Erkin A’zam «Yashash sirlari» ko’rsatuvida



ERKIN A`ZAM — 1950-yil 10-avgustda tog`li Boysunda tug`ildi. 1972-yil Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, «Guliston» va «Yoshlik» jurnallarida bo`lim muharriri, G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida tahririyat mudiri bo`ldi. 1992-1994-yillarda O`zbekiston milliy axborot agentligida bosh direktor o`rinbosari. 1995-yildan «Tafakkur» jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq O`zbekiston Oliy Majlisi deputati.
«Chiroqlar o`chmagan kecha» (1977), «Otoyining tug`ilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Mir v svetax» (1999), «Pakananing oshiq ko`ngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002) to`plamlari muallifi. Yozuvchi asarlari asosida «Chantrimore», «Piyoda», «Dilxiroj» filmlari suratga olingan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat-insoniy erk, har qanday zo`ravonlikka munosabat masalasidir.

Asarlari:
A`zamov Erkin. Otoyining tug`ilgan yili. Toshkent Adabiyot va san`at nashriyoti, 1981-yil, 8,0 b.t.
A`zam Erkin. Kechikayotgan odam. Toshkent. «Sharq» nashriyoti -2002 yil 20 b.t.

(Tashriflar: umumiy 57, bugungi 1)

Izoh qoldiring