Zulfiya. Ikki she’riy videolavha

Zulfiya
(1915-1996)

O’zbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabdan so’ng pedagogika institutida va aspiranturada ta’lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O’zdavnashrda bo’lim boshlig’i, 1950 yildan 1980 yilga qadar “Saodat” jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan.
1932 yilda “Hayot varaqlari” nomli birinchi she’riy to’plami bosilgan. So’ngra uning “Yuragimga yaqin kishilar”, “Yurak hamisha yo’lda”, “Kamalak” singari ko’plab she’riy to’plamlari va turkumlari nashr etiladi.
Xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Falak”, “Bahor keldi seni so’roqlab”, “O’g’irlamang qalamim bir kun”, “Bo’m-bo’sh qolibdi bir varaq qog’oz” kabi she’rlari, “O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”, “Mushoira” kabi she’rlari mashhur. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so’ng ko’plab mahzun she’rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko’plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o’zbek tiliga tarjima qilgan.
Xalqaro Javoxarla’l Neru (1968), «Nilufar» (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning «Kirill va Mefodiy» (1972) ordeniga sazovor bo‘lgan.

(Tashriflar: umumiy 273, bugungi 1)

1 izoh

Izoh qoldiring