Lolaqizg’aldoq. Shavkat Rahmon xotirasiga. Muhammad Yusuf she’ri.

Ashampoo_Snap_2016.09.09_15h44m00s_002_.png   Ўзбекистон халқ шоири  Муҳаммад Юсуфнинг «Лолақизғалдоқ» шеъри ўзбекнинг атоқли шоири Шавкат Раҳмон хотирасига бағишланган. Шеърда ҳам шогирдлик, ҳам биродарлик, ҳам инсонийлик туйғулари юксак пардаларда ифодаланган.

Муҳаммад Юсуф
ЛОЛАҚИЗҒАЛДОҚ
90

Шавкат Раҳмон хотирасига

11 Collage.jpg

Мендан нима қолар:
Икки мисра шеър,
Икки сандиқ китоб,
Бир уюм тупроқ.
Одамлар ортимдан
Нима деса дер,
Мен сени ўйлайман
Ўзимдан кўпроқ –
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Мен кетсам, ёмондан
Йироқ бўл, оҳу,
Чунки сен чиройли,
Кўркли бир жувон.
Ёмон кунлар бир кун
Яхши бўлар-у,
Ёмон одам яхши
Бўлмас ҳеч қачон…
Яша чегарада
Тургандек огоҳ,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Уйда ётибман-у,
Сезиб турипман,
Кўкда келаётир
Қушлар қайтишиб.
Хайрлар ёғдириб
Қанотларидан,
Хаста шоирига
Видо айтишиб.
Бор, менинг учун ҳам
Уларга қўл қоқ –
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Уларни мен яна
Кўрарманми-а,
Айвондан одамдек
Кузатолмадим.
Куз. Тўйлар бошланди.
Юрагим пора –
Битта қизимни ҳам
Узатолмадим…
Демак, тақдир экан
Тўй кўрмай ўлмоқ,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Бироқ, кўнглим сезар,
Мендан кейин ҳам,
Бир кун бу ҳовлига
Одам тўлади.
Ҳали тўйлар қилиб
Чарчайсан, эркам,
Менинг қизларим энг
Бахтли бўлади!
Келинлар кўйлаги
Руҳимдай оппоқ –
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Гулим, яқинроқ кел,
Қара, не савдо,
Бу ажиб ишларни
Дил лавҳига ёз:
Кимга қаср етмас,
Кимга мол-дунё,
Менга эса ҳаво
Етмайди, холос.
Тириклар мудроқда,
Ўликлар уйғоқ –
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Кўксим куйиб борар,
Кўкрак ёнмоқда,
Айтинг дўхтирларга,
Ёришса ёрсин!
Жисм ўз улфати –
Жондан тонмоқда.
Бечора жон энди
Қаерга борсин.
Энди осмон йироқ,
Энди ер юмшоқ –
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Буну хаёт дерлар,
Унутма асло,
Бир кун очиласан,
Бир кун сўласан.
Қалбимда-ку, фақат
Сен эдинг танҳо,
Қабрим устида ҳам
Ўзинг бўласан.
Сен бизнинг севгидан
Хотира – байроқ,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Аёл қалбинг билан
Сув кеч, олов кеч,
Ғам келса бошингдан
Хушинг учмасин.
Худодан сўрадим:
Мендан кейин ҳеч,
Номард кимсаларга
Ишинг тушмасин.
Уларнинг қўлида
Ҳамиша тузоқ,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Ишинг тушса, иним
Муҳаммадга бор,
Шоирлар ичида
Ишонганим шу.
Бироз ичишини
Айтмаса агар,
Кўкси тиниқ бола,
Ҳалол бола у.
Фақат сал соддароқ,
Фақат сал ёшроқ,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Жон сўнги бошпана
Топаркан онгда,
У юрак остида
Дердим мен бўлсам.
Ажабланма агар
Эртага тонгда
Сени ўпиб, Ўшни
Қучоқлаб ўлсам!..
Ўтинчим – тепамда
Йиғлама узоқ,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!

Muhammad Yusuf
LOLAQIZG’ALDOQ
093

Shavkat Rahmon xotirasiga

92-Shavkat.jpg

Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Men ketsam, yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo`lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Biroq, ko`nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Ko`ksim kuyib borar,
Ko`krak yonmoqda,
Ayting do`xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o`z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Bunu xayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O`zing bo`lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Jon so`ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo`lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o`pib, O`shni
Quchoqlab o`lsam!..
O`tinchim – tepamda
Yig`lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf. Saylanma by Khurshid Davron on Scribd

065

(Tashriflar: umumiy 11 310, bugungi 4)

57 izoh

  1. She’r zo’r ekan,man sh she’rni qidirayotgandim,sizlarga katta rahmat !

  2. Raxmat sizlarga muhammad yusufni mana shu she’rini,biz muxlislarga taqdim etgan insonni 2dunyosi ham yorug’ bo’lsin.

  3. SALOM
    BU SHE’RNI AVVAL HAM O’QIGANDIM. LEKIN HAR GAL SHU SHE’RNI NIMAGADIR YANA VA YANA O’QIGIM KELAVERADI. MUHHAMAD YUSUF SHE’RLARIGA GAP YO’Q.O’YLAYMANKI BU SHE’R ALLAQACHON O’Z MUHLISLARINI TOPDI.SIZLARDAN ILTIMOS DARSLIKLARDA YO’Q SHE’RLARIDAN HAM QO’YSANGIZ.

  4. Sherdagi lolaqizg'aldoq b6lib qoliwni hohladim Muhammad Yusuf izdowlari k6payaversin!

    Barchaga rahmat

  5. Muhammad Yusuf sherlarini qancha o`qisangiz shuncha kam, bunday shoirlar dunyoda kamdan kam tug`iladi.

  6. Shu she’rni judayam yaxshi körardm rahmat yozgan insonga kam bömen.

  7. Bunday ijodkor dunyoga bir bor kelgan ilk va so’nggi bor. Lolaqizg’aldoq she’ri ham shunday

  8. She’r menga juda ham yoqdi.Rahmat. Yeg’lamadimu lekin tasirlandim. Yna Muhammad Yusuf she’rlaridan kiritseyla yaxshi bo’lardi.

  9. Aytishadiyu inson xayotda qancha yashagani bilan emas qanday yashagani bilan qadirlanadi M yusuf wunday inson edi LOLAQIZGALDOQ Eng yaxwi sherlardan biri M yusufni oxirati obod bolsin

  10. Sher wunaqangi odamni sehirlaydiki qayta qayta òqiging keladi.zòr wer.

  11. КОРЛИ ТОГЛАР БАГРИДАН БЕГИМ ОШИМ КУРИНДИ СУЛТОН УШИМ КУРИНДИ!!!

    ИЛОХИМ ЖОЙЛАРИ ЖАННАТДАН БУЛСИН МЕН ЖУДА ЖУДА СЕВАМАН ШЕЪРЛАРИНИ

  12. man bu she’rni o’qib maza qildim. Bu she’r bizning maktab adabiyotiga kiritilshini butin sinf so’raymiz. Lekin she’r ajoyib

  13. muhammad yusuf sherlarida o’zga bir dunyo bor qani u dunyoni men ham ko’rsam

  14. «Мендан нима қолар:
    Икки мисра шеър,
    Икки сандиқ китоб,
    Бир уюм тупроқ.»

    Хар бир сўзда бир дунё маъно, насихат ва меърос…
    Мухаммад Юсуфнинг соддалиги хам мана шунда: Тушунган тушунади, тушунмаганга хайф…
    Аллох рахматига олган бўлсин….

  15. Ajoyib inson edilar, joylari jannatda bulsin. Har bir so’zlari, misralari dilga qalbga juda juda yaqin

  16. Bu shoir öz she’rlari bilan xalqni ezgulikka, qalbi poklikka. Vattanni tinchlikka. Bir söz bilan aytkanda qalban poklikka yetaklagan. Muhammad Yusufning xar bir she’ri buyuk san’at asari darajasida taxsinga loyiq. Lolaqizg’aldoq she’ri esa barchasidan ajralib insonni ya’nada köproq öziga maftun qiladi. Bu inson xaqiqiy tug’ma qobilyat soxibi bölganlar. Iloxim joylari jannat. Oxiratlari obot bösin. She’r uchun aloxida tashakkur.

  17. Bunday shoyirlar 1000
    yilda bir keladi,
    iloxo joylari janadan
    bölsin, omin.

  18. Muhammad Yusuf shunday istedod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Shoir yashayapti! U muhlislarining dilida, yuragida mangu yashaydi!

  19. Шер факат шавкат рахмонгамас менга ухшаб турмуш уртогидан ажраганлар учун ёзилган хар куни юрагим тилка пора булиб бир марта укимасам бумийди

  20. Ha bu insonning nomi hech qachon yodimizdan chiqmaydi va biz muxlislar qalbida mangu yashaydi. She’r u/n ham kattakon RAXMAT. Bu she’rni ta’riflashga til ojizdir.

  21. Бу шеьрни тагида катта маьно бор.Жудаям чиройли хаетий эшитсам йиглайман.Бизнинг оилага эиилгандай…..

  22. ustoz muhammad yusufni sherlari har gal tinglaganda boshqacha bir tasirot qoldiradi iloho joylari janatda bolsin lekin to abad dilimizda yashaydi

  23. Qoyil men bu she’rni birinchi bor maktabda ustozim o’qib berganda eshitib yig’lab yubordim bu she’rni qidiryotgan edim va topdim kotta rahmat.

  24. ayamni sog’insam shu sherni o’qiyman,bugunam yig’lab yig’lab o’qidim .joylari jannatda bo’lsin

Izoh qoldiring