Turkiy adabiyot bo’stoni. Xo‘jandiy

xo'jandiy

XO’JANDIY

Xo‘jandiy haqidagi ma’lumotlar bizga to‘liq yetib kelgan emas. Bu haqda adibning o‘z asarida — «Latofatnoma»dagina ayrim qaydlar mavjud, xolos. Òaxallusiga qarab, uni Xo‘jand shahrida tug‘ilgan deb aytish mumkin. U Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sidan ilhomlanib, unga javob tariqasida «Latofatnoma»ni bunyod etgan.Asar o‘sha davrdagi hukmron — Mahmudxon sultonga bag‘ishlangan. Mahmudxon kichik Muhammadning o‘g‘li bo‘lib, u Òog‘ay Òemurning avlodlaridan bo‘lgan. Òog‘ay Òemur Xorazm xoni Jo‘jining o‘n uchinchi o‘g‘li edi. Mahmudxonning ikki marta taxt tepasiga kelgani ma’lum. U birinchi marta 1411- yilda, keyin esa 1422—1424- yillarda Xorazm taxtida bo‘lgan. Demak, Xo‘jandiy ham mana shu yillarda Xorazmda yashab
ijod etgan. Ushbu ma’lumotlarga tayanib, adibning XIV asr oxiri, XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etganini taxmin qilish mumkin.
Asar «Muhabbatnoma»ga javob — nazira tarzida yozilgan bo‘lsa-da, undan keskin farq qiladi. Xo‘jandiyning asari boshdanoyoq masnaviy shaklida yozilgan.Unda g‘azal, qit’a, fard va boshqa janr namunalari uchramaydi.
Xo‘jandiy juda shirali ijod qilgan. Undagi so‘z o‘yinlari, ayniqsa,tajnislarning ko‘p qo‘llanishi, arabcha va forscha so‘zlar, ko‘proq o‘zbekcha imkoniyatlarni izlagani asarning ta’sirchanligini judaoshirgan.

«LATOFATNOMA»

Sababi nazmi «Latofatnoma» 

Sahar vaqtinda kim sultoni xovar
Jamolidin jahon bo‘ldi munavvar.

Olib nayza ilikga xusravi Chin,
Habash sultonini qavdi jahondin.

Shahi mashriq alam olamg‘a urdi,
Siðohi zangi qo‘rqub yuz yoshurdi.

Chiqardi ersa shoh xanjar belindin,
Habash sultoni qochti Rum elindin.

Siðohi turk buldisa siðohi,
Hazimat tutti hindular siðohi.

Xurusi subhdam faryod oshurdi,
Kecha zog‘i yumurtqasin yoshurdi,

Tafakkurda turur erdim sahargoh,
Eshikdin bir juvone kirdi nogoh.

Firoq o‘tida bag‘ri pora bo‘lg‘on,
Elidin ishq uchun ovora bo‘lg‘on.

Aningkim ishqi yo‘q andin ne hosil,
Sevar jononasisiz jondin ne hosil,

Aningkim bir sevar jononi yo‘qtur,
Haqiqat bil tanida joni yo‘qtur.

Ne bilsun tekma nodon ishqbozi,
Haqiqat bo‘lmasa bori majozi.

Ayur kim so‘z ichinda uz bag‘oyat
Ne bo‘lg‘ay qilsangiz bizga inoyat.

Seni shoir deb ayturlar xaloyiq
So‘zungdin tuhfa keltur bizga loyiq.

Tilarman sendin, ey koni malohat,
Ki bersang so‘z bilan jonimg‘a rohat.

Muhabbat jomidin ichsang sharobe,
«Muhabbatnoma»ga aysang javobe.

Qabul ettim qabuliyat yo‘q erkan,
Fasod oldi salohiyat yo‘q erkan.

Boqib so‘z shohidining yuzin ochtim,
Boshig‘a durr-u javhar, inju sochtim.

Tafakkur bahriga bottim hijobsiz,
Chiqardim durr-u javhar ko‘p hisobsiz.

Riyozat bag‘riga soldim o‘zumni,
Imorat silkina torttim so‘zumni.

Tilimda so‘z, elimda xoma bo‘ldi,
«Latofatnoma» ham o‘n noma bo‘ldi.

Tabiattin chiqardim nazmi bisyor,
Ajunda bulmadim ezgu xaridor.

So‘zim chin donadur, nodon ne bilsun,
Bale odam tilin hayvon ne bilsun.

Xirad aytur mana tarxona borg‘il,
Salotin sarvari sultona borg‘il.

Maoni bir badantek ruhi uldur,
Qamug‘ shoirlarning mamduhi uldur.

Jamoli birla joning toza bo‘lsin,
Shohim oti baland ovoza bo‘lsin.

O‘zum birla o‘zum andesha qildim,
Shohim madh-u duosin pesha qildim.

Ayo faxri salotin, shohi davron,
Zamona mafxari Mahmud tarxon.

Ajun faxri shahanshohi zamona,
Sifoti savlating to‘ldi jahona.

Zihi sohibqiron arslon yuraklik,
Maoni majlisi ichra keraklik.

Saxovat bobida chun Hotami Tay,
Shijoat mulkida chun Kovus-u Kay.

Qiliching haybatidan Rustami Zol,
Qilibdur dunyoda g‘or ichra inzol.

Jahon tindi sening adling kuchundin,
Yoshin yashnar qilichining uchindin.

Saxovat mulkida sohibqadamsen,
Latofat ma’dani koni karamsen.

Begim, adling qamug‘ olamg‘a to‘ldi
Quyosh yanglig‘ sifoting jilva bo‘ldi.

Jamoling aksidin xurshed olur nur
Oting bo‘ldi qamug‘ olamda mashhur.

Bulut ichra yoshundi oy yuzungdin,
Shakar sizdi qamish ichra so‘zungdin.

Quyosh yuzung ko‘rib yerga yiqildi,
Adog‘ing tufrog‘ini surma qildi.

Falak boshi bila evrulsa ming yil,
Seningtek qilmag‘ay dunyoda hosil.

Xirad shatranjini uttung jahondin,
Seningtek lutfung bila to‘ldi jahondin.

Maoni ichra, shohim, qil yorarsen,
Ajunda har ne qilsang qil, yararsen.

So‘z aymoq siz bikin dono qotinda,
Quduq qazmoq erur daryo qotinda.

Valekin mo‘r kelturdi yaroqin,
Sulaymong‘a chevurtkaning ayog‘in.

Sulaymontek erur joh-u jaloling,
Xo‘jandiytek zaif bo‘lsun chumoling.

Asar qilsa agar lutfung jamoli
Adoq ostinda qolmag‘ay chumoli.

Saxovat ichra sen mingda bir ersen,
Inoyat qil Ho‘jandiyga biror sen.

Hamisha zoti poking bor bo‘lsin,
Saodat, baxt-u davlat yor bo‘lsun.

(Tashriflar: umumiy 324, bugungi 1)

Izoh qoldiring