Turkiy adabiyot bo’stoni. Xorazmiy

muhabbatnoma

XORAZMIY

Adabiyotimiz tarixida bir qator siymolar borki, ularning asarlari keng tarqalib, nomlari shuhrat qozongan bo‘lsa-da, tarjimayi hollari haqidagi ma’lumotlar juda kam saqlangan. Xorazmiy haqida ham shunday deyish mumkin. «Muhabbatnoma» degan yagona asari yetib kelgan bu adibning taxallusi o‘z asarlarida qayd etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, asarning bunyod bo‘lishida Muhammad Xo‘jabek tashabbuskor bo‘lgan. Adib uni «davlat humoyi» deb ta’riflagan.Muhammad Xo‘jabek qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lib, kichikligidan davlat ishlarida bo‘lgan. Bir o‘rinda u Oltin O‘rda xoni Jonibek bilan qiyoslanadi:

Uza jonsiz tan erdi mulk sensiz,
Shahanshoh Jonibekxonga yetansiz.

Boshqa bir o‘rinda esa u «sohibqiron» deb tavsiflanadi. Asar 754 (1353)- yilda yozilgan. Jonibekxonning Oltin O‘rdadagi hukmronlik yillari 1342–1375- yillarga to‘g‘ri keladi.Demak, Muhammad Xo‘jabek Jonibekning qo‘l ostidagi a’yonlaridan, ehtimol, harbiy sarkardalaridan biri bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Adib asar yaratilgan joyini ham eslatadi: «Muhabbatnoma» so‘zin munda ayttim, Qomug‘in Sir yaqosinda bitidim.
«Bayoni voqeyini aytur» bobida ko‘rsatilishicha, adib ikki tilda ijod qilgan.

Ko‘ngul bahrinda ko‘p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor,

misralari uning «fors daftarlari» ham mashhur bo‘lganligini ko‘rsatadi.
«Muhabbatnoma» o‘n bobdan iborat. Unda g‘azal, noma, soqiynoma, munojot, qit’a, masnaviy, fard kabi janrlar
jamlangan. Muallif o‘z fikrlarini nomalar tarzida bitadi. Noma janrining o‘zbek adabiyotida shakllanishi va rivoji Xorazmiy nomi bilan bog‘liq.
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o‘zbek adabiyotidagi yirik voqealardan bo‘ldi. Uning ta’sirida keyingi asrlarda ham bir qator asarlar yuzaga keldi. Xo‘jandiyning «Latofatnoma», Said Ahmadning «Taashshuqnoma» asarlari shular jumlasidandir.Asar o‘zbek tili tarixi uchun ham boy manba bo‘la oladi. Shu ma’noda asarni o‘sha davr tilining yodgorligi sifatidagi qadri ham balanddir.
Xorazmiy — zullisonayn shoir. Ikki tilda ijod qiladigan adiblar zullisonayn deyiladi. Bu «ikki tilli» demakdir. Adib asarning ikki bobini forsiy tilda yaratgan:

Qiloyin ikki bobin porsi ham,
Kim atlas to‘n yarashur bo‘lsa mu‘lam.

Xorazmiy o‘zbek adabiyotida g‘azal janrining rivojiga munosib hissa qo‘shgan adibdir. Xorazmiyning tili nihoyatda shirali. U o‘zbek tilining nozik va nafis ichki imkoniyatlarini muhabbat bilan namoyish eta olgan. Shuning uchun ham «Muhabbatnoma» o‘zbek tili tarixini o‘rganish uchun ham boy manba bo‘la oladi. Uning o‘sha davr tilining badiiy yodgorligi sifatidagi qadri balanddir.

«MUHABBATNOMA»

Aavval ko‘rishkanin aytur

Tun oqshomkim ko‘rundi bayram oyi,
Muhammad Xo‘jabek — davlat humoyi.

Buyurdi o‘zga shodurvon uruldi,
Qadah kelturdilar, majlis quruldi.

Husayniy pardasi uzra tuzub soz,
Mug‘anniy bu g‘azalni qildi og‘oz.

Bayoni voqein aytur

Tabassum qildi, aydi: «Ey faloni,
Keturgil bizga loyiq armug‘one.

Ko‘ngul bahrinda ko‘p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor.

Muhabbat nardini ko‘plardin uttung,
Shakartek til bila olamni tuttung.

Tilarmankim, bizing til birla paydo,
Kitobe aylasang bu qish qotimdo.

Kim ush yeltek kechar ayyomi foniy,
Jahonda qolsa bizdin armug‘one».

Qabul qildim, yer o‘ptum, aydim: «Ey shoh,
Eshiking, tuprog‘i – davlatli dargoh.

Kuchum yetmishcha ko‘p xizmat qiloyin,
Jahong‘a ezgu otingni yoyoyin.

Bu kun tongga tekin may no‘sh qilg‘in,
Badiha bu g‘azalni go‘sh qilg‘in».

G‘azal

Yuzungda ko‘rdum, ey jon, bayram oyin,
Munung shukronasi qurbon bo‘loyin.

Agar kun tug‘masa ham yoqtu qilg‘ay,
Yuzung nuri bu dunyoning saroyin.

Gar Aflotun sening ishqingda tushsa,
Berur yelga qamuq tadbir-u royin.

Shakardek til bila to‘ti tilingiz.
Necha ko‘p sayd etar jonlar humoyin.

Saodat birla baxt ikisi bichti,
Bo‘yungizg‘a latofatning buqoyin.

Ijozat bersangiz, tong yoqtusidek,
Jahong‘a husnungiz jovin4 yoyoyin.

Siza teb keldi Xorazmiyni asrang,
Kim asrarlar qamuq shahlar gadoyin.

Masnaviy

Davisqincha6 g‘azal shah go‘sh tutti,
Mango xil’at kiyurub, qo‘sh tutti.

Bir oz kechti, dag‘i majlis isindi,
Qadah javruldi-yu1, may boshqa mindi.

Yana fursat bila buldum mahalni,
O‘qudum xizmatinda bu g‘azalni.

G‘azal

Yaratqonkim, tan ichra jon yarotti,
Seni ko‘rkluklar uzra xon yarotti.

Quyosh yanglig‘ yuzungizni yorutti,
Falakdek bizni sargardon yarotti.

Xaloyiq qiblasi bo‘ldi jamoling,
O‘shal kunkim seni yazdon yarotti.

To‘lun oy ta’biya — sarv uzra qildi,
Oy ichra g‘unchayi xandon yarotti.

Jamolingni jahonga jilva qildi,
Meni ul surata hayron yarotti.

Eshitting ersa Yusufning jamolin,
Seni husn ichra sad chandon yarotti.

Karim tangri kamolin qilsa izhor,
Sen oyni bo‘yla benuqson yarotti.

Zihi qodirki, ul bir qatra suvni,
Muhabbat gavharingga qon yarotti.

Azalda qildi Xorazmiyni muhtoj,
Tag‘i manzurini sulton yarotti.

Masnaviy

Kitobat boshladim, anjoma yetgay,
«Muhabbatnoma» Misr-u Shoma yetgay.

Bu xon uzra saloyi oma qildim,
«Muhabbatnoma»ni o‘n noma qildim.—

Qiloyin ikki bobin porsi ham,
Kim atlas to‘n yaroshur bo‘lsa mulam.

Burun, alqissa, bek madhin ayoyin,
O‘sh andin6 so‘ngra noma boshlag‘oyin.

Zihi arslon yurak, qo‘ng‘irot urug‘i,
Kichik yoshdin ulug‘larning ulug‘i.

Saodat ma’dani7, iqbol ganji —
Muhammad Xo‘jabek — olam kunji!

Uza jonsiz tan erdi mulk sensiz,
Shahanshoh Jonibekxonga yetansiz.

Siðohing taqviyatlar dinga berur,
Faridun ganjini miskinga berur.

Sulaymon saltanatlik podshosen,
Masih anfoslik, Yusuf liqosen.

Oshar eldin seni yelganda oting,
Quyosh yanglig‘ jahonni tutti oting.

Agar ming yil tirilsa Hotami Tay,
Sening oting eshitgach, yerlar o‘pgay.

Erur davlatqa diydoring tafovul
Bo‘lubtur ta’latingg‘a Mushtariy qul.

Ulus tuttung qamuq aqling kuchindin,
Cherikta qon tomar qamching uchindin.

Sanga jud-u shijoat bo‘ldi pesha,
Shijoat birla judungdin hamisha.

Gahe Hotam uyolur bazm iñhinda.
Gahe Rustam yuponur razm6 iñhinda.

Qañhonkim ikki saf bo‘lsa muqobil,
Sening chokarlaring o‘q ko‘krayur, bil.

Kirar razm iñhra to‘yg‘a kiru yangliq,
Añhiqmish bo‘ri qo‘yga kiru yangliq.

Agar desam seni Rustam, yararsen.
Qiliñhing birla saflarni yorarsen.

Agar madhing bitisa ko‘k dabiri,
Tuganmas ming yil iñhra mingda biri.

Neñhakim bo‘lsalar ko‘k iñhra jovid,
Atorud bitgachi, borbatchi Nohid.

Quyoshdek davlating tobanda bo‘lsun,
Eshikingda yeti ko‘k banda bo‘lsun.

Ayitsun banda Xorazmiy duolar,
Karamdin har zamon qilg‘il atolar.

Sanodin o‘zga nav atlas to‘quyin,
Qish o‘rtada bahoriyot o‘quyin.

Kim ujmoh tur sening bazming binosi,
Hamisha yoz erur, jannat havosi.

G‘azal

Qadah chavruldi ush bo‘ston ichinda,
Xush ichgil rohni rayhon ichinda.

Chaman farroshi, ya’ni tong nasimi,
Gulafshonlik qilur bo‘ston ichinda.

Ochildi yoz, kechikti ul kim erdi,
Chaman Yusuflari zindon ichinda.

Chechak yaproqlari yerg‘a tushubtur,
Aningdekkim, aqiqlar qon ichinda.

Kel, ey ujmoh guli, chimg‘ong‘a chiqqil,
Bu kun o‘lturmag‘il ayvon ichinda.

Bizning bek yodig‘a ishrat qiloli,
Nechokim yo‘qturur biz son ichinda.

Muhammad Xo‘jabek, ulkim Alitek,
Ukush javlon qulur – maydon ichinda.

O‘qi nogah agar sandong‘a1 teksa,
Boshog‘i itlanur sandon ichinda.

Ayo sohibqironekim uzarlar,
Qilichingdin adular qon ichinda.

O‘kush yillar yaratqon boqiy tutsun,
Hayotingni, begim, davron ichinda.

Nishon bermasakim er mislingizni,
Iroq-u Rum-u ham Ka’non ichinda.

Xorazmiyning ketib aqli boshidin,
Turur tik surati, yo‘q jon ichinda.

Vasf ul-hol aytur

Yigitsen, boda ichkil, nuql oshog‘il,
Bugundin sen yuz ellik yil yashog‘il.

Kim asru bevafodur bu zamona,
Jahon qolmas kishiga jovidona.

Ulusqa rahm etib, g‘amxor bo‘lg‘il,
Hamisha shod-u barxurdor10 bo‘lg‘il.

Jahonni ezgu oting tutti mutlaq,
Yamon ko‘zdin yiroq tutsun seni haq.

Muhabbat birla jonindin bu miskin,
Duo qildi, ijobat bo‘lsun omin.

Muhammad Xo‘jabek madhin tugattim,
«Muhabbatnoma»ni bunyod ettim.

Avvalg‘i nomani aytur

Ayo ko‘rk ichra olam podshohi,
Jahon tutti sening husnung siðohi,

Pari ruxsoralarning ko‘rkaboyi,
Yuzung navro‘z-u, qoshing bayram oyi.

Ko‘ngul shirin so‘zungg‘a bo‘ldi Farhod,
Ko‘zung Kashmir jodusig‘a ustod.

Qaro meng6 ol yang‘oqingga yaroshur,
Boshim doyim adoqing‘a yaroshur.

Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg‘on kishilarg‘a vafo qil.

Aqiqing suhbatidin jon bo‘lur so‘z,
Qamartek chehrangg‘a boqsa qamar ko‘z

Urur nargizlaring novakni jong‘a,
Kular chehrang chechaktek arg‘uvong‘a.

Muhabbat nori jondin ketmadi hech,
Qo‘lum sim olmangizg‘a yetmadi hech.

Saroydin bordi Chin-Moching‘a choving8,
Qiyo boqsang bo‘lur arslonlar oving.

Tabassum qilsangiz shakkar uyolur,
Tishing injusidin gavhar uyolur.

Jamoling yetti olamg‘a siðahlar,
Qotingda yer o‘parlar jumla shahlar.

Falak ishqing yo‘linda besar-u poy,
Isirg‘ang donasi — Zuhra, yuzung — oy.

Latofat mulkida sultonsen, ey jon,
Qamuq boshtin-oyoqqa jonsen, ey jon.

Qatiq kulsang magar og‘zing bilurg‘oy,
Pari ko‘rsa seni, mendak tilurg‘oy.

Soching bir torina ming hur yetmas,
Yuzungning nurina ming nur yetmas.

Agar bersa suyurg‘ab haq taolo,
Kerakmas sensizin firdavsi a’lo.

Ko‘ngulning qoni qaynab, barcha toshqay,
Ko‘zumning yoshidin kavsar buloshqay.

Kishining sensizin ne joni bo‘lsun,
Aningtek umrining ne soni bo‘lsun.

Shakar erning nobati Xizra o‘xshar,
Oyog‘ing kimki o‘psa mangu yoshar.

Jamolingtek kishining yo‘q jamoli
Darig‘o, bo‘lmasa erdi zavoli.

Bukun yo‘qtur, sen oytek ko‘kta asra,
Qulung bechora Xorazmiyni asra.

Masnaviy

Kel, ey soqi, keturgil bodayi nob,
Kula-o‘yna-yu ichsunlar bu – ashob.

Kim ush yeldek kezar ayyomi foniy,
Ajaldin hech kishining yo‘q amoni.

Saburdin yaxshi yo‘qtur, pesha qilsam,
Bu yo‘lda sabr yo‘q, andesha qilsam.

Ikkinchi nomasini aytur

Salomim gulga elt, ey tong nasimi,
Kim erur oy quli, axtar nadimi.

Salomekim ko‘ngul jonona aysa,
Yorur ko‘zlar savodidin bitisa.

Salomimni tegur ul dilstong‘a,
Rahmsiz bevafo jon-u jahong‘a.

Salomimni tegur ul ko‘rki boyg‘a
Kim urur chehrasi ming ta’na oyg‘a.

Salomimni tegur ul xushliqog‘a,
Qamuq boshdin-oyoq obi baqog‘a.

Ayitqil, ey bo‘yung tubiy tiboqi,
Qulung (ning) haddin oshti ishtiyoqi.

Ayitqil, ey visoling umr bog‘i,
Eshiging tuprog‘i kavsar bulog‘i.

Ayitqil, ey so‘zi yolg‘on-jafokor,
Qaroqlari qaroqchi, o‘zi ayyor.

Ayit, ey mehring oz, ishvang farovon,
Netar ul og‘izda muncha yolg‘on.

Ayit, mendinkim, ul miskin urur oh,
Qachon engay gadoning evina shoh.

Qachon qilg‘ay ko‘zumni yoqtu ul oy,
Erur yuzi quyoshtek olamoroy.

Qachon la’ling qadahlar no‘sh qilg‘ay,
Karashmang bandani madhush qilg‘ay.

Zihi farxunda toli baxtiyore,
Kim ul hazratta bir kun topsa bori.

Yuzungdin bilgurur davlat nishoni,
O‘ramung tuprog‘i, baxt oshiyoni.

Jahon tutti jamoling, dod qilg‘il,
Bu miskinni birar ham yod qilg‘il.

Seningdek podshoning marhabosi,
Meningtek ming gadoning xun bahosi.

Kuchum yetkuncha ko‘p qildim vafolar,
Vafoliq qulini asrar podsholar.

Manga sensiz o‘lumdur bu hayotim,
Sening mehring bila yo‘g‘ruldi zotim.

Ko‘ngulg‘a o‘zganing mehrin yovutmon,
Yiroqlik birla men sizni unutmon.

Erurman vaslingg‘a doyim talabgor,
Neñhakim tun uzun bo‘lsa tongi bor.

Topilg‘ay maqsudum tabqungda bori,
Saodat qilsa Xorazmiyg‘a yori.

Og‘ir uyquñhi baxtim neñha yotqay,
Visoling mashriqidin ham tong otqay.

Masnaviy

Kel, ey soqiy, keturgil jomi Jamni,
Kishining ko‘nglidin may yur g‘amni,

Kim oshti ko‘kka ohim ihtiroqi,
Kuyurdi ko‘nglumi dilbar firoqi.

Saburdin6 yaxshi yo‘qtur pesha qilsam,
Bu yo‘lda sabr yo‘q andesha qilsam.

Uchinchi nomasin aytur

Ayo xurshidtek olam charog‘i,
Munavvar chehrangiz firdavs bog‘i.

Qamuq ko‘rkluklar uzra podshosen,
Masih anfosliq, Yusuf liqosen.

Bo‘yungtek sarv yo‘q bo‘ston ichinda,
Yuzung nuridin oy nuqson ichinda.

Jahon bo‘ldi jamolingdin munavvar,
Zihi husn-u jamol Allohu Akbar!

Qilur zulfing qamuq olamni shaydo,
Bo‘lur jodu ko‘zingdin fitna paydo.

Yarar ming jon bir ishkoling fidosi,
Ko‘zum mardumi xolingni fidosi.

Seni ko‘rgan o‘zindin yot bo‘lur,
Ruhungni ko‘rsa ming shah mot bo‘lur.

Iki zulfung ko‘ngullarni panohi,
Eshiking tuprog‘i jon sajdagohi.

Raqibingdur tikan, siz toza gulsiz,
Chechak chimgan aro bo‘lmas tikansiz.

Shakardin totli so‘zli dilrabosen,
Dareg‘okim chechakdek bevafosen.

Sening yoding qilurmen ko‘p g‘azalda,
Kim erdum onung‘a oshiq azalda.

Mango haddin oshurma bu jafoni,
Ko‘zungdin solma bu miskin gadoni.

Eshitkil bu g‘azalda ishlaridin,
Muhammad Xo‘jabek aymishlaridin.

G‘azal

Jahonda sentekin jonon yo‘q, ey jon,
Sening dardinga hech darmon yo‘q, ey jon.

Aningdek yerga qo‘l sundi ilikkim,
Yiroqtin boqmag‘o imkon yo‘q, ey jon.

Bu kun ming jon bila kimki ko‘ngulni,
Sango bermas, taninda jon yo‘q, ey jon.

Yeti iqlim ichinda ko‘rkka holi,
Seningtek bir tag‘i sulton yo‘q, ey jon.

Bizning mazhabda oshiqlarni sizlar,
Agar o‘ltursangiz tovon yo‘q, ey jon.

Unutting bu Muhammad Xo‘jani, oh,
Bizningteklarga angda son yo‘q, ey jon.

Seni jonimdin ortuqroq sevarmen,
Bu so‘zda, haq bilur, yalg‘on yo‘q, ey jon.

Sening ishqingda sayrarga Xorazmiy,
Bu kun olamda bir bo‘ston yo‘q, ey jon.

Masnaviy

Kel, ey gulchehra soqiy, may keturgil,
Meni hayrat maqoming‘a yeturgil.

Habibim naqshidin ma’ni buloyin,
Tahayyurda o‘zumdin qurtuloyin.

Saburdin5 yaxshi yo‘qtur pesha qilsam,
Bu yo‘lda sabr yo‘q andesha qilsam.

Beshinchi nomasin aytur

Ayo gulchehralar molik riqobi,
Qamuq olam sening g‘amzang xarobi.

Latofat mulkining sohibqironi,
Muvofiq surating birla maoni.

Xiraddin ozdurur g‘amzang xumori,
Yangoqlaring Xalilulloh nori.

Sening husnung qamuq olamda mashhur,
Yuzungdin kizlanibtur xuld aro hur.

Ko‘ngulga jondin ortug‘roq keraksen,
Pari-yu hurdin ham ko‘rkluraksen.

Farishta ko‘rsa bo‘lg‘ay sizga moyil,
Sizingtek kimda bor shakl-u shamoyil.

Yarar jon desalar yoqutungizga,
Teng etmon Zuhrani Xorutungizga.

Men asir-u benavo, siz muhtashamsiz,
Latif-u, nozik-u zebo sanamsiz.

Qilur o‘z jonig‘a qasd, o‘zi boyiq,
Gadoyekim bo‘lur sultona oshiq.

Mening dardimg‘a darmon vasl erur bas,
Vale hargiz ulashmas gavhara xas.

Sabotek bilmas oxir o‘z chog‘ini,
Bosar har dam eshiging tuprog‘ini.

Kuyar ko‘nglum saboning ul ishidin,
Nechukkim kuysa xirmanlar yashindin.

Kular oy husnunga gultek engingiz,
Qarodur lola ko‘nglitek mengingiz.

Menga ujmoh erur vasling huzuri,
Yuzungdin shu’la urur tengri nuri.

O‘ramung itlarining ittihodi,
Ko‘ngullar maqsudi, jonlar murodi.

Chechak dermen yuzungizga, qamar ham,
Xaloyiq sevganin xoliq sevar ham.

Sening ishqing kamandi bizni tortar,
Jamoling ravnaqi olamni o‘rtar.

O‘shul kunkim, seni xoliq yaratti,
Seni dilbar, meni oshiq yaratti.

Manga tabqungda hargiz bo‘lmadi son,
Kishi ul saltanatni bulmas oson.

Aningkim sidqi bo‘lsa sizga zohir,
Ani sizteklar asrar bo‘lur oxir.

Nechakim bersa chehrang ko‘zlari nur,
Chechaktek bo‘lmag‘il husnungga mag‘rur.

Sening ishqingda Xorazmiy yo‘qoldi,
Valekin yer yuzinda oti qoldi.

Masnaviy

Kel, ey oy yuzlu dilbar, tut biror qo‘sh,
Biror qo‘sh birla qilg‘il bizni madhush.

Bo‘loli aysh-u ishrat peshalardin,
Qutulsun ko‘nglumiz andeshalardin.

Saburdin yaxshi yo‘qtur pesha qilsam,
Bu yo‘lda sabr yo‘q, andesha qilsam.

Oltinchi nomasin aytur

Ayo bo‘yi sanubar, chehrasi oy,
Quyosh yanglig‘ jamoling olamoroy.

Xating to‘tisi la’l uzra qo‘nub bor,
Beribtur pistaga qand-u shakar bor.

Turubtur ko‘zda qaddingiz xayoli,
Aningdekkim suv uzra tol niholi.

Sening chehrangda, ey firdavs sarvi,
Engin qon birla yur chimgon tazarvi.

Yuzung nuri quyoshning nurin o‘rtar,
Saqoqing shu’lasi olamni o‘rtar.

O‘tursang o‘lturur fitna, ketar g‘am,
Agar qo‘psang qiyomatlar qo‘por ham.

Sumantek orazing guldur tikansiz,
Menga do‘zax erur ujmoh sensiz.

Yu(zun)guzda ko‘runur ko‘zgutek nur,
Bo‘yunguzg‘a latofat kisvati tur.

Tishing, la’ling guhar jon durji5 ichra,
Yuzung, qoshing quyosh oy burji ichra.

Ne bilur qadringizni tekma nodon,
Guhar qadrini a’mo bilmas, ey jon.

Ko‘zumdin har zamon yultek farovon
Visoling orzusindin ko‘p oqar qon.

Ko‘ngullar ohidin iymangil, ey shoh,
Kim oyina to‘nar ko‘p qilsalar oh.

Jahon tutti qaro zulfung balosi,
Kuyurdi xalqni chehrang yulosi.

Bo‘yun sundum bu yo‘lda ming balog‘a,
Ko‘ngul parvona bo‘ldi ul yulog‘a.

Bilursizkim erur ayyomi foniy,
Nechuk haddin oshurursiz jafoni.

Jahonda saltanatlar qul bila xush,
Chamanning gullari bulbul bila xush.

O‘ninchi nomasin aytur

…O‘lumdur bizga jononsiz tirilmak,
Mahol erur tana jonsiz tirilmak.

Ko‘ngul mehri nazar yo‘lindin ortar,
Nigori javrini jon birla tortar.

Husnni to huvaydo qildi xoliq,
Husn birla vafo bo‘lmas muvofiq.

Jafodin ingramas bu yo‘lda ushshoq,
Vafodin javringiz ming qatla xushroq.

Ayurmen, yuz nechakim kelsa mehnat,
Jafo sizdin, tag‘i bizdin muhabbat.

O‘g‘on Yusuf jamolin sizga berdi,
Muhabbat kimiyosin bizga berdi.

Bu Xorazmiy «Muhabbatnoma»sini,
Atorud ko‘rdi, soldi xomasini.

Masnaviy

Kel, ey soqiy, keturgil xush sabuhiy,
Kim ushbu dam erur jonning futuhi.

Icholing bodani gullar so‘liyor,
Tanimiz oqibat tuproq bo‘liyor.

Bu yerga yetti so‘z ta’xir6 bo‘ldi,
Burun o‘n dedim, u o‘n bir bo‘ldi.

Munojot

Ilohi, otqu qilg‘il jonimizni,
Xalaldin saqlagil imonimizni.

Tikandin qudrating paydo qilur gul,
Xato ko‘p keldi men quldin, kechurgil.

Ayo farxunda toli, tal’ati kun,
Seni tengri murodingg‘a tegursun.

Muhammad Xo‘jabek, Jamshedi soniy.
Jahonning orzusi-yu xalq xoni.

Saodatni hunarg‘a yor qilg‘il,
Hunardin bizni barxurdor qilg‘il.

So‘zum bikrini ko‘rguz shahg‘a shirin,
Shahekim qildi Xisravlarni Shirin.

Ayoyin emdi bir qit’a eshitg‘il,
Nechukmen hol-u ahvolimni bilg‘il.

Qit’a

Tama dominda qolur qush emasman,
Talim ayvon uza uchqon humomen.

Qilichtek til bila tuttum jahonni,
Qanoat mulki ichra podshomen.

Xarobot ichra masjidda yerim bor,
Kim ush ham rindmen, ham porsomen.

Necha hashamatli sulton bo‘lsa bo‘lsun,
Ayitmon mol uchun madh-u sano men.

Qiyomatqa tekin6 qolsun oting teb,
Sening tabqungda bo‘ldum oshno men.

Xotimatul-kitob

«Muhabbatnoma» so‘zin munda ayttim,
Qamug‘in Sir yaqosinda bitidim.

Nazar birla agar Jam sen, gar Osaf2,
«Muhabbatnoma»(ni) qilsang musharraf.

O‘qig‘il fotiha dur qibla yoni,
Sevunsun banda Xorazmiy ravoni.

Bu daftarkim, bo‘lubtur Misr qandi,
Yeti yuz elli to‘rt ichra tugandi.

Iltimosin aytur

Muni kim ishq birla bir o‘qug‘ay,
Haqiqat olamini munda bilg‘ay.

Ayitqon bu kitobni ham bitig‘ay,
Tilarmenkim duoda yod qilg‘ay.

Fard

Niyozim6 bu turar sendin, nigoro,
Unutma bandani, bahri xudoro.

IZOHTALAB SO’ZLAR:

— og‘oz – boshladi
— porsiy – forsiy
— utting – yutding
— qotimdo – yonimda
— ayyomi foniy – o‘tkinchi dunyo
— Aflotun – Platon,yunon faylasufi
— humo – baxt qushi
— buqo – to‘n
— jov – ovoza,ta’rif
— qamuq – hamma
— davisqincha – oxirigacha
— go‘sh – quloq
— qo‘sh tutish – qadah uzatish
— javrildi – aylandi
— may boshqa mindi – may qizitdi
— ta’biya – joy
— zihi – ey, ofarin
— tag‘i (dag‘i) – yana
— anjom – oxir
— Shom – Suriya
— saloyi oma – ommaga ovoza, xalqqa targ‘ib
— mulam – rangli, nishonalik
— ayoyin – aytayin
— o‘sh andin – shundan keyingina
— ma’dan – kon
— ganj – xazina, boylik
— kunj – burj, sayyoralar qo‘nadigan manzil
— taqviyat – quvvat
— Faridun – qadimgi Eron podshosi
— Sulaymon – qadimgi yahudiy podsholaridan
— Masih – Iso payg‘ambarning laqabi, Masih anfoslik — Iso nafas
— Yusuf – payg‘ambarlardan, liqo — yuz
— tirilsa – yashasa
— tafovul – yaxshilik foli, bashorati
— mushtariy qul – saodatli sayyora
— jud – saxovat
— pesha – odat, rasm
— razm – urush, jang
— dabir – kotib, ko‘k dabiri — Atorud sayyorasi
— jovud – abadiy
— tobonda – porlovchi, nurli
— yeti – yetti
— karam – saxiylik, mehr-shafqat
— ato – tuhfa, in’om
— sano – maqtov, madh
— qish o‘rtada – qish o‘rtasida
— bahoriyot – bahor ta’rifiga bag‘ishlangan she’rlar
— ujmoh – jannat.
— chavruldi – aylandi
— roh – bu o‘rinda may
— farrosh – supurib-sidiruvchi
— chimg‘on – o‘tloq, sabzavor
— ukush – ko‘p
— sandon – temir kunda
— itlanur – yo‘qolur (sandonni teshadi)
— sohibqiron – baxtli yulduz egasi, saodatli shoh
— adu – dushman.
— vasf ul hol – hol ta’rifi
— nuql – ovqat, «boda ichkil» — ko‘chma ma’noda hayotdan bahra olgil deganidir
— asru – juda,
— jovidona – abadiy
— ulus – el, xalq
— barxurdor – baxtli, baxramand
— ijobat – qabul
— siðoh – lashkar
— ruxsora – yuz,
— ko‘rkaboy – go‘zal
— bayram oyi – yangi chiqqan oy
— meng – xol
— ol – qizil
— yangoq – yanoq
— adoq – oyoq
— sarv-u sanubar – chiroyli daraxtlar turi
— aqiq – qizg‘ish rangli qimmatbaho tosh, bu yerda lab ma’nosida
— qamar – a) qamashtiradi; b)oy
— nargis – oq rangli gul, bu yerda ko‘z
— novak – o‘q kiðrik
— arg‘uvon – tanasi pushti, qizg‘ish bo‘lgan daraxt
— nor – o‘t
— sim – kumush
— Saroy – Saroy shahri, Oltin O‘rda
— Chin – Xitoy, Mochin — Sharqiy Turkiston yerlari
— choving – ovozing
— siðahlar – lashkar yubordi
— qoting – olding, yoning
— besar-u poy – oyoq qo‘lini yo‘qotgan, besaranjom.
— bilurg‘oy – bilinadi, ko‘rinadi
— tilurg‘oy — tilaydi
— suyurg‘ab – mukofot
— firdavsi a’lo – jannat
— kavsar – jannat-bulog‘i
— buloshqay – buloqday oqadi
— erin – lab
— Xizr – abadiy barhayot payg‘ambar
— asra – saqla
— bodayi nob – qizil sharob
— as’hob – do‘stlar, jo‘ralar
— nadim – xizmatkor
— aysa – aytsa
— obi baqo – hayot suvi, adabiy tiriklik suvi
— tubiy – jannat daraxti
— tiboq – misol
— qaroqlari – qorachug‘lari
— engay – kelish, qo‘nish, mehmon bo‘lish
— ev – uy
— yoqtu – yorug‘
— olamoroy – olamni bezatadigan
— no‘sh – ichish
— madhush – behush
— farxunda – saodatmand, yaxshi, muborak
— hazratda — hazratdargoh, podsho huzuri
— uramung – izing, makoning
— yovutmon – yaqinlashtirmayman
— – Adabiyot,
— tabqu – yoningda, vaslingda
— mashriq – sharq.
— jomi Jam – afsonaviy podshoh Jamshid ixtiro qilgan jom, ichidagi mayi tugamaydigan va olamni ko‘rsatib turadigan jom
— yur – yuvadi, yuvar
— ihtiroq – yonish, alanga
— sabur – chidamli, sabrli
— Allohu Akbar – Alloh buyuk
— ishkol – qiyinchilik, mushkullik
— mardum – qorachiq
— ruh – yuz
— may – bu yerda ilohiy fayz timsoli, soqiy — pir ma’nosida
— bulmoq – topmoq
— tahayyur – hayronlik
— qo‘tuloyin – qutilay
— sabur – chidamli, sabrli
— riqob – uzangi
— maoni – ma’nolar, mazmun, siyrat
— xuld – jannat
— Zuhra – sayyora nomi
— Xorut – yerdagi ayolga oshiq bo‘lgani uchun xudo g‘azabiga uchragan farishta
— muhtasham — boy, hashamatli
— sabo – sharqdan esadigan tong shamoli
— eng – yuz
— kamand – arqon
— tabqu – xizmat
— qo‘sh – qadah
— tazarv – tustovuq, qirg‘ovul
— saqoq – iyak
— kisvat – kiyim
— tur – loyiq, tekis
— durj – qutti
— tekma – har qaysi, har biri
— a’mo – ko‘r
— yultek – buloqdek, chashmadek.
— to‘nar – xiralashadi
— yulo – yolqini, olovi
— huvaydo – paydo, ko‘rinish
— xoliq – yaratuvchi, tangri
— ushshoq – oshiqlar
— kimyo – yonish ilmi, misning olov ta’sirida oltinga aylanishi
— xoma – qalam
— sabuhiy – tong saharda ichiladigan may
— futuh – g‘alaba, xushnudlik
— ta’xir – oxirlandi, oxirda qoldi
— o‘n birinchi noma forsiydir, forsiy nomalar qoldirildi
— otqu – pokiza
— soniy – ikkinchi
— bikr – qiz bola, toza, bokira ma’nosida
— xarobot – xarob yer, bu yerda: uzlat, go‘sha, joy
— rind – olam ishlaridan chekinib, xudo yodida sarxush yuradigan kishilar
— porso – taqvodor kishi
— tekin – gacha
— aytmoq – tugatmoq
— Osaf – Sulaymon payg‘ambarning dono vaziri
— musharraf – sharafli, sharaflash
— qibla yoni – qiblaga yoni
— ravon – jon, ruh
— niyoz – tilak, iltimos
— bahri xudoro – xudo haqqi

(Tashriflar: umumiy 451, bugungi 1)

1 izoh

Izoh qoldiring