Xush kelibsiz!

Siz ushbu sayt orqali taniqli o’zbek adibi va tarixchisi, O’zbekiston xalq shoiri,Xalqaro Mahmud Koshg’ariy nomidagi mukofot sohibi Xurshid Davron hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, adib asarlari (she’rlari, qissalari, hikoyalari, badiiy esse va maqolalari, tarjimalari) bilan tanishib, o’z fikr va mulohazalaringizni bildirish imkoniyatiga egasiz.

(Tashriflar: umumiy 342, bugungi 1)

7 izoh

  1. bu sayitka kirip ozbek adabiyati wa jahan adabiyati bilan uqrixip turaliginimdin kop hursan boldum.

    xeir -kalbning iztirabi,rohning awazi!

  2. Assalomu alaykum, hurmatli Xurshid Davron! Saytingiz menga ma’qul. Ammo bir mulohaza bor edi. Sayt boshida ismi sharifingiz «Khurshid Davron» deb yozilibdi. Sizga yaqin bir tanishimdan sababini so’rasam, biror xorijlik saytga kirib qolsa, ismni to’gri o’qishi uchun shunday yozilgandir-da, deb fikr bildirdi. Men hayron bo’ldim. Yana ham to’g’rirog’ bir oz jahlim chiqdi – axir saytga kirish ehtimoli juda kam bo’lgan biror xorijlikning rioyasi qilinadi-yu, sal kam 30 millionlik o’zbek xalqining hurmati yo’qmi? To’g’ri, sayt shaxsiy, binobarin, unda qanday ish yuritish har kimning o’z xohishi. Biroq Sizdayin el suygan adib birinchi navbatda o’zbek tiliga rioya qilishi kerak emasmi? Axir tilimizning sodiq posbonlari Sizlarku?! Hamma Siz va Siz kabi adiblardan o’rnak oladiku. Nega endi shundoq ham buzilib, rus tili oldida qaytadan qaddi bukilib qolayotgan tilimizni yanada buzilishiga «hissa qo’shmoqdasiz?»
    So’zlarim qattiq tegsa, xafa bo’lmang,do’st achitib gapiradi, deydilarku. Salomat bo’ling!

  3. Сайт бошида биринчи бўлиб Хуршид Даврон деб,кейин Khurshid Davron деб ёзилган.

  4. Assalomu alaykum hurmatli ustoz va sayt ijodkorlari, saytni bugun ko’rib qoldim, to’g’risi o’zbek tilidagi internet tarmog’ida o’zbek va jahon adabiyoti hamda tarjimalari haqida shunday boy, qiziqarli sayt borligidan hayratga tushdim, shuncha vaqt bilmaganimdan o’zimdan hafa bo’ldim, adashmasam anchadan beri faoliyat olib borar ekansizlar, juda xursandaman, endi nafaqat rus va ingliz tillarida balki o’zbek tilida ham bemalol qidiruv tugmasini bosish, kerakli ma’lumotlarni topish, olish, o’qish imkoniyati tug’ilyapti, bir savolim bor, «Yosh tarjimonlarga tavsiya» bo’limida yosh tarjimonlar uchun tarjimaga tavsiya qilingan materiallar berib boriladimi yoki shunchaki o’qish uchun materiallarmi, javob uchun oldindan tashakkur…

  5. Shu paytgacha berib borildi. Afsuski, biron bir natijani sezmaganimizdan keyin yosh tarjimonlarga tavsiya kerak emas ekan da deb hozircha bermayapmiz. Bu to’g’rimi yoki noto’g’rimi hozircha bir qarorga kelmadik.

Izoh qoldiring