Ertaga Samarqandda turkiy tilli yoshlar sheʼriyat anjumani boshlanadi

088   Шу йилнинг 14-16 ноябрь кунлари Самарқанд шаҳрида “Самарқанд шеър оқшомлари” туркий тилли ёшлар анжумани ўтказилади. Унда Туркия, Озарбайжон, Қозоғистон, Туркманистон ҳамда Қирғизистондан таклиф этилган ёш ижодкорлар билан бирга ўзбекистонлик 25 нафар ёш шоир ҳам қатнашади.

Анжуманни ўтказишдан асосий мақсад туркий халқлар ўртасидаги адабий алоқаларни мустаҳкамлашдир.

Уч кунлик анжуманда мушоиралар, давра суҳбатлари ва машҳур шоирлар учрашувлар ташкил қилиш режалаштирилган.

Анжуманни Республика ёш ижодкорлар кенгаши Ўзбекистон ёшлар иттифоқи ва Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси ҳомийлигида ўтказмоқда.

006Shu yilning 14-16 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarqand sheʼr oqshomlari” turkiy tilli yoshlar anjumani oʻtkaziladi. Unda Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkmaniston hamda Qirgʻizistondan taklif etilgan yosh ijodkorlar bilan birga oʻzbekistonlik 25 nafar yosh shoir ham qatnashadi.

Anjumanni oʻtkazishdan asosiy maqsad turkiy xalqlar oʻrtasidagi adabiy aloqalarni mustahkamlashdir.

Uch kunlik anjumanda mushoiralar, davra suhbatlari va mashhur shoirlar uchrashuvlar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Anjumanni Respublika yosh ijodkorlar kengashi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi homiyligida oʻtkazmoqda.

0067

(Tashriflar: umumiy 138, bugungi 1)

Izoh qoldiring