986), «Ҳулво» (1988), «Сайланма» (1997) сингари шеърий китоблари эълон қилинган. Ф. Г. Лорка («Сайланма», 1979), X. Р. Хименас, А. Альберти шеърларини ўзбек тилига таржима қилган. 1996 йил 2 октябрда Тошкент шаҳрида вафот этган.

Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentyabrda O’sh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida tug’ilgan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1996). Moskvadagi Adabiyot institutini tugatgan (1975). Dastlabki she’riy to’plami — «Rangin lahzalar» (1977). «Yurak qirralari» (1981), «Ochiq kunlar» (1984), «Gullayotgan tosh» (1985), «Uyg’oq tog’lar» (1986), «Hulvo» (1988), «Saylanma» (1997) singari she’riy kitoblari e’lon qilingan. F. G. Lorka («Saylanma», 1979), X. R. Ximenas, A. Al`berti she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1996 yil 2 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

077

(Tashriflar: umumiy 167, bugungi 1)

3 izoh

  1. Azimboy, internetda yangi odamga o’xshaysiz. Bizning saytda Shavkat Rahmon haqida 30 dan ortiq ma’lumot bor.

  2. Assalomu alaykum Xurshid aka. Avvalo ushbu ajoyib sayt uchun katta rahmat. Sakkinchi mo’jiza sanalmish adabiyot, so’z ilmi haqida eng go’zal ma’lumotlar, video va audiolar ayni sizning kutubxonangizda o’rin olgan. Buning uchun katta rahmat sizga.

    Bir iltimos bor edi, mumkin bo’lsa rahmatli xalqimiz sevgan yozuvchi O’tkir Hoshimovning bir paytlar efirga chiqqan «BAHS» ko’rsatuvi hamda ushbu yozuvching «Dunyoning ishlari» radiopostanovkasini ham saytingizga qo’ysangiz xursand bo’lardik. Uzoq yillardan buyon ularni izlab topolmayapman.

Izoh qoldiring