Botirxon Valixo’jayev. Buyuk ma’naviy murshid (Xoja Ahrori Vali). Monografiya

Ashampoo_Snap_2016.12.25_22h50m00s_001_.png   XV asrning yirik siymolaridan bo’lmish Xoja Ubaydulloh Shoshiy – Xoja Ahrori Vali naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan murshidi bo’lish bilan birga o’z zamonasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy hayotda katta iz qoldirgan arboblardandir. Bu davrda uning shuhrati faqat Movarounnahrdagina emas, balki Xorazm, Dashti Qipchoq, Xuroson va Hindistongacha bo’lgan Keng jug’rofiy mintaqada taralgan edi.

01
Botirxon Valixo’jayev
BUYUK MA’NAVIY MURSHID
02

XOJA AHRORI VALINI ANGLASHGA INTILISH

XV asrning yirik siymolaridan bo’lmish Xoja Ubaydulloh Shoshiy – Xoja Ahrori Vali naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan murshidi bo’lish bilan birga o’z zamonasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy hayotda katta iz qoldirgan arboblardandir. Bu davrda uning shuhrati faqat Movarounnahrdagina emas, balki Xorazm, Dashti Qipchoq, Xuroson va Hindistongacha bo’lgan Keng jug’rofiy mintaqada taralgan edi. Zamonasidagi temuriy hukmdorlar Sulton Abu Sa’id mirzo, uning o’g’li Sulton Ahmad mirzolar qoshida Hoja Ahrorning obro’-e’tibori shunchalik baland ediki, ular murshidlarining maslahatlaridan bahramand bo’lmay turib, biror bir masalani hal qilishga shoshilmas edilar. Ulargina emas, balki Andijon hokimi Umarshayx mirzo Hoja Ahrorni mo’’tabar sanardi. Xoja Ahror faqat hokimlar nazdida e’tiborga sazovor bo’lib qolmay, balki o’z asrining mashhur olim va adiblari, jumladan Hoja Fazlulloh Abulaysiy, Sa’diddin Qoshg’ariy, Said Qosim Anvor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar ham uni «ka’bai maqsud» (Abdurahmon  Jomiy iborasi), «murshidi ofoq» (Alisher Navoiy iborasi) deb e’tirof etganlar, unga bag’ishlab dostonlar va asarlar bitganlar, uning nomini hurmatla eslaganlar.
Ammo shuni uqtirish lozimki, Xoja Ahror hayotligida unga boshqacha munosabatda bo’lib, uni obro’sizlantirish uchun intilganlar ham bo’lganlar, uning to’g’risida har xil rivoyatlar (albatta, yomonlovchi) to’qiganlar va tarqatganlar. Bu hol shayxulislom Xoja Mavlono va Xoja Ahror o’rtasidagi munosabatlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo bu fitna amalga oshmay, fitnachilar o’zlari, jumladan Xoja Mavlono sharmanda bo’lib, umri oxirida qilmishlaridan pushaymon bo’lib, Xoja Ahrordan uzrlar so’ragan. Bu voqyeaga bag’ishlangan hikoyat Xoja Ahrorning o’zi tomonidan hamda uning guvohi bo’lgan shaxslar tomonidan aytilib, shogirdi Muhammad Qozi tomonidan quyidagicha yozib qoldirilgan (Mazkur voqyeaning mazmuni akaDemik V.V. Bartoldning «Ulug’bek va uning davri» asarida Ali Safiyning «Rashahot ayn ul-hayot» kitobi asosida bayon qilingan «Xoja Mavlononing hazrati eshon (Xoja Ahror) bilan xusumati qissasi:
Xoja Mavlono o’zining xossa suhbatdoshlari bilan bo’lgan o’ltirishda eshon hazratlari (Xoja Ahror) haqida g’iybat so’zlar aytibdi. Eshon hazratlariga muxlis bo’lganlardan biri bu g’iybatlarni eshitib, shunday degan ekan: hyech bo’lmaganda eshon hazratlarining sohib davlat ekanliklarini nazarda tutib, bunday g’iybat so’zlarni oshirib yubormasangizlar. Xoja Mavlono unga shunday javob beribdi: to’g’ri aytasiz, Men ham buni bilaman, ammo nima qilayki, obro’-izzat g’ururi meni tinch qo’ymayapti. Shayx ul-islomlik lavozimi taqozasi bilan men shunday qilishga majburman.
(Xoja Ahror) aytur edilarki, mirzo Sulton Abu Sa’id vafotining xabari kelgandan so’ng bir kun yo’lda Xoja Mavlono bilan yuzma-yuz uchrashib qoldik. Ammo Xoja Mavlono yuzini bizdan o’girib, «Xoja, salom aLeyk» deb aytdida, to’xtamasdan otini tez surib ketdi. Vaholonki, bundan oldingi kuni ko’chada uchrashib qolganimizda, biz bilan birga yarim shar’iy (taxminan 20-30 Metr masofa) yo’lni birga o’tdi va juda majbur qilganimizdan so’nggina orqaga qaytib, yo’lini davom ettirgan edi. Shunda biror ish payida yurgani ko’nglimizdan o’tgan edi. Bir necha kundan so’ng, ma’lum bo’ldiki, Xoja Mavlono amirlar bilan Kelishib, shunday qarorga kelgan ekan: bundan so’ng Xoja (Ahror)ning uyiga bormaysizlar, uning so’zlariga quloq solmaysizlar, unga umuman e’tibor qilmaysizlar. Shuning bilan birga shunday ham degan ekan: Men shunday fatvo-shar’iy hukm chiqaramanki, sizlar uning (Xoja Ahrorning) mol-mulkini musodara qila olgaysizlar. Ana shu kengash vaqtida Amir Abdulali bo’lmagan va u Kechikib kelgan ekan. (Amir Abdulali haqida Bobur o’zining «Boburnoma»sida shunday yozadi: «Sulton Ahmad Mirzo umarosidan yana biri Abdulali tarxon edi. DarVesh Muhammad tarxonga uruq bo’lar edi, Boqi tarxonning onasi bo’lg’ay. Agarchi darvesh Muhammad tarxon g’o’ra va mucha bila mundin ulug’ edi, vaLe bu fir’avn ani ko’zga ilmas edi. Buxoro hukumati necha yil munda edi. Navkarni yaxshi shafqat bila saqlar edi. Baxshish va Purshish va devon va dastgoh va shilon va majlisi podshohona edi. Zobit va zolim va fosiq va mudamme’ kishi edi. Shayboniyxon garchi navkari emas edi, vale necha mahal muning bila bo’lur edi. Shayboniyxonning muncha taraqqiy topmog’iga va muncha qadim xonavodalar buzilmog’iga Abdulali tarxon sabab bo’ldi» («Boburnoma» ToShent, 1960, 77-bet). Shunda amir DarVesh Muhammad (bu amir xaqida ham Bobur shunday ma’lumot beradi: «Sulton Ahmad mirzoning umarosidin) yana biri DarVesh Muhammad tarxon edi. O’rda Bug’a tarxonning o’g’li, Sulton Ahmad mirzo, Sulton Mahmud mirzoning tuqqan tag’oyisi edi. Mirzo (Sulton Ahmad mirzo) qoshida borcha beklardin ulug’roq va mo’’tabarroq edi. Musulmon va odmi va darveshvash kishi edi. Hamisha mushaf kitobat qilur edi. Shatranjni bisyor o’ynar edi, yaxshi o’ynar edi. Qush ilmini xo’b bilur edi. Qushni xo’b solur edi. Oxir Boysung’ur mirzo bilan Sulton Ali mirzoning g’avg’osida ulug’luq zamonida badnomlik bila o’ldi» («Boburnoma», 77-bet). Aytibdurkim, biz bir kelishuvga keldik. Siz yo’q edingiz. Sizning ham bu kelishuvga qo’shilishingiz ma’qul ko’rinadi. Shundan so’ng amir Abdulali aytibdi: qanday kelishuv ekanini tushuntirsangiz, shunga qarab ish tutsam. Amir DarVesh Muhammad tarxon Xoja Mavlono bilan qilingan kelishuv mohiyatini tushuntirgach, o’ylab turibdida, shunday debdi: bu masalada xato qilibsizlar. Chunki bu aziz (Xoja Ahror) biz va sizning e’tiborimiz tufayli mo’’tabar bo’lgan emas, balki haqning, ya’ni Olloh taoloning e’tibori natijasida mo’’tabar bo’lgan zotdir. Ertaga bu mo’’tabar zot shunday zarba beradiki, bu zarba natijasida sizu biz yer bilan yakson bo’lamiz, sharmandai sharmisor bo’lib qolamiz. Ma’lum bo’lsinkim, Men bu masalada sizning kelishuvingizni ma’qullamayman. Bunday dushmanlikdan ko’ra har qanday boshqa makruhlik Menga yaqinlashadigan bo’lsa, unga roziman.
Eshon hazratlari (Xoja Ahror) shunday aytar edilarki, amir Abdulali garchi nafsini qondirish uchun zulm qilguvchi bo’lsada, ammo bizning mo’’tabar tariqatimizga bo’lgan ixlosi tufayli Olloh taolo uning noxush va nomaqbul harakatlarini Kechirib, uni avf qilgusidir. Jahon ustod ul-ulamosi janob mavlono Ali Arron shunday hikoyat qilib edilarki, Xoja Mavlononing amirlar bilan kelishuvidan (Xoja Ahror borasida) so’ng shayx ul-islom Xoja Mavlononnng qabuliga borgan edim. Xoja Mavlono shunday dedi: Mavlono, tashrifingiz yaxshi bo’ldi. Hozir qishloqiy shayxni (Xoja Ahrorni) ko’rishga borurmiz. Men uni qay ahvolga solishimni ko’rib qo’ysangiz. Mavlono Ali Arron aytur erdilarkim, mening Xoja Ahror hazratlariga nisbatan e’tiqodim baland edi. Xoja Mavlononing bu gaplarini eshitib, juda xafa bo’ldim. Men Xoja Ahror hazratlari uylariga bormasligimni aytib, ijozat so’rasam-da, Xoja Mavlono ruxsat bermadi va shunday Dedi: uning (Xoja Ahrorning) haqida nima qilmoqchi bo’lsak sizning huzuringizda amalga oshirurmiz. Bu gaplarni eshitib, hushimni yo’qotayozdim. Ammo hyech iloj topolmadim. Xoja Mavlono bilan borishga majbur edim. O’sha kuni Xoja Ahror hazratlari Motriddagi uylarida edilar. Motrid tomon yo’l olindi. Men ham majburan Xoja Mavlono bilan birga borardimu Olloh taologa iltijo qilib so’rardimki, Xoja Mavlononing hazrati Xoja Ahrorga nisbatan qilmoqchi bo’lgan odobsizliklarini ko’rmasligim va uning guvohi bo’lmasligimning chora-tadbirini ko’rishni amalga oshirsa…
Motridga yetib keldik. Xoja Ahror hazratlari gumbazli ayvonda o’tirgan ekanlar. Bizni kutib olib, dasturxon olib Kelish uchun o’zlari uyga kirdilar va o’z qo’llari bilan Xoja Mavlono oldiga dasturxon yozdilar, taom qo’ydilar. Xoja Mavlono taomga mayl ko’rsatib, hazrat Xoja Ahrorga bir gap aytishga hozirlik ko’rib, endi og’iz ochmoqchi ham ediki, nogoh birov kelib, Mirzo Sulton Ahmad o’z amirlari bilan tashrif buyurdilar, deb xabar berdi. Xoja Mavlono bu xabarni eshitib, shoshib qoldi. Chunki amirlar kengashida Xoja Ahror uyiga bormaslikni uning o’zi uqtirgan edi. Ularning Xoja Ahror uyiga nima maqsadda kelganliklarini Xoja Mavlono bilmasdi va shuning uchun nihoyatda taraddudlanib qoldi. Hazrati eshon (Xoja Ahror) Sulton Ahmad mirzo va uning amirlarini kutib olish uchun chiqqan vaqtda Xoja Mavlono va bu faqir, (mavlono Ali Arron) Sulton Ahmad mirzo va amirlari ko’rmasin deb hovlidagi odamlar ko’magida to’rt paxsalik Devordan oshib tashqariga tushdik. Men (Ali Arron) bu vaqtda Xoja Mavlononing Xoja Ahrorga nisbatan qo’pol muomalalarini ko’rmaganim uchun shukrlar aytur edim.
To’nlari va oyoq kiyimlari tuproqqa belangan ikki qariya devor tagida o’tirar edik. Bizning otlarimizni olib kelganlaridan so’ng otlarga mindik va o’sha yerdan bir-birimizdan ajralib ketdik. Shundan so’ng Sulton Ahmad mirzo va uning amirlari xuddi avvallari bo’lganidek hazrati eshon (Xoja Ahror) ziyoratiga tez-tez borib turardilar. Ana shunda amir Abdulalining bashorati to’g’ri chiqdi.
Bir darVesh shunday hikoya qildiki, bir vaqt Xoja Mavlononing majlisida bizning Xojamiz (Xoja Ahror) haqida so’z boribdi. Xoja Mavlono shunday degan emish; bu jual (axlat qo’ng’iziga, Xoja Ahror)ga e’tibor qilmang, chunki uning ishi mol-mulk yig’ishdan boshqa narsa emas (Bu o’rinda shuni eslatish lozimki, Xoja Mavlononing bu so’zlari «Manoqibi Xoja Ahror» deb atalgan kitobdagi ayrim voqyealar qahramoni aytgan so’zlar bilan hamohangdir. Jumladan: «Bir kun Xoja Ahror Samarqandning Sug’didagi mulkiga Ketayotganda bir qalandar uning yo’lini to’sib: ey dunyodor, qancha dunyo to’playsan?» – deb aytgan. Bu hol keyinchalik ta’kidlaydiganimiz bir haqiqatni – Xoja Ahrorga qarshi kurashning uyushtirilgan ekanini yana bir karra tasdiqlaydi).
Bu so’zlar hazrati eshonga yetib boribdi. Hazrati eshon shunday debdurlar: oqibatda jualday o’lgay.
Xoja Muhammad jarrohning o’g’li Mavlono Ma’ruf shunday dedi: Men Hirotda edim. Xoja Mavlono ham bu shaharga keldi. Shahar akobirlari uni ko’rishga keldilar. Ular Xoja Mavlono so’zlarida parishonlik borligini mushohada qildilar. Shundan so’ng oldiga juda oz kishi borar edi. Oxiri amir Chaqmoq madrasasida yashadi. Uning oldiga kelgan odamga «Bularning hammasi o’sha shayxning (Xoja Ahror) karomati» deb aytar edi. Shunda ulardan biri aytdi: ey Xoja Mavlono, siz shayx ul-islomsiz, Samarqand sohibisiz, ota-bobolaringiz u shaharda izzatli va hurmatlidurlar. Umringiz oxirida bunday parishonlik va xo’rlikka uchrashuvingiz o’sha shayxning karomati bo’lmay nima ham bo’lardi. Oqibatda Xoja Mavlono kasallikka uchradi, kasalligi vaqtida men (Mavlono Ma’ruf) unga qarashib turardim. Bir kuni hujrasiga kirsam, najosati ustida o’tirib, qo’llari bilan uni titib barmoqlarini burniga keltirib, ey Mavlono Ma’ruf, mushil (najosat)ning hidi yoqimli ekan, deganini eshitib, nafratim oshdi-da, hazrati eshon (Xoja Ahror)ning so’zlari xotiraga keldi. Ul hazrat «Xoja Mavlono jualday o’lsin» degan edilar. Darvoqye, shunday bo’ldi. Umrining oxirida Mavlono Muhammad Muammoiy uning oldiga kelganida, ko’zlarini ochib Mavlono Muhammad Muammoiyga qarab, shunday dedi: «Hurmatli Mavlono Muhammad! Agar muhtaram Xoja Ubaydulloh (Xoja Ahror)ning ziyoratiga borsangiz bizning gunohlarimizni aytib, uzrimizni ham yetkazsangiz: nima qilgan bo’lsak nafs-izzattalashlik va obro’ orttirish uchun qilgan edik. Hammasidan voz kechdik. Karam qilsinlar-da, bizning gunohlarimizni bag’ishlasinlar». Shunday Dedi-da olamdan ko’z yumdi».
Mavlono Ma’rufning bu hikoyasini Muhammad Qozi Xoja Ahrorning kayfiyatlari yaxshi bo’lgan bir vaqtda ul hazratga aytganida Xoja Ahror nihoyatda ta’sirlanib, Xoja Mavlononing gunohlarini bag’ishlaganlar. Bu hikoya hayotiy va voqyeiy bo’lib, unda qatnashuvchi va hikoya qiluvchilar ham voqyealarning bevosita guvohi bo’lgan tarixiy shaxslardir. Shuning uchun unga ishonmaslik va yoki e’tibor bermaslik mumkin emas. Shunga qo’shimcha tarzda Rashid Nabiyevning «XV asrda Movarounnahrning siyosiy-iqtisodiy hayotidan (Xoja Ahror haqida mulohazalar)» nomli maqolasida foydalanilgan «Manoqibi Xoja Ahror»dagi quyidagi ma’lumotni ham nazarda tutmoq lozim ko’rinadi. «Manoqibi Xoja Ahror»da shunday keltirilgan ekan:
«Abdurazzoq nom shaxse bud, ki kori o’ hamesha qati tariq bud, ba bady va daLery shuhrati azim dosht. Xoja Mavlono ba o’ mablag’i kasir zar va’da kardand, ki agar tu hazrati Xoja (Ahror) ro bikushy, in mablag’ro bar tu rasonam. U niz qabul karda, ki on chunon bikunad».
Mazmuni: Abdurazzoq degan bir kishi bor edi. U hamisha yo’lto’sarlik qilar, yomonligi va dadilligi bilan shuhrat qozongan edi. Xoja Mavlono unga ko’p oltin va’da qilib, agar Sen hazrat Xoja (Ahror)ni o’ldirsang, shu oltinlarni beraman, degan. U ham rozi bo’lib shunday qilajagini aytgan».
«Manoqibi Xoja Ahror»da Keltirilgan boshqa bir voqyea ham ahamiyatli bo’lib, bu haqda R. Nabiyev shunday yozadi: «Manoqibi Xoja Ahror» ismli bir asarda aytilishicha, Abu Sa’id o’zi Xurosonga ketgan choqlarda Samarqandda o’zi bilan nomdosh bo’lgan bir kishini – Abu Sa’id ismli birovni hokim qilib qoldirgan. Shahar hokimi Abu Sa’id boshliq Sulton Abu Sa’id amirlari Xoja Ahrordan norozi bo’lib, Xurosonga Sulton Abu Sa’idga xat yozadilar. Haqiqatda Xoja Ahrorning harakatida shaharni Abu Sa’id dushmanlariga olib berish maqsadi ko’rinib, uning tomonidan sodir bo’lgan bu narsani amirlar tezda sezib oladilar. Yuborilgan xatning mazmuni Xoja Ahrorning Samarqand hokimiga va umuman Sulton Abu Sa’id davlatiga qarshi qaratilgan harakatlarini hukumdorga yetkazishdan iborat bo’lib, u Sultonning eng ishongan odami Mavlono Muhammad Ali Xorazmiy qo’li bilan yoziladi.
Abu Sa’id bu xatni olgach, Samarqandga kelishga majbur bo’ladi. U Abbos cho’liga (Darg’omning janubiy tomonida) kelganda, Xoja Ahror ham boshqa amirlar qatorida Samarqanddan Sultonni kutib olishga chiqadi va Abu Sa’idga uch marta: Mirzo, biz sizga qanday e’tiqod qilgan bo’lsak, siz ham bizga shunday e’tiqod qiling, nima qilgan bo’lsak sizning davlatingiz va musulmonlarning rifohiyati (tinchligi, osoyishtaligi) uchun qildik, deb murojaat qilganda, Abu Sa’id javob qaytarmadi, lekin Xojaning ma’lum mohir bir taktika bilan ish ko’rishi unga aniq bo’lganidan keyinroq bu ahvol bilan kelishishga majbur bo’ladi».
Keltirilgan misollardan ma’lum bo’ladiki, Xoja Ahrorga qarshi kurashni asosan hokim tabaqa vakillari va shariat peshvolari olib borganlar, uni obro’sizlantirish, ta’sir doirasini cheklash uchun intilganlar. Xoja Ahror haqida o’sha davrda va keyinroq yozilgan ayrim maqomot va manoqiblarda ana shunday «g’iybatlar, nomunosib narsalar nazm va nasr bilan» ataylab yaratilgandir. Bas, shunday ekan, Xoja Ahror haqida maqomot va manoqiblardagi ma’lumotlarga nihoyat ehtiyotkorlik va daqiqlik bilan yondashish, ulardagi g’iybat va haqiqatni aniqlab olish talab qilinadi. Albatta, shunday yondashmoq adolatdan bo’lur edi. Agar shunday yo’l tutilmasa, Xoja Ahrorning haqiqiy siymosi va mavqyeini aniqlashda chalkashliklar davom etaveradi.
Xoja Ahror hayotligi vaqtida unga bo’lgan ikki xil munosabat keyingi asrlarda ham davom etdi. XVII asrning oxiri – XVIII asrning boshlarida faoliyat ko’rsatgan Roqim Samarqandiyning «Tarixi kasira» (Ko’p tarix) asarida Xoja Ahrorga nisbatan samimiyat va ehtirom bilan so’z yuritiladi. Bu o’rinda uning mazmunan tarjimasini to’liq holda keltirish joizdir.

Yaxshilar qutbi va madadkori hazrat Xoja Ahrorning vafoti tarixi.

Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror ilohiyot sirlari maorifining donishmandi, tariqat yo’lovchisi, hyech shubhasiz valiylik osmonining qutbi, haqiqatga intiluvchilarning pushtu panohidir. Bu hazrat Mavlono Ya’qub Charxiyning mukammal tarbiyati uslubi etagiga irodat qo’lini cho’zdi. Hazrati Mavlono Ya’qub Charxiy esa, o’z navbatida, hazrati shohi naqshbandning baland uchar qushi domiga tushib, uning muridi bo’lgan edi. Garchi hazrat Xojada shahanshohlik va podshohlikning Beqiyos isTe’dodi bo’lsada, ammo risolatpanohning hadislarida aytilganidek: «al-faqiru faxri», ya’ni «faqirlik mening faxrimdir» mazmuniga amal qilib, faqirlikning to’g’ri yo’lidan chetga qadam qo’ymadilar va haqiqatni ko’ruvchi nazarlarini ilohiy tajalliyotdan boshqa dunyoviy narsalarga qaratmadilar. Hazrati Xojaning mol-mulklari Benihoyat ko’p bo’lsada, ammo ularning tabarruk xotiri Dehqonchilikka mayl qilib, undan olinadigan mahsulotlarni fuqaro va Bechoralarga sarf qilur edilar. Shu jihatdan mavlono Abdurahmon Jomiy Hazrati Xoja haqida shunday buyurub edilar;

Hazoron mazraa dar Zeri kisht ast,
Ki zodi raftani rohi bihisht ast

ya’ni, minglarcha yerlarga ekin ekilib, ularning hosili esa jannatga boruvchilarning yo’l oziqasi bo’lardi.
Bu dunyo yerlaridan yetishtirilgan mahsulotlarni sadaqa qilmoq oxiratni obod qilguvsidir.
Yaxshilarning sayidi bo’lmish hazrat Xoja Ahror ahlulloh sulukining Haqqa muhabbat tariqi, vujudi mutlaqqa bandalik va irodat yo’lining soliki bo’lib, dunyodorlik va unga bog’liq narsalardan ko’z yumish ul hazratning maxsus odati edi. Iloh dargohining maqbuli bo’lmish bu hazratga g’olib va baland martabali ko’pgina podshohlar ta’zim bajo keltirib, uning zafar bag’ishlaguvchi ruhidan madad istardilar. Ulamo va fozil kishilar hazrati Xoja Ahrorning Ollohning rahmatli arig’i va ma’rifati daryosidan sug’orilgan pokizalik manbai bo’lmish bog’idagi chamanzordan murod gullari va ixlos samaralarini topadilar. Muallifdan (ruboiy):

To ravzai Xojai mutahhar anvor ast,
Manzilgahi qutb, majmai abror ast.
Xayriyati har du kavn hosil gardad,
On kas, ki g’ulomi Xojai Ahror ast.

Mazmuni:
Pokiza Xojaning ravzasi nur taratar ekan,
Yaxshilarning to’planish manzili-qutbidir.
Har ikki dunyo muammolari xayrli yechiladi,
Kimki Xoja Ahror bandasi-muxlisidir.

Xullas, bu kitobning yozuvchisi sulton ul-avliyo va muin ul-fuqaro (Xoja Ahror) ahvoli sharhida nima ham Deya olardi. Zero Mahdumiy Abdurahmon Jomiy o’zlarining «Tuhfat ul-Ahror» dostonlarida bu haqda batafsil to’xtalganlar. Jumladan:

Zad ba chahon navbati shohanshahy,
Kavkabai faqri Ubaydullahy.
Ro’i zamin k-ash na saru na bun ast,
Dar nazarash chun rui yak noxun ast.
On ki zi hurriyati faqr ogah ast,
Xojai Ahror – Ubaydullah ast.

Mazmuni:
Jahonga shahanshohlik navbati yetdi,
Ubaydulloh faqri hashamatining.
Yer yuzi avvaldan oxirgi nuqtasigacha,
Uning oldida tirnoqday ko’rinar, bas.
Faqrning hurriyatidan ogoh zot-bu
Xoja Ahror Ubaydulloh bu.

Shu bilan birga mavlono Muhammad Qozi hazratlari ham bu tabarruk zotning ahvoloti sharhini «Silsilat ul-orifin» kitoblarida bitibdirlar. Mir Abdulavval hazratlari ham o’z «Majmaa»larida eshon hazratlarining ahvolotlari haqida mufassal so’z yuritganlar. Husayn Voizning muhtaram farzandi mavlono Faxriddin ham o’zining «Rashohot» nomli fayzli asarida bu hazratning ahvolotlari, kashfu karomat va odatlari bobida ma’lumot beradi. Mavlono Faxriddin eshon hazratlari bilan ul janobning keksaliklari vaqtida uchrashgan edi.
Xoja Ahror hazratlari tarix 895 hijriy yil rajab oyining shanba kunida (1490, may-iyun oylari) Samarqand qishloqlaridan bo’lmish Kamongaronda (Urgut tumanida) bu olam bilan vidolashdilar. U hazratning tabarruk jasadlari Kamongarondan Xoja Kafshgar mahallasiga olib kelinib, dafn etildi. Bu qabristonga hazratning ko’pgina yaqinlari, mashhur ulamo va fozillar dafn etilganlar. Jumladan, bu asar muallifining ajdodi bo’lmish mavlono Ismatulloh ibn Mavlono Mahmud ibn mavlono Ne’matulloh, hadislarning tafsirchisi muhaddis mavlono Mahmud ibn mavlono Abdulali Geloniy (bul zot kamina Roqimning ajdodlaridandir), Mavlono Isomiddin va boshqalar.
Hazrati Xoja Ahrorning mozorlari shahardan bir mil (4 km) masofadadir. Shahar darvozasidan hazrati eshon maqbaralarigacha boradigan yo’l xiyobondir. Bu xiyobon o’zining ko’kalamzorligi, baland bo’yli daraxtlari tufayli hamisha soya salqindir. (Xiyobon tasviriga bag’ishlangan she’r Keltirilgan).
Shundan so’ng Xoja Ahror vafoti munosabati bilan turli shoirlar, jumladan, Alisher Navoiy tomonidan yozilgan ta’rix-qit’a ketma-ket joylashtirilgan.
Amiri kabir Alisher Navoiyning hazrati eshon vafoti munosabati bilan yozgan ta’rix-qit’alari quyidagicha:

Xojagon tariqatining xojasi Ubaydulloh,
Murshidi solikoni rohi yaqin.
Shud ba xuldi barin, ki az favtash,
Soli ta’rix gasht: «xuldi barin».

Mazmuni:
Xojagon tariqatining xojasi Ubaydulloh,
Tabarruk yo’l yo’lovchilarining murshidi.
Vafot etgach, bihisht sari otlandi,
Shuning uchun tarixi yili bo’ldi «xuldi,barin».

Ana shu ta’rix munosabati bilan ayrim mulohazalarni bayon etish ma’qul ko’rindi.
«Xuldi barin» iborasidagi «xuld» so’zi ikki ma’noni bildiradi: doimiy boqiylik va bihisht, jannat. «Barin» so’zining ma’nosi oliy, balanddir. Shu jihatdan «xuldi barin» iborasining bir ma’nosi «abadiy va oliy boqiylik» bo’lsa, ikkinchisi «oliy bihisht», eng yuqori jannatdir. Agar «xuldi barin» iborasi abjad usulida hisoblansa, 896 raqami kelib chiqadi. Vaholanki, barcha manbalarda Xoja Ahrorning vafoti yili 895 hijriy yil deb ko’rsatilgan. Shu jihatdan bu ta’rixda («xuldi barin» – 896) ozgina tushunmovchilik bo’lgan ko’rinadi. Bunday tushunmovchilik Xoja Ahror vafot etgan oyni ko’rsatishda ham uchraydi. Jumladan, «Tarixi kasira»da Xoja Ahrorning vafoti 895 hijriy yilning rajab oyi shanba kunida deb ko’rsatilsa, Xoja Ahrorning shogirdi va bu voqyea (vafot) guvohi bo’lgan Muhammad Qozi shunday yozadi: «Vafoti eshon (Xoja Ahror) dar shabi shanBe bistu nuhumi rabe’ ul avvali sanai xamsa va tis’in va samona mia (895) bud», ya’ni Xoja Ahrorning vafoti 895 yilning 29 rabe’ ul avval oyi, shanba kechasi sodir bo’ldi, deb yozadi. Agar 895 hijriy yilning rajab oyi 1490 melodiy yilning may-iyun oylariga mos kelsa, raBe’ ul-avval oyi 1490 yilning yanvar-fevral oylariga to’g’ri Keladi. Oyning kuni ham 29 raBe’ ul-avval deb ko’rsatilgan ekan, bu 21 fevraldir. Bizningcha, bu masalada Muhammad Qozi ma’lumotiga asoslansak ma’qul bo’ladi. Shuningdek, Abdurahmon Jomiyning «Xotimat ul-hayot» Devonida Muhammad Qozining fikrini quvvatlaguvchi ta’rix (895) Keltirilgan va Xoja Ahror Rasululloh vafot etgan oyi vafot etdi, deb ta’kidlangan (A. Jomiy. «Vasitat ul-iqd» va «Xotimat ul-hayot». M., 1980. 306 bet, arab yozuvida). Ma’lumki, Rasululloh, ya’ni Muhammad payg’ambar 11 hijriy yil rabe’ ul-avval oyida – 632 Melodiy yilning iyun oyida vafot etgan (O.G. Bolshakov. Istoriya xalifata, 1989. s.186). Xullas, Xoja Ahrorning vafot etgan vaqti 895 yil, 29 raBe’ ul-avval oyi, shanba Kechasi, Melodiy yil hisobida 1490 yil 21 Fevral shanba Kechasidir.
Endi «Tarixi kasira» haqidagi mulohazalarimizni davom ettiramiz. Xoja Ahrori Valining nomi nihoyat ehtirom bilan tilga olinib, u sulton ul-avliyo (Avliyolar sultoni) va muin ul-fuqaro (faqirlar madadkori) tarzida tavsiflangan. Bu davrda Xoja Ahror haqida Muhammad Qozi, Mir Abdulavval hamda Ali Safiy tomonidan yozilgan asarlar ham ma’lum va mashhur bo’lgan ekan.
Keyingi davrlarda Xoja Ahror va uning faoliyatini talqin etish, uni tanish qanday davom etdi. XIX asrda yaratilgan turli xil manbalarda Xoja Ahror haqida ijobiy fikr yuritish holati ko’zga tashlanadi. Jumladan, mashhur mojor olimi Hyerman Vamberi O’rta Osiyo, jumladan, Buxoroga qilgan sayohatlari natijasida yozgan «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» asarida Xoja Ahror haqida shunday yozadi:
«Xoja Ubaydulloh Ahror – Bahovuddin Naqshbandiy tariqatining muridi va eng muxlis murshidi. Olim va mutasavvuf sifati bilan shu qadar buyuk hurmat va obro’ qozongan ediki, o’sha vaqtdagi xonlar bir-biriga raqobat qilgandek uning husni tavajjuhiga noil bo’lishga intilar edilar. Shu holda ham u go’yo Muhammad Payg’ambar tarafidan bayon qilingan «al-faqru faxri» (faqirlik mening faxrim) so’ziga favqulodda rioya etib, Qorako’l yaqinida o’z qo’li bilan qo’sh haydab kambag’alday yashar edi. Xoja Ahror Vali 895 (1489) yilda Qumagiron kentiga borgan paytda vafot etdi. Uning e’tiqodga doir «To’hfai Ahror» nomli kitobi ko’p kishilar tarafidan hozirgacha o’qilmoqda va qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga har tarafdan kishilar keladilar. (H. Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. Toshkent, 1990, 74-bet).
H.Vamberining ma’lumotida ayrim tahrirtalab joylar ham uchraydi. Jumladan, Xoja Ahrorning vafoti yili hijriy 895 yil deb to’g’ri ko’rsatilgani holda, ammo Melodiy 1490 yil o’rnida 1489 yil deb yozilgan. Yoki, Xoja Ahror «Qorako’l yaqinida o’z qo’li bilan qo’sh haydab, kambag’alday yashar edi» deb yozilishi ham to’g’ri emas. Chunki uning asosiy umri Toshkent, Samarqand, Hirot, Buxoroda o’tib, ammo uning Qorako’l va boshqa joylarda turg’un yashagani haqida ma’lumotga ega emasmiz. Vamberi Xoja Ahror vafot etgan joyning nomini Qumagiron tarzida xato yozgan. Aslida u Kamongaron bo’lishi kerak. Bundan tashqari H.Vamberi Xoja Ahrornipg «To’hfai Ahror» kitobidan xabar beradi. Vaholanki, bizga ma’lum bo’lgan manbalarda Xoja Ahrorning «To’hfai Ahror» asari qayd qilingan emas. Shunday bo’lsa-da, H.Vamberi ma’lumotining muhim tomoni Xoja Ahrorning XIX asrdagi shuhrati hamda unga nisbatan xalq ehtiromining guvohi bo’lib, o’z taassurotlarini qog’ozga tushirganidir.
XIX asr oxirlari va XX asrda Xoja Ahror haqida e’lon qilingan ishlar va ularning mohiyati professor A.N. Boldirevning «Yana Xoja Ahror masalasiga doir» nomli maqolasida ancha batafsil yoritilgan. («Duxovenstvo i politicheskaya jizn na Blijnem i SRedNem VostoKe v Period Feodalizma», maqolalar to’plami, Moskva, 1985, 47-62 Betlar). A.N. Boldirevning bu maqolasi Xoja Ahror haqida batafsil so’z yuritish ancha qiyin bo’lgan bir davrda maydonga kelib, unda Xoja Ahror to’g’risida salbiy so’z yuritishning kuchayish sabablari qalamga olingan, Xoja Ahror hayoti va faoliyatiga yangicha, xolisona baho berish masalasi ta’kidlangan. Maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida N.I. Veselovskiy, N.G. Malliskiy va V.L. Vyatkinlar tomonidan Xoja Ahror haqida aytilgan samimiy gaplar alohida eslatilgan va ular ma’qullangan. Maqolada V.I. Vyatkinning 1904 yilda e’lon qilingan «Xoja Ahror tarjimai holidan» maqolasidagi quyidagi fikrlar aynan Keltirilgan: (mazmunan tarjimasi) «Xoja Ahrorning davlat arbobi sifatidagi xizmatlari eng avval shu bilan belgilanadiki, u Amudaryoning bu tomonidagi hukmdorlar nazdidagi beqiyos ta’siridan foydalanib, arzimagan bahona bilan qardoshlar o’rtasida qirg’in urushlarni boshlab yuborishga tayyor bo’lganlarni tinchlantirish, o’zaro urushlarni to’xtatish uchun o’zining barcha imkoniyatlarini ishga solardi. U Samarqand, Toshkand va Farg’onada, bu yerdagi tushunchaga ko’ra, nisbiy osoyishtalikni barqaror qilishga ko’maklashdi. Qayerda tinchlik o’rnatish uchun kelishuv va inoqlikka ehtiyoj bo’lsa, Xoja Ahror o’sha yerga darhol borardi. Umuman aytganda, Xoja Ahror, hukumat oldidagi favqulodda obro’sidan kelib chiqib, o’zining butun imkoniyatlarini adolatning tantanasi uchun ishga solardi». Ko’rinadiki, V.L. Vyatkin bundan qariyb 90 yil oldin Xoja Ahror va uning mavqyei to’g’risida xolisona fikrlarni ayta olgan. Bu fikrlar asossiz maydonga kelgan emas. Chunki O.I. Chexovich ta’kidlaganidek, V.L. Vyatkin Xoja Ahrorga bag’ishlangan maqolalarini yozayotganda, uning zamondoshlari Mir Abdulavvalning «Masmuot», Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin», Ali Safiyning «Rashahot ayn ul-hayot», kabi asarlaridan foydalangan ekan. Shunisi diqqatga sazovorki, O’rta Osiyo xalqlari tarixi, tillari, urf-odati, dini va adabiyotini yaxshi bilgan V.L. Vyatkin yuqorida eslatilgan manbalarning ma’lumotlariga shubha bilan qaramagan, ularni to’g’ri o’qiy olgan va sharhlagan.
A.N. Boldirev o’z maqolasida XX asrning boshida Xoja Ahrorni qoralashga intilish V.V. Bartold ishlarida ko’zga tashlanganini uqdiradi.
O.D. Chexovichning ta’kidicha, V.V. Bartold Xoja Ahror haqida yozayotganda V.L. Vyatkin maqolalaridan xabardor bo’lgan va u foydalangan manbalarga tayangan. (Samarkandskiye dokuMenti XV–XVI vv., s.17). Bas, shunday ekan, nega endi aynan bir manbalarga tayangan sharqshunosning Xoja Ahror faoliyatiga baho berishi ikki xil?
Ma’lumki, V.V. Bartold Sharq xalqlari tarixini asl manbalar asosida chuqur o’rganib, bu sohada katta obro’ga ega bo’lgan qomusiy muarrixlardan sanaladi. Bas, shunday ekan, Nega Xoja Ahror faoliyatini baholashga kelganda qora buyoqdan ko’proq foydalanadi? Nega qariyb 80 yil bu qora bo’yoqdan ko’pgina tadqiqotchilar, adib va yozuvchilar ham foydalanib keldilar. V.L. Vyatkinning bu masalaga doir mulohazalari esa soyada qolib ketdi. Afsuski, A.N. BoldiRev bu masalani oydinlashtirishga uncha o’rin ajratmagan. Bu o’rinda V.V.Bartold tomonidan bayon qilingan mulohazalarning davrini nazardan kechirmoq ma’qul ko’rinadi. Ma’lumki, V.V. Bartoldning «Ulug’bek va uning davri» risolasi 1915 yilning boshlarida yozilib, 1918 yilda nashr ettirilgan. Bu asarning Tezislari esa 1915 yil 15 mart kuni o’qilgan «Ulug’bek va Xoja Ahror» ma’ruzasida bayon etilib, unda Xoja Ahror va tarafdorlarining shariat uchun madaniyatga qarshi kurashi xalq manfaatlari yo’lida har qanday zolimlarga qarshi kurash sifatida tuyulardi, degan g’oya olg’a surilgan edi. (V.V. Bartold. Sochineniya. Tom II, chast 2, 167-bet, izoh). V.V. Bartold o’z mulohazalarini davom ettirib, yana shu narsani ham ta’kidlaydiki, Xoja Ahror va uning tarafdorlari umumiy Tenglik uchun madaniyatga qarshi kurash vahshiylikni joriy qilish ekanligini tushunmas emishlar. Shunday qilib, bu mulohazaning, aytilish davriga e’tibor qilinsa, masala biroz oydinlashar degan umiddamiz. Ma’lumki, chor hukumati o’z mustamlakalarida o’zini ilg’or va madaniyatli hukmdor tarzida ko’rsatishga intilar edi. Shuning uchun mustamlaka xalqlarining har qanday noroziliklarini, jumladan, «Dukchi eshon» laqabi bilan shuhrat qozongan mingtepalik Muhammad Ali Ismoil o’g’lining 1898 yilda chor hukumatining «o’z istibdodi sarmoyasini quvvatlantirmoq uchun ham biz, Turkiston xalqini doimo asir, zalil va qul qilib ishlatib Kelmoq maqsadi bilan ko’zimizning ochilishiga qarshi turganiga javoban ko’targan vatanparvarlik isyoni (Fozilbek Dukchi eshon voqyeasi. «Sharq yulduzi». 1991, 1-son, 146-bet, Sirojiddin Ahmad sharhi), Birinchi jahon urushi bilan boshlangan har qanday noroziliklar ham «madaniyatga qarshi kurash» tarzida qabul qilinib, bu kurashning boisi o’sha davrda mahalliy xalq orasida katta obro’ga ega bo’lgan Dukchi eshon kabilar tushunilar va shuning uchun ular madaniyatga qarshi vahshiylikni joriy qiluvchilar sifatida qattiq jazolanardi. Xuddi shu vaqtda XV asr hayotiga murojaat qilib, Ulug’bek mirzo va uning davri haqida – ilm va mada-niyat rivojlanganligi to’g’risida so’z yuritib, Ulug’bek qatlidan so’nggi davrda Samarqand ahvolidagi o’zgarishlarni «qishloqiy shayx» Xoja Ahror faoliyati bilan bog’lash bejiz emas.
Asrimiz boshida bu masalaga siyosiy nuqtai nazardan yondashish tarixiy shaxsni bir yoqlama talqin kilishga olib keldi. Xoja Ahrorga bunday yondashish 20-yillarda «xudosizlar jamiyati» tashkilotlariga juda mos keldi va uni qo’llab-quvvatlabgina qolmay, balki qora buyoqni yanada ko’proq va quyuqroq chaplashga kirishib Ketildi. A.N. BoldiRevning maqolasida bundaylarning nomlari va ishlari ko’rsatib o’tilgan. Bu yo’nalishning aks-sadosi Abdurauf Fitratning «O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi» asaridan ham eshitiladi. Jumladan, u shunday yozgan ekan: «Ulug’bek zamonida mashhur Xoja Ahror Valining himoyasi ostida Samarqandda «diniy teskarichilik» (aksil harakat) paydo bo’la boshlaydur. Shuning ta’siri bilan Ulug’bek o’lkasida bo’zg’uliklar yuz ko’rsatadir-da, Ulug’bekning o’limi bilan natijalanadir. Mana shul foJea Teskarichilikdan so’ng go’zal san’atlar markazi Samarqanddan Hirotga ko’chiriladur» («O’zbekiston adabiyoti va san’ati», haftanoma, 1991, 22 mart, 6-bet).
Bu mulohaza izohga muhtoj bo’lmasa kerak. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashish faqat ilmiy maqolalardagina emas, balki turli xildagi badiiy asarlarga ham ko’chdi. Natijada ularda Xoja Ahror faqat teskarichigina emas, balki buzg’unchi, jumladan, Ulug’bek mirzo qurdirgan rasadxonani buzib tashlash tashabbuskori sifatida ham tasvirlandi. Rasadxonaning buzilishiga Xoja Ahrorning hyech qanday aloqasi yo’qligi ustozimiz akademik Vohid Abdullayev bilan hammualliflikda nashr ettirilgan «Zebi jahon rasadxonaning taqdiri» maqolamizda («Fan va turmush» jurnali, 1971, 5-son) o’sha davrga oid manbalardan olingan dalillar bilan isbotlangan edi. Chunonchi, maqolada shunday fikr aytilgandi: «Ba’zi ilmiy asarlar va maqolalarda bu ajoyib Me’morchilik obidasi rasadxonaning keyingi asrlardagi taqdiri mubohasali tarzda bayon qilinadi – guyo u Mirzo Ulug’bekning o’ldirilishi bilanoq buzdirilgan va xarobaga aylantirilgan emish. Ammo ko’pchilik tarixiy-adabiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bunday fikrning to’g’ri emasligini ko’rsatmoqda. Chunonchi, 1465–1469 yillarda, ya’ni Mirzo Ulug’bek fojiaviy halok bo’lgandan keyin oradan 15-20 yil o’tgach, Samarqandga kelib ijod etgan o’zbek shoiri Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonida Mirzo Ulug’bek va uning ilmiy faoliyati to’g’risida so’z yuritib, jumladan quyidagi mashhur misralarni yaratgan edi:

Temurxon naslidin sulton Ulug’bek,
Ki olam ko’rmadi sulton aningdek.
Aning abnoi jinsi bo’ldi barbod,
Ki davr ahli biridin aylamas yod.
Valek ul ilm sori topdi chun dast,
Ko’zi olida bo’ldi osmon past.
Rasadkim bog’lamish zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur,
Bitib bu nav’ ilmi osmoniy
Ki andin yozdi «Zichi kuragoniy».
Qiyomatga Deguncha ahli ayyom,
Yozarlar oning ahkomidin ahkom.

Demak, Mirzo Ulug’bek rasadxonasining binosi XV asrning ikkinchi yarmida ham mavjud bo’lib, Alisher Navoiy Samarqandda bo’lgan vaqtlarda rasadxona o’zining salobatli ko’rinishi bilan kishilarni, jumladan, ulug’ o’zbek shoirini maftun etgan». Shundan so’ng o’sha maqolada Boburning «Boburnoma» (XV asrning ikkinchi yarmi), Hasan Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» (XVI asrning ikkinchi yarmi), Darvesh Ali Changiyning «To’hfat us-surur» (XVII asrning avvali) kabi asarlardan dalillar keltirilib, rasadxonaning XVII asrda ham mavjudligi, faqat shundan so’ng qarovsiz qolgani tufayli buzilgani ta’kidlangan. Ko’rinadiki, Mirzo Ulug’bek qurdirgan rasadxonaning buzilishiga Xoja Ahrorning hyech qanday aloqasi yo’q, bu sohada u gunohkor ham emas.
Naqshbandiya va uning vakillari faoliyatiga baho berishda nihoyatda ehtiyotkorlik va xolisona yondashish haqidagi mulohazalar o’tgan asrning 40-yillardayoq bayon etilgan edi. Bu jihatdan Ye.E. bertelsning harakatlarini A.N.Boldirev samimiyat bilan eslab, o’tgan asrning 60-yillarda bu masalaga e’tiborni qaratgan E. Rustamovni ham esdan chiqarmaydi. Nihoyat o’tgan asrning 70-yillarda olima O.D.Chexovichning tashabbusi bilan nashr ettirilgan «XV–XVI asrlar Samarqand hujjatlari (Xoja Ahrorning O’rta Osiyo va Afg’onistondagi mol-mulki haqida)» asarida shu masalaga doir ko’pgina muhim hujjatlarning, jumladan, 1454 yil aprel oyining 1-kunida Xoja Ahrornnng Bayramxoja o’g’li Hasandan sotib olgan hovli vasiqasi, 1470 yil yanvar oyning 25 kunida Xoja Ahrorning Samarqandda qurdirgan madrasasi uchun vaqfga aylantirgan, ajratilgan joy va mulk vaqfnomasi, 1480, 1483, 1489 yillarda ham shunday vaqfga ajratilgan joy va mulklarning vaqfnomalari va boshqalarni ilmiy muomalaga kiritib, sharh va izohlar bilan ta’minlangani diqqatga sazovorligini uqdirmoq kerak. To’g’ri, bu asar uchun yozilgan kirish so’zida Xoja Ahror faoliyatiga baho berishda hali tub o’zgarish bo’lgani kamroq seziladi. Lekin unda qayd qilingan hujjatlarning nashri, Xoja Ahrorga bag’ishlangan manoqib va maqomotlarning tavsifi asarning qiymatini belgilaydigan fazilatlardan hisoblanadi.
Shuni eslatish lozimki, mamlakatimizda o’tgan asrning 15–70-yillari davomida Xoja Ahror haqida yuqorida ko’rilgan yo’nalish – uning faoliyatini iloji boricha qoralashga intilish davom etayotgan bir vaqtda xorijiy Sharq va G’arb mamlakatlarining allomalari tariximiz sahifalarini, jumladan, Xoja Ahror faoliyatini yoritayotganda xolisona yondashishga amal qilgan ko’rinadilar. Masalan, sharqshunoslikda katta e’tibor qozongan «Fors adabiyoti» asarining muallifi ingliz sharqshunosi Charlz Ambrouz Stori Xoja Ahrorni «yirik vali Ubaydulloh Ahror» tarzida eslatib o’tgan. Chex olimi Feliks Tauer esa «Xoja Ahror nomi bilan mashhur bo’lgan Nosiriddin Ubaydulloh ibn Mahmud Shoshiy Turkistonning shuhratli mash’ali (azizu avliyosi), naqshbandiya tariqatining shayxidir» deb baholagan. Afg’onistonning taniqli olimi Abdulxay Habibiy o’zining 1965 yili e’lon qilingan «Komiy tariqati» maqolasida Xoja Ahror haqida shunday yozgan edi: «Sa’diddin Qoshg’ariy va Xoja Ahror o’z asrining buyuk ruhoniy peshvolari edilar… Xoja Ahror o’shal zotki, Movarounnahrda shuhrat va shohona buyuklikka ega bo’lib, Abdurahmon Jomiy to’rt marta uning bilan muloqot qilishga otlangan edi. Xoja Ahror faqirlik kiyimida shohona tantana sohibi edi, uning tadbir-choralari tufayli faqirlik (faqr) shohona kiygandi.

Chu faqr andar qaboi shohi omad,
Ba tadbiri Ubaydullohy omad».

Nihoyat, Xoja Ahror va uning faoliyatiga baho berishga tub o’zgarish yasash lozimligi jihatidan o’tgan asr 80-yillarning o’rtasida professor A.N. Boldirevning maqolasi xotimasida Xoja Ahrorning faoliyatiga hamda naqshbandiya tariqatiga (umuman sufiyaga) mavjud qarashlarni xolisona qayta ko’rib chiqishga to’la asos bor, Deyilgan mazkur satrlar muallifining bu masalaga murojaat etishiga bois bo’lgan omillardan biridir. Chunki XV asr ilmiy, adabiy va madaniy hayoti bilan uzoq yillar shug’ullanib kelish, tolibi ilmlarga ma’ruza o’qish jarayonida bu masala hamma vaqt ko’ndalang bo’lib turar va uni xolisona yoritish zarurligi ehtiyoji hamma vaqt Sezilardi. Ikkinchi tomondan, bu mavzuga murojaat etishga turtki bo’lgan omillardan biri 1989 yili 91 yoshli donishmand otaxon Abdulhamid Po’lodiy menga o’z shaxsiy kutubxonalaridagi bir kitobni hadya qila turib, shunday deb aytganlari ham bo’ldi: Men bu kitobni faqat o’qish uchun taqdim etayotganim yo’q. Asosiy maqsadim va iltimosim ham shundan iboratki, shu kitobda so’z borgan zot haqida yozsangiz. Men sizning bu zot bilan qiziqib yurganingizni bilganim uchun ham shunday Deyapman.
Kitobni olar ekanman, uning nomi, kimga bag’ishlanganini bilmasdim. Muhtaram otaxonning so’zlari esa, meni kitobni Tezroq ochib ko’rishga undar va unga bo’lgan qiziqishimni orttirardi. Bu kayfiyatimni sezgan otaxon shunday Dedilar: Bu kitob Xoja Ahrori Vali haqida yozilgan «Silsilat ul-orifin»dir. Buni eshitgach, ancha tinchlandim. Chunki Xoja Ahror va u kishiga bag’ishlangan asarlar haqida bundan oldin A. Po’lodiy bilan bo’lgan ko’pgina suhbatlarda so’z borgan edi.
Kitobni mutolaa qilishga kirishdimu, A. Po’lodiyning naqadar mas’uliyatli vazifani oldimga qo’yganlarini his eta boshladim. Chunki Xoja Ahror va uning faoliyati haqidagi qarama-qarshi tushunchalar va nuqtai nazarlar mavjudligini, eng donishmand olimu adiblarning bu mavzuga qo’l urib turli xildagi asarlarni yozganliklarini ham bilardim. Ana shunda hazrat Mir Alisher Navoiyning «emas oson bu maydon ichra turmoq» degan misralari xayolimdan ham o’tdi. Ha, bu sohada mo’’tabar Xoja Ahror hazratlari ruhlaridan ijozat so’ramoq va madad istamoq niyatida ul zotning nurli maqbaralarini ziyorat qildim, so’ngra Buxoroi sharifga borib, hazrat Bahovuddin Naqshband oromgohlarini tavof etdim. Nihoyat Samarqand viloyati ro’znomasi «Ovozi Samarqand» muharririyatining topshiruviga ko’ra bu mavzuda bir maqola yozishga kirishim. Ammo aytiladigan gaplar bir maqola hajmiga sig’madi, u Kengayib Ketdi. Shunday bo’lsa-da, ro’znoma muharririyati uni 1990 yilning sentyabr-Dekabr oylari davomida o’n to’qqiz sonida e’lon qildi. Bu maqola jumhuriyat ro’znomasi «Ovozi tojik» («Haqiqati O’zBekiston») muharririyatining diqqatini ham o’ziga tortgan ekan, maqolaning tahrir qilingan nusxasini, 1991 yil 3–10 yanvar sonlarida e’lon qildi. Natijada maqola bilan tanishuv doirasi Kengaydi. Faqat viloyat, Respublika mushtariylarigina emas, balki qardosh Respublikalardagi muxlislar ham uning bilan tanishdilar. Eng muhimi, maqola haqida ularning taassurotlari, fikri, ya’ni uni davom ettirib, risola holiga Keltirish kabi takliflar Menga ma’lum bo’ldi. Bu esa mening uchun muhim bir dalda edi. Yana bir muhim tomoni va meni bu ishga dadillashtirgan omil «Muloqot» oynomasi muharririyatining shu mavzuda maqola yozishni taklif qilgani bo’ldi. Bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, maqolani yozdim va oynomaning 1991 yil 3-4 sonlarida nashr ettirildi. Shuni eslatish lozimki, «Ovozi Samarqand» hamda «Ovozi tojik» («Haqiqati O’zBekiston») ro’znomalarida bosilgan maqola tojik tilida yozilgan edi. «Muloqot» oynomasi uchun esa, o’zbek tilida yozildi. Demak, ikki tilda so’zlashuvchi muxlislar bu ishni ma’qullagan ekanlar, endi risolani yozish mumkinligiga qat’iy ishonch hosil qilindi. Bu o’rinda shuni eslatish lozimki, keyingi vaqtda Xoja Ahror haqida respublikamiz matbuotida, jumladan, Samarqand viloyat ro’znomalari «Zarafshon» («Lenin yo’li»)da M.Mahmudov (1990 y. avgust), X.Barakayev (1990 y. 29-30 noyabr, 1 Dekabr) «Ovozi Samarqand»da X.Bahromov (1990 y. 30 oktyabr), «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftanomasida Ye.berezikov (1990 y. 25 yanvar), «Guliston» oynomasida K.Kattayev (1991 y. 3-son), «Sirli olam» oynomasida M.Mahmudov (1991 y. 3-son)larning maqolalari ham nashr ettirildi. Turli xarakterdagi bu maqolalardagi umumiy ruh Xoja Ahrorga xolisona baho berishdan iboratdir.
Shunday qilib, muhtaram o’quvchilar diqqatiga taqdim etilayotgan ushbu risola maydonga keldi. Ammo u kamchiliklardan xoli emas. Chunki biz Xoja Ahror haqidagi hamma manbalarni ko’rib chiqdik, Deya olmaymiz. Shunday bo’lsada, jur’at etdik va buning uchun kaminani ma’zur tutgaysiz. Maqsadimiz bu mo’’tabar zot haqida ozmi-ko’pmi ma’lumot berish va uni tanishga da’vat etishdan iboratdir, xolos. Vallohu a’lam bissavob!

XOJA AHRORI VALINING DAVRI VA
TARJIMAI HOLI

Xoja Ahror tariximizning XV asrida Movarounnahr va Xurosonda Temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda yashadi. Bu davr ilmning turli soha mutaxassislari – tarixchi, faylasuf, san’atshunos, iqtisodchi, adabiyotshunos va tilshunos olimlar tomonidan, garchi davrning hamma masalalari to’liq va xolisona yoritilgan deb bo’lmasa-da, o’rganilgan. Xoja Ahror Amir Temur umrining so’ngida dunyoga kelib, uning hayoti Movarounnahrda Xalil sulton, Mirzo Ulug’bek, Abdullatif, Mirzo Abdullo, Sulton Abu Sa’id, Sulton Ahmad, Xurosonda esa Shohrux, Abulqosim Bobur, Sulton Abu Sa’id va Husayn Boyqaro hukmronliklari davriga to’g’ri Keladi. Bu davrda Samarqand markazligida Movarounnahrda ham, Hirot markazligidagi Xurosonda ham ma’lum vaqtda toju taxt uchun kurashlar davom etgan bo’lsa-da, ilm va madaniyatning, hunarmandchilik va tijoratning rivojlangan paytiga mos Keladi. Xuddi shu davrda jahon ilmi va madaniyati xazinasiga katta hissa bo’lib qo’shilgan ilmiy-adabiy obidalarni va me’moriy yodgorliklarni yaratishda Amir Temur va Mirzo Ulug’beklarning, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylarning, Kamoliddin Behzod va Sulton Ali Mashhadiylarning, Mirxond va Xondamirlarning, Ali Qushchi va Qozizoda Rumiylarning xizmatlari alohida ahamiyat kasb etdi. Xuddi shu davrda Sharq falsafasidagi tasavvufning naqshbandiya tariqati bu o’lkalarda katta e’tibor qozondi va ijtimoiy guruhlarning barcha tabaqalari orasida keng yoyildi. Bu hodisaning sababini shu bilan izohlash lozimki, o’sha davrdagi zulm va adolatsizlikka nisbatan qarshi kurash Ozarbayjonda hurufiylar tariqatini va uning mashhur vakillaridan Fazlulloh Naimiy, Imodiddin Nasimiylarni tarix sahifasiga olib chiqqan bo’lsa, Movarounnahr va Xurosonda naqshbandiya tariqatining yoyilishiga va uning mashhur namoyandalaridan Sa’diddin Qoshg’ariy, Xoja Ahrori Vali va Abdurahmon Jomiylarning yetishib chiqishlariga bois bo’ldi. Chunki har ikki tariqat ham tasavvuf falsafasi va islomiy aqidalar doirasida maydonga kelgan bo’lsa-da, ammo hurufiyadagi panteizmda ham, naqshbandiyadagi hunar va Real borliq, hayotdan uzoqlashmaslik haqidagi ta’limot ham birinchi o’rinda inson va uning manfaatlari qo’yilganligi diqqatga sazovordir. Hurufiyaning mashhur vakili Imodiddin Nasimiyning quyidagi baytlari aytilganlarni isbot eta oluvchi dalildir.

Odami fazli xudo bil odami,
Koinota kadxudo bil odami.
Sen daraxti muntaho bil odami,
Sohibi arzu samo bil odami.

Yoki:
Manga sig’ar ikki jahon man bu jahona sig’masam,
Gavhari lomakon manam, kavnu makona sig’masam.

Bu baytlarda Nasimiy insonning ulug’ mavqyeini ulug’laydi, hatto Yer va Ko’kning sohibi ekanini uqtiradi. Shu bilan birga Nasimiy fors tilida yozgan quyidagi ruboiysida bu fikrni yanada davom ettirib, insonni Olloh darajasiga ko’taradi, insonda OLLOHni ko’radi:

Binni tu hay’ati «alif»dorad rost,
Abro’i tu «lom alif» buvad az chapu rost.
«Ho»i doirai du go’sh, ay, mazhari Haq,
3-ni jihat agar «olloh» xonand ravost.

Mazmuni:
Sening burning «alif»ning qomatiDekdir. Qoshlaring o’ng va so’ldagi «lom alif»dekdir. Quloqlaringdagi doira «ho» harfidek, ey Haqning mazhari. Shu jihatdan Seni «Olloh» deb bilsalar joizdir.

Hurufiylarning bu masalaga doir tushunchalari va munosabatini Ozarbayjonning taniqli allomasi Hamid Arasli shunday izohlagan edi: «Hurufiylik ta’limotiga ko’ra, olam ikkitadir: biri ko’rayotganimiz koinot, ikkinchisi esa inson. Birinchi olamda Quyosh, Oy, yulduzlar, butun samo, Yer yuzi – o’rmonlar, tog’lar, daryolar, dengizlar joylashgan. Ikkinchi olamda, ya’ni insonda butun obyektiv borliq o’z aksini topgandir. Hurufiylar Qur’on oyatlaridan kelib chiqib, Quyoshning, Oyning inson istagi bilan aylanishini da’vo qiladilar. Insonning tashqi olamida esa Quyoshning, Oyning va butun samo jismlarining mavjud ekanligiga inonadilar… Hurufiylar ayni zamonda Ollohning go’zal inson yuzida tajassum etishligini, yaratilish sirining so’zda ekanligini, so’z harflar bilan ifoda etilishini, harflar esa inson yuzida joylashganini da’vo qiladilar. Shuning uchun koinotning butun sirlarini insonni o’rganish yo’llari bilan izohlaydilar. O’zini to’g’ri idrok etgan Olloh bo’la olishligini uqdiradilar. Binobarin:

«Ќaš taolo odam o’ђli o’zidir»
(Ќ.Arasli. Imodiddin Nasimiy. ToshKent,
1972, 46-47 betlar).

Diqqatga sazovor joyi shundaki, Xoja Ahror yashagan davrda, xususan, XV asrning birinchi yarmida Samarqandda ham, Hirotda ham bu falsafiy yo’nalish, ya’ni hurufiya naqshbandiya bilan birgalikda mavjud edi. Bunga qo’shimcha tarzda shuni ham eslatish joizki, hurufiyaning asoschilaridan bo’lmish Fazlulloh Naimiy va uning o’g’illari ham Samarqandda bo’lib, hurufiya, uning mohiyati va xususiyatlari to’g’risida mulohaza bildirganlar, hatto Mirzo Ulug’bek ham bu yo’nalish bilan qiziqib qolgan ekan (Z.A.Kuli-zade, MirovozzReniye Kasimi Anvara, Baku, 1976). Bu yo’nalishga mansub deb bilingan mashhur Said Qosim bilan esa Xoja Ahrori Vali birinchi marta Samarqandda uchrashib, uning suhbatlaridan bahramand bo’lgan edi (bu haqda keyinchalik batafsil to’xtalamiz).
Movarounnahr va Xurosonda naqshbandiya asoschilaridan Bahovuddin Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy Naqshbandiy (1318–1389)ning Muhammad Porso, Ya’qub Charxiy kabi shogirdlari, Sa’diddin Qoshg’ariy, Shayx Attor Samarqandiy, Xoja Ahrori Vali kabi namoyandalari ham o’z asarlarida va suhbatlarida insonning o’zligini tanish lozimligini, faqirlikni fuqaro uchun xizmat qilish, zulm va adolatsizlikka qarshi kurash vositasi deb hisoblashni targ’ib qiladilar. Jumladan, Muhammad Porso shunday degan ekan:

Tu o’ nashavy valekin ar jahd kuni,
Joye birasy, k-az tu to’i barxezad

Mazmuni:
Sen u (Olloh) bo’la olmassan, ammo jahd qilsang, senda sening o’zliging namoyon bo’ladi.

Naqshbandiya tariqatining namoyandalari o’z muxlislarini odamlar bilan birga bo’lish, foydali mehnat va biror-bir hunar bilan shug’ullanishga da’vat etganlar, faqirlarga g’amxo’r bo’lishni uqtirganlar. Ammo shuni eslatish lozimki, mazkur davrdagi iqtisodiy va mafkuraviy muhit nihoyat murakkab bo’lgan. Ustunlikka ega bo’lish uchun olib borilgan kurash, xiyonat va suiqasdlar faqat hokim tabaqa o’rtasidagina emas, balki shariat Peshvolari orasida ham avj olgan. Natijada xalq ommasi, Mehnat ahli azob-uqubatlarga giriftor bo’lgan, qiynalgan, og’ir ahvolda kun kechirgan. Shoirlar tasviridagiDek, vafo Anqo urug’iday topilmas, adolat orzudagina, samimiyat xayoldagina, o’zaro qardoshlik va rahmu shafqat qog’ozdagina bo’lgan edi u zamon.
Ana shunday murakkab bir sharoitda tarix maydoniga qadam qo’ygan Xoja Ubaydulloh Shoshiy jamiyatning ko’pgina tabaqalari orasida shuhrat qozonib, Xoja Ahrori Vali (mard, pokiza va vali) nomi bilan tillarda doston bo’ldi. Buning sababi nimada? Axir, naqshbandiya tariqatining boshqa mashhur murshidlari – Ya’qub Charxiy, Sa’diddin Qoshg’ariy, Nizomiddin Xomushlar ham bor edilarku?! Nega endi Xoja Ahrori Vali bunchalik izzat-ehtiromga sazovor bo’ldi?! Avvalo, shuni aytish lozimki, bu ardoqli siymo murakkab hayot yo’lini bosib o’tdi. Bu masalani oydinlashtirish uchun Xoja Ahrori Valining tarjimai holiga nazar tashlash lozim. Xoja Ahrorning o’z tarjimai holini yozib qoldirgani bizga ma’lum emas. Ammo uning suhbatlarida qatnashib, uning bilan birga uzoq muddat yashagan shogirdlari, muxlislari tomonidan Xoja Ahror hayoti, faoliyati, fazilatlari, aytganlari haqida yozilgan maqomot va manoqiblar bizgacha yetib kelgan. Maqomot va manoqiblarda Xoja Ahrorning o’zi tomonidan hikoya qilingan, tarjimai holini yoritadigan ma’lumotlar bilan birga uning fazilatlari, atrofidagilar bilan munosabati, turli masalaga oid aytgan so’z va mulohazalari maqomotlarni yozgan mualliflar tomonidan to’planib, alohida hikoyat yoki rivoyat tarzida qayd qilingan. Ana shunday maqomot va manoqiblardan Xoja Ahrorning kuyovi amir Abdulavval tomonidan tuzulib, «Masmuot» (Eshitilganlar) nomi bilan eslatiladigan asari, sevimli shogirdi Muhammad Qozi tomonidan yozilgan «Silsilat ul-orifin» kitobi, yuqorida eslatilgan asarlardagi materiallardan foydalanib, o’zi ham Xoja Ahror bilan uchrashganida eshitgan hikoyalarini qo’shib, «Rashahot ayn ul-hayot» (Hayot chashmasidan qatralar) nomi bilan mashhur bo’lgan asarni yozgan Ali Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiylarning qimmatbaho materiallarga boy maqomotlarini hamda Xoja Ahrorning moliyaviy ishlari bilan shug’ullanuvchi mavlono Shayx to’plagan va noma’lum shaxs tomonidan tuzilgan «Manoqibi Xoja Ahror» kabi kitoblarni eslatish mumkin. Bu manbalardagi ma’lumotlardan turli tadqiqotchilar foydalangan.
Biz Xoja Ahror tarjimai holi va fazilatlarini bayon etishda asosan Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» asariga tayanamiz. Buning sababi shundan iboratki, Xoja Ahror tirikligi vaqtidayoq o’zi haqida biror narsa yozishni Muhammad Qozidan so’ragan ekan. Muhammad Qozi kim edi va Nega Xoja Ahror unga bu ishni amalga oshirishni go’yo vasiyat qilgan?
Muhammad Qozining tarjimai holi va Xoja Ahror bilan munosabatiga doir ma’lumotlar uning tomonidan yozilgan «Silsilat ul-orifin» kitobida hamda XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida yaratilgan «Tarixi kasira»da mavjud. Bu haqda, jumladan, «Tarixi kasira»da shunday yozilgan (mazmunan tarjimasi):
«Tariqat vakillari orasida mumtoz insonlardan bo’lmish marhum hazrat mavlono Muhammad Qozi avliyolar akmali, sufiylarning muhtarami, OLLOH sirlarining ogohi, pokizalar qutbi hazrat Xoja Ahrorning tarbiyasida voyaga yetganlardan biridir. Hazrat Xoja Ahror kashfu karomat ma’dani bo’lmish mavlono Muhammad Qoziga hamisha iltifot ko’rguzar edilar va mavlono Muhammad Qozi ham, o’z navbatida, ul hazratga nisbatan sodiqlik kamarini bog’lab, o’zining oliy axloqi va ko’nguldan bo’lgan samimiyatini izhor qilishga intilardi. Shuning natijasi sifatida hazrat Xoja Ahror haqida «Silsilat ul-orifin» otliq bir kitob yozmish. Alhaq, bu kitob oriflar ko’zining qorachig’i, oshiqlar ko’ngli markazi va sodiqlar ko’ksidan joy oldi. Ammo Muhammad Qozining hayoti nihoyasiga yetib, 921 hijriy 1515 Melodiy yilda olamdan ko’z yumdi. Ayrim fozil kishilar u kishining vafotiga ta’rixlar bitdilar… Muhammad Qozining qabri hazrat Xoja Ahror (maqbarasi)ning oyog’i tomonidadir…»
Ko’rinadiki, Roqim Samarqandiy qalamiga mansub «Tarixi kasira» asarida Muhammad Qozi haqida ayrim ma’lumotlar: Xoja Ahrorning sodiq shogirdi, donishmand ekanligi, «Silsilat ul-orifin»ning muallifi bo’lgani va 921 hijriy – 1515 Melodiy yilda vafot etgani, qabri esa Xoja Ahror maqbarasining janubida ekanligi oydinlashadi. Ammo uning tug’ilgan yili qayd qilinmagan. Bunday ma’lumotlarni Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»da Keltirgan ayrim ta’kidlari to’ldiradiki, biz ularni o’rni-o’rni bilan eslatib o’tamiz. Shunday qilib, Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» asari Xoja Ahrorning xohishi bilan yozilgan. Muhammad Qozining e’tirof etishicha, u bu ishni Xoja Ahrorning hayotligi vaqtida boshlab, buning uchun maTerial to’play boshlagan. Buni eshitgan Movarounnahr hokimi Sulton Ahmad mirzo Muhammad Qoziga odam yuborib: «Bu xayrli ishni boshlab, yaxshi ish qilibsan, bilgilki, Men ul hazratning ahvollari va karomatlari haqida ko’p narsa bilurMen, kerakli ma’lumotlarni Mendan olishing mumkin», mazmunida xabar yuborgan ekan. Muhammad Qozi o’zi bilgan ma’lumotlarga Sulton Ahmad mirzo, Xoja aka (Xoja Ahrorning katta o’g’li Xoja Abdulloh), mavlono Lutfulloh, mavlono Shayx, Hasan Bahodur, Najibi najjor, mavlono DarVesh Saripuliy, Xoja Muhammad jarrohning o’g’li mavlono Ma’ruf, Amir Abdulavval kabi Xoja Ahror bilan bevosita munosabatda bo’lganlardan ul hazrat bilan bog’liq bo’lgan turli xarakterdagi hikoyat va naqllarni to’pladi. Shuning natijasida u kitobni yozishga kirishib, Xoja Ahror vafotidan 14 yil o’tgach, ya’ni 910 hijriy – 1504 Melodiy yilda kitobni yozib tugatdi. O.D. Chexovichning ma’lumotiga ko’ra, «Silsilat ul-orifin»ning ikkita qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar akaDemiyasi Abu Rayhon beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanib, ulardan biri 1565 yilda 500 bet hajmida ko’chirilgan ekan. Biz «Silsilat ul-orifin»ning yozilishidan olti yil keyin, kitob muallifi hayot bo’lgan vaqtda, ya’ni 915 hijriy 1510 melodiy yilda Buxoroda Amiriy ibni Xojagi Nizomiy Balxiy tomonidan 730 bet hajmida ko’chirilgan qadimiyroq nusxasidan foydalandik. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mazkur nusxa donishmand Abdulhamid Po’lodiyning shaxsiy kutubxonasida bo’lib, bizga lutfan tuhfa qilgan edilar.
Shuni e’tirof etish lozimki, «Silsilat ul-orifin»da Xoja Ahrorning tarjimai holi uzluksiz tarzda bayon qilingan ham emas va shuning bilan birga ul hazrat hayotining hamma lavhalari to’liq yoritilganicha yo’q. Shunga qaramay, asarda Xoja Ahror bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina muhim ma’lumotlar mavjud.
«Bizning Xojamiz (Xoja Ahror), – deb yozadi Muhammad Qozi, – Xoja Mahmudning o’g’lidir. Xoja Mahmud esa xoja Shahobiddinning o’g’li bo’lib, Xoja Shahobiddin uch yo to’rt vosita bilan Xoja Nomiyga borib yetadi. Ayturlarkim, Xoja Muhammad Nomiy asli Bag’doddan bo’lib, shoFeiya ulamosining ulug’laridan bo’lmish va zohiru botin ilmlarida asrning nodiri va zamonning imomi hazrat shayx Abu Bakr Muhammad ibni Ali ibni Ismoil Qaffoli Shoshiyning muridi bo’lgach, hazratning mulozamati munosabati bilan Shosh – Toshkentga kelib, bu yerda turg’un bo’lib qolgan. Xojamizning onalari Dovudning qizi bo’lib, xoja Dovud Hazrati shayx Xovandi Tahurning o’g’lidir, shayx Xovandi Tahur esa shayx Umar Bog’istoniyning o’g’lidir».
Bundan ko’rinadiki, Xoja Ahror ona tomonidan Shayx Xovandi Tahur va uning otasi Shayx Umar Bog’istoniy avlodidan bo’lsa, ota tomonidan esa Muhammad Nomiy Bag’dodiy avlodidan ekan.
Bu o’rinda ana shu xonadonlar vakillari haqida bizga ma’lum bo’lgan ayrim ma’lumotlarni Keltirish ma’qul ko’rinadi. Qayd qilinganidek, Xoja Ahrorning otasi Xoja Mahmuddir. Xoja Mahmud va uning tarjimai holiga doir maTeriallar hozircha kamroq. Ammo Xoja Ahror otasining xohishi bilan «Volidiya» asarini yozgani ma’lum. Xoja Mahmud haqida Salohiddin Toshkandiyning 1908 yilda yozilib, nashr ettirilgan «Temurnoma» («Cho’lpon», Toshkent, 1990) nomli asarida ham ba’zi ma’lumot uchraydi. Ammo bu ma’lumot rivoyatga asoslangan.
Xoja Mahmudning otasi Xoja Shahobiddin hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotga duch kelmadik. Shunday bo’lsa-da, Muhammad Qozi tomonidan Keltirilgan quyidagi hikoyada Xoja Shahobiddin haqida so’z boradi (mazmunan tarjimasi). «Hazrati Xoja Ahror aytur erdilarkim, bobom xoja Shahobiddin umrlari oxirida kasal bo’lib yotganda katta o’g’illari Muhammadga qarab, o’g’illaring – nabiralarimni olib kel, debdilar. Amakim Xoja Muhammad o’g’illari – Xoja Ishoq va Xoja Mas’udlarni olib kelibdilar. Xoja Shahobiddin ularni ko’rgach, Xoja Muhammadga qarab aytibdilar: o’g’illaringdan biror-bir ish chiqmaydi, ikkovi ham sarson-sargardon bo’lg’usidir. Shundan so’ng kichik o’g’illari Xoja Mahmudga qarab, o’g’lingni olib kel, debdilar. Xoja Mahmud meni (Xoja Ahrorni) kichik bo’lganim uchun to’nlariga o’rab, olib kelibdilar. Bobomning ko’zlari Menga tushishi bilan o’rinlaridan turib, men istaydigan o’g’il shudir, deb Menga yuzlarini surkabdilar va otamga qarab, bu o’g’limning tarbiyasiga alohida e’tibor qilgaysan, bu o’g’il olamgir bo’lgay, shariat va tariqatni rivojlantirgay, man-man degan oqimlar uning farmonida bo’lgaylar. U boshqa mashoyixlar qilolmagan ishlarni amalga oshirgay… Shunday deb katta o’g’illari Xoja Muhammadga qarab aytibdilar: sening o’g’illaring haqida bunday gaplar aytilmadi, xafa bo’lmaysan, chunki bu o’g’il (Xoja Ahror)ning taqdiri shunday bo’lgach, men boshqacha so’z ayta olmasman. Afsuski, men bu o’g’limning omadlarini ko’ra olmasman.
Xoja Ahror tilidan yana bir hikoyat keltirganki, unda ham Xoja Shahobiddin tilga olingan:
«Xoja Imod ul-mulk bobom Xoja Shahobiddinni ko’rmoq uchun Toshkentga kelgan edilar. Men juda yosh bo’lsam-da, ularning suhbatlarida qatnashdim. Hamma uxlab qolgan bo’lsa-da, Men o’tirardim va ularning suluk hamda tariqat haqidagi suhbatlaridan bahramand bo’lardim».
Bundan boshqa ma’lumot hozircha uchramadi. Xoja Ahrorning ajdodi bo’lmish Xoja Muhammad Nomiy bilan bog’liq ayrim ma’lumotlar esa Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» kitobida keltirilgan. Aytilganidek, Xoja Muhammad Nomiy asli Bag’doddan bo’lib, uning Toshkent – Shoshga kelib, turg’un bo’lib qolishi sababi haqida shunday ma’lumot beriladi: (mazmunan tarjimasi) «Xoja kalon, ya’ni Xoja Ahrorning katta o’g’li Xoja Abdulloh, shunday hikoya qilgan edilar: otamiz hazrati Xoja Ahror Xoja Mahmudning o’g’li bo’lib, u Xoja Shahobiddining o’g’li. Xoja Shahobiddin uch-to’rt vosita bilan Xoja Muhammad Nomiyga borib yetadilar. Ayturlarkim, Xoja Muhammad Nomiy Bag’doddan bo’lib, shoFeiyaning ulug’ ulamolaridan, zohir va botin ilmlarining donishmandlaridan bo’lmish zamonaning imomi shayx Abu Bakr Muhammad bin Ali bin Ismoil Qaffoli Shoshiyning muridlari bo’lgach, ul kishining xizmati uchun Toshkentga kelib, turg’un bo’lib qolganlar.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy (shayxning tug’ilgan yilini aniqlay olmadik. Uning vafoti yili ba’zi manbalarda 366 h. – 976–977 m. yil Deyilsa, ayrimlarida 427 h. – 1035–1036 m. yil deb ko’rsatiladi. Ehtimolki, bulardan biri tug’ilgan yili bo’lishi mumkindir. Buni yana aniqlash lozim) o’z zamonining taniqli ulamolaridan bo’lib, tafsir va fatvo bobida ko’pgina kitoblar bitganlar. Ul jumladan, «Shavohid un-nubuvva», «Daloil al-qibla»lardir. Imom G’azzoliy, Imom Roziy, Imom Navviylarning kitoblarida Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning asarlariga murojaatlar bor.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z vaqtlarini uch qismga bo’lgan edilar: bir yil Rum tomonidagi G’azo shahriga borardilar, ul vaqtlarda Rumda islom yoyilmagan ekan; bir yil hajga borardilar va yana bir yil viloyatlarida bo’lib, xalqni Haq tomon da’vat qilurdilar. Bu to’plamni tuzuvchining aqidasiga ko’ra, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Rum tomonidagi G’azo shahriga borganlarida Xoja Muhammad Nomiy ul hazratda valiylik va yo’lboshlovchilik fazilatlarini mushohada qilib, murid bo’lganlar va ul kishining xizmati uchun Shoshga kelib, turg’un bo’lib qolganlar. Ayrimlar Muhammad Nomiy Xorazmda deb aytsalarda, ammo, bizningcha, yuqoridagi holat haqiqatga yaqindir. Shayx Qaffoli Shoshiy bir Necha marta Bag’dod va G’azoga borganlar va bu to’g’riroqdir.
Ayturlarkim, hazrati shayx Abu Bakr Qaffoli bir marta hajga borayotib, Bag’dodga kiribdilar. Shaharda tashvish va besarishtalik hukm surarkan. Buning sababi shu ekanki, Rum sultoni Bag’dod podshohiga ibri tilida juda murakkab uslubda chiroyli noma yuboribdi, unda uch ishdan birini bajarish lozimligi aytilgan ekan; birinchisi, nomaga shunday javob yozmoq; ikkinchisi, agar bu muyassar bo’lmasa, boylik jo’natmoq va agar bul ham qabul qilinmasa, unda uchinchisi – urushga tayyor bo’lmoq kerakligi. Bag’dodliklar rumiylar bilan urushmoqqa tayyor emasdilar hamda Rum podshohi talab qilgan miqdordagi boyliklari ham yuq edi. Shuning uchun ibri tilida javob xat yozishni ma’qulladilar. Shu maqsadda Bag’doddagi ulamo va fozillarni to’plab xatga javob yozish lozimligini aytdilar, Lekin uni hyech kim yoza olmadi. Rum podshosining elchisi esa javobni Tezlashtirishni har gal eslatardi. Xuddi shu vaqtda shayx Abu Bakr Qaffol Bag’dodga kirib borgan edi.
Turkistondan bir donishmand kelganligi haqidagi gap shaharga tarqaldi. Bu xabar Bag’dod podshosiga borib yetdi. Podshoh odamlarini yuborib, shayx Abu Bakr Qaffolni hurmat bilan saroyga Keltirdi. Podshoh shayx Abu Bakr Qaffolga maqsadini aytib, unga Rum sultonining nomasini berdi. Shayx Abu Bakr Qaffol yetmish ikki tilni bilardi. Shuning uchun xatni o’qib chiqdiyu, bir shart bilan javob yozaman dedi. Podshoh ul shart nima deb so’radi. Shayx aytdi: podshoh hazratlari amir ul-mo’minin Usmonning mushafi (qur’oni)ni menga bersalar, javob yozurman. Podshoh bu shartga ko’nmadi, ammo javob yozishni iltimos qilaVerdi. Shunda podshoh ulamo va amirlar bilan Kengashdi. Ular aytdilar: shartni bajarmasangiz, xatning javobini yozmaydi. Shartni qabul qilib, mushafni bering. Shundan so’ng ko’p oltin berib, qaytib olarmiz, agar yo’q desa, zo’rlik bilan ham mushafni olurmiz. Podshoh rozi bo’lib, amir ul-mo’minin Usmonning qur’onini shayx Abu Bakr Qaffolga berdi. Qur’onni olgan shayx podshohning asl maqsadini ham sezdi. Xatga javob yozish uchun podshohdan o’n kun muhlat so’radi. Podshoh rozi bo’ldi. Shayx podshoh oldidan chiqib o’zining nihoyat ziyrak shogirdini uchar otga mindirib, Qur’onni unga berib, o’n kun ichida Tabrizga yetib borishi lozimligini aytib, uni jo’natdi. Shundan so’ng ibri tilida nihoyat go’zal javob xatini yozdi. O’n kundan so’ng podshoh chopari kelib, xatni so’radi. Shayx hazratlari Rum sultonining nomasi va unga yozgan javobini podshoh oldiga olib bordilar va uni o’qib berdilar. Bunday go’zal javob xatni eshitib hamma hayratda qoldi. Elchi xatni olib Rumga Ketdi. Rum sultoni uni o’qigach, aytdi: shunisi ma’lumki, bunday javob yozguvchi Bag’dodda yo’qdir. Bas shunday ekan, uni kim yozdi? Elchi aytdi: bu xatni Turkistondan kelgan bir donishmand yozdi, chunki bag’dodlik ulamo uni yozishdan ojiz qolgan edilar. Rum sultoni ham shundayga o’xshaydi, deb aytdi.
Ul mushaf (qur’on) Xorazmshoh Shoshni xarob qilgan zamonda Abu Muso mahallasidan g’oyib bo’lgan edi.
Ayturlarkim, shayx Abu Bakr Qaffol G’azoga borgan yili ular rumliklar bilan urishib, yengilgan edilar. Shunda boshqa bag’dodliklar kabi shayx hazratlari ham rumliklarga asir tushgan edilar. Ularni ko’rgan Rum sultoni hazrati shayxga qarab Dedi: Sen bag’dodliklarga o’xshamaysan. To’g’risini ayt, qayerliksan? Shayx hazratlari Men Shoshdan bo’laman, dedilar. Rum sultoni aytdi: Sen mening xatimga ibri tilida javob yozgan kishi emasmisan. Shayx aytdi: xuddi shunday. Rum sultoni shayx hazratlariga qarab, bizga Tavrotni arab tiliga o’girib ber. Agar shu ishni bajarsang, Sen va boshqa asirlarni ozod qilib, ko’pgina in’om ham berurman, Dedi. Shayx hazrati aytdi: juda yaxshi. Faqat shartim shuki, mavjud bo’lgan Tavrot ancha o’zgarishga uchragan. Men esa bunday nusxani tarjima qilolmayman. Sulton darg’azab bo’lib, agar tarjima qilmasang Seni ham, barcha asirlarni ham halok qilgumdur, Dedi. Shayx aytdi: nima xohlasang qil, ammo men Tavrotning nozil qilingan nusxasinigina arabchaga o’girurman. Rumliklar o’zaro maslahatlashib, aytdilar: mayli o’sha nusxani yetkazurmiz, tarjima qilgil, ammo biz Muhammad haqidagi boblarga kelganda, undan ko’z yumib o’tarmiz. Alqissa, hazrati shayx Tavrotning o’shal nusxasini olib, Tezlik bilan arabchaga o’girishga kirishdilar… Tavrot arab tiliga o’girilgach, Rum sultoni shayx hazratlariga ko’p to’hfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod qiladi, Qaffoli Shoshiy Toshkentga qaytadi va shu yerda vafot etadi. Qaffoli Shoshiy dafn etilgan joy hozirgi kunda Toshkentda Hasti imom (hazrati imom) mozori tarzida eslatiladi.
Bundan ko’rinadiki, Xoja Ahrorning ota tomoni ajdodi va ular muloqotda bo’lgan mashhur shaxslar xonadonning bir necha asrlar davomida falsafiy qarashlar, jumladan, tasavvuf sohasida o’ziga xos mavqyega ega ekanligidan guvohlik beradi.
Xoja Ahrorning ona tomonidan ajdodlari ham shunday mavqyega ega bo’lgan xonadonga mansub. Jumladan, Xoja Ahror onasining bobosi hazrati shayx Xovandi Tahur (hozir Shayhontahur tarzida mashhur) xojagon tariqatining ko’zga ko’ringan vakillaridan bo’lib, ancha shuhrat qozonganlardan biridir. Shayx Xovandi Tahur xojagon tariqati masalalaridan bahs yurituvchi risolaning muallifi hamdir. Bu risolani mutolaa qilgan Xoja Ahror bobosining tavhidni sharhlashga bag’ishlangan fikrlaridan ayrimlarini o’z suhbatlari vaqtida iqtibos keltirar ekan. Jumladan: «Shayx Xovandi Tahur o’z risolalarida shunday debdurlar: shariatda tavhid Haqni bir Demak va bir bilmakdir, tariqatda esa Haq subhonahudan boshqa narsalardan ko’ngilni yakkalash demakdir».
Xuddi shu fikr keltirilar ekan, hazrat Xoja Abdulloh Ansoriyning «tavhid faqat Haqni yagona bilmoqgina emas, balki Haq bilan yagona bo’lmoq hamdir», degan aqidasi keltirilib, shayx Xovandi Tahurning mulohazalari yanada mustahkamlanadi. Xoja Ahror boshqa bir munosabat bilan shayx Xovandi Tahur risolasidan quyidagi so’zlarni Keltiradi:
«Dilbar jamolsiz bo’lmas, rahbar esa kamolsiz». Demak, bunda so’z rahbar – murshid haqida borar ekan, har qanday kishi ham murshid rahbar (yo’l boshlovchi bo’lavermasligi alohida uqtirilib, faqat shu sohada kamolga erishgan shaxsgina rahbar – murshid bo’la olishligi ta’kidlangan. Shunday ekan, har bir sohada, jumladan, tasavvufda ham shunga doir barcha masalalarni nihoyat chuqur bilgan, o’zlashtirgan va muammolarni to’g’ri hal eta oladigan bo’lmoq lozimligi masalasi qo’yilgan va shunday bo’lmoq talab ham qilingan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Shayx Xovandi Tahur o’z fikrlarini faqat nasriy tarzda bayon qilgangina emas, balki shoirlik qobiliyatiga ega bo’lganligi uchun she’riy tarzda ham ifoda etgan ekan. Shunisi ham borki, Shayx Xovandi Tahur tasavvuf ahli – Abu Sayd Abulxayr, Abdulloh Ansoriylar singari She’rning to’rtlik – ruboiy janriga murojaat qilgan. Ana shunday to’rtlik ruboiylaridan biri quyida keltirilgan:

Mahbub ba juz habib zebo nabuvad,
Har bog’cha joi tamosho nabuvad.
Dilro ba kaSe maDeh, ki dar olami ishq,
Har jo, ka ravad raxti varo jo nabuvad.

Mazmuni:
Sevikli sevguchigagina go’zal ko’rinur,
Har bog’cha ham tamosha joyi bo’la olmas.
Ko’ngilni birovga bermagilki, ishq olamida,
Qayga borsa ham u qo’nim topa olmas.

(2-baytni shunday ham tushunmoq mumkin: ishq olamida qayga borsa ham u qo’nim topa olmas).

Falsafiy-tasavvufiy mazmunni ifoda etuvchi bu to’rtlik Shayx Xovandi Tahurning nasrda bayon etgan mulohazalari bilan hamohang bo’lganligi jihatidan diqqatni o’ziga tortadi.
Shayx Xovandi Tahur tarjimai holiga doir boshqa masalalar hali aniqlanmagan bo’lsa-da, ammo shu narsa ayonki, u Xoja Ahror tug’ilganga qadar olamdan ko’z yumgan va hozir Toshkentdagi Shayxontahur deb ataladigan maqbarada dafn qilingan.
Shayx Xovandi Tahurning otasi Umar Bog’istoniy bo’lib, bu shaxs Bahovuddin Naqshband tomonidan nihoyat hurmat qilingan va e’tirof etilgan siymolardan bo’lgan. Shayx Umar Bog’istoniyning tarjimai holi va faoliyatiga doir ma’lumot hozircha bizning qo’limizda yo’q. (Ammo uning XIV asrda umr kechirgani va faoliyat ko’rsatgani aniq). Bu xonadonning vakillari sifatida qonunshunoslik (fiqh) sohasida mashhur bo’lgan Mavlono Tojiddin Darg’amiy, mavlono Muhammad Pushog’uriylar ham tilga olinadi.
Shunday qilib, Xoja Ahror mansub bo’lgan xonadon tasavvuf sohasida faoliyat ko’rsatib, ko’zga ko’rinarli murshidlarni yetkazgani bilan e’tirof etilgan edi. Xoja Ahror ana shu xonadonda, Toshkandda, 806 hijriy yilning ramazon oyida, ya’ni 1404 melodiy yilning mart oyida dunyoga keldi. Bu tarixni isbotlovchi yana bir muhim xabarni Muhammad Qozi shunday hikoya qiladi: «Xoja Ubaydulloh Xoja Ahror shunday hikoya qilganlar: Men bir yillik bo’lganimda sochimni oldirib to’y beribdilar. Ammo shu vaqtda Amir Temurning vafoti haqida xabar kelgach, to’y tarqalib, tayyorlangan oshlarni yemabdilar va qozonlari bilan birga toqqa olib chiqibdilar». Bu maraka Bog’istonda o’tkazilgan ekan, deb qo’shib qo’yadi Muhammad Qozi. Chunki bu oilaning makoni, bog’lari Bog’istonda ham bor edi. Ma’lumki, Amir Temur 1405 yilning 18 fevralida vafot qilib, bu xabar ma’lum vaqt sir tutilgan, keyinchalik esa yashin tezligida tarqalgan edi. Demak, bu 1405 yilning mart oyiga to’g’ri Keladi. Bundan ayon buladiki, Xoja Ahror 1404 yilning mart oyida dunyoga kelgan. Xoja Ahrorning asl nomi Xoja Ubaydullohdir. Uning bolalik va yoshlik yillari Toshkandda o’tgan. O’sha vaqtning udumiga ko’ra u maktabga borgan, savod chiqargan, She’riyat va tarix bilan qiziqqan, shu bilan birga u yoshligidan tasavvuf namoyandalari faoliyati bilan ko’proq shug’ullangan. Bu holni Xoja Ahror keyinchalik shunday eslaydi: «Yoshlik davrida azizlar suhbatida ko’p bo’lardim. Menda ularning har biridan o’ziga xos kayfiyatlar bo’lardi. To bir tariqani Belgilab olguncha ko’p mashaqqatlar chekildi. Buning sabablarini keyinchalik angladim: bu bilan azizlar tariq – yo’lni tanlash oson emasligini, maqsad sari – to’g’ri yo’lni (tariqatni) topish yo’lida intilmoq lozimligini nazarda tutgan ekanlar. Biz ham shunday qildik va nimaga erishgan bo’lsak ana shuning natijasida erishdik».
Xoja Ahror Toshkandda dafn etilgan ko’pgina azizu ulamolar, jumladan, Abu Bakr Qaffol, Shayx Zayniddin Ko’yiorifon, Shayx Xovandi Tahurlarning oromgohlarini ziyorat qilar, ularning faoliyati va asarlari bilan tanishardi hamda buning orqali o’zidagi fazilatlarni sayqallashtirib borardi. Shu jihatdan uning quyidagicha hikoya qilishlarini ko’zdan kechirish masalani oydinlashtirar degan umiddamiz:
«Kichik yoshimda Menda vahima-qo’rqish hissiyoti kuchli edi. Bir o’zim uydan tashqariga chiqolmasdim. Bir kechasi qornim toqat qilib bo’lmaydigan darajada og’ridi, chiday olmadim-da, ixtiyorsiz ravishda uydan tashqariga chiqdim. Shunda Abu Bakr Qaffolning nurli maqbarasini ziyorat qilish fikri paydo bo’ldi. U yerga bordim. Shundan so’ng Shayx Xovandi Tahur mazorini ziyorat qilish ishtiyoqi ham paydo bo’ldi. U yerga ham bordim… Ana shu vaqtlarda Menda vahima-qo’rqish alomatlari sezilmadi. Shundan so’ng Toshkandning bir-biridan ancha uzoq bo’lgan mazorotlarini bir kechada aylanib chiqadigan bo’ldim».
Yana bir hikoya: «Yoshligimda hazrat Shayx Abu Bakr Qaffol Shoshiyning nurli mazorotlariga borganimda tushimda hazrati Isoni ko’rdim. Hazrati Iso aytdilar: g’am yema, biz sening tarbiyangni o’z zimmamizga olganmiz. Tushimning ta’birini ayrimlardan so’radim. Ular aytdilar: sening tushingni salomat-sog’lom bo’lgaySen, deb ta’bir qilurmiz. Men bu ta’birdan rozi emasdim. Ularga shunday Dedim: sizning ta’biringiz menga ma’qul emas. Men uni boshqacha ta’bir qilaman: Hazrati Iso uyg’otish-tiriltirish mazharidirlar. Qaysi bir avliyoda uyg’otish-tiriltirish sifatlari uchrasa, ularni isaviy mashrab debdurlar. Hazrati Iso mening tarbiyamni o’z ixtiyoriga olgan ekanlar, Demak Menda o’lik qalblarni qayta uyg’otish-tiriltirish sifati namoyon bo’lgay. Tez orada aytganlarim ikki marta tasdiqlangach, ko’pgina odamlar undan bahramand bo’ldilar».
Xoja Ahrorning valiyligini belgilab, uning Xoja Ahrori Vali deb atalishiga bois bo’lgan bu sifatlarni Abdurahmon Jomiy ta’kidlab o’tgan edi:

Zada ashobi Xoja halqa ba ham,
Chun niginand halqa dar xotam
Xabbazo, halqaye, ki favji malak
Halqa dar go’shi on ast avji falak.
Filmasal, gar hazor dil murda,
Az havoi nafs afsurda
Bigzarad az harimi mahfilashon
Zinda gardad zi murdagy dilashon.
Yodi vaqTe, ki vaqti man xush bud,
Davlatam so’yashon inonkash bud.
Girdashon gashtame va har ro’za
Kardame qatra-qatra daryuza.

Mazmuni: Xoja va uning suhbatdoshlari uzuk va unga qadalgan ko’zga o’xshaydilar, go’yo malikalar yig’inida falak xizmatlariga Bel bog’lab turgandek. Agar nafsga berilish tufayli ko’ngli o’lik mingta kishi bu manzil yaqinidan o’tsa, ularning ko’ngillari tiriladi. Men ul hazratning xizmatida bo’lgan baxtli damlarni har vaqt eslayman, chunki men ul kishi atrofida, parvonadek aylanib, har kuni ularning sifatlaridan qatra-qatra bahramand bo’lardim.

Bundan ravshan bo’ladiki, Xoja Ahror «nafsga berilish tufayli o’lgan qalblarni tiriltiruvchi» sifatiga ega bo’lar ekan, kishilarning nafsga, mol-mulkka, boylikka va amalga berilish natijasida ma’naviy jihatdan qashshoqlanishi, ko’ngilning o’lishini nazarda tutib, ularni ana shu holatdan xalos qilish – ma’naviy jihatdan kamolga erishtirishni, Haq taoloni ko’nglida jo qilib, yaramas o’y-xayollardan qutilish va olijanob niyatlar manzilgohiga aylantirib, insonlarda insoniylikni tiriltirish – uyg’otishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Ana shu maqsad yo’lida butun umri davomida faoliyat ko’rsatdi va obro’-e’tibor qozondi. Xoja Ahrorning yoshlik davri o’qish va tabarruk joylarni ziyorat qilish bilangina o’tgan emas. Shuning bilan birga, u ro’zg’or va dehqonchilik ishlariga ko’maklashgan, mehnat ham qilgan. Bu haqda o’zi shunday hikoya qiladi: «Avvallari otamning ekin yerlari Kelesda edi. Bir vaqt g’alla o’rilgach, bir turk orqali uni uyga jo’natdilar. Men g’allani joylashtirish bilan bandligim vaqtida g’alla olib kelgan turk bo’shatilgan qoplarni olib, jo’nab qopti. Birdan uning ketib qolishini sezib, Menda kuchli bir iztirob yuz berdi. Chunki men u kishiga mulozamat qila olmay, minnatdorchilik bildirmay qolgan edim. Bu holat meni qiynadi. G’allani shunday qoldirdimda, uni axtarib ketdim. Men uni shahar yo’lining yarmida uchratdim. Men unga uzrlar aytib, Kechirishni so’radim, toki shu munosabat bilan Haq taolo menga rahm qilib, ishlarim yurishib Ketsa. Ul turk mening harakatlarimni ko’rib, iltimosimni eshitib taajjublandi va aytdi: sen turk mashoyixlari aytganlari kabi, ya’ni «har kim ko’rsang Xizr bil va har tun ko’rsang qadr bil» amal qilmoqdasan. Chunki Men bir oddiy kishiman va hatto zaruratdagina qo’l-betimni yuvaman. Men o’zimning kimligimni ham bilmayman. Shunga qaramasdan mening iltimoslarimni eshitib, unda bir kayfiyat uyg’onib, qo’l ko’tarib mening haqimda duo qildi. Men uning duolaridan o’zimda yengillik sezdim».
Bu hikoya Xoja Ahror yoshligidan boshlab, har kimda o’ziga xos fazilat bor, uning hurmatini, albatta, joyiga keltirmoq lozim, degan tushuncha bilan yashaganligini ko’rsatadi. Bu esa nihoyatda muhim bo’lib, oddiy mehnatkash kishilarni hamisha ulug’lash va kishining o’zi ham kamtar bo’lishi kerakligi g’oyasi bilan sug’orilgandir.
Xoja Ahror maktabda o’qish jarayonida o’sha davr taomiliga ko’ra «Chor kitob», «Haftiyak», «Qur’on» va Hadislarni hamda maktabda o’qitiladigan boshqa fanlarni o’qigan, tasavvuf sohasida yaratilgan asarlarni mutolaa qilishga kirishgan. Uning xotirasi yoshlikdan mustahkam bo’lib, o’tgan voqyealar, suhbatlarning mazmunini keyinchalik qiyinchiliksiz esga olardi. Jumladan, Qozi shunday yozadi:
«(Xoja Ahror) aytur edilarki, Men kichik edim va maktabga borardim. Yo’lda ikki kishining o’zaro gaplashib turganini ko’rdim. Ularning biri ikkinchisiga shunday der edi: agar qopag’on itga duch kelib qolsang, undan qutulishing qiyin bo’ladi. Bu vaqtda itning egasini yordamga chaqirib, uning panohida qopag’on itdan qutulish mumkin. Endilikda zolimlar zulmidan qutulish yo’li yo’q ekan, yagona tadbir bu Haq taologa murojaat qilib, undan zolimlardan qutulishga ko’maklashishni iltimos qilib so’ramoqdir».
Xoja Ahror tug’ilgan xonadon vakillari o’qimishli kishilar bo’lishgan. Ana shulardan biri Xoja Ahrorning tog’asi Xoja Ibrohimdir. Xoja Ibrohimning tarjimai holidan ayrim lavhalar bizga ma’lum. Jumladan, Xoja Ibrohim XIV asr oxiri – XV asr boshlarida Samarqanddagi Egu Temur nomi bilan yuritiladigan madrasada ta’lim olgan va shu yerda istiqomat qilgan (bu madrasa hozir saqlanmagan va qayerda joylashgani ham aniqlanmagan). Xoja Ibrohim o’sha zamonning mashhur olimlaridan bo’lmish va shu madrasada yashovchi Sayyid Sharif Jurjoniydan (1377–1411) ta’lim olgan. Shu bilan bir qatorda samarqandlik ulamolardan Xoja Alouddin Attorlarning suhbatlaridai bahramand bo’lgan. keyinchalik esa bu ulamo avlodidan bo’lmish mavlono Muhammad Attor Samarqandiy, uning o’g’li mavlono Hasanlar haqida Xoja Ahror nihoyat samimiyat bilan so’z yuritadi. Jumladan, mavlono Muhammad Attor va uning o’g’li Mavlono Hasanlarning xojagon tariqatining aziz va sodiq davomchilari ekanliklari qayd qilinib, ularning asosiy marom va maqsadi xalqqa foyda Keltirishga intilish ekanligi uqtiriladi. Ular o’z muridlariga aytar edilarki, «bir musulmonga naf’ yetkazish uchun intilmoq kerak». Shu maqsadda mavlono Muhammad Attor har yili shahar darvozabonlariga meva va turli xil shirinliklar yetkazib berar ekan. Bundan maqsad agar biror faqirning ishi ularga tushib qolsa, yordamlari tegar, deb o’ylar ekan. Aytishlaricha, Xoja Alouddin Attor, mavlono Muhammad Attor va Hasanning qabrlari shayx Attor Samarqandiy nomi bilan shahardagi xon Sayyid imom qabristonida ekan. Bularning hayoti va faoliyati davri XIV asr oxiri va XV asrlarga mos keladi.
Shunday qilib, Xoja Ahrorning tog’asi Ibrohim Samarqandda Egu Temur madrasasida ekanligi vaqtida zamonasining mashhur allomalari bilan muloqotda bo’lib, o’zi ham e’tiborli shaxslardan biriga aylangan. Shuning uchun u jiyani Xoja Ubaydulloh (Xoja Ahror)ning ham ana shu muhitda bo’lishini, ma’lumotini oshirishini istar edi. Bu haqda Xoja Ahror keyinchalik shunday hikoya qilgan ekan:
«Tog’am o’qishni davom ettirishimni juda ham istar edilar. Shu maqsadda meni Shoshdan Samarqandga olib keldilar». Ayrim ishoralarga ko’ra bu voqyea Xoja Ahrorning 23–24 yoshligi vaqtida, ya’ni 1427 yilda sodir bo’lgan ekan. Ma’lumki, bu davrda Samarqandda Mirzo Ulug’bek tashkil etgan ilmiy-adabiy muhit nihoyatda shuhrat qozonib, o’sha zamonning mashhur allomalari Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshed, Fazlulloh ibn Abdulvohid Abulays, Sa’diddin Qoshg’ariy mavlono Sakkokiy, Bisotiy, Amir Sayyid Qosim Anvor kabi shoir va adiblar ilm-fanning turli sohalarida faoliyat ko’rsatar edilar. Shu bilan bir qatorda bu alloma va adiblar o’sha davrdagi Samarqandda mavjud bo’lgan Ulug’bek madrasasi, amir Shohmalik madrasasi, Egu Temur madrasasi, Firuzshoh madrasasi, Saroymulkxonim madrasasi (madrasai xonim), mavlono Qutbiddin sadr madrasasi, Fazlulloh Abulays xonaqosi kabi ilm dargohlarida ta’lim olayotgan tolibi ilmlarga dars aytib, ma’ruzalar qilib, yosh avlodni ilm-fanning sirlaridan xabardor qilardilar. Bundan tashqari, Mirzo Ulug’bekning tashabbusi bilan qurilayotgan turli xil imoratlar (Chinixona, Rasadxona), bog’larni bino qilishda donishmand me’morlar, mohir naqqoshu rassomlar, zarkorlar ham to’plangan edilar. Shuning natijasida o’sha davrda Samarqand ilmu fan va turli xil hunarmandchilikning markaziga aylanib, ilmiy-ijodiy va go’zallik yaratishga ishtiyoq jarayoni keng miqyosda davom etardi.
Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror tog’asi xoja Ibrohim bilan birinchi marta Samarqandga kelganida ana shu muhitning guvohi bo’lgan edi. Xoja Ibrohim jiyani Ubaydullohni shahardagi mavlono Qutbiddin madrasasiga joylashtirdi, Xoja Ubaydulloh shu madrasa hujralaridan birida yashab, o’qishni boshladi. Tog’asi har zamon undan xabar olar, o’qishga astoydil kirishish zarurligini uqtirib turardi. Xoja Ubaydulloh mavlono Qutbiddin sadr madrasasida o’qishni boshlash bilan birga boshqa ilm dargohlari – madrasalarda yashaguvchi alloma va tolibi ilmlar bilan tanishadi. Ana shunday allomalardan biri Sa’diddin Qoshg’ariy edi.
Sa’diddin Qoshg’ariy (vafoti 1456 yil, Hirot shahrida) naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan bo’lib, xuddi shu davrda Samarqandda edi. Fazlulloh Abulays xonaqosida yashab, undan fiqh, arabiyatdan bahramand ham bo’lar edi. Xoja Ubaydulloh bu alloma bilan munosabatda bo’lib, uning naqshbandiya tariqatiga doir suhbatlariga qatnashar va o’zi ko’pgina masalalarni aniqlab olardi. «Bir kun, – deb hikoya qiladi Xoja Ahror, – Fazlulloh Abulays xonaqosi oldidan o’tayotgan edim, bir do’stim Men «bu xonaqoda birov kasal bo’lib yotibdi, shuni ko’rib o’taylik», dedi. Xonaqoga kirdik, qarasam, bu kasal mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy ekan, hol ahvol so’radim. Hasba (tif) kasaliga uchrab, ahvoli og’ir ekan. Uni ko’rishga kelganlar chiqib ketdilar va Men yolg’iz qoldim. Mavlonoga qarovchi biror kishi yo’qligi sababli mavlono tuzalgunga qadar unga qarashdim. Mavlono tuzaldi, ammo Men shu kasallikka chalinib, Mavlono Qutbiddin sadr madrasasidagi hujrada yotib qoldim».
Kasallik uzoq davom etadi va shu tufayli Xoja Ahror jismoniy jihatdan ancha kuchsizlanib qoladi. Ana shu kunlarda tog’asi xoja Ibrohim o’qishning qolib ketayotganligini oraga solgach, Xoja Ahror unga qarab, men o’qishni davom ettira olmasam kerak, chunki salomatligim bunga imkon bermaydi, deb aytadi. Shundan so’ng xoja Ibrohim «men bunchalik bilmas ekanman, unday bo’lsa, qanday tarzda mashg’ulot qilishni o’zing bilasan», deb javob beradi. Shundan so’ng Xoja Ahror madrasa dasturi bilan o’qishni davom ettirmaydi. Shuni nazarda tutib, keyinchalik o’zi bir suhbatda aytgan ekan: «Bizning madrasada olgan ta’limimiz «Masobeh» kitobining bir varag’ini o’qishdan nariga o’tgan emas». Ma’lumki, Xoja Ahror tilga olgan «Masobeh» kitobi, aniqrog’i «Masobeh us-sunna» Abu Muhammad al-Husayn bin Mas’ud al-Marvarrudiy al-Bag’dodiy (vaf. 112 m. yil) qalamiga mansub bo’lib, u payg’ambar alayhissalomning hadislari to’plamidir. Bu kitob o’sha davrdagi madrasalar o’qish dasturi bo’yicha o’qitiladigan asarlardan biri edi. Unga turli sharhlar yozilib, ular ham o’qitilardi. Kitob arab tilida bitilgandan ma’lumki, Xoja Ahror turkiy va forsiy tillar bilan birga arab tilini ham bilar va bu tilda yozilgan asarlarni mutolaa qilardi. Xoja Ahrorning madrasa ta’limini oz olgani haqidagi e’tirofi Bejiz emas. Chunki keyinchalik muxoliflari uni o’qimaganlikda ayblashga intilardilar va orqasidan «qishloqi shayx» deb Mensimas edilar. Bu e’tirof ana shularga javob tarzida aytilgandek tuyuladi.
Madrasa ta’limini salomatligi yomonlashgani sababli davom ettirolmagan bo’lsada, ammo u mustaqil mutolaa qilar hamda o’sha davrning zabardast ulamolari bilan muloqot va suhbatlarda bo’lib o’zining bilimini oshirardi. Xoja Ahror hatto shaxsiy hayotidan ham voz kechib, o’qish va mutolaani, suhbatlardan bahramand bo’lishni afzal ko’rgan. Bu jihatdan Muhammad Qozi tomonidan Keltirilgan quyidagi hikoya e’tiborga loyiq: Samarqanddagi shayxlardan biri Sa’diddin Qoshg’ariyga shunday debdi: Xoja Ubaydulloh (Xoja Ahror)ga ayting, singlimning qizini – jiyanimni o’z nikohiga olsin. Sa’diddin Qoshg’ariy bu gapni Xoja Ahrorga yetkazganda, Xoja Ahror shunday javob beribdi: men o’z viloyatim va ma’rifatgohimni tark etib kadxudo (uylanish, kuyov) bo’lish uchun bu shaharga kelgan emasman, balki mening maqsadim ulamo va allomalar suhbatidan bahramand bo’lmoqdir.
Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun ko’p mutolaa qildi, suhbatlarda bo’ldi. Buning isboti uchun Xoja Ahror suhbatlarida tilga olingan va misollar keltirgan quyidagi manbalarni eslatish mumkin: Muhiddin ibn al Arabiyning «Fusus al-hikam», Imom Muhammad al G’azzoliyning asarlari, Imom Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning «Al-joMe’ us-sahih», Abdulloh Ansoriyning «Manozili soirin», Abdurazzoq Koshiyning «Sharhi Manozili soirin», Farididdin Attorning «Tazkirat ul-avliyo», ibn Jullobiyning «Kashf ul-mahjub», Xoja Muhammad bin Ali Hakim Termiziy asarlari, shayx Xovandi Tahur, Xoja Muhammad Porsoning (vaf. 1419) xojagon tariqati masalalariga bag’ishlangan risolalari, Sayyid Qosim Anvor, Kamol Xo’jandiy, Abu Sayyid Abulxayr kabilar manzum asarlari va boshqalar. Ko’rinadiki, Xoja Ahror o’sha zamon uchun mutolaa qilinishi shart bo’lgan Qur’oni Karim va Rasululloh hadislari, sarf va naxvlar bilan bir qatorda islom huquqshunosligi – fiqh, falsafa – tasavvuf, She’riyat va nasr namunalarini o’zbek, ozarboyjon, fors-tojik va arab tillarida mutolaa qilib, kerakli joylarda ulardan foydalangan, she’rlarni yod olib, fikrlarining isboti uchun ularni o’qigan Xoja Ahror yod olgan va suhbatlarda ulardan foydalangan She’rlardan Muhammad Qozi o’z kitobida ancha namunalarni keltirgan. Biz bu o’rinda ulardan ayrimlarini Keltirish bilan cheklanmoqchimiz. Jumladan:

Xoja Ahror aytur edilarki, shayx Farididdin Attor buyurmishlar:

Dil zi pur guftan bimirad dar badan,
Garchi guftorat buvad durri Adan.

Mazmuni: Agarchi so’zlaring Adan durlaridek bo’lsa ham, ko’p gapirmoq badanda ko’ngilni o’ldiradi.

Yana: Hoja Ahror bu baytni ko’p takrorlardilar:

Chu shakkar mexo’ri bo gul biyoMez,
Ki dar tarkib boshad naf’i bisyor.

Mazmuni: Shakar yesang uni gul bilan aralashtirgil, chunki ikkovining qorishuvidan ko’p naf yetadi.

Bu baytni ham ko’p o’qir edilar:

Roh ba vahdat nazad har ki nashud dar talab
Jumlai zarrotro az dilu az jon  murid.

Mazmuni: Kimki barcha zarralarga butun vujudi bilan murid bo’lmagan bo’lsa, ul kishi vahdat sari yo’l ola olmaydi.

Yana bir misol:
Xoja Ahror shayx Sa’diddin Hamaviyning ruboiylarini ko’p o’qir edilar va buni Tez-tez ayturdilar:

Onam, ki jahon chu huqqa dar mushti man ast,
V-in quvvati Haq zi quvvati pushti man ast.
V-in kavnu makon va har chi dar olam ast,
Dar qabzai qudrati du angushti man ast.

Mazmuni:
Men ul manki, jahon mening kafimda koptokdekdir,
Va haqning quvvati mening Belimdagi quvvatdandir.
Bu kavnu makon va olamda nima bor bo’lsa,
Barchasi mening ikki barmog’im qudratidandir.

Bu ruboiy nihoyatda chuqur falsafiy mazmunga ega bo’lib, unda Inson va Koinot, Inson va Haq munosabatlaridan bahs yuritiladi va yuqorida uqtirganimiz hurufiylar ta’limotiga yaqin fikrlar bayon etilgan. Xoja Ahror tomonidan bu ruboiyning yod olinib tez-tez tilga olinishi bejiz ko’rinmaydi. Bunda Sayyid Qosim Anvor bilan Xoja Ahror orasida bo’lgan muloqot va suhbatlar ta’sir ko’rsatgan ko’rinadi. Ma’lumki, Xoja Ahror birinchi marta Samarqandda bo’lib, mavlono Qutbiddin sadr madrasasidan hujra olib o’qishni boshlab, kasalligi tufayli uni davom ettirolmagan edi. Ana shu vaqtda Sa’diddin Qoshg’ariy uning qoshiga kelib, Sayyid Qosim Anvorning Samarqandga kelganini xabar qiladi va ziyoratiga borish lozimligini aytadi. Shunda Xoja Ahror kamquvvatligini, mavlononi keyinchalik ziyorat qilajagini aytadi. Bu voqyea 1428 yili sodir bo’lgan edi. Amir Sayyid Qosim Anvor (1366–1434) o’z asrining alloma va shoirlaridan bo’lib, asarlari va erkin fikrlari bilan shuhrat qozongan edi. Uning asarlaridan «Savolu javob», «Ilmning bayonida», «Sufiya istilohidan yuz maqom», «Huroiya ruboyisining sharhi» kabi risolalari, she’rlar devoni, «Anis ul-ofirin» masnaviysini eslatish mumkin. Shuni ham uqdirish lozimki, Alisher Navoiy 3–4 yoshida yodlagan mashhur bayt ham ana shu alloma va shoir qalamiga mansubdir. Amir Qosim Anvor Tabrizda tug’ilgan bo’lsa-da, Arabiston, Eron, Afg’oniston, Movarounnahrning ko’pgina shaharlarida bo’lgan. Uning Samarqandga birinchi marta kelishi Amir Temur hali hayot bo’lgan vaqtga to’g’ri keladi. Amir Temurni ko’rganligi haqida «Amir Temurni ko’rish voqyeasining bayoni» masnaviysini ham yozgan. keyinchalik Shohruh Mirzo saltanati zamonida Hirotda yashaydi va bu shaharning erkin fikrlovchilari orasida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo’ladi. Uning muxlislari ko’payib, she’rlari esa qariyb har bir xonadonga kirib boradi. 1427 yilda Hirot joMe’ masjidida namozga kelgan Shohrux Mirzoga suiqasd tashkil qilinadi. Bu suiqasdning ijrochisi Ahmad Lur bo’lib, mavlono Sayyid Qosim Anvor turadigan manzilga kelar va uning farzandi qatori bo’lmish Amir maxdum bilan muloqotda bo’larkan. Buni aniqlagan podshoh suiqasdda Sayyid Qosim Anvorning ham qo’li bo’lsa kerak, deb uni Hirotdan Samarqandga surgun qiladi. Mirxond «Ravzat us-safo»da yozishicha, xuddi shu vaqtda Sayyid Qosim Anvor quyidagi g’azalni bitgan ekan:

Ey, oshiqon, ey oshiqon, hangomi on shud k-az jahon,
Murg’i dilam tayron kunad boloi hafto’m osmon.
Maqta’: Qosim, suxan ko’toh kun, bar xezu azmi roh kun,
Shakar bar tuty fikan, murda ba Peshi kargason.

Mazmuni:
Ey, oshišlar, ey oshišlar, ko’ngil šushining yettinchi osmonga parvoz šilish vašti bo’ldi…
Qosim, so’zni ko’paytirma, turgilu yo’lga otlan, to’ti oldiga shakar šo’ygilu o’laksaxo’rga o’laksani qoldirgil.

Mavlono Sayyid Qosim Samarqandga Kelgach, Mirzo Ulug’bek uning donishmand, oddiy va olijanob shaxsligini ko’rib, uning muridi bo’ladi, ustozini nihoyatda ehtirom qiladi, deb yozadi Mirxond. Sayyid Qosim Samarqanddagi amir Shohmalik madrasasidagi hujralardan birida joylashtiriladi. Xuddi ana shu vaqtda Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror Sayyid Qosim Anvor bilan tanishadi. Xoja Ahror bu mashhur alloma va shoir bilan birinchi marta uchrashuvini shunday hikoya qiladi:
Eshitdimki, hazrati Amir Qosim (Anvor) shayx Abulays hammomiga boribdilar. Men mavlono Qutbiddin madrasasida edim. Hazrat Amir Qosim suhbatlariga musharraf bo’lmoq uchun yo’lga chiqdim. Hazrat hammomdan chiqib, taxti ravonga o’tirdilar va to’rt kishi uni ko’tarib borardi. Men taxti ravonning bir poyasini yelkamga olib, …amir Shohmalik madrasasigacha ko’tarib bordim… Amir Sayyid Qosim Anvor taxti ravondan tushganlaridan so’ng hazratning odamlari menga murojaat qilib, aytdilarki, sen bu xizmating bilan odamiylar qatoriga qo’shilding… Amir Qosim Anvor huzuriga kirdim. Ul hazrat so’radilar: bobu, oting nadir? Dedim: Ubaydulloh… Aytdilar: buyurgil!»
Xoja Ahrorning Sayyid Qosim bilan muloqoti shunday boshlanib, u mashhur shoirda yaxshi taassurot qoldirdi. Shuning natijasida Sayyid Qosim Anvor Samarqandda ekan, Xoja Ahror uning bilan ko’p uchrashdi, turli masalalardan bahs qildilar. Sayyid Qosim Xoja Ahrorga o’zi, qarashlari, sayohatlari haqida nihoyatda muhim voqyealardan hikoya qildi.
Muhammad Qozi o’z asarida ulardan juda muhim deb bilganlarini Keltirgan. Jumladan:
(Xoja Ahror) hikoya qilar edilarki, Sayyid Anvor Samarqandga kelganlarida Boboi obRez avlodidan bo’lmish va shayx Abusaid Shayxonning ona tomonidan, bobosi shayx Burxon ul hazratni (Sayyid Qosim)ni ko’rish uchun kelibdilar. Uyda ko’pgina odamlar bo’lib, Sayyid (Qosim) yonboshlab o’tirgan ekanlar. Sayyid Qosimning bunday o’tirishi shayx Burxonga yoqmabdi va Sayyidga qarab shunday debdi: «Siz shayx bo’laturib bunday o’tirsangiz, muridlaringiz cho’zilib olib, yotib qoladi. Bunday o’tirish sizga yarashmaydi». Sayyid Qosim oyoqlarini yig’ib o’tirmaguncha shayx Burxon gapiraVeribdi. Bu yig’inda hozir bo’lgan Mir Maxdum va boshqa shayxlar shayx Burxonning Sayyidga bildirgan e’tirozlaridan ranjib, undan tavhidning mushkil masalalarini so’rabdilar. Shayx Burxon aytibdi: Men bunday masalalarni bilmayman. Ammo shuni bilamanki, Sayyid Qosimning bog’boni uch kundan keyin o’ladi va Sayyid Qosimning o’zi esa falaj kasaliga yo’liqadi. Shunday deb turib ketibdi. Uch kundan keyin bog’bon o’libdi; o’sha kunlari havo juda issiq bo’lgan ekan, Sayyid Qosim bo’shab qolgan yaxdon devoriga suyanib, uxlab qolibdi va uyqudan tursa, falaj bo’lib qolgan ekan. Shundan so’ng Sayyid Qosim shayx Burxonni doim hurmat qilar, unga ba’zan navvot, ba’zan esa aqcha tuhfa qilib yuborar ekanlar. Bu voqyea Sayyid Qosimning Samarqandga birinchi marta kelganlarida sodir bo’lgan ekan. Sayyid Qosim Anvor ikkinchi marta Samarqandga tashrif buyurganlarida Men (Xoja Ahror) shayx Burxoni Hazratning huzuriga olib keldim. Hazrat avvalida shayx Burxonni tanimadilar. Shunda men aytdim: hazrat, siz bu kishi bilan muloqotda bo’lgansiz, bu kishi Xoja Kavshiy mahallasida istiqomat qilguvchi shayx Burxondirlar. Bu gapdan so’ng hazrat shayx Burxonni tanidilar va shodliklaridan yig’lab yubordilar. Aytdilar: Qozizoda Rumiyga xat yozib, sizni ko’p surishtirdim. Ammo Qozizoda sizning haqqingizda hyech narsa yozmadilar. Men hamisha sizni eslardim va sog’-salomat ko’rishni istardim. Xudoga shukrki, sizni ko’rish va suhbatingizda bo’lishga muyassar bo’ldim. Shundan so’ng shayx Burxonga juda ko’p iltifot ko’rsatdilar.
Bu hikoya ikki jihatdan xarakterlidir: biri shundan iboratki, unda Sayyid Qosim Anvorning Samarqandda ikki marta bo’lganligi ta’kidlanadi, ikkinchisi esa birinchi marta Samarqandda bo’lib, yana ikkinchi marta Samarqandga tashrif buyurish oralig’ida Samarqanddagi Qozizoda Rumiy bilan xat orqali aloqada bo’lib turgani aniqlanadi. Ma’lumki, Qozizoda Rumiy Mirzo Ulug’bekning ustozi bo’lib, uning nazdida katta e’tibor va obro’ga loyiq shaxslardan edi. Ana shu omil esa Mirzo Ulug’bekning Sayyid Qosimga ko’rsatgan iltifotlariyu unga murid bo’lishi, amir Shohmalik madrasasiga joylashtirib, taxti ravon va xizmat qilguvchilar bilan ta’minlaganini ham asoslaydi. Agar shunday bo’lsa, unda Sayyid Qosim Anvor ziyoratiga kelgan Mirzo Ulug’bek bilan Sayyid Qosim hurmati va e’tiboriga sazovor bo’lgan Xoja Ubaydulloh (Xoja Ahror)ning Sayyid Qosim Anvor huzurida uchrashgan bo’lishlari ehtimoldan holi emasday tuyuladi. Ammo bu haqda biz hozircha Xoja Ahrorning o’zi tomonidan bayon qilingan e’tiroflariga duch kelganimizcha yo’q. Yana boshqa bir hikoyani eshitaylik:
(Xoja Ahror) hikoya qiladilarki, Amir Sayyid Qosim menga (Xoja Ahrorga) qarab shunday degan edilar: Bobu (o’g’lim), bu zamonda haqiqiy asror va maorifning kamligi sababini bilasanmi? Va o’zlari shunday javob qildilar: buning sababi shundaki, bu ish insondagi botiniy musaffolikka, botiniy musaffolik esa halol luqmaga asoslanadi. Bu zamonda halol luqma kamayganligi sababli botiniy musaffolik ham kamayib Ketgan. Botinda esa ilohiy asror va maorif xiralashmaydi va shunday hikoya qilgan edilar: men qo’limda kuch-quvvat borligi vaqtida hazorbaxya do’ppi tikardim va tirikchiligim shuning orqasidan o’tardi. Qo’lim falaj bo’lgach buning sababi yuqoridagi hikoyada keltirilgan, ishlay olmaydigan bo’ldim. Ota-bobomdan ko’pgina kitob qolgan edi, ularni sotdim va sayohat uchun xarj qilayapman. Hozir ham o’sha hisobdan yashayapmiz».
Tajribali, ko’pni ko’rgan Sayyid Qosim Anvor yosh Xoja Ubaydullohga bu hikoyani Bejiz aytmagan. Uning ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, mehnat bilan kun Kechirmoq halol va ma’naviy jihatdan pokiza bo’lmoq hamma narsadan ustun turguvchi olijanob fazilat ekanligiga alohida urg’u beriladi va Xoja Ubaydullohning o’z faoliyati davomida shunga amal qilishga da’vatday bo’lib eshitiladi.
Sayyid Qosim Anvor bayon qilgan hikoyalardan shu narsa bilinadiki, suhbatlar mavzusi rang-barang bo’lib, ularda Qosim Anvorning tarjimai holiga doir muhim lavhalar ham, uning dunyoqarashi, falsafiy-ijtimoiy aqidalari ham, turli shoirlar bilan bo’lgan muloqotlari ham o’z aksini topgan. Ana shulardan yana birini Xoja Ahror shunday hikoya qilgan: Xoja Kamol Xo’jandiy Saroy shahrida ekanida uning obro’-e’tibori kuchayib, ko’pgina muxlislarni ham orttirgan ekan. Shu orada bir shayx paydo bo’lib, «mening karomatim shulki, o’t (olov)ga kirib, kuymasdan chiqaman» der emish. Buni eshitganlar shayxga e’tiqod qilibdilar. Xoja Kamol Xo’jandiy esa bu ishning biror siri bo’lsa kerak, deb o’ylab, shu vaqtda Saroy shahriga tashrif buyurgan Sayyid Qosim Anvorga voqyeani bayon etibdi. Sayyid Qosim Anvor aytibdi: bu ishda biror hiyla bo’lsa kerak, har ehtimolga qarshi u shayxni hammomga kiritib, yaxshilab cho’miltirish darkor. Agar badaniga biror xil moy surtgan bo’lsa, shu bahonada u yuviladi». Bu maslahat Xoja Kamol Xo’jandiyga ma’qul tushib shayxni hammomga kiritib, yaxshilab cho’miltiribdi. Shundan so’ng katta tandirni qizdirib, odamlarni yig’ib, shayxga aytibdi: karomatingizni namoyish etish vaqti keldi. Siz mana bu tandir ichiga kiring! Shayx turli bahona bilan karomatini namoyish etishdan voz Kechibdi. Shunda unga e’tiqod qo’ygan kishilar shayxga qarab, aytibdurlar: «shayx hazratlarining karomat ko’rsatish vaqti yetdi, marhamat qilsinlar». Ammo shayx unamabdi. Shunda uni ko’tarib olib, qizdirilgan tandir ichiga tashlabdilar. Shayx kuyib Ketibdi.
Keltirilgan hikoyaning voqyeiy yoki to’qima ekanligi Kelgusi tadqiqotlarda aniqlanar. Ammo muhimi shundaki, Sayyid Qosim Anvorning Xoja Ahror bilan qilgan suhbatlarida hiylakor, firibgar shayxlarni fosh etguvchi bu hikoyaning keltirilishi va keyinchalik Xoja Ahror, o’z navbatida, muxlislari bilan bo’lgan suhbatlarda uni hikoya qilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu orqali Xoja Ahror mashhur Kamol Xo’jandiy va Sayyid Qosim Anvorlarning donishmandliklari va zakovatlarini alohida uqtiradi, o’zi ham ularning yo’llarini davom ettirguvchi ekaniga ishora etadi.
Shunday qilib, Sayyid Qosim Anvorning ikkinchi marta Samarqandda bo’lganligi vaqtida o’tkazgan suhbatlari yosh Xoja Ubaydullohda katta taassurot qoldirish bilan birga Xoja Ubaydulloh, o’z navbatida, Sayyid Qosim Anvorda ham yaxshi taassurot qoldiradi. Shuning uchun Sayyid Qosim Anvor o’zining do’stlari, hammaslaklari, jumladan, mavlono Fatxulloh Tabriziy bilan qilgan suhbatlarida Xoja Ahrorni maqtar va hurmat qilar ekan. Bu haqda mavlono Fatxulloh Tabriziy shunday hikoya qiladi: Sayyid Qosim Anvor Samarqanddaligi vaqtida uning huzuriga ko’p borardim, tasavvuf va uning turli masalalari haqida suhbatlaridan bahramand bo’lardim. Bir kun Sayyid Qosim Anvor huzurlarida bo’lganimda Hazrat Xoja (Ahror) kirib keldilar. Shu vaqtda Sayyid Qosim ilhomi jo’shib ketdi. Har gal Xoja Ahror tashrif buyurganda shunday bo’lar va Sayyid Qosim turli masalalarga oid qiziq hikoyalarni ilhom bilan aytar edilar. Boshqa vaqtda bunday bo’lmasdi. Xoja Ahror ketganidan so’ng Sayyid Qosim Anvor Menga murojaat qilib, shunday Dedilar: agar Sen saodatga erishmoqni istasang, bu turkistonlik yigit (Xoja Ahror) etagini mahkam tutgil. Chunki u zamonning a’jubasi bo’lib, undan ko’pgina ishlar sodir bo’lg’uvsidir. Tez orada jahon uning valiylik nuri bilan yorishadi va o’lgan ko’ngillarni o’zining suhbatlari sharofatila tiriltirguvsidir. Sayyid Qosim Anvorning bu so’zlaridan so’ng Men (Fatxulloh Tabriziy) Hazrat Xoja (Ahror) Sulton Abu Sayyid zamonida Toshkanddan Samarqandga kelganlarida hamisha ularning mulozamatlarida bo’lardim.
Bu e’tiroflar nihoyat e’tiborga loyiqdir. Xususan, 71–72 yoshdagi Qosim Anvor tomonidan 24 yoshar Xoja Ubaydullohga nisbatan bildirilgan bu munosabat, berilgan baho diqqatga sazovordir. Shuning uchun Sayyid Qosim Anvor ham Xoja Ubaydullohni o’ziga yaqin tutib ko’pgina masalalar bo’yicha uning fikrini bilishni istar hamda odamlarni tanish masalasida unga maslahatlar ham berar ekan. Masalan, bir suhbat chog’ida nihoyat mutakabbir bo’lgan bir olim haqida bildirgan fikrlarini Xoja Ahror shunday eslaydi:
Hazrati Sayyid (Qosim Anvor) asrning fozillaridan bo’lmish Xoja Ali Chokardizagiyning o’ziga bino qo’ygani va takabburligidan hayratda qolib, Menga shunday deb edilar: bobu, bu Xoja Ali na muncha kekkaymasa?!
Bu bilan yosh Xoja Ubaydullohga mag’rurlanish yaxshi fazilat emasligini uqtirganday bo’lgan edi Sayyid Qosim Anvor.
Sayyid Qosim Anvor suhbatlarida bayon etilgan bir muhim mulohaza haqida Xoja Ubaydulloh shunday deydi: Bir kun Sayyid Qosim Anvor shunday Dedilar: bizga tashvish orttiruvchi bu atrofimizdagi nodon kishilardir. Sizga (Xoja Ahrorga) esa, tashvish orttirguvchi sizning dunyongiz (boyligingiz) bo’lgusidir. Bunda hazrat Sayyid Qosim Anvor mening hayotimda sodir bo’lgan voqyealarni bashorat qilgan ekanlar.
Shunisi ma’lumki, Sayyid Qosim Anvor suhbatlaridan bahramand bo’lgan, uning pand-nasihatlarini eshitgan Xoja Ubaydulloh o’zining keyingi faoliyati davomida ularni amalga oshirishga astoydil kirishgan va, shu bilan birga, o’zining olijanob fazilatlari bilan ularni yangi-yangi sifatlar ila boyitgan.
Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh birinchi marta 1427–1429 yillarda tog’asi xoja Ibrohimning tashabbusi bilan madrasada o’qish uchun Samarqandda bo’ldi: Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida qaynoq ilmiy-ijodiy muhit, uning zabardast namoyandalari, xususan, falsafa-tasavvuf sohasidagi Sa’diddin Qoshg’ariy, Sayyid Qosim Anvor, Attor Samarqandiylar bilan muloqotda, o’zining bilimi va tasavvuri doirasini kengaytirdi, o’ziga xos hurmatga ham sazovor bo’ldiki, bu xoh Sayyid Qosim Anvorning hammaslaklariga Xoja Ubaydulloh to’g’risida bildirgan fikrlaridan ham oydinlashadi. Bu orada Sa’diddin Qoshg’ariy va Sayyid Qosim Hirotga qaytdilar.
Xoja Ubaydulloh Samarqand muhitidan ko’pgina bahramand bo’lgan bo’lsa-da, u Hirot tomon bormoqchi bo’ladi. Shu vaqtda xojagon tariqatining muxlislaridan biri unga murojaat qilib, Hirotga bormang, Sa’diddin Qoshg’ariy borganidan pushaymon bo’libdi, debdi. Xoja Ubaydulloh Hirotga borish niyatidan qaytmayajagini aytgach, o’sha muxlis shunday debdi: unday bo’lsa, iltimosim shuki, Hirotda shayx Umar xonadonidan bahramand bo’lishga intilsangiz. Men shayxni ko’rganman, u kishi tariqatimizning jonkuyarlaridandir.
Xoja Ubaydulloh Hirot safariga Buxoro orqali yo’lga chiqadi, Pirmastda shayx Sirojiddin huzurida bo’ladi. Buxoroga Kelgach, mavlono Muborak shoh madrasasi hujrasidan joy olib, bobosi shayx Xovandi Tahur muxlislaridan bo’lmish mavlono Hamididdin va Xoja Alouddin G’ijduvoniylarning suhbatlaridan bahramand bo’ladi. Xoja Alouddin Xoja Ahrorda juda ko’p fazilatlarni kuzatar va «u yetuk shaxs» deb aytardi.
Buxorodan Hirotga yo’l oladi. Hirot safari jarayonida Xoja Ahror asli xorazmlik bo’lgan ulug’ yoshli Xoja Musofir nomli shaxs bilan uchrashadi. Xoja Musofir turli masalalar haqida hikoya qilardi, jumladan, o’zi ko’rgan va shohidi bo’lgan quyidagi voqyeani aytib berdi, deb eslaydi Xoja Ubaydulloh. Men, – degan edi Xoja Musofir, – Xoja Bahovuddin Naqshband suhbatlarida ko’p bo’lganman. Menda raqs va qo’shiqqa nisbatan kuchli moyillik bor edi. Bir kuni Xoja Bahovuddin huzurida o’yin va qo’shiq tashkil etish maqsadida qo’shiqchilar, doyra va nay asboblarini hozirladik. Bunga Xoja nima der ekanlar, deb o’yladik. Hazrat Xoja majlisda qatnashdilar, ammo o’yin va qo’shiqlarni man’ qilmadilar. Faqat «inkor namekunem va in kor namekunem» (inkor qilmaymiz, ammo bu ishni qilmaymiz) deb aytdilar.
Bu hikoyada naqshbandiya tariqatining mavjud hayot va uning barcha murakkabliklarini e’tirof etguvchilik, xursandchilik qiluvchilarga mone’ bo’lmaslik xususiyatlari yaqqol bayon etilgan. Bular esa, keyinchalik Xoja Ubaydulloh faoliyatida ham me’yorni saqlash sharti bilan davom ettirilgan.
Hirot shahriga yaqin bo’lgan Childuxtaron rabotida – deb hikoya qiladi Xoja Ahror, – bir shaxsni uchratdim. Bu kishi suhbat chog’ida Xulg’utav mavZeida Bahovuddin Naqshband xalifalaridan bo’lmish mavlono Ya’qub Charxiy haqida juda samimiyat bilan so’zladi. Buni eshitib, bu hazrat qoshiga borsammikan, degan fikr ham tug’ildi. Ammo Hirotga yaqinlashib qolganimni nazarda tutib, avval Hirotga borishga qat’iy qaror qildim. Xoja Ahror Hirotga yetib boradi va uning e’tirof etishicha, bu shaharda 4-5 yil qoladi. Bu vaqt Hirotda Shohrux Mirzo hokimiyati davom etar va Hirotda ilmiy-adabiy muhit o’zining xususiyatlari bilan mavjud edi. Hirotga kelgan Xoja Ahrorni esa, birinchi navbatda, tasavvuf va uning namoyandalari qiziqtiradi. Shuning uchun Samarqandda orttirgan do’st va maslakdoshi Sa’diddin Qoshg’ariyni so’rog’lab topadi va uning suhbatlarini, Hirot bo’ylab sayohatlarini davom ettiradi. Shu bilan birga u Hirotning mashhur mutasavvuflaridan shayx Bahovuddin Umar, shayx Zayniddin Xavofiylarning huzurida ham bo’lib, ulardan shayx Bahovuddin Umarga nisbatan ko’proq moyillik ko’rsatar, uning suhbatlarida ko’p bo’lardi. Xoja Ubaydulloh bu haqda shunday hikoya qiladi: shayx Bahovuddin Umar suhbatlari mening uchun unchalik foydali emasdi. Shunisi borki, bu suhbatlar vaqtida Men o’zligimni ko’proq taniy boshladim.
Shunday ekan, shayx Bahovuddin Umarning qaysi fazilatlari Xoja Ubaydullohning diqqatini o’ziga tortgan edi? Bunday fazilatlardan biri shundaki, eslaydi Xoja Ubaydulloh, – shayx Bahovuddin Umar o’zlarini suhbatdoshlaridan katta tutmasdilar, nihoyat kamtar edilar, kishilar bilan samimiy va ochiq munosabatda bo’lardilar, har kimga o’ziga munosib Keladigan tarzda muomala qilardilar. Ikkinchisi esa, o’zlarining turmush tarzi oddiy va kamtarona edi… Chilla o’tirishni tark qilmasdilar. Biz bu hazratning xonadoniga besh yil bordi-keldi qilgan ekanmiz, shu orada bir martagina go’shtli taom yeganmiz, xolos. Bu ham besabab emasdi. Chunki shu kuni shayxning uylariga amir Feruz shohning ukasi amir Mahmudshoh kelgan edi. Men esa, mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy bilan tashqarida o’tirgan edim, bizning oldimizga go’shtlik taom Keltirdilar. Xoja Ubaydullohning quyidagi hikoyasi ham diqqatni o’ziga tortadi:
«Ramazon oyida shayx Bahovuddin Umar Kozurgohdagi Xoja Abdulloh Ansoriy oromgohida uzlatda bo’ldilar. Havo issiq bo’lishiga qaramay, o’tiradigan joyda soya bo’lmasada, u kishining muridlari qatori men ham quyoshda o’tirdim, ancha qiynaldim. Iftor vaqtida ro’za ochilib, taom yedik. Ertasi ma’lum bo’ldiki, biz yegan taom boshqalar – omma uchun mo’ljallangan mahsulotdan tayyorlangan ekan. Bundan men juda qayg’urdim va keyinchalik o’z mehnatim bilan Dehqonchilik qilib, umr kechirishimning ham, mol-mulk orttirishga intilishimning boisi ham shu hodisa bo’lgan edi. Ammo dunyo orttirishim avlodim va suhbatdoshlarimga ancha tashvish keltirdi. Endi bilsam ulug’ mashoyixlarning ko’pi shuning uchun tarki dunyo (boylikdan voz Kechish) qilar ekanlar».
Bunda muhim bir kuzatishning xulosasi bor, ya’ni Xoja Ubaydulloh Mehnat qilmay kun kechirish yoki birovlarga mo’ljallangan narsalarga ega bo’lishga intilishdan nafratlangan hamda Mehnat bilan orttirilgan mol-mulk ham tashvish va ko’ngilsizliklarga olib Kelajagini ta’kidlamoqda. Demak, inson o’z ehtiyojidan ortiqcha narsaga intilib, o’ziga-o’zi kulfat va g’am-anduh orttirar ekan.
Shu bilan birga, Xoja Ahrorning ta’kidlashicha, ko’pgina mashoyixlar, jumladan, Zayniddin Xavofiy, Bahovuddin Umarlar ham fuqaro manfaati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilishda yoki zolimlar zulmi oldini olishda faollik ko’rsatmas ekanlar. Shuning uchun ular bunday masalalar bo’yicha Shohrux Mirzo oldiga shaxsan bormagan ekanlar. Shayx Bahovuddin Umar esa masalalarni hal qila olish qobiliyatiga ega bo’lmagan birovni Shohrux Mirzo va uning amaldorlari oldiga yuborib qo’ya qolar ekan. U shaxsni xalq «shayx elchisi» der ekan. «Shayx elchisi» bozorlarda ot surib borar va biror ishni natijali hal qila olmas ekan. Xoja Ahrorning fikricha, fuqaro manfaatlari yoki zulm va adolatsizliklarning oldini olish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etishda mashoyixlar faollik ko’rsatib, shohlar, jumladan, Shohrux Mirzo huzuriga borganlarida, obro’lariga ziyon yetmasdi. Bu xulosalar nihoyatda muhim bo’lib, Xoja Ahror o’z faoliyati davomida ana shularga amal qilgan. Demak, Xoja Ubaydulloh Hirotda ekan, naqshbandiya tariqati namoyandalari suhbatlardan bahramand bo’lish bilan birga moddiy va ruhiy hayot masalalariga doir o’z tushunchalariga ega bo’lgan.
Xoja Ubaydulloh Hirotda o’zining hammaslagi Sa’diddin Qoshg’ariy bilan ko’p bo’lardi. Ular o’z fikrlarining tasdig’i uchun polvonlar kurashi ma’rakasiga qatnashar, biror polvonning g’olib Kelishini oldindan bashorat qilar va bu bashorat amalga oshardi. Bular Xoja Ubaydulloh, bashoratlarining imtihoni sifatida qaralardi.
Xoja Ubaydulloh Hirotda turli toifadagi kishilar bilan ham muloqot qilar, unga nisbatan e’tiqod qo’yar edilar. Ana shunday kishilardan biri mavlono hoji Mahmud mujallid (muqovasoz) ekan. U Xoja Ubaydullohga shunchalik e’tiqod qo’yibdiki, oxiri faqat uning mulozamatida bo’lar va, hatto, Mashhad shahridan otasini keltirib, Xoja Ubaydulloh bilan tanishtirib qo’yibdi.
Mavlono hoji Mahmud orada ko’rinmay qoldi, – deb hikoya qiladi Xoja Ubaydulloh – surishtirib ko’rsam, uni mirzo Boysung’ur tavsiyasi bilan Shohrux Mirzo devonida muqovasozlik lavozimiga tayinlabdilar. Bordim. Yaxshi joyda o’tirarkan. Turk va hindu qullar xizmatida kamarbasta, yonida bir yigit muqovasozlik hunarini o’rganardi. Bu kim, deb so’raganimda, hoji Mahmud aytdi: Shohrux Mirzo bu yigitga muqovasozlikni o’rgat, deb topshirdi, uning oti shayx Busa’iddir. Men kirganimda hamma o’rnidan turdi-yu, ammo bu yigit oyoq og’rig’i tufayli turmagan edi. Shunda Men «hali Seni yuzi qaro ko’rarman» deb ko’nglimdan o’tkazdim. Bir necha vaqt o’tgach, tobim qochdi, tabiblar bir xil doruni ichishni va parhyez taomlar tanavvul qilishni tavsiya qildilar. Men hoji Mahmud oldiga kelib, voqyeani aytdim, u doruni topib berdi. Parhyez oshimni kim pishiradi deganda shayx Busa’id Men pishiraman dedi. Bir kun taom pishirayotganda qo’li qozonga Tegib, qora bo’libdi, buni sezmay yuzini artibdi va yuzi ham qora bo’libdi. Shu holda uni ko’rdimu, «shunga roziman» deb ko’nglimdan o’tkazdim. Shundan so’ng u bizga ixlos qo’ydi va doim biz bilan bo’lardi.
Xoja Ubaydulloh Hirotda ekan, ba’zan o’zi bilan bo’lar va, hatto, bir kuni Malik darvozasi soqchilari sharob ichgan ko’rinadi, deb uni ayblamoqchi bo’ldilar. Shunda Xoja Ubaydullohni taniydiganlar oraga tushib, uni qo’yib yubordilar. Xoja Ubaydullohning hikoya qilishicha, bir kuni Malik darvozasi oldida (bundan ko’rinadiki, uning asosiy yo’li shu darvoza bilan bog’liq ekan) darVesh Ahmad Samarqandiyni uchratdi. U, – men sizga borayotgan edim, – deydi. Qaytishda bir tor ko’chaga kirib, o’zining ahvolidan gapiradi, ko’p yig’laydi va aytadi: men nochor ahvolga tushib, nima qilarimni bilmay qolganimda, bir kishi Sen Xoja Ubaydulloh oldiga bor, u kishi Sening mushkullaringni oson qilgaylar, deb maslahat berdi. Shuning uchun men sizga ixlos qilib, yordam so’rab keldim. Uning qiyin ahvolga tushishining bayoni shunday: shayx Zayniddin Xavofiy darVesh Ahmad Samarqandiyga voizlik qilishga ruxsat beribdi va odamlarni uning va’zlarini eshitishga da’vat etibdi. Bu holat necha marta takrorlanibdi. Ammo nima sababdandir darVesh Ahmaddan ranjibdi hamda odamlarni uning va’ziga bormaslikka tashviq qilibdi, hattoki uni kofirlikda ham ayblabdi. Natijada darVesh Ahmad va’zini eshituvchilar soni yetti-sakkiz kishi bo’lib qolibdi. Xoja Ubaydulloh u voqyeani eshitib, darVesh holiga achinib, unga rahmi kelibdi va bir kuni falon masjidda, boshqa kuni ikkinchi masjidda, yanagi safar namoz o’qiydigan boshqa masjidda va’z bo’lajagini xabar qiling, debdi. Shunday qilibdilar va juma kuni belgilangan masjidda shunday ko’p odam yig’ilibdiki, hyech qo’yaVering. Ayrimlar darvesh Ahmad va’zini buzishga qaratilgan chora-tadbir ko’rgan bo’lsalarda, ammo odamlarning darvesh Ahmadni eshitishga ishtiyoqi ko’payaveribdi. Shunda Hirotda «bir yosh o’g’lon shayx Zayniddinga qarshi ish yuritib, darveshga ko’maklashibdi» degan ovoza tarqaldi. Natijada Xoja Ubaydullohning obro’si Hirotda benihoyat oshibdi hamda uning Hirotdan ketish sabablaridan biri ham shu bo’libdi.
Xoja Ubaydulloh to’rt-Besh yil Hirotda mashhur mashoyixlar suhbatida bo’lsa-da, ammo u hali asosiy maqsadiga – tariqat yo’lidagi ma’naviy pirni topishga erisha olmagan edi. Ana shu omil ham uni shayx Bahovuddin Umardan ruxsat so’rab, Chag’oniyon tomon yo’l olishiga sabab bo’lgan edi. Xoja Ubaydulloh Hirotdan Balxga kelib, mavlono Hisomaddin Balxiy bilan muloqotda bo’lib, uning qistovi bilan tariqatning juda nozik masalalaridan xabardor bo’ladi, so’ng Chag’oniyonga o’tadi. Bu haqda Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qiladi:
«Chag’oniyonga keldimu kasal bo’lib qolishim sababli Xulg’utavda yashovchi mavlono Ya’qub Charxiy mulozamatiga darrov bora olmadim. Shu orada turli kishilar bilan muloqotida bo’ldim, so’z mavlono Ya’qub Charxiydan borganda ayrimlar ul kishi haqida yoqimsiz gaplar aytib, meni ikkilantirib qo’ydi. O’zimcha o’yladimu shaxsning muloqotida bo’lish niyatida kelib, ko’rmasdan, ketish bo’lmaydi Dedimda, mavlononing huzuriga bordim. Yaxshi kutib olib, so’radilar: Siz qayerdansiz? Aytdim: Shosh viloyatidan. Yana so’radilar: shayx Umar Bog’istoniyga biror aloqangiz bormi? mening ul hazrat bilan munosabatimni birdan aytish noqulay bo’lar degan xayolga borib, shunday javob berdim; bizning otalarimiz ul shayx xonadonining muxlislaridirlar. Aytdilar: ulug’ Xoja Bahovuddin shayx Umar Bog’istoniyni nihoyatda maqtar edilar… Ertasi yana borganimda meni jahl bilan kutib oldilar. Men odamlarning kishi haqidagi so’zlari rost ekan-da degan xayolga bordim. Ammo bir muddat o’tgach, juda bir xushmuomalalik bilan menga qo’llarini uzatdilar.
Men u kishining manglayida oq dog’ni ko’rib qolib qo’limni uzatmadim, mavlono mening holatimni Sezib qo’llarini tortib oldilar va qiyofalarini shunday o’zgartirdilarki, men uni ko’rib, mavlononi quchib olishga shaylandim. Shunda qo’llarini uzotib, aytdilar: mening qo’llarimni ushlagil, chunki Xoja Bahovuddin deb edilarki, Ya’qub sening qo’ling bu mening qo’limdir, shunday bo’lgach, Xoja Bahovuddinning qo’llarini olasiz. Men darhol mavlononing qo’llarini ushladim.
Xoja Ubaydullohning mavlono Ya’qub Charxiy suhbatlari haqidagi esdaliklardan shu narsa ham ma’lum bo’ladiki, Xoja Bahovuddin Naqshbanddan boshlab uning Ya’qub Charxiy kabi shogirdlari ham naqshbandiya tariqatida erkin fikrlilik o’zgalar fikri va ishlarini e’tirof etish, ularni inkor etmaslik, ammo imonning Olloh taologa nisbatan e’tiqodning but va shubhasiz bo’lishligi lozimligi masalalariga katta e’tibor bergan ekanlar. Shu jihatdan Xoja Ubaydullohning quyidagicha hikoya qilishi bejiz emasday tuyuldi. «Mavlono Ya’qub ayturdilarki, bizga Xoja Bahovuddindan qolgan ana shu zikr bo’lib, kimki jazaba usulida muridlarni tarbiyalay olsa, yaxshi bo’lardi».
Ma’lumki, xojagon tariqatida jahriya va xufiya nav’li zikrlar bo’lib, Xoja Ubaydulloh xufiya zikr – zikri dil –ya’ni Olloh taoloni doimo ko’ngilda deb bilish tarafdori bo’lgan. Ammo uning davrida jahriya-jazaba usuli ham – Olloh taoloni baland ovoz bilan, o’zidan ketguncha, jazabaga yetguncha eslash usuli tarafdori ham bo’lganlar. Ammo Xoja Ubaydulloh ularni yoqlamagan va shuning bilan bir qatorda inkor etmagan ko’rinadi. Uning o’rnida Haq taoloni ko’ngilda tutib, fuqaro manfaatlarini ko’zlash, zulm va adolatsizlik oldini olish uchun intilishni ma’qul deb bilgan. Ehtimolki, bunda uning Sayyid Qosim Anvor bilan Samarqandda doimiy tarzda suhbatda bo’lishi va Sayyid Qosim Anvordagi erkin fikrlash, o’z muddaosini – adolat va haqiqat uchun kurash aqidalarini ochiq-oydin aytish xususiyatlarining ta’siri ham bordir. Bunda tilga olingan mavlono Ya’qub Charxiy (vaf. 1447 m.) Bahovuddin Naqshbandning shogirdlaridan bo’lib, naqshbandiya tariqatining nufuzli namoyandalaridandir. Uning bu tariqatga oid «Risolai unsiya» asari borligi qayd qilingan.
Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh mavlono Ya’qub Charxiy siymosida o’zi izlagan ma’naviy pirni topgach, uning ijozati bilan Qarshi, Shahrisabz, Samarqand va Jizzax orqali o’z vatani Shoshga — Toshkandga qaytadi. Bu voqyea 1433–1434 yillarda sodir bo’lgan ko’rinadi. Xoja Ahrorning Shosh – Toshkanddagi hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lmasakda, ba’zi ulamolar bilan qilingan suhbatlar, atrofga sayohat qilishga doir ayrim lavhalarga duch keldik. Xoja Ahror haqida so’z yuritgan olimlarning qayd qilishlaricha, u Toshkandda dehqonchilik bilan shug’ullangan. Shu bilan birga naqshbandiya tariqati namoyandalaridan Mavlono Ismoil Nizomiddin Xomushlar bilan suhbatlar qurgan. Jumladan, Muhammad Qozi shunday lavhani – Xoja Ahror hikoyasini Keltiradi:
«(Xoja Ahror) aytur erdilarki, Xoja Bahovuddin Naqshbandning suhbatdoshlaridan bo’lmish mavlono Sayfiddin Manoriyning o’g’li mavlono Ismoil Farkat shahridan (Toshkent yaqinidagi qadimiy shaharlardan) bizni ko’rish uchun kelib, bir Kecha mehmonimiz bo’ldilar. Mavlono Ismoilni mavlono Sayfiddin Manoriyning farzandi bo’lganligi uchun otasi hurmati jihatidan e’zozladim. Sahar vaqti mavlono Ismoilni g’amgin holatda uchratdim. Sababini so’raganimda, shunday dedi: tush ko’rsam, qo’limda oq burgut bo’lib, u uchib ketibdi, ammo oyog’ida ipi osilib turardi. Parishonligimning boisi mana shu tushdir. Aytdim: tushning ta’biri shuki, siz suhbatlarimizdan bahramand bo’libsiz va tabiiy ishlar (uxlash) bilan band bo’lganingiz tufayli uning ta’siri kamayibdi. Ammo qush oyog’idagi ip hali bahramand bo’lishingiz mumkinligiga ishoradir, ya’ni aloqa tamoman uzilgan emas. U yana burgut timsolida zohir bo’lgay, chunki burgut boshqa qushlarni ov qilguvchi qushdir… Bu orada shunday ma’lum bo’ldiki, mavlono Ismoil o’zini ancha tutib olgan edi. Men aytdim: qarangchi, qush kelibdi-mi? Bu savol uni hushiga keltirib, xursand bo’ldi va shundan so’ng bizdan ajralmadi. Bizning atrofimizda boshqa suhbatdoshlar ham yig’ila boshladilar. Suhbatdoshlarning ehtiyojlarini qondirish zaruriyati dehqonchilik bilan shug’ullanishni taqozo qilardi. Ularning xotiri tirikchilik o’tkazish tashvishi bilan parishon bo’lmasin, deb dehqonchilik qilar edik . Shu sababli dunyo (mol-mulk) kerakligi bilindi, bizda u ko’paydi».
Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh Toshkandda e’tibor qozondi va uning huzuriga xojagon tariqatining ko’zga ko’ringan namoyandalari ham Kelishardi. Bulardan mavlono Nizomiddin Xomushning Xoja Ubaydulloh bilan uchrashgani haqida hikoyalar maqomotlarda, jumladan, Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida ham keltirilgan. Ana shu manbada keltirilishicha, Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qilgan ekan:
Toshkandda ekanimiz vaqtida uyimizga mavlono Nizomiddin Xomush Mehmon bo’ldilar. Men u kishining izzat-hurmatini joyiga keltirmoq uchun doimo harakat qilardim. Mavlononing istaklari bilan Toshkand mazorotlarini birga ziyorat qilardik. Suhbat davomida esa turli masalalar haqida so’zlab har xil rivoyatlar keltirardilar. Bir kuni shunday voqyeani aytdilar: ikki kishi bor edi, ular egizak bo’lib, orqasi bilan bir-biriga yopishgan edi. Shunday bo’lsa-da, doim shukr der edilar. Shunda birov so’radi: ahvolingiz bunday bo’lsa-da Nega doim shukr Deysizlar? Ul ikkov shunday deb javob berdilar: bundan ham og’ir azob-uqubat borligini tasavvur qilib, shunday Deymiz. Ko’p vaqt o’tmay ulardan biri vafot etdi. Yana u bilan uchrashganda tirigi aytdi: bu eng og’ir balodir, undan qutulish mushkul, chunki doim o’likni ko’tarib yurmoq kerak. Shunisiga ham shukr qilaman.
Bu voqyeiy hodisa bo’lsa, unda tabiatning turli xildagi mo’’jizalari tarixini o’rganish uchun bir maTerial bo’la oladi va agar u tamsiliy hikoya tarzida yaratilgan bo’lsa, unda kishilar doimo shukr aytish bilan yashashlari darkor, ya’ni Ollohning xohishiga qarshi bormasliklari kerak, degan g’oya olg’a surilgan. Albatta, bunday fikr tasavvuf tariqati namoyandalari aqidasi sifatida qaralmog’i lozim. Shu ma’noda quyida keltirilgan hikoyada ham mavlono Nizomiddin Xomushning karomotlaridan biri bayon qilingan:
Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qiladi: birov kelib, Mavlono Nizomiddin Xomush kasal bo’lib qolganini aytadi. Bu vaqtda u Toshkandda bizning uyimizda edi. Bordim. Qarasam, uning ustiga ko’p to’n yopib, yana bir necha kishi u hazratning ustini mahkamlab turardi, ammo shunga qaramay mavlono titrardi, tishlari tishlariga Tegmasdi, bu holni ko’rib xafa bo’ldim. Shu vaqtda birov eshikdan kirib keldi. Havo sovuq bo’lib, u kishi suvga tushib, to’nlari ho’l bo’lib, o’zi sovuqdan titrardi. Mavlono aytdilar: meni qo’yinglar-da, bu odamni isitinglar. Men uning uchun sovuq qotardim. Haligi shaxsning kiyimlarini almashtirib, uni isita boshladilar. Shunda mavlono hyech zahmatsiz o’rinlaridan turdilar va soppa-sog’ edilar.
Mavlono Nizomiddin Xomush Toshkandda Xoja Ubaydulloh uyida turar ekan, uni ziyorat qilish uchun atrofdan ham odamlar kelar edilar. Ana shulardan biri Farkat mavlonozodasi bo’lib, u hazratga tuhfa ham taqdim etgan. Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh Toshkandda ekan, uning obro’yi osha boradi va shuning bilan birga muxoliflari ham paydo bo’laVeradi. Jumladan, Toshkanddagi ulamolardan bo’lmish Mirjamol Xoja Ubaydullohni mensimas, uni orif va ulamolar qatoriga qo’shmas ham ekan. Shundan bo’lsa kerak, Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qiladi: Toshkandda bir darVesh bor edi. Ko’cha va bozorda uchrashib qolsa, menga astagina shunday der edi: xudo sizni bunday musulmonchilikdan qutqarsin.
Buni har xil tushunsa bo’ladi. Birinchidan, Mirjamol kabilarning Xoja Ubaydullohga nisbatan munosabatlarini ko’rgan darVesh Xoja Ubaydullohga hamdard bo’lib, siz ularday yo’l tutmang, ulardan uzoqlashing Demoqchidir. Ikkinchidan, darvesh qalandarona hayot tarzini boshdan kechirar ekan, bundan norozi bo’lib, Xoja Ubaydullohga qalandarlik mashrabi yo’lidan bormang, demoqchidir. Balkim har ikki holatda ham bir haqiqat ma’lum bo’ladi: Xoja Ubaydullohning e’tibori kuchaya borgani sari muxoliflari ham ko’paygan.
Muxolifliklardan ranjigan Xoja Ubaydulloh bir vaqt Farkatga boradi. «Ul hazratning do’stlari, – deb hikoya qiladi mavlono Qozi, — hazratdan so’ng Farkat tomon yo’l oladilar. Farkatga kelganda Xoja Ubaydullohni mavlono Sayfiddin Manoriy mozorining hujrasida uchratdilar. Xoja Ubaydullohni bu yerda ko’rganlar uning haybati va salobatidan hushsiz bo’lib yiqildilar, anchadan so’ng o’zlariga keldilar».
Ko’rinadiki, Xoja Ubaydullohning Toshkand davri hayoti va faoliyati Tekis davom etmagan. Afsuski, uning bu davrdagi faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotga qatnashuvi va boshqa masalalarga oid materiallar hozircha bizga ma’lum emas. Muhammad Qozi ham o’z asarida bu haqda kam to’xtalgan.
Xoja Ubaydullohning Toshkandda Temuriyzoda Abu Sa’id Mirzo bilan bo’lgan muloqotlarining sabab va tafsilotlari ham uncha aniqlangan emas. Shunisi ma’lumki, Shohrux Mirzo vafoti (1447), Ulug’bek Mirzo fojiasidan (1449) so’ng Movarounnahr va Xurosonda Temuriy shohzodalarning taxt-toj uchun kurashi nihoyatda avjiga chiqadi. Shuning natijasida Ulug’bek Mirzoning o’g’li Abdullatif o’ldirilgach, Ulug’bekning kuyovi Abdullo Mirzo Samarqand taxtiga chiqadi. Ammo boshqa Temuriyzodalar, jumladan, Abu Sa’id Mirzo taxt-toj uchun kurashni davom ettirib, Abdullo Mirzoga qarshi kurash uchun Dashti Qipchoq hokimi Abulxayrxonga (vaf. 1469–1470) murojaat qilib, harbiy yordam so’raydi. A.A. Semenovning ta’kidiga ko’ra, Abulxayrxon temuriyzodalarning o’zaro kurashlariga birinchi bor aralashib, Abu Sa’id Mirzoning iltimosini qondiradi va unga harbiy yordam ko’rsatadi. Xuddi ana shu munosabat bilan Dashti Qipchoqqa yo’l olgan Abu Sa’id Toshkandda ham bo’lib, Xoja Ubaydulloh bilan tanishgan ko’rinadi. Bu voqyealar esa 1451–1452 yillarga tegishlidir. Bir masala bizga hozircha noma’lum bo’lib qolmoqda, ya’ni nima uchun Abu Sa’id Mirzo Toshkandda ekanligi vaqtida boshqa ulamolarga emas, balki Xoja Ubaydullohga uchrashgan? Xoja Ubaydullohning qaysi tomonlari Abu Sa’id Mirzoning diqqatini o’ziga tortgan? Ikkinchi tomondan esa, Xoja Ubaydulloh Abu Sa’id Mirzoni qanday taniydi? Nega u Abu Sa’id Mirzoga ruhiy homiylik qilishga rozilik berdi?
Agar ba’zi ishoralarga e’tibor qilinsa, bu savollarning ayrimlariga javob topish imkoni borga o’xshaydi. Jumladan, aytishlaricha, Xoja Ubaydulloh qandaydir masala bo’yicha Movarounnahr podshosi Abdullo Mirzoga murojaat qilish maqsadida Samarqandga borgan ekan. Ammo saroy amaldorlari uni Abdullo Mirzo qabuliga kiritmagach, u noiloj Toshkandga qaytibdi. Agar shunday bo’lsa, Xoja Ubaydullohning Abdullo Mirzo va uning amiru amaldorlaridan qattiq ranjigani tabiiy. Xuddi shu holatda Toshkandga kelgan Abu Sa’id mirzo va uning Samarqandga yurish qilish rejalarini eshitgan Xoja Ubaydulloh Abu Sa’id mirzoning ruhiy homiy bo’lish haqidagi iltimosini qabul qilmadimikan?! Buning ustiga o’zi ham qo’shilib Samarqand tomon bormadimikan?! Shunday bo’lgan ko’rinadi. Shu jihatdan Abu Sa’id mirzoning Samarqand hokimi Abdullo mirzoga qarshi yurishida qatnashgan Abu Sa’id mirzoning lashkarboshlaridan bo’lgan Hasan bahodurning quyidagi hikoyasi diqqatga sazovor ko’rinadi:
«Abu Sa’id mirzo lashkari Toshkanddan Samarqand tomon yo’l olganda Men uning bilan birga edim, – deydi Hasan bahodur. – Bulung’ur arig’i yaqinida mirzo Abdullo qo’shinlari saf tortib turgan ekan. Men mirzo Sulton Abu Sa’idga yaqin turdim. Mirzo Sulton Abu Sa’id lashkarining soni taxminan yetti mingdan iborat bo’lsa, mirzo Abdullo lashkari va qurol-yarog’i juda ko’p edi. Bu orada bizning lashkarlarimizdan bir qismi mirzo Abdullo tomon o’tdi. Mirzo Sulton Abu Sa’id nihoyatda tashvishga tushib, unda qo’rqish alomati sezila boshlandi. Shu vaqtda mirzo Sulton Abu Sa’id menga murojaat qilib, «Ey Hasan, biror narsa ko’ryapsanmi?» deb so’radi. Men aytdim: «Sultonim, men Xoja (Ahror) hazratlarini ko’ryapman, ul kishi lashkarimiz oldida bormoqdalar». Mirzo Sulton Abu Sa’id aytdi: «Men ham ko’ryapman». Men aytdim: «Mirzo, g’am yemang» dushman ustidan g’alaba qozonajakmiz». Shu vaqtda men «yog’i qochdi» deb baland ovoz bilan aytib yuborgan ekanman bu gapni butun lashkarimiz takrorlab, ilgari harakat qildi. Ozgina fursat o’tmay, mirzo Abdullo asir tushdi va uning lashkari yengildi. Shu kunning o’zida Samarqand qo’lga kirdi». Muhammad Qozi shunga ilova qilib, Xoja Ahrordan eshitgan quyidagi gapni ham keltiradi: (Xoja Ahror) ayturdilarki, «mirzo Abdullo asir tushgach, uni darhol o’ldirdilar. Men Toshkand tomon yo’l oldim».
Bundan ko’rinadiki, Sulton Abu Sa’idning mirzo Abdullo lashkarlari ustidan g’alaba qozonishi uning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan ixlosini yanada kuchaytirgan va unga bog’lanib qolgan. Ana shuning natijasida Samarqand taxtiga o’tirgan Sulton Abu Sa’id mirzo Xoja Ubaydullohning o’zi yonida bo’lishini ma’qul ko’rib, uni Toshkanddan Samarqandga ko’chirtirib kelgan. Xoja Ubaydullohning Sulton Abu Sa’id mirzo tomonidan Samarqandga ko’chirtirib kelgani o’sha voqyeaning shohidlari tomonidan tasdiqlangan. Jumladan, Xoja Ahrorning muridlaridan bo’lmish mavlono darvesh Saripuliy shunday hikoya qiladi:
«Mirzo Sulton Abu Sa’id hukmronlikni qo’lga olgach, Xoja Ubaydulloh hazratlarini Toshkanddan Samarqandga ko’chirtirib keldi. Hazrat Xoja Ubaydulloh Samarqandga ko’chib kelganlarida u kishini birinchi bo’lib ziyorat qilgan Men edim».
Bu voqyea 1452 yilda sodir bo’lib, shundan so’ng Xoja Ubaydulloh umrining oxirigacha Samarqand bilan bog’landi. Albatta, u Movarounnahr va Xurosonning juda ko’p shaharlari, qishloqlariga sayohatlar qilardi, ammo asosiy makoni Samarqand bo’lib qoldi. Xoja Ubaydulloh Sulton Abu Sa’id va so’ngra uning o’g’li Sulton Ahmadning Samarqanddagi hukmronliklari davrida ular nazdida juda katta e’tiborga sazovor bo’lib qolmay, balki Mehnatkash aholi, tijorat ahli, hunarmandlar, ilm, adabiyot, tasavvuf va boshqa sohalarning zabardast vakillari doirasida shuhrat qozondi, ko’pgina mol-mulk, yer va boyliklar sohibi ham bo’ldi. Xoja Ahror e’tiborining Tezda oshgani shundan ham bilinadiki, 1454 yilda Xoja Ahror tomonidan sotib olingan hovli vasiqasida u oliy maqom, davlat va din sharafi, ilohiy sirlarning orifi va mazhari kabi faxriy unvonlar sohibi sifatida hamda fuqaro va akobirlarning pushtu panohi, deb tilga olingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, Xoja Ubaydullohning bunday yuksak martabalar va ehtirom sohibi ekani shu vasiqada zamonasining a’lam ul-ulamosi Xoja Fazlulloh ibn Abdulvohid Abulays tomonidan ham «Shunday, V-ollo-hu a’lam», deyilib tasdiqlangan. Bunday hol faqat Samarqanddagina emas, balki Xurosonda ham ma’lum va mashhur bo’lgan.
Ma’lumki, Xuroson hokimi Sulton Abulqosim Bobur 1454 yilda Abu Sa’id mirzo hukmronlik qilayotgan Samarqandga yurish qildi. Shu voqyea bilan bog’liq bo’lgan ayrim lavhalar Muhammad Qozi tomonidan Keltirilganki, ular bir tomondan, Xoja Ubaydullohning mavqyeini tushinishda, ikkinchi tomondan esa, Abulqosim Boburga Tegishli ba’zi masalalarni oydinlashtirishda ko’maklashadi. Ulardan biri quyidagicha:
Ayturlarkim, Abulqosim Bobur Mirzo Samarqandni qamal qilgan vaqtda Xoja Abu Nasr Porso hazratlari Balxda ekanlar. Bir kuni Balxda «Abulqosim Bobur Samarqandni egallabdi» degan gap tarqalibdi. Xoja Abdulmalik iztirob bilan Xoja Abu Nasr huzuriga kelib, «Mirzo Bobur Samarqandni olibdi» Dedi. Xoja Abu Nasr bunga e’tibor bermabdi. Xoja Abdulmalik esa bu gapni bir Necha marta takrorlabdi. Bu vaqtda Xoja Abu Nasr tahorat qilib, qo’llarini yuvayotgan ekanlar. Xoja Abdulmalik haddan tashqari mubolag’a qilaVergach, Xoja Abu Nasr aytibdilarki, shunday ovoza qilibdilarmi, deb qo’llarini uzatib, mana, Bobur Samarqandni olar ekan?! Samarqandning egasi bor, uning ijozatisiz va roziligisiz hyech kim Samarqandni ololmaydi. Xoja Abdulmalik «Samarqandning egasi kim» deb so’rabdi. Xoja Abu Nasr aytibdilar: Xoja Ubaydulloh hazratlari… Bir kecha fursat o’tgach, Boburning Samarqandni olgani haqidagi ovozaning yolg’onligi ma’lum bo’libdi.

Mana bu hikoya ham qiziq: .
Abdulqosim Bobur ikki yuz ming lashkar bilan Samarqandga  yo’l olgach, bu xabarni eshitgan Sulton Abu Sa’id mirzo Xoja Ubaydulloh hazratlari huzuriga kelib, Men mirzo Boburga qarshi kurasha olish quvvatiga ega emasmen, nima qilmoq kerak, debdi. Xoja hazratlari unga tasalli beribdilar. Mirzo Bobur lashkarlari Amudaryodan o’tgach, Sulton Abu Sa’id mirzoning amirlari Turkistonga chekinib, u yerni mustahkamlash kerak, degan maslahatga kelibdilar va safar asboblarini tayyorlay boshlabdilar. Bundan voqif bo’lgan Xoja hazratlari darrov kelib, tuyalarga ortilgan yuklarni tushirishni aytib, mirzo Sulton Abu Sa’idga murojaat qilib, «qayerga bormoqchisiz? Hyech qayerga borishning hojati yo’q, mushkul shu yerda oson bo’ladi. Men sizning himoyangizni o’z zimmamga olganman. Garchi ba’zi amirlaringiz Xoja hazratlari bizni o’limga boshlayapti, deb aytgan bo’lsalar-da, Siz bunga ishonmang» debdilar. Sulton Abu Sa’idning Xoja hazratlariga e’tiqodi kuchli bo’lganligi sababli hyech kimning gapiga quloq solmadi va hyech qayerga otlanmadi. Mirzo Boburning amirlari «Sulton bizga qarshi turishga dosh berolmay, Samarqandni bizga qoldirib ketadi» degan xayolda ekanlar. Ammo Sulton Abu Sa’id qal’ani mustahkamlab, urushga shaylanibdi. Mirzo Bobur Samarqand qal’asiga yaqinlashibdi. Uning ilg’ori Xalil hindu boshchiligida Namozgoh yaqinida shahardan chiqqan ozgina kishilar bilan urushibdi. Bu urushda Xalil hindu asir tushibdi. Mirzo Bobur Samarqandning qadimiy hisori-qal’asi (hozirgi Afrosiyob)da o’rinlashibdi. Uning askarlari oziq-ovqat izlab, atrofga borganlarida aholi ularni tutib, quloq va burunlarini Kesadilar. Shunday qilib, mirzo Bobur askarlaridan ko’pi quloq va burunsiz bo’lib qoladi. Mirzo Bobur lashkarining ahvoli nihoyatda og’ir bo’libdi. Bu orada ularning otlari ham kasallikka uchrab o’libdi. O’liklarning hididan ham ahvol og’irlashibdi. Nihoyat mirzo Bobur Mavlono Muhammad Muammoiyni hazrati Xoja Ubaydulloh huzuriga yuborib, sulh tuzishni taklif qilibdi. Mavlono Muhammad Muammoiy Xoja Ubaydulloh bilan muloqot vaqtida qiziq gaplarni aytibdi: bizning mirzomiz (Bobur mirzo) olihimmat kishidir, qayerga borsa, uni olmay qo’ymaslar… Hazrati Xoja ayturdilarki, Men bu gapning javobida shunday Dedim: agar mirzo Boburning bobosi Shohrux mirzoga nisbat bo’lgan hurmatim bo’lmaganda edi, chunki men mirzo Shohrux vaqtida Hirotda bo’lganimda ko’pgina farog’atlar ko’rgan edim, masala boshqacharoq hal bo’lishi mumkin edi. Xulosa, sulh tuzishga rozi bo’libdilar. Mirzo Bobur hazrat Xoja chiqib, sulh tuzishimizda qatnashsalar, deb aytibdi. Hazrati Xoja Ubaydulloh bu ish Sulton Abu Sa’iddan ijozat so’raganda, sulton hazrat Xojaning chiqishlariga rozilik bermabdi. Sulh tuzish marosimiga hazrat Xojaning shogirdi mavlono Qosim qatnashibdi. Xoja Ubaydulloh bu marosimga qatnashishlari uchun Sulton Abu Sa’idning ko’nmagani sababini surishtiribdilar. Sulton Abu Sa’id shunday debdi: mirzo Bobur so’zga chechan va suhbatdoshini maftun eta oluvchi yigitdir. Shuning uchun siz uni ko’rib, unga moyil bo’lib qolishingiz mumkin degan fikr bilan sizning borishingizga rozi bo’lmadim. Agar shunday bo’lganda, mening ishlarim qiyin bo’lib qolardi.
Bundan tashqari, Muhammad Qozi Xoja Ubaydullohning Mirzo Bobur sifatlariga doir hikoyalarini shunday keltiradi:
Xoja Ubaydulloh ayturlarki, Mirzo Bobur tasavvufni bilishni da’vo qilib, majlislarida tasavvufning muqaddimotidan bahslar bo’lar ekan. Mutasavvuflardan Pirzoda Qayum mirzo Bobur mulozamatida bo’lar edi. Mirzo Bobur bu toifaga mo’’taqid edi.
Mirzo Bobur Samarqandning qadimiy hisorida (hozirgi Afrosiyob) yonboshlab olib, baland ovoz bilan «orifda himmat yo’q, orifda himmat yo’q. Agarchi Samarqandni ololmagan bo’lsakda, ammo bildikki, Xoja hazratlari orif emas ekanlar. Bizni himmat bila xarob qildilar», – deb nola qilgan ekan…
Aytdilarki, Mirzo Bobur mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy suhbatidan juda ko’p bahramand bo’lib, mavlonoga bordi-keldi qilishni taklif etganda mavlono ko’nmabdi. Sa’diddin Qoshg’ariy vafot etganda mirzo Bobur ul hazratning tobutlarini Malikon masjidi yonidagi uylaridan to xiyobonning boshigacha ko’tarib boribdi. Havo issiq ekan, Terga botib, to’nlari ho’l bo’lishiga qaramay mavlononing tobutini qabristongacha olib borgan ekan. Saltanat va boylik arboblarining darveshlarga bo’lgan bunday e’tiqodi va hurmati ibratga loyiqdir.
Xoja Ubaydullohning Mirzo Bobur va uning fazilatlariga doir hikoyalarida bu Temuriyzodaga nisbatan bo’lgan xayrxohligi ko’zga tashlanadi. Ana shu temuriyzoda himmati tufayli Husayn Boyqaro va Alisher Navoiylar uning saroyida tarbiyalangan va hurmat qilinganliklari hamda keyinchalik Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois»da Mirzo Bobur haqida samimiyat bilan yozganlarini, ularning Xoja Ubaydulloh hikoyalari bilan hamohangligini eslasak, unda temuriyzoda mirzo Abulqosim Bobur shaxsiyatining mohiyati ancha oydinlashadi. Alisher Navoiy uning haqida shunday yozgan edi: «Bobur mirzo – darVeshvash va foniy sifat va karim ul-axloq kishi erdi. Himmati oldida oltunning dag’i kumushning toshu tufrog’cha hisobi yo’q erdi. Tasavvuf risolalaridan «Lamaot» bila «Gulshani roz»ga ko’p mash’uf erdi. Tab’i dag’i nazmg’a muloyim erdi. Bu ruboiy aningdurkim:

Chun bodau jomro ba ham payvasty,
Medon ba yaqin ki rindi bolodasty,
Jom ast shariat va haqiqat – boda,
Chun jom shikasty ba yaqin badmasty.

Mazmuni: boda bilan jomni bir-biriga bog’lab qo’yding: ma’lum bo’ladiki, sen o’tkir rindlardan ekansan. Shariat – jom, haqiqat – boda, jomni sindirding – bilindiki Sen badmast ekansan.
Agarchi turkcha nazmlar ham aytur erdiki, barchag’a qabul erdi, ammo bu bayt ham aningdurkim:

Necha yuzung ko’rub hayron o’loyin,
Ilohi men senga qurbon o’loyin.

Ko’rinadiki, mirzo Abulqosim Bobur o’zining ko’pgina fazilatlari, jumladan, tasavvuf ahliga e’tiqodi nuqtai nazaridan zamondoshlaridan bo’lmish Sulton Abu Sa’id mirzo, Xoja Ubaydulloh va Alisher Navoiylarning diqqatini o’ziga qarata olgan Temuriyzoda edi. Mirzo Abulqosim Bobur Hirotda ekanida mavlono Sa’iddin Qoshg’ariy bilan qilgan suhbatlari chog’ida so’z, albatta, mavlono Sa’diddinning maslakdoshi va do’sti Hoja Ubaydulloh haqida Ketgan va shunday qilib, Mirzo Bobur Xoja Ubaydullohni sirtdan bilgan hamda unga ixlos qo’ygan ko’rinadi. Shuning uchun Samarqandni qamal qilgan vaqtida natijaga erisha olmagach, sulh tilab, o’z vakilini Xoja Ubaydulloh huzuriga yuborgan va masala hal bo’lgach, sulh bitimini tuzish marosimida Xojaning qatnashishini iltimos qilgan. Ammo Abu Sa’id mirzo Xojaning bu marosimga qatnashuviga rozilik bermagan.
Bu hikoyalardan ma’lumki, Xoja Ubaydullohning Sulton Abu Sa’id hukmronligi davrida Samarqandga ko’chib kelishidan 2–3 yil o’tmay uning e’tibori juda oshib Ketgan va bu hol Movarounnahrdagina emas, balki Xuroson va boshqa o’lkalarda ham ma’lum bo’lgan. Bular esa, jumladan, Mirzo Boburning Samarqandni ololmagani voqyeasi, Sulton Abu Sa’idning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan e’tiqodini yanada kuchaytirgan. Buning boisi yana nimada edi? Bizningcha, buning sabablaridan biri shundan iborat bo’lsa kerakki, Xoja Ubaydulloh o’sha davrda xalq ommasi va jamiyatning turli tabaqalari orasida e’tibor qozongan naqshbandiya – xojagon tariqatining asosiy yo’nalishini shunday Belgilagan edi:
«Xojagon tariqati darveshlarining udumi shundan iboratki, ular o’zlarining barcha himmatlarini hamisha biror-bir ish bilan mashg’ul bo’lishga sarflaydilar… Aytibdurlarki, xaloyiqning Haq subhonahuga erishish vositasi uni eslash darajasiga bog’liq bo’lsa-da, ammo uning eng yaxshi yo’li bir musulmon ko’nglini xursand qilmoqdan iboratdir. Xojai jahon Abdulxoliq G’ijduvoniyning tabarruk so’zlaridan biri budir:

Dari xilvat bandu dari suhbatro kushoy,
Dari shayxiro bandu dari yoriro kushoy.

Mazmuni:
Xilvat eshigin yopgilu suhbat eshigin och,
Shayxlik eshigin yopgilu yorlik eshigin och.

Afg’onistonning taniqli olimi Abdulhay Habibiy xuddi shu masalani izohlab, quyidagicha yozadi: «Xoja Ahrorning so’zlaridan ma’lum bo’ladiki, naqshbandiylar odamlarga ijtimoiy jihatdan foydali bo’lgan rohat va xursandchilik bag’ishlash kabi olijanoblikni go’zal axloq deb biladilar.»
Shu bilan birga Xoja Ahrorning quyidagi so’zlari ham uning harakat dasturi tarzida tushunilardi: «Agar biz shayxlikni bo’ynimizga olganimizda edi, unda bironta shayx murid topolmasdi. Ammo bizga boshqa mas’uliyat, ya’ni musulmonlarni zolimlar zulmidan himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Ana shuni amalga oshirish va musulmonlar manfaatini himoya qilish maqsadida podshohlar bilan muloqotda bo’lib turish, ularning ishonchini qozonish lozim… Agar mashoyixlar o’z vaqtlarini ayab, bu ishga e’tibor qilmagan bo’lsalar, biz fuqaro uchun o’z vaqtimizni ayamaymiz». Yana shunday der edilar:
«Bu zamonda podshohlar huzuriga borib, mazlumlar va hojatmandlarning mushkulini oson qilishdan yaxshi xislat bo’lmas. Shunga erishmoq lozimki, bir mazlumning arzini sultonlarga yetkazib, unga madadkor bo’lish, adolatsizlik hamda zulmni bartaraf qilish uchun barcha kuch va g’ayratni ayamaslik kerak».
Yuqorida bayon etilgan harakat maromnomasi Xoja Ubaydullohning katta bobosi Shayx Umar Bog’istoniyning o’g’li Shayx Xovandi Tahurga aytgan hikmatli so’zi «Tahur, mullo bo’lma, shayx bo’lma, so’fi bo’lma, musulmon bo’l!» mazmunini, ya’ni musulmon bo’lmoq – fuqaro manfaatlari uchun yashamoq ekanligini o’zi uchun kashf qilganidan dalolat beradi. Xoja Ubaydulloh faoliyatidagi ko’p masalalarni shu jihatdan tushunmoq va sharhlamoqqa to’g’ri Keladi. Chunonchi, bu davrga kelib, Movarunnahrning turli shahar va qishloqlarida Xoja Ubaydullohga qarashli mol-mulk, yer va katta boyliklar maydonga keladi. Bularning bir qismi sotib olingan bo’lsa, ayrimlari nazr qilish yo’li bilan uning nomiga o’tkazilgan edi. Dehqonlarning o’z ixtiyoridagi yerlarni Xoja Ubaydulloh nomiga o’tkazishlari – nazr qilishlarining sabablaridan biri shundan iborat bo’lsa kerakki, Abu Sa’id mirzoning farmoni bilan Xoja Ubaydullohga qarashli yer va mulkdan ushr (o’ndan bir) solig’igina olinardi. Boshqalarning yer va mulkidan esa, unga qo’shimcha yana turli xil soliqlar ham undirilar edi. Bu esa Dehqonlarni nihoyat og’ir ahvolga solib qo’yardi. Shuning uchun ko’pchilik Dehqonlar yerlarini Xoja Ubaydullohga nazr qilish bilan uning nomiga o’tkazardilaru o’zlari o’sha yerlarda ishlashni davom ettirardilar. Buning natijasida ular ortiqcha soliqlardan xalos bo’lishardi. Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»da yozganlari ham shu ma’noda bo’lsa kerak: «Hazrati Xoja Ubaydullohning mutaalliqlarigakim, burun xarj va tahmillarini ko’p faqir va miskinlarning himoyati bila zulm va taaddidin xalos bo’lurlar edi».
Hazrati Xoja Ubaydullohning o’z qaramog’idagi dehqon va chorvadorlarni zulm, kamsitishdan himoya qilgani, zulm qilguvchi amaldorlarga nisbatan Keskin choralar ko’rganini isbotlovchi turli voqyeiy hikoyalar ham mavjud. Jumladan, Muhammad Qozi quyidagicha hikoya qiladi:
«Bir karra Qarshiga borardilar. Qarshiga yaqinlashganlarida Xoja Ubaydullohga Tegishli tuyalarni boquvchi Qora Ahmad ismli arablardan bo’lmish kishi kelib, arablar toifasining oqsoqoli Sayyid Muhammad sortning unga ko’rsatgan zulm va tahqirlaridan yig’lab shikoyat qiladi. Xoja Ubaydulloh uning so’zlarini eshitib, ahvolida o’zgarish paydo bo’lgan bo’lsa-da, hyech narsa demadi. Samarqandga qaytganlarida Malik ko’chasida hazrat Xoja Ubaydulloh Sayyid Muhammad sort va Muhammad Ali ko’kaldosh bilan uchrashdilar. Hol-ahvol so’ralgach, hazrat achchiq bilan Sayyid Muhammad sortga qarab, Sen bizning odamlarimizni tahqir qilib, ularga zulm qilur ekansan. Shuni yaxshi bilgilki, Men ham tahqir yo’llarini yaxshi bilaman. Biz ham senga nisbatan shunday qilurmiz, bundan qo’rqishing kerak, deb Kesatib gapirdilar va uni jo’natib yubordilar. Shu kuni va ertasi ertalabgacha hyech kimga gapirmadilar. Biror kishi ham jur’at qilib, ul hazrat bilan gaplasha olmadi. Bir Necha fursat o’tgach, Sayyid Muhammad sort kasal bo’lib, og’irlashib bordi. U bu haqda mirzo Sulton Ahmad podshohga xabar yetkazib, buning sababi hazrati Xojaga nisbatan qilgan odobsizligi ekani, u kishining g’azabiga uchraganini bayon qildi va iloji bo’lsa hazratning gunohimni bag’ishlashlariga ko’maklashishni so’radi. Sulton Ahmad mirzo Darvesh Aminni hazrati Xoja huzuriga yo’llab, Sayyid Muhammad sortning gunohini bag’ishlashlarini juda ham iltimos qildi. DarVesh Amin Sulton Ahmadning iltimosini takror-batakror aytgach, Xoja hazratlari aytdilarki, o’lgan Sayyid Muhammad sortning gunohini qanday qilib avf etayin. Men Iso emasmanki, o’liklarga jon ato qilib, ularni tiriltirsam. Mirzo Sulton meni ko’rmoqchi bo’lgan ekan, Men borurMen, deb Ark tomon yo’l oldilar. Arkning eshigiga yaqinlashganlarida birovning tobutini ko’tarib chiqdilar. Bu Sayyid Muhammad sort jasadi solingan tobut edi. Hazrati Xoja Arkka kirmay qaytdilar.
Bu voqyeiy hikoya Xoja Ubaydullohning Mehnatkashlarni har qanday zulm va tahqirdan himoya qilganidan dalolat beradi. To’g’ri, bunda Xoja Ubaydullohning ruhiy ta’sir kuchining naqadar zo’rligiga alohida diqqat qilinmoqda. Xoja Ubaydulloh faqat Dehqon va chorvadorlarninggina emas, balki hunar va tijorat ahlining manfaatlarini ham himoya qilgan. Bunga misol sifatida Xoja Ubaydulloh tomonidan hikoya qilingan quyidagi lavha diqqatga sazovordir.
«Bir marta Abu Sa’id mirzodan shaxsiy tamg’ani (Xoja Ubaydulloh mollaridan olingan tijorat solig’i) bag’ishlashni, ya’ni bekor qilishni so’ragan edim, uni bag’ishladilar. Shundan keyin aytdim: men va sizning oramizda anchadan beri do’stlik munosabatlari mavjud. Nima bo’lardiki, himmatingizni oliy darajaga yetkazib, g’ayri shar’iy bo’lmish tamg’a solig’ini hamma uchun ham bekor qilsangiz. Sizning oliy himmatli ekaningizni bilganim uchun ham bunday iltimos qilayapman. Mirzo Sulton Abu Sa’id hyech narsa demadi. Biz ham boshqa gapirmadik. Bu orada Amir Nursa’id bizning huzurimizga kelganda, yuqoridagi voqyeani unga aytdik. Amir Nursa’id mirzo Abu Sa’id huzurida bo’lganida shunday debdi: Olihazrat, ajab ish qilib, tamg’a solig’ini hamma uchun Bekor qilibsiz. Abu Sa’id mirzo aytibdi: «hazrati Xoja so’zni oliy himmatlikdan boshlaganlarida men bu iltimosni qondirmasam, himmatsiz bo’lib qolishimni sezib aytganlarini qabul qildim. Xoja hazratlarining ehtiromi uchun tamg’ani barcha uchun bekor qilurmiz». Bir necha muddat o’tmay, va’daga ko’ra tamg’a solig’i barcha uchun bekor qilindi».
Bu voqyeaning to’g’riligini «Ravzat us-safo»ning muallifi Mirxond ham tasdiqdab, shunday yozadi:
«Hazrat Xoja Ubaydulloh Hirotga Sulton Abu Sa’id huzuriga kelib, Samarqand va Buxoro uchun tamg’a solig’ini bekor qilishni iltimos qildilar. Podshoh Xoja hazratlari iltimoslarini qabul qilib, Samarqand va Buxoro viloyatlarining juda katta mablag’ni tashkil etuvchi va podshohlik xazinasiga tushuvchi tamg’a solig’ini bekor qildilar».
Bu hikoyalarda Xoja Ubaydullohning ajib fazilati ko’zga tashlanadi. U faqat o’zini, o’z manfaatini o’ylamagan. Agarda shunday bo’lmasa, o’zining mollari uchun tamg’a solig’ini Bekor qildirib, jimgina yurishi ham mumkin edi-ku! Yo’q, u ko’pni, boshqalarni ham o’yladi va imkoniyat borida Samarqand va Buxoro viloyatlari uchun bu soliqni Bekor qildirdi. Bunday holat Xoja Ubaydullohning tijorat ahli, hunarmandlar ham boshqa tabaqalar nazdidagi obro’sini yanada oshirdi va muxlislarini ham, muxoliflarini ham so’zsiz ko’paytirdi.
Xoja Ubaydulloh orttirgan ko’pgina boyliklarini xalqqa solingan ortiqcha soliqlarni to’lashga, madrasa, xonaqoh, masjid va boshqa xildagi imoratlarni qurdirishga sarfladi. Misol uchun, Umarshayx mirzo Shosh – Toshkand aholisidan 250000 dinor hajmidagi soliqni talab qilganda, Xoja Ubaydulloh bu mablag’ning hammasini o’zi to’labgina qolmay, balki unga qo’shimcha ravishda 70000 dinorni ham soliq to’plovchilarga to’lagan. Bundan tashqari, u o’zi qurdirgan madrasa, masjid, xonaqohlarni ta’mirlash, u yerda ishlovchi va yashovchilar, mudarris va tolibi ilmlarni moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida ko’pgina yer va mol-mulkni vaqf qildirgan edi. Bu vaqflarning soni va maqsadi haqida Xoja Ubaydullohning o’zi shunday deb aytgan.
«(Xoja Ubaydulloh) aytur erdilarki, qurdirilgan imoratlarda istiqomat qiluvchilarni ta’minlash uchun 254 vaqf qilingan. Bundan maqsad shuki, biz hayot ekanmiz, birodarlarimiz tirikchilik tashvishini tortmasinlar. Bizdan so’ng ham bu vaqflarning daromadi o’shalarga mo’ljallanadi. Shunisi ham borki, vaqf qilingan joylardan olinadigan daromadlarni yeyish va ichish bilan qanoatlanib qolmay, balki xojagon tariqati sirlarini ham chuqur o’rganib, bir-birini bahramand etsalar, toki g’ayb olami (bilinmagan olam) asroridan fayz topsalar».
Olima O.D. Chexovichning yozishicha, Xoja Ubaydulloh ba’zan Movarounnahr hokimi Sulton Ahmad mirzoga ham ma’lum mablag’ni, jumladan, o’n ming kumush tangani jo’natgan.
Ko’rinadiki, Xoja Ubaydullohga qarashli bo’lgan mol-mulk, yer va turli joylardan olinadigan daromad asosan xayrli ishlarga sarf qilingan.
Muhammad Qozi tomonidan keltirilgan bir lavha juda qiziq hodisadan guvohlik beradi. «Hazrat mol-mulklarining barchasi fuqaro uchun sarflanardi, ba’zan esa xarajat daromaddan ko’p bo’lar va yilning oxirida qarzdor bo’lib qolardilar».
Bunday e’tirof Xoja Ubaydullohning hisobsiz mol-mulki, boyligi haqidagi rivoyatlarga oqilona tarzda munosabatda bo’lishni taqozo etadi.
Aytilganlardan ma’lumki, Xoja Ubaydulloh ta’sir doirasining kengayib, shuhrat qozonishi bejiz bo’lmagan, shu tufayli turli tabaqa vakillari unga ishonganlar va undan madad istaganlar. Bu hol o’sha davr hokimlarini Xoja Ubaydulloh bilan hisoblashishga majbur etgan ko’rinadi. Shundan bo’lsa kerakki, Xoja Ubaydulloh davrining turli sultonlari bilan bevosita munosabatda bo’lgan, ularga nasihatomuz so’zlar yoki hikoyalar ayta olgan. Masalan, kimga, qaysi sultonga qaratilgani aniq eslatilmagan bo’lsa-da, uning shunday yozgani ibratlidir: «Tashqi va ma’naviy saodatning boisi shariat qonun-qoidalariga rioya qilishdan iboratdir. Agar dushmanlik va Kelishmovchilik bo’lsa, hyech narsa bo’lmaydi. Xotimaning go’zalligi va rohatning boqiyligi qonun-qoidaga amal qilishdandir. Sabr qilmoqdan o’zga chora yo’qdir. Haq subhonahu bandalarini ranjitmasligingiz munosib ko’rinadi».
Mazkur xatning qanday munosabat bilan, qachon maydonga kelgani ham aniq emas, ammo eng muhimi unda sultonni shariat qonun-qoidalaridan Chetga chiqmaslik, dushmanlik va kelishmovchilikni yuzaga keltirmaslik va, nihoyat, Olloh bandalari – fuqaroni ranjitmaslikka da’vat qilganidir. Bundan kelib chiqadigan yana bir xulosa shundan iboratki, qonun oldida shoh ham, faqir ham Teng ekanligiga ishora qilinmoqda. Bu esa ma’lum darajada sultonlarning o’zboshimchaligi yoki qonun-qoidani pisand qilmasligining oldini olishga qaratilgan.
Agar o’sha davrdagi muhitga, xususan, naqshbandiya tariqatiga mansub bo’lgan badiiy ijodkorlar yaratgan asarlarga murojaat qilinsa, yuqorida bayon qilingan g’oyaning badiiy tarzda ifoda etilganini ham kuzatish mumkin. Jumladan, Xoja Ubaydulloh mansub bo’lgan tariqatni qabul qilgan ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonining uchinchi maqolotidan so’ng Keltirilgan mo’’jaz hikoyasida shoh G’oziy va da’vogar kampir voqyeasini bayon etganda, shoh G’oziyning shariat qonuni oldida boshqa fuqarolar bilan Teng holda bo’ysunishi va uning hukmini bajarishga tayyor ekanini tasvirlaydi. Bu g’oya esa yuqorida eslatganimiz Xoja Ubaydullohning sultonga yozgan maktubi g’oyasiga hamohang bo’lib, farq esa Alisher Navoiy uni badiiy tasvir vositasida amalga oshirishidagina ko’rinadi.
Shuni ham eslatish lozimki, Xoja Ubaydulloh o’zining adolat va adolatsizlik, zulm va karamning xususiyatlari haqidagi mulohazalarini hikoya Keltirish bilan ifoda qilgan va bu fikrni bayon etishning o’ziga xos shakli bo’lgan. Jumladan, Muhammad Qozi shunday hikoya qiladi:
Bir kun amirlar yig’ilishida Xoja Ubaydulloh g’allaning hosili oldingi yillardagiday emasligini aytib, g’allaning ko’rinishi yaxshi-yu, ammo tosh bosmaydi, hyech narsada baraka qolmabdi. Buning sababi esa, xuddi Anushervon haqidagi hikoyada bo’lganiday, podshohning xotiriga, raiyatiga nisbatan zulm va adolatsizlik qilish fikri kelishi bilan bog’liqdir, deb aytibdurlar va Anushervon haqidagi qissani keltiribdilar: Bir kun kelib Anushervon ov qilish niyatida otlanibdi. Yo’lda chanqab qolibdi. Bir qishloqqa kelib, u yerdagi uy egasidan suv so’rabdi. Qizgina bir qadahda ustiga nayshakar bargi qo’yilgan sharbat Keltiribdi. Anushervon sharbat ichib bo’lgach, qizginadan so’rabdi: sharbat ustiga nima uchun nayshakar bargini qo’ydingiz? Qizgina shunday javob beribdi: Chanqab kelgandingiz, muzday sharbatni sipqorib ichib qo’ysangiz, kasal bo’lib qolishingiz mumkin edi. Sekinlik bilan shimirib ichishingiz mumkin bo’lsin deb, sharbat ustiga nayshakar bargini qo’ygan edim. Shundan so’ng Anushervon, soliqlar qanday, deb so’rabdi. Qizgina javob beribdi. Anushervon uni eshitib, soliq miqdori kam ekan, uni ko’paytirish zarur deb, ko’nglidan o’tkazibdi. Bir necha vaqt o’tgach, yana shu qishloqqa kelibdi va o’sha uy bekasidan suv so’rabdi. O’sha qizgina ichkariga kirib, ancha hayallabdi, so’ng bir qadah sharbat chiqaribdi. Anushervon aytibdi: Bu safar Nega hayallading? Avvalgi safar, – deb javob beribdi qizgina, – bitta nayshakar poyasini siqib, bir qadah sharbat olgan edim. Bu gal esa, uch-to’rt poyadan zo’rg’a bir qadah sharbat chiqdi. Buning sababi nimada? – deb so’rabdi Anushervon. Qizgina javob beribdi: Ehtimolki, shohning ko’nglida raiyatga zulm va adolatsizlik qilish niyati kelgan bo’lsa kerakki, bu shum niyat tufayli Olloh taolo odamlar orasidan barakani ko’targan ko’rinadi.
Bu o’rinda yana Alisher Navoiyga murojaat qilib, uning «Hayrat ul-abror» dostonidagi shoh Bahrom uning ov vaqtida bir xaroba qishloqqa borib qolgani hamda boshqa voqyealar tasviriga bag’ishlangan mo’jaz hikoyasini eslash mumkinki, Xoja hazratlari Alisher Navoiy hikoyalaridagi g’oyaviy va badiiy tasvir o’xshashligi diqqatga sazovordir.
Xoja Ahrorning ijtimoiy faoliyati kuzatilganda shu narsa oydinlashadiki, u fuqaro osoyishtaligi, hunar va tijorat ahli ishining ravnaqi uchun har qanday bahsli muammolarni urush va qon to’kish yo’li bilan emas, balki imkoni boricha kelishuv, qurol-yarog’ ishlamatgan holda hal qilishga intilar ekan. Buning uchun esa o’z obro’sidan foydalanib, sultonu mirzolarga xatlar yozar yoki o’zi bunday masalalarda shaxsan qatnashar ekan. Ana shunday voqyealardan biri mirzo Umar shayx Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmad mirzo orasida bo’lishi mumkin bo’lgan urushning oldini olish voqyeasidir. Bu voqyea ko’pgina tarixiy va esdalik xarakterdagi asarlarda – Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin», Ali Safiyning «Rashahot», Hofiz Tanishning «Sharafnomai shohiy»larida eslatilgan. Bu voqyeaning sodir bo’lgan yili ayrim manbalarda 1463 yil deb ko’rsatilgani holda Hofiz Tanish o’zining «Sharafnomai shohiy» asarida bu tarixni 890 h. – 1485 m. yil deb qayd qilgan.
Shu voqyeaning bevosita qatnashchisi bo’lgan va sulh shartnomasini o’z qo’li bilan yozgan Muhammad Qozi «Silsilat ul-orifin»da shunday hikoya qiladi:

Sulton Ahmad mirzo, Umar shayx mirzo Sulton Mahmudxonlarning muloqoti qissasi.

Qissa shundan iboratki, Umar shayx mirzo Sulton Mahmudxon bilan kelishib, Shohruxiyaga kelgani haqida xabar keldi. Mirzo Sulton Ahmad ham ko’pgina lashkar to’plab, hazrat Xoja Ahrorni ham o’zi bilan olib har tomon yo’l oldi. Hazrat Xoja Ahrorni o’zi bilan birga olib borishdan maqsad ular bilan sulh tuzish ekanini izhor qilgandi. Xoja Ahror qirq kun Sulton Ahmad mirzo lashkari bilan birga edilar. Qirq kundan so’ng Sulton Ahmad mirzoniig lashkari Shohruxiya muzofotlaridan biri bo’lmish Oqqo’rg’onga kelib qo’ndi. Sulton Ahmad mirzoning odati shu ediki, lashkardagi ayrimlar Hazratga nisbatan odobsizlik qilib qo’ymasin deb, Xoja Ahrorni o’z qarorgohida joylashtirardi. Bir kun Xoja Ahrorning jahli chiqib, Sulton Ahmad mirzoga qarab, bizni nima uchun olib keldingiz? Men harbiy odam emasmanki, urushsam. Agar urushmoqchi bo’lsangiz, bizni nima uchun olib keldingiz, sulh tuzmoqchi bo’lsangiz, uni Nega Kechiktirayapsiz? Sizning lashkaringiz orasida turishga boshqa toqatim qolmadi, deb aytibdi. Mirzo aytibdi: barcha ish sizning iltifotingizga bog’liqdir, siz nimani lozim topsangiz, o’sha amalga oshguvsidir. Shunda Hazratning ishoralari bilan bir Necha kishi otlandi, ular qatorida Men ham bor edim. Umar shayx, Sulton Mahmudlar tomon yo’l olindi. Ular ham buni eshitib, Hazratni kutib olish uchun yarim yo’lgacha chiqdilar va birga Shohruxiyaga bordilar. Bu muloqot vaqtida Hazrat Sulton Mahmudxonga ko’p iltifot ko’rsatdilar. Bunda sulh tuzish marosimining rejasi Kelishib olindi. kelishuvga ko’ra, ikki lashkar saf tortib turardilar, o’rtada shohona chodir tikiladi. Ikki tomondan sanoqli kishilar chodirga Keladilar va shu yerda Hazrat ularni kelishtiradi va sulh shartnomasi imzolanadi. Kun oxirlashgach, Hazratning Sulton Mahmudxonga ko’rsatgan iltifotlarining natijalari Sezila boshlandi. Bu yerdan Ketish taraddudi ko’rilayotganda Hazrat menga qarab aytdilar: bizning risolamizni olib kelib, uni Sulton Mahmudxon huzurida o’qib bersangiz. Ertalab, kelishuvga ko’ra, Sulton Ahmad mirzoning lashkari jubba (jangda kiyiladigan kiyim) kiymay, yarog’larini olgan holda Talli Qahqaha degan joyda saf tortdilar. Xoja hazratlari yana Shohruxiyaga bordilar. Sulton Mahmudxon u kishining huzuriga zudlik bilan kelgan bo’lsa-da, ammo Umar shayx mirzo biroz hayallab, malol kelganday bo’lib keldi. Xoja hazratlari bu holni mushohada qilib, meni huzurlariga chaqirib, zudlik bilan Sulton Ahmad mirzo oldiga borib, Umar shayx mirzoning erinib chiqqanini aytib qo’y, toki u ham o’zining ehtiyoti choralarini ko’rib, bu masalada mening umidimda bo’lib qolmasin. Zero, payg’ambar alayhissalom ham ehtiyot chorasini ko’rib, tuya tizzalarini bog’lab qo’y, deganlar.
Men Sulton Ahmad mirzo huzuriga borib, aytilgan gaplarni yetkazdim. Sulton Ahmad mirzo lashkarini ergashtirib, Xoja hazratlari huzuriga otlandi. Shunday qilib, ma’lum fursat o’tgach, ikki lashkar jubba kiymay barcha qurollar bilan qurollangan holda bir-biri qarshisida saf tortdilar. O’rtada tiklanishi lozim bo’lgan chodirning o’rni haqida ko’p bahs bo’ldi: birov uni birinchi tomonga, boshqalar esa ikkinchi tomonga yaqin bo’libdi, deb da’vo qila boshladilar. Muzokara cho’zildi. Birdaniga Xoja Hazratlari peshin namozi uchun shu yerda tahorat oldilar. Shundan so’ng meni o’z huzurlariga chaqirib, aytdilar: Sulton Ahmad mirzo huzuriga borib aytingki, Men (Xoja Hazratlari) bir kishiman, buning ustiga qarilig’im ta’sir qilayotir, shunday bo’lsa-da, sizlar bir-birovlaringiz bilan urushmangiz, deb harbiy yuklaringizning og’irligini ham zimmamga oldim. Boshqa kuch-qudratim va toqatim ham qolmadi. Agar bizga e’tiqodingiz bo’lsa, unda qo’ying, chodirni qayerga tiklamoqchi bo’lsalar tiklayversinlar.
Men Xoja hazratlarining bu so’zlarini yaxshi xulqli Sulton Ahmad mirzoga yetkazganimda, ul podsho shunday Dedilar: mayli, chodirni qayerda tiklamoqchi bo’lsalar, tiklayVersinlar. mening yakkayu yagona umidim va ishonchim Xoja hazratlaridirlar. Shundan so’ng chodirni ma’lum joyda tikladilar. Sulton Ahmad mirzo ma’lum odamlari bilan kelib, chodirdan joy oldilar. keyin Xoja hazratlari borib, Sulton Mahmudxon va Umar shayx mirzolarni kelishilgan miqdordagi odamlari bilan birga boshlab keldilar. Ular chodirga yaqin kelib, otlardan tushdilar. Shunda Sulton Ahmad mirzo odamlari bilan chodirdan chiqib, ularni kutib oldilar. Xoja hazratlari avval Sulton Mahmudxonni boshlab keldi, Sulton Ahmad mirzo u bilan quchoqlashib ko’rishdi. So’ng Umar shayx mirzoni boshlab keldilar. Umar shayx akasi – Sulton Ahmad mirzo qo’llarini olib yuzlariga surtar va yig’lardi. Sulton Ahmad mirzo ham ukasining bo’ynidan o’par va tinmay yig’lardi. Bunday lahzani kuzatayotganlarning hammasi ham yig’lar va ohu fig’on Chekardi. Hammalari chodir tagida joylashdilar. Shunday bir hashamatli yig’in ediki, Men dasturxon yozishda shoshib qoldim. Ikki tomon lashkari esa, egardan tushmay, chodirni ziyraklik bilan kuzatardilar, biror noxush harakatni sezsalar bir-birlariga qarshi kurashga tayyor turardilar. Ovqat Keltirdik. Ovqatlangandan so’ng sulh shartlarini Kelishib oldilar. Xoja hazratlari Toshkandni Sulton Mahmudxon ixtiyorida qoldirdilar. Men sulh shartnomasini yozdim va imzolandi. Fotiha o’qib, o’rinlaridan turdilar. O’sha kuni hammaning tilida Xoja hazratlari salobatining ulug’vorligidan so’z borardi. Chunki o’shanda yig’ilgan yuz ming lashkar agar urushga kirishib Ketsami, qancha falokat yuz berishi va qon to’kilishi ham mumkin edi. Xoja hazratlarining salobati, g’ayrati va himmati tufayli bir necha soat ichida ana shuncha odamlar orasidan xusumat va dushmanlik yo’qolib, do’stlik – totuvlik tiklandi. Bundan hamma hayratda qoldi va ofarin dedi. Xoja hazratlariga qarab ayturdilarki, boshqa mashoyixda bunday kuch-quvvat va xususiyat ko’rinmaydi.
Sulh yig’inidan so’ng lashkarlar bir-biriga xuddi barralar ona qo’ylarga intilganday intildilar, ularning ko’nglida xusumat yo’q edi. Xoja hazratlari Sulton Mahmudxonga qarab, siz Toshkandga boring, biz ham boshqa yo’ldan u yerga borarmiz, deb lashkarlardan uzoqlashdilar va Mulkat degan mavzega keldilar. Shunda Menga qarab aytdilar: bizning bu ishlarimizga nima deysan? Bu voqyeani esa yozishing kerak».
Ko’rinadiki, Muhammad Qozi Xoja hazratlari istaklarini bajo keltirib, bu voqyeani yozib qoldirdi. Voqyeaning tasviri o’zining ikir-chikirlarni qamrab olgani, tarixiy shaxslarning ruhiy holati va aka-ukalarning ko’rishish manzaralarining tasviri bilan ham o’quvchida juda katta taassurot qoldiradi hamda tarixiy shaxslarning, qanday mansab va amal sohibi bo’lganidan qat’iy nazar, insoniy fazilatlar sohibi ekani namoyon etadi: Sulton Ahmad mirzo va Umar shayx mirzolarning uchrashuvi, oxirida Xoja hazratlarining o’z qilmishlaridan mamnunliklari tasviri va boshqalar.
Shu bilan birga u yuqoridagi taxminni, ya’ni voqyeaning 1485 yilda sodir bo’lganini qo’llab-quvvatlaydi. Chunki Xoja hazratlari o’zlarining qariliklaridan shikoyat qiladilar va yosh temuriyzoda Sulton Ahmad mirzo ham shu holatni e’tiborga olgan ko’rinadi. Ma’lumki, bu vaqtda Xoja hazratlarining yoshlari 80 dan oshib, 81 ga qadam qo’ygan edilar. Yana, Muhammad Qozi 70-yillarning oxiridan Xoja Ahror umrining oxiri – 1490 yilgacha 10–12 yil davomida u bilan bo’lgan. 1463 yilda esa u Xoja Ahror nazdida emas edi. Shunday ekan, bu voqyeaning 1485 yilda sodir bo’lgani haqiqatga yaqindir, chunki Muhammad Qozi uning hujjatini yozgan kishidir. Bu vaqtda esa Muhammad Qozi Xoja Ahrorning eng ishonchli kishilaridan biri edi. Shunday qilib, Muhammad Qozining yozganlari ishonchli hujjat sifatida qabul qilinishi ma’qul. Shuni eslatish lozimki, Xoja hazratlari o’z faoliyatlari vaqtida yana shunday xayrli ishlarni amalga oshirishga qanchalik harakat qilmasinlar, hamma vaqt ham masala yuqoridagidek ijobiy hal bo’lavermas edi. Ba’zan Temuriyzodalar Xoja hazratlarining maslahatlariga e’tibor bermasdilar. Masalan, Hofiz Tanishning «Sharafnomai shohiy» yoki «Abdullonoma» asarida uqtirilganidek, 893 h. – 1487–1488 m. yili Sulton Ahmad mirzo ko’pgina lashkar to’plab, Toshkand tomon yurish uyushtirdi. Bundan xabar topgan Xoja hazratlari podshohni bu yo’ldan qaytarmoqchi bo’ldilar. Chunki, deb eslatadi Xoja hazratlari, yaqinda bo’lgan sulh shartnomasiga ko’ra Toshkand Sulton Mahmudxon ixtiyoriga berilgan. Sizning bu shartnomani buzishingiz munosib emas. Shartnomani buzishning oqibati xayrli bo’lmasligi ma’lumdir. Sulton Ahmad mirzo esa Xoja hazratlarining bu maslahatlarini inobatga olmadi. U bir yuz ellik ming lashkar bilan Toshkandga yurish qildi. Uch kun urushgan bo’lsalar-da, natija noma’lum edi. Shu orada Sulton Ahmad mirzo lashkaridagi Muhammad Shayboniyxon Sulton Mahmudxon bilan kelishib, u tomonga o’tdi. Shundan so’ng Sulton Ahmad mirzo lashkari yengilib, ko’pgina kishilar halok bo’ldi, ko’pchilik qochdi, Chirchiq daryosida oqib ketdi. Natijada mag’lub bo’lgan Sulton Ahmad mirzo Samarqandga qaytib kelgach, nasihatga quloq solmagani uchun Xoja hazratlari unga nisbatan o’z munosabatlarini o’zgartirdilar.
Oqilona maslahatlarga quloq solmaslikning sabablaridan biri shu ediki, Xoja hazratlari obro’sining Sultonlar va xalq nazdida ortib borishi amiru amaldorlarni ham, shariat Peshvolarini ham tashvishga solib qo’ygan edi. Avvalida eslatganimizdek, uni obro’sizlantirish, unga jismoniy zarar yetkazish yoki turli yo’l bilan kamsitishga, hatto uni Sulton Ahmad mirzo bilan to’qnashtirishga, podshohda unga nisbatan shubha tug’dirishda intilishlar ham bo’lgan. Ana shunday kayfiyat esa «Silsilat ul-orifin»da Keltirilgan quyidagi voqyeiy lavhada yaqqol Seziladi.
«Xoja Mustafo Rumiy Buxorodan Shahrisabz orqali Samarqandga – hazrat Xoja Ahrorning ziyoratiga kelardi. U Shahrisabzga qo’nganida Sulton Ahmad mirzo devoni amaldorlaridan bo’lmish Mirak Hasan bilan muloqotda bo’libdi. Mirak Hasan Xoja Mustafo Rumiyga shunday debdi: Xoja Mustafo, Sen mard kishisan. Men bir gapni aytsam, uni hazrati Xojaga yetkazasanmi? Xoja Mustafo: ha, yetkazaman, deb javob beribdi.
Bir darvish shunday naql qildi: men hazrati Xoja suhbatlarida bo’lganimda, Xoja Mustafo Rumiy ham bor edi. U hazrati Xojaga qarab, shunday Dedi: Mirak Hasan devon bilan muloqotda bo’lganimda bir gapni sizga yetkazishni topshirgan edi. Xoja hazratlari aytdilar: qanday gap ekan? Xoja Mustafo aytdi: Mirak Hasan shunday dedi: Sulton Ahmad mirzoning ozgina joni qolgan. Hazrati Xoja iltifot qilib, uni ham olsinlar-da, bizlarni undan (Sulton Ahmad mirzodan) xalos qilsalar. Xoja hazratlari bu gapni eshitib, kayfiyatlarida o’zgarish yuz berib, oq sochlari tik turganday bo’ldi. Qo’llarini qo’llari ustiga qo’ydilarda, aytdilar: bu it bizni qassoblik qilishga da’vat etmoqda. G’azablari kuchaygan, dast turdilarda uyga kirib ketdilar. O’nbesh kundan so’ng Mirak Hasan bir gunohi bilan Sulton Ahmad mirzo g’azabiga uchrab, tiriklayin terisini shilishga buyurdi».
Xoja hazratlarining muxoliflari buning bilangina chegaralanib qolmay, balki uni savodsizlik, o’qimaganlikda ham ta’na qilganlar. Xuddi shu gaplar tarqalganda Samarqandning a’lam ul-ulamosi faqyeh (islom qonunshunosi) Xoja Fazlulloh Abulaysiy Xoja hazratlarini bunday ta’nalardan juda nozik tarzda himoya qilgan ko’rinadi: «Ayturlarki, – deb yozadi Muhammad Qozi, – hurmatli Xoja Fazlulloh shayx Abulays shunday degan ekanlar: biz bu buzrugvor (Xoja Ahror)ning kamolotlarini bilmasmiz. Bizga shunchaligi ma’lumki, ul hazrat rasmiy tarzda kam o’qigan bo’lsalarda, ammo har kuni bizning oldimizga «Tafsiri Qozi»dagi (ehtimolki, XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida yashagan Sheroz qozisi Bayzaviyning «Anvar ul-ta’vil» nomli arab tilida yozilgan tafsiri qisqartirilgan tarzda shunday nomlangan bo’lsa kerak) sharhlarga nisbatan bo’lgan shubhalari bilan kelib, bizni masalada lol qoldiradilar. Bu karomatdan boshqa gap emas. Yoki zamonasining donishmandlaridan biri bo’lmish mavlono Ali Arron esa Xoja hazratlarining bilimdonliklaridan nihoyatda hayratlanar va u kishi oldida biror narsa aytishga botina olmasdi.
«Mavlono Ali Arron, – deb yozadi Muhammad Qozi, – Xoja hazratlari majlisiga ko’p kelardilar. Bir kun Xoja hazratlari mavlono Ali Arronga murojaat qilib, aytdilar: sizning huzuringizda bizning gapirishimiz odobdan bo’lmas. Siz gapiring, biz eshitaylik. Mavlono Ali Arron shunday javob berdilar: fayzlar yetkazguvchi olam sirlaridan bevosita so’z aytuvchi hazrat oldida bizning gapirishimiz odobsizlik sanaladi».
Bunday hol esa Xoja hazratlariga ta’na toshini otuvchilarga yaxshigina javob edi. Shunday bo’lsa-da, g’iybat va ta’nalarning hammasi Xoja hazratlari mavqyeiga, uning sulton va amiru amaldorlar hamda shariat Peshvolari nazdidagi e’tiboriga ta’sir qilmasdan qolmasdi. Ammo Xoja Ahror hazratlarining fuqaroparvarligini, olijanob fazilatlarini qadrlaguvchilar unga nisbatan bo’lgan e’tiqodlarini susaytirgan emasdi. Shuning uchun Xoja hazratlari Andijon yoki Qarshida, Doij (Loyish) yoki Forobda, Motrid, Kamongaron yoki Xoja Kafshiy kabi shahar, nohiya va mahallalarda bo’lganlarida muxlislari e’tiqodining butunligi nazarga tashlanardi.
«Bir yil shaharda vabo tarqalib, hamma tashvishda edi. Shu vaqtda Xoja hazratlari uydagilari bilan mavlono Fazlullohning Kamongaron tog’i etagida joylashgan bog’ida edilar. Hazratning muridlari va xizmatida bo’lguvchilar esa Vaxashti qishlog’ida edilar. Hazrat bu joyga kelib, muxlislari bilan suhbat qurardilar».
Xoja hazratlarining yoshi ulg’ayaVergach, salomatligi susayib borar, ba’zan kasallanib qolardi. Bir marta qattiq kasallanishi va tuzalishi voqyeasi Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida shunday hikoya qilingan:
«Avvalgi marta kasal bo’lib qolganlarida bu kitob tuzguvchini (Muhammad Qozini) tabib olib kelish uchun Hirotga jo’natdilar. Bu vaqtda Xoja hazratlarining shogirdi mavlono Qosim tirik edi va Menga qarab, Tezda borib kelishim shartligini alohida tayinlagan edi. Men tabibni keltirganimda mavlono Qosim olamdan o’tgan edilar. mening Samarqanddan Hirotga borib kelishim uchun esa hammasi bo’lib o’ttiz besh kun vaqt o’tgan edi, xolos. Men Xoja hazratlaridan mavlono Qosimning vafoti sabablarini so’radim. Xoja hazratlari aytdilar: Mavlono Qosim bir kun mening huzurimga kirib, «men o’zimni sizga fido qildim», – deb aytdi. Men aytdim: Qosim, sen faqir kishisan, ko’pgina kishilar Sening qaramog’ingdalar, shuning uchun bunday qilma. Shunda mavlono Qosim aytdi: Men bu ishda siz bilan maslahatlashmoq uchun kelganim yo’q, bu ishni qildim va Haq subhonahu uni qabul etdi. Men qancha gapirsam ham u boshqa hyech narsa demadi. Ertasi kuni Xoja hazratlarining kasallari mavlono Qosimga o’tib, olamdan o’tibdi. Shundan so’ng Xoja hazratlari tuzalib, salomatliklari ham mustahkamlandi. Ayrim do’stlar aytdilarki, mavlono Qosim 891 yil zulhijja oyining oltinchi kuni (1486 yil, 3 Dekabr kuni) — dushanba kuni namozi digarning oxirida olamdan ko’z yumdi. Shu kunning namozi shomida Xoja hazratlari huzuriga kirdim, ul hazrat bu voqyea munosabati bilan nihoyat ayturdilar va mavlono Qosimning olijanob fazilatlaridan ko’p gapirdilar. Aytdilarki, Qosim tengi yo’q ma’naviy boylik edi».
Mavlono Qosim o’zining olijanob fazilatlari bilan ko’pchilikka ma’lum va mashhur edi. Hatto Alisher Navoiy ham uning bilan tanishgan va uning haqida yaxshi taassurotda edi. Shuning uchun u o’zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida mavlono Qosim haqida samimiyat bilan quyidagilarni yozadi:
«Mavlono Qosim hazrati Xoja Ubaydullohning kibor (katta) ashobidindur (suhbatdoshlaridandir). Anjumanda hamdam va xilvatda mahram. Asli Farkat navohisidindur (nohiyasidandir). Ellik yilga yaqin ul hazrat xizmatin andoq qildikim, hargiz alarning muborak xotirlariga andin g’ayri muhabbat va iltifot voqye’ bo’lmadi va mavlono Qosimni salotin xizmatig’a ba’zi arbobi hojot muhimmoti uchun yiborur erdilar va salotin istiqbol qilib, ta’zim bila o’lturtib, har ne alar ul Hazratdin risolat (xabar) qilsalar erdi, minnat tutib, hamul nav’ e’zoz bila uzoturlar erdi.
Va mavlono ul nav’ foniy va maqbul kishi erdikim, ani ko’rgan kishi giriftor (maftun) bo’lur erdi. Ul jumladin biri bu faqirdurkim (Alisher Navoiydirki), alarni ul hazrat musulmonlar maslahati uchun Movarounnahrdin Xurosonga risolat (elchi) rasmi bila yiborib erdilar va bu faqir (Alisher Navoiy) hamul kelganlarida ko’rub, alarning volihi (shaydosi) bo’lib erdi. Ul ishni yasab (bajarib), azim e’zoz va ikromlar topib bordilar.
Alarning yoshi yetmishdan o’tib erdi. Olamdin o’tganlari bu nav’ erdikim, hazrati Xojaning azim za’flari (kasali) bor erdi va so’l yonlarida bir sanchiq emishki atibbo (tabiblar) va xalq hayotlaridin tama’ munqate’ (umid uzgan) qilgan emishlar. Mavlono ul holni ko’rub andoqki xojalar xonavodasi ba’zi dilxoh elning marizining yuki ostig’a kirib, ul yukni ko’tarib, mariz sihhat topar va ul kishi ul marizni qabul qilib, og’riq yuki ostig’a kirib, hazrati Xoja ham ul vaqt sihhat topibdur, mavlono ham ul so’l yoniga hamul sanchig’ turub, bir hafta hamul marizg’a giriftor bo’lub, jonlarin Xojalarig’a fido qildilar. Bir kun faqir (Navoiy) hazrati maxdumiy Nuran (Jomiy) xizmatlarida erdim va Xojai buzurgvor ashobidin so’z o’tar erdi. Faqir ul hazratdin savol qildimkim, alarning ashobidin irshodi bila muvofiq suluk qilib, faqir tariqida martaba hosil qilg’on va fano rasmida yorug’luq topib, o’zluk zulmatidin xalos bo’lg’on ulki sizni muborak xotiringizga zohirdur, kimlar erkin? Alar dedilarkim, barcha bu tariqda yaxshi suluk darVeshlar qilibdurlar. Ammo biz mavlono Qosimni bag’oyat vorasta (kamolga erishgan, namuna bo’la oladigan) kishi topibmiz».
Ko’rinadiki, Alisher Navoiy Xoja Ubaydullohning sodiq shogirdlaridan bo’lmish mavlono Qosim, uning tarjimai holi, fazilatlari, Xoja hazratlari huzuridagi hamda boshqalar nazdidagi mavqyei haqida juda noyob ma’lumotlarni Keltirib, o’zining bu shaxs bilan uchrashgani to’g’risida alohida mamnuniyat bilan xabar qiladi.
Xoja hazratlari umrining oxirida so’nggi marta o’zi tug’ilgan va ulg’aygan Shosh – Toshkandga boradi. Bu galdagi sayohatning tasviri va Toshkanddagi ishlari haqida uning bilan birga bo’lgan Muhammad Qozi shunday hikoya qiladi:
«Oxirgi marta Toshkandga bordilar-da, shundan so’ng olamdan ko’z yumdilar (agar bu e’tirofni hisobga olsak, unda bu safar 1489 yilning ikkinchi yarmida sodir bo’lgan ko’rinadi).
Toshkandda ekanimizda bir kuni meni – Muhammad Qozini o’z huzurlariga chaqirib, aytdilar: oshxona ishlari bilan shug’ullanuvchi mavlono Lutfullohni muhim bir ish bilan Samarqandga yubordik. Endi oshxona ishlari – oshpazlik sening zimmangda bo’ladi va umrim oxirida istardimki, ota-bobolarimiz mozorida Turkistonning och-yalong’ochlarini ovqat bilan ta’minlasam, chunki bu zamonda Turkistonda qahatlik bo’lganligi sabab Beva-Bechoralarning ahvoli nihoyatda og’irdir. Bu ishni Sen bajarasanmi yoki o’zim qilaymi? Men bu ishni bajarishga va’da berdim. Har kuni yettita qo’y so’yilar, yetti yuzta non yopilardi. Men ularning hammasini o’z qo’lim bilan fuqaroga tarqatar edim. Buning ustiga Toshkand atrofidagi qishloqlarda yetishtirilib, sotilmayotgan qovunlarni ham shunday tarqatishga to’g’ri kelardi. Ish shu qadar ko’payib Ketdiki, ramazon oyida Xoja hazratlari saharlikka turganlari vaqtidagina men biror-bir taom yeyishga ulgura olar edim, xolos. Bir Kechasi oldimga non va go’shtni qo’yib, Sening ovqating shu bo’lsa, qayerga ham bora olarding, degan fikr ko’nglimdan o’tdi. Shu vaqtda birov kelib, seni Xoja hazratlari ko’rmoqchilar, dedi. Men hozirgina – noxush xayolga borganim Xoja hazratlariga ma’lum bo’libdi-da, Dedimda tavba qilib, hazrat huzuriga bordim. Tahorat qilayotgan ekanlar, meni ko’rib aytdilar: Bilasanmi, xojagon tariqatining ulug’lari xizmat qilishi mumkin bo’lganlarga umid bilan qaraganlar. Chunki kimki xizmat va g’ayrat qilsa, xususan, jamoat uchun xizmat qiluvchi bo’lsa va uning xizmatidan boshqalar manfaat ko’rsa, undaylarga olam ul-g’aybdan ko’p fayzlar yetgay. Kimki jamoat manfaatlari uchun xizmat qilib, olam ul-g’ayb fayziga musharraf bo’lgan bo’lsa, bunday kishi saodatli-baxtli kishidir. Bu gapni eshitib, ko’nglimdan o’tgan noxush xayollarimdan pushaymon bo’ldim va shundan so’ng har qancha xizmat qilsa ham oz ekanligiga ishonch hosil qildim».
Bunday xususiyat, ya’ni insonlarga xizmat qilish Xoja hazratlari faoliyatining asosiy mag’zini tashkil etgani uchun ham hamma joyda va hamma vaqt masalalarga shu nuqtai nazaridan  yondashdilar. Xoja hazratlari quyidagi baytni yoddan o’qurdilar, deb eslaydi Muhammad Qozi:

Himmat turo ba kungurai kibriyo kashad.-
In saqfi xohro Beh az in nordbon maxoh.

Mazmuni: himmat seni falakning yuqori pog’onasiga ko’taradi. Bu baland dunyo – osmonga chiqmoqni xohlasang, bundan (himmatdan) yaxshiroq norvon bo’lmas.

Kimning qalamiga mansubligi noma’lum bo’lgan bu baytni o’qiyotganda Xoja hazratlari o’z aqidalaridan kelib chiqib, Sharq adabnyotshunosligida daxliya deb ataladigan san’atni qo’llab, birinchi misra avvalidagi «himmat» so’zini, Men «xizmat» so’zi bilan almashtiraman va shunday o’qiyman, der ekanlar:

Xizmat turo ba kungurai kibriyo kashad, -Ya’ni xizmat-seni falakning yuqori pog’onasiga ko’taradi. Boshqacha qilib aytganda, obro’-e’tiboringni oshiradi. Shundan kelib chiqib ikkinchi misra sharhlansa unda «bu baland osmonga (obro’-e’tibor, hurmatga) chiqmoqchi bo’lsang, xizmat qilishdan yaxshiroq norvon bo’lmas» degan ma’no kelib chiqadi. Xoja hazratlarining daxliyasi natijasida bayt mazmuni bizning zamonamiz uchun muvofiqligi ham o’z-o’zidan ayondir.

Yoshning ulug’ligi, xastalik Xoja hazratlarini urintirib qo’ygan edi. Natijada ancha ozib ham qolgan edi. Bu haqda mavlono Lutfulloh shunday deydi: «Samarqandning mashhur mahallalaridan bo’lmish Xoja Kashfiy mahallasidagi uylariga bordim. Havo issiq edi. Xoja hazratlari ichki ko’ylak bilan tashqariga chiqdilar. Men Xoja hazratlarining anchagina ozib qolganlarini shunda ko’rdim… Shunday bo’lsa-da, bu jussada katta ma’naviy kuch bor edi».
Xoja hazratlari hijriy hisobda 89 yilu yetti oy umr ko’rganlar. Bu haqda o’zlari «agar yana besh oy yashash nasib qilsa, 90 yoshga kirurmiz», degan ekanlar. Xoja hazratlari sakson to’qqiz kun kasal yotgach, Kamongaronda hijriy 895 yilning rabe’ ul-avval oyining yigirma to’qqizinchi kuni –shanba kuni kechasi, ya’ni 1490 Melodiy yilning 21 fevralida vafot etganlar. Bu voqyeaning guvohi bo’lgan Muhammad Qozining yozishicha, Xoja hazratlari o’sha kuni namozi xuftondan ozgina o’tganda olamdan ko’z yumganlar. Bundan oldinroq esa, ya’ni kunning namozi peshin vaqtida yer qattiq va baland ovoz bilan qimirlagan. Bu hodisadan Xoja hazratlari ruhiyatida o’zgarish paydo bo’lib, darhol o’z avlodlari va suhbatdoshlaridan ayrimlarini chaqirib, ular bilan vidolashgan ekanlar. Xoja hazratlarining tabarruk jasadi Kamongarondan Xoja Kafshiy mahallasiga keltirilib, shu yerning mazorotida dafn etilgan. Qabri ustiga katta san’atkorlik bilan ishlangan yodgorlik toshi o’rnatilgan. keyinchalik uning atrofida avlodi va muxlislari dafn etilgan. Shundan so’ng Xoja Kafshiy mahallasining bu qismi Xoja Ahror nomi bilan atalgan .
Xoja hazratlari umri davomida Kamongaron mavzeiga ko’p borardi, chunki u yerda uning bog’lari va tabiiyki, yashaydigan imoratlari ham bo’lgan. Shuni nazarda tutib, hozirgi Kamongaronda ulardan biror iz bormikan, degan masalani aniqlash maqsadida Nizomxon va Imomxon Salimovlar bilan Kamongaronda bo’ldik. Shuni qayd qilish kerakki, Kamongaronliklar Xoja hazratlarini juda hurmat qilar ekanlar. Shuning uchun eski qabristonda Xoja Ahror nomi bilan atalgan masjidni aholining tashabbusi va hashari bilan ta’mir qilib, qabristonda gumbazli maqbara ham qurmoqda edilar. Ko’pgina rivoyatni ham hikoya qilishdi. Biz bunda Xoja hazratlari bog’i yoki undagi imoratlarining aniq joyi va izlarini aniqlay olmadik. Buning uchun: mutaxassislarning maxsus tekshiruvlari lozim degan fikrga keldik.
Xoja hazratlari uylangan bo’lib, o’g’il va qiz farzandlari bor edi. Ulardan ikkitasi – Xoja Abdulloh va Xoja Yahyolar o’zidan iz qoldirganlardan bo’lib, otalari vafotidan, xususan, Samarqand hokimi Sulton Ahmad mirzo vafotidan so’ng Temuriy shahzodalar hamda Temuriylar va shayboniylarning toj-taxt uchun kurashlariga aralashib muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar: Xoja Yahyo o’ldiriladi, Xoja Abdulloh esa Toshkandga ketadi. Xoja hazratlarining katta o’g’illari bo’lmish Xoja Abdulloh asosan ilmiy yo’nalishda ko’proq shug’ullangan bo’lsa, Xoja Yahyo esa otasining o’rinbosari bo’lish harakatida bo’lardi. Xoja hazratlarining farzandlaridan qolgan avlodning bir qismi hozir Xoja Ahror mavZeida yashaydi. Ammo olima O.A. Suxareva qayd qilganiDek, ularning aniq yozilgan shajarasi hozircha noma’lum.
Shuni ham eslatish lozimki, Xoja hazratlari avlodi faqat naqshbandiya sohasidagina xizmat qilmay, balki ularning orasidan madaniyat, adabiyot va ilmning ko’pgina sohalari bo’yicha vakillar yetishib chiqqanki, bu haqda keyinroq to’xtalamiz.

XOJA AHRORNING FAZILATLARI, MEROSI VA AQIDALARI

Xoja Ahror doim suhbatdoshlar bilan bo’lishni xohlar, shaxsan mehnat qilar, ota sifatida farzandlariga pand-nasihat berar, boshqalarning manfaatlarini o’zining manfaatlaridan ustun qo’yar edi. Aytilganlarning isboti uchun Xoja hazratlari hayotidan ayrim lavhalarni Keltirish maqsadga muvofiqdir.
«Bir kun Xoja hazratlari o’z yaqinlari bilan Dashti Abbosga bordilar, – deb yozadi Muhammad Qozi. U joylar shayx Abusa’id ekinzorlari bo’lib, ularning hosili pishib yetilgan edi. Shayx Abusa’id Xoja hazratlari huzuriga kelib doimo Mehmondorchilik qilardi. Bu orada pishib yetilgan hosilga qaramadi va o’z odamlarining ularni yig’ishtirishlariga ham ruxsat bermadi. Xoja hazratlari shayx Abusa’idga qarab: pishib yotgan hosilni yig’ishtirib oling, biz bilan bo’lib qolib, ular nobud bo’lmasin, deb aytsalar-da, shayx bunga e’tibor bermasdi. Bu haqda qanchalik gapirmasinlar, shayx Abusa’id indamasdi. Shundan so’ng Xoja hazratlari o’z yaqinlari bilan u yerdagi g’allani o’rib oldilar, uni yanchdilar va tayyor g’allani shayx Abusa’idga yubordilar. Xoja hazratlari aytdilarki, shayx Abusa’id juda boy emaski, hosilning nobud bo’lishi unga ta’sir qilmasa, ammo u bizga nisbatan odobni saqlab, biz bu yerdaligimiz vaqtida bu ishni amalga oshirishni lozim ko’rmadi».
Bu hayotiy lavha Xoja hazratlarinig shaxsiy fazilatlaridan birini – bevosita mehnat qilish hamda birovning manfaatini ko’zlash va uni xursand qilishga intilishni namoyon etadi.
Yoki, «Xoja hazratlari o’z yaqinlari bilan Kesh (Shahrisabz) tomon yo’l oldilar. Yo’lda dam olish niyatida chodir tikdilar. Namozi shomdan so’ng yomg’ir yog’a boshladi. Xoja xazratlari chodirdan chiqib, yaqinlarini chodirga kiritdilar. O’zlari esa tun bo’yi tashqarida yomg’ir ostida edilar. Ertalab bu holni ko’rgan suhbatdoshlari uning sababini so’raganlarida shunday dedilar: Yomg’ir yog’ayotganda biz chodirda bo’lib, do’stlarimizning tashqarida, yomg’irda bo’lishlaridan hijolatda qoldik».
Xoja hazratlari doimo aytib keladigani «har vaqt bir musulmon ko’nglidagi og’irlikni o’z zimmangga olishing kerak. O’zingning og’irligingni esa boshqalarga yuklamasliging kerak» degan fikrlariga bevosita amal qilganlari ko’zga tashlanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, bunday fazilatga amal qilish, keyinchalik Xoja hazratlarining muxlislari bo’lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarning faoliyatlarida ko’p marta uchraydi. Jumladan, Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»sidagi mana bu tasvir aytilganlarga misol bo’la oladi. Bu voqyea 1506 yilning qishida Hirotdan Qobulga yo’l olgan Zahiriddin Muhammad Bobur bilan sodir bo’lgan. Bobur o’z kishilari bilan tog’ orqali Kobulga borardi.
«Ushbu tariq bila qor tepib, yo’l qilib, – deb davom ettiradi Bobur, – Injukon yerdin uch-to’rt kunda ko’tali Zarrinning tubiga havoli Qutiy degan havolga Kelduk. Ushbu kun g’arib chopqun bila qor yog’ar edi. Andog’kim, borchaga o’lim vahmi bo’ldi. Ul el tog’dag’i g’or va kovoklarni havol derlar. Bu havolga yetganda chopqun behad tez bo’ldi. Ushbu havol qoshida o’q tushildi. Qor uluq, yo’l yakraha, Tepilgan, bosilgan yo’l bila ham ot baxiyla (zo’rg’a) boradur. Kunlar g’oyat qisqalikka ilgarigi kishi yorug’ choqda havol oldiga keldilar, namozishom, nomozi xuftangacha el kela qoldi. Andin so’ngra kelgan yerda-o’q tushti. Ko’p el ot ustida-o’q tong otturdi. Havol torroq ko’rindi, men havolning og’zida kurak olib, qor kurab, o’zimga bir takiya miqdorda yer yasadim. Qorni kukusgacha qozdum, hanuz yerga yetmaydur edi. Bir nima yelga panoh bo’ldi, o’shanda-o’q o’tirdim. Har necha dedilarkim, havolga boring, bormadim. Ko’ngulga kechdikim, barcha el qorda va istirohat bila munda. Barcha ulus tashvish bila mashaqqatda men munda uyqu bilan farog’atda muruvvatdin yiroq va hamjihatlikdan qiroq ishdur. Men ham har tashvish va mashaqqat bo’lsa, ko’rayin, har Nechuk el toqat qilib tursa, turayin. Bir forsiy masal bor: «Marg bo yoron sur ast» (do’stlar bilan o’lmoq to’ydir). O’shondoq chopqunda qozg’on, yasog’on chuqurda o’lturdim, namozi huftongacha qor oncha chopqunlab yog’dikim, Men engashib o’lturub edim, orqamg’a va boshimg’a va quloqlarimning ustiga to’rt enlik qor bor edi. O’shul Kecha qulog’imga sovuq ta’sir qildi» («Boburnoma», Toshkent, 1960, 257-258-betlar).
Xuddi mana shu fazilat o’zini el qatori bilish, el bilan birga bo’lish podshoh Boburning olijanob fazilat sohibi ekanidan ham uning lashkari va atrofidagilariga unga nisbatan hurmat va ehtiromni ham yuzaga keltirgan.
Demak, Xoja hazratlariga muxlis bo’lib, uning fazilatlaridan ibrat olgan kishilar pand yemaganlar.
Xoja hazratlarining odatlaridan biri shundan iborat ediki, ul kishi o’z kashfiyot va karomatlarini «tushda shunday ko’rdim» deb bayon etardilar. Bu kashfiyot va karomatlar esa Xoja hazratlarining voqyealarni sinchiklab kuzatib borgani, ularni mantiqiy jihatdan tahlil qilgani va ma’lum bir xulosaga kelgani natijasida maydonga kelgan bo’lib, ular hazratning mushohada va muhokama qobiliyatining kuchliligidan dalolat beradi. «Tushda ko’rmoq» esa ularni bayon etish vositasi sifatida qo’llanib, kashfiyot va karomatlarning g’ayb olami asrori qirralarining ko’rinishi tarzida talqin etilgan. Albatta, voqyealarning sodir bo’lishini oldindan kashf karomat qilish ruhiy olamning, ruhiy holatning hali butunlayicha tadqiq etilgan sohasi deb bo’lmaydi. Uning butun nozikliklari, sirlarini ilmiy asosda o’rganish va yoritish ma’qul. Bu gap faqat Xoja hazratlari faoliyati bilan bog’liq bo’lib qolmay, balki Yer kurrasining turli mintaqalarida, turli davrda va hozir ham bo’lgan bunday hodisa va shaxslarga ham Tegishlidir. Xoja hazratlarining fazilatlaridan so’z Ketar ekan yana bir holni nazarda tutmoq lozim. U ham bo’lsa, Xoja hazratlari naqshbandiya tariqati namoyandalarining udumiga ko’ra, har xil mazhab va dinga e’tiqod qilguvchilarni hurmat qilardilar va ulardan fuqaro manfaatlari va adolat yo’lida o’rganishi mumkin bo’lgan narsalarni o’zlashtirishga tarafdor edilar. Shu jihatdan Xoja hazratlarining quyidagicha aytganlari diqqatga sazovordir: «Bu tariqat donishmandlari so’zlaridagi xatoliklarni to’g’ri ko’rsata olgan kishi kofir bo’lganida ham Men boshimni oyoq qilib, uning huzuriga boraman, suhbatida bo’laman, uning kofirligini hyech vaqt xotiramga ham Keltirmayman hamda uning oldiga borib suhbat qilgandan or qilmayman». Bu muhim gap va xulosadir.
Xoja hazratlari sharob va sharobxo’rlikni yoqtirmas, uning yaxshilikka olib kelmasligini ham nazarda tutardi. Agar bu masala o’sha davrning mashhur adib va shoirlari, jumladan, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy asarlarida ham («Bahoriston», «Hayrat ul-abror» va boshqalar) bayon etilgani nazarda tutilsa, unda o’sha davrning mashhur allomalari aqidalaridagi hamohanglik ko’zga tashlanadi.
Shu jihatdan qaraganda, Xoja hazratlarining Mavlono Muhammad Xavofiydan eshitib, keyinchalik suhbatdoshlariga hikoya qilgan quyidagi voqyea qiziqarlidir:
«Aytur erdilarki, Mirzo Ulug’bek Bog’i maydonda Chinixonani qurib bitkazani munosabati bilan to’y berdi. Bu to’yda barcha akobirlar, jumladan, shayx ul-islom, qozi va shayxlar ham bor edilar. Chinixona ichidagi maydonning hama joyida chingiziy odatga ko’ra sharob shishalarini qo’yib chiqqan edilar. Bu shishalardan sharobning hidi anqib turar, uning rangi ham ko’rinardi. Akobirdan hyech biri bunday holni man’ qilishga og’iz ocha olmasdi. Bu vaqtda e’tibordan chetda bo’lib qolgan Sayid Oshiq bunday holni eshitibdi-da, o’zining qarindosh-urug’ini yig’ib, men bugun hazrat payg’ambarimiz aytganlariga rioya qilib, Mirzo Ulug’bekning bunday ishlarini man’ qilmoqchiman. Ehtimolki, meni o’ldirar, shariat yo’lida men soqollarimning qizil rangga bo’yalishini xohlayman. Shundan so’ng oila a’zolari va qarindoshlariga bog’lari, saroylari va mol-mulkini vasiyat qilib, mast tuyadek og’zidan ko’piklar sachratib, Mirzo Ulug’bekning huzuriga boribdi. Chinixonada o’tkazilayotgan to’yga kirib borib, Mirzo Ulug’bekka qarab aytibdi: Ey Ulug’bek, bu qanday gap, Sen nimalar qilayapsan. Hyech musulmon bunday ishni qilmaydi. Mirzo Ulug’bek aytibdi: Ey Sayid, nega dag’allik qilyapsan? Men uchun Sen buyukmisan yoki hazrati Muso va Horun? Men yomonmenmi yoki Far’avn yomonmi? Sayidning qulog’i og’ir bo’lganligidan bu gaplarni eshitmabdi va javob bermabdi. Mirzo Ulug’bekning ishorasi bilan Sayidni bo’ynidan bog’lab tashqariga sudrabdilar. Mirzo Ulug’bek g’azabi oshgan holda aytibdi: Ey Sayid, sen istaysanki, men seni o’ldirsam, ammo men bunday qilmayman. Shu vaqtda shayxul-islom Xoja Isomiddin Mirzo Ulug’bekdan Sayid Oshiq gunohini bag’ishlashni so’rabdi. Mirzo Ulug’bek aytibdi: bu Sayid hammom qurdirishingiz munosabati bilan uyushtirilgan ma’rakada sizga nisbatan dag’allik qilgani uchun mansabidan Chetlashtirishni talab qilgan edingiz. Endilikda to’yimizda bizga nisbatan dag’allik qilayotganda uning gunohini Kechirishni so’rayapsiz. Buni qanday tushunmoq kerak Xoja Isomiddin aytibdi: bizning fe’lu xo’yimiz o’zimizga loyiq, podsholarniki esa shohona mavqyega munosibdir. Bu javobni eshitgan Mirzo Ulug’bek Sayid Oshiq jur’atini bag’ishlabdi. Ammo Mavlono Muhammad Xavofiy shunday degan edilar: Mirzo Ulug’bek Sayid Oshiqni bo’ynidan bog’lab sudrayotganlarida, unga qarab, rahmat bo’lsin, deb aytgan bo’lsa, bizlarga qarab esa sizlarga, la’nat der edi. (Xoja hazratlari) ayturdilarki, Mirzo Ulug’bek shunchalik donishmand bo’lgani bilan chingiziy odatlarni yo’qota olmagan edi. Shu jihatdan hozirgi podsholarning ishlariga shukr qilsa, bo’ladi».
Xoja hazratlari Mirzo Ulug’bekning donishmand shaxsligini alohida ta’kidlaydi. Shu bilan birga uning Sayid Oshiq gunohini bag’ishlagani ham, unga rahmat deganini ham o’z atrofidagi ulamolardan esa nafratlanib, ularni la’natlaganini ham uqtirardi, yoki diqqatini ularga qaratadi. Chunki Sayid Oshiqning qo’rqmasdan, ochiqchasiga unga – Mirzo Ulug’bekka murojaat qilib, noshoista ishlarni Betiga aytganidan nihoyat ta’sirlanadi va o’z ishlarini fikran tahlildan o’tkazib, unga to’g’ri maslahat bermagan ulamolarga la’natlar Deydi. Xoja hazratlari bu hikoyani Keltirar ekan, Mirzo Ulug’bekni qoralamaydi. Hikoyaning ruhidan unga bo’lgan xayrixohligi Seziladi, ammo uning atrofidagilardan uncha rozi emas, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning shunchalik donishmandligi bilan chingiziy rasm-odatlarni yo’qota olmaganidan afsuslanganday bo’ladi.
Shunisi ham borki, Xoja hazratlari Sayid Oshiq haqida unchalik baland fikrda emasligi ham bilinadi. Jumladan, Muhammad Qozi Keltirgan bir hikoyada shunday hol Seziladi. Chunki unda Xoja hazratlari soLeh, zohid va ulamolarni e’tirof etgan holda, ammo ularning uning tariqasiga aloqasi yo’qligini aytadi. Demak, o’zini ulardan ajratadi. Shu uchun ana shunday toifadan bo’lmish birovning uning suhbatida qatnashganidan norozi bo’lib, siz Sayid Oshiqning muridi bo’lishingiz mumkin, bizga esa munosib emassiz, deb chiqarib yuboradi.
Bundan ko’rinadiki, Sayid Oshiq to’g’ri so’z odam edi, deb uni hurmat qilib, Xoja hazratlari uning yo’lini – dag’alligini bo’lsa kerak, ma’qullamaydi. Shu jihatdan qaraganda, donishmand Mirzo Ulug’bekka to’y ma’rakasida, ko’pchilik oldida dag’allik qilganini ham yoqtirmaganday bo’ladi, chunki shunda Mirzo Ulug’bekning «men seni o’ldirmayman» degan gapini eslatish bilan Mirzo Ulug’bekning bunday dag’allardan qanchalik ustun turganiga ishora qilmadimikan?! Chunki Xoja hazratlarining o’z fikrlarini ma’lum hikoya yoki rivoyatni Keltirish orqali bayon qilish, bildirish odati borligini nazarda tutsak, unda bu mulohaza asosliday bo’lib tuyuladi.
Xoja hazratlari fazilatlaridan yana biri shu ediki, suhbatdoshi bo’lg’uvchi shaxsni nihoyatda o’bdon o’rganar va sodiqligiga ishonch hosil qilgandan so’nggina o’zini unga yaqinlashtirar, o’z suhbatlaridan bahramand etar va iltifotini ayamasdi. Bunga misol sifatida uning Sayid Abdulavvalga bo’lgan munosabatini ko’rsatish mumkin. Xoja hazratlari uni yetti yil sinaydi va uning sodiqligiga ishonch hosil qilgach, uni o’ziga yaqinlashtiribgina qolmay, balki qizini unga to’y qilib berib, o’ziga kuyov qilib oladi. Bunday munosabat Muhammad Qozi bilan ham sodir bo’lib, nihoyat uni o’zining eng yaqin suhbatdoshi va shogirdi sifatida e’zozlaydigan bo’ladi. Bular pir va murid o’rtasidagi munosabat talablariga muvofiq kelish qonun-qoidalari asosida ham amalga oshirilgan edi. Xoja hazratning fazilatlaridan biri fuqaroga g’amxo’rlik qilish masalasi yuqorida batafsil yoritilgan edi. Bu g’amxo’rlikning yana bir shakli madrasa, masjid, xonaqolar ham bino qilib, ulardan fuqaroni bahramand qilish ham edi. Shu maqsadda Xoja hazratlari Samarqand, Toshkand, Kobulda ana shunday imoratlarni qurdirgan va ularni vaqf bilan ta’minlagan edilar. Bu madrasalarning hozirgi taqdiri bizga noma’lum. Ammo Samarqandda Madrasai safed deb atalgan madrasaning nomi bor va shu nomda guzar bor-u, madrasaning o’zi esa saqlanmagan. Samarqandda saqlanib qolgan imoratlardan biri bu uning hozir qabri joylashgan mavZeda bino qildirgan yozgi masjiddir. Albatta, u ham asr osha ta’mir qilingan va o’zgarishlarga uchratan.
Turli xil ijtimoiy faoliyat, imorat qurish bilan birga Xoja Ahror ijodkorlik bilan ham shug’ullangan. Hozirgi kunda quyidagi asarlar uning qalamiga nisbat beriladi:
1. «FIQROT UL-ORIFIN» (oriflar so’zlaridan parchalar) yoki ayrim nusxalarda «Voridot» (fikrda tug’iluvchi yoki ko’ngildan o’tuvchi narsalar, o’ylar) deb atalib, tasavvuf ahli, jumladan, Xoja Ahrorning turli masalalarga doir fikrlarini qamrab olgan, tojik tilidan bitilgan nasriy asar. Bu asardagi mulohazalardan Xoja Ahror haqida manoqib va maqomot yozgan mualliflar foydalanganlar. Bu asarning qo’lyozma va bosma nusxalari bor. Jumladan, u 1328 h. – 1910 m. yilda Toshkanddagi bosmaxonada nashr etilgan. Yuqorida keltirilganidek, Xoja Ahror Shohruxiyada tuzilgan sulh shartnomasi marosimi oldidan Muhammad Qoziga murojaat qilib, «bizning risolamizni olib kelib Sulton Mahmudxonga o’qib bersangiz», deganda shu risolani nazarda tutgan ko’rinadi.
2. «VOLIDIYa» (otaga bag’ishlangan) yoki «MUXTASAR». Bu risola Xoja Ahrorning volidi – otasi Xoja Mahmud xohishi bilan yozilganligi va muxtasar – ixcham bo’lganligi sababli yuqoridagi nomlar bilan atalgan. Asarda axloq-odob, insonning o’zini tanishi, faqru fano masalalaridan so’z yuritilib ko’p kishilar uni o’qiganlar. Jumladan, Alisher Navoiyning «Xamsat ul-mutahayyirin»ida yozishicha, u Abdurahmon Jomiy huzurida ko’pgina boshqa kitoblar qatori bu risolani ham o’qiganini ta’kidlaydi: «Yana hazrati Xoja Ubaydulloh…ning otalari ishorati bila bitilgan risolalaridur, ham faqr ham fano tariqidakim, oz o’g’ulga bu davlat muyassar bo’lub erkinkim, ota amri bila bu nav’ shoyista xizmat qilmish bo’lg’ay» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 61-bet).
Shundan so’ng bu risolaga murojaat qilganlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bu risola ma’qul bo’lgani tufayli Bobur 1528 yilda bu nasriy asarni o’zbek tiliga o’girib, 243 baytlik manzumaga aylantirdi (manzuma haqida keyinchalik Kengroq to’xtalamiz). Bu risola va manzuma to’g’risida afg’onistonlik olima Shafiqa Yorqin shunday yozadi: «Temuriylar va O’rta Osiyo sufiylarining pir va murshidi Xoja Ahrorning «Volidiya» nomli nasriy risolasini Bobur She’riy tarzda o’zbek tiliga o’girdi. Bu risolaning mavzui inson zohiri va botinini pokiza qilmoqdan iborat bo’lib, Abul Fazl Allomiy uni «ma’rifat Dengizining durdonasi» deb biladi».
3. «HUROIYa» YoKI «HAVRAIYa» RISOLASI. Bu asar mashhur shoir Abu Sa’id Abulxayrning (967–1048) bir ruboiysi sharhiga bag’ishlangandir. Bu bejiz emas edi. Chunki sharh qilinayotgan ruboiy Xoja Ahrorgacha ham mashhur bo’lib, uni sharhlash uchun Sayid Ne’matulloh Vali (1329–1431) uch risola, Amir Sayid Qosim Anvor (1355–1433) bir risola va shayx Ozariy (1382–1452) bir risola yozgan edilar. Agar Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois»ida keltirilgan quyidagi ma’lumotlar hisobga olinsa, unda masala ancha oydinlashadi. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»ning yettinchi majlisini Amir Temurning zikri bilan boshlab, shunday yozadi:
«Temur kuragon… agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm-nasrni andoq xub mahal va mavqyeda o’qubdurlarkim, aningdek bir bayt o’qug’ondin ming yaxshi bayt aytqoncha bor…» Davomida esa Amir Temurning o’g’li Mironshohning ichkilikka berilishiga aybdor sanalganlardan biri Xoja Abdulqodir bo’lib, u o’zini Devonalikka solib yurardi. Amir Temur Iroqqa yurish qilganida Xoja Abdulqodirni tutib keladilar. Alisher Navoiy davom ettirib, yozadi:
«Chun Xoja (Abdulqodir)ning kamolotidin biri Qur’on hifzi va qiroat ilmi edi, filhol biyik un bila. Qur’on o’qumoq bunyod qildikim, ul hazrat (Amir Temurning) g’azabi lutfga mubaddal bo’lub, fazl va kamol ahli sori boqub, bu misrani bavaqt o’qidikim:

Abdol zi bim chang bar mushaf zad».
(mazmuni: abdol devona) (qo’rqqanidan Qur’onga qo’l uzatdi.)

Ana shu misra Xoja Ahror sharh yozgan ruboiyning yakunlovchi – to’rtinchi misrasidir. Ruboiyning to’liq matni quyidagicha:

Havro ba nazorai nigoram saf zad,
Rizvon zi taajjub kafi xud bar kaf zad.
On xoli siyah bir on ruxon mutraf zad.
Abdol zi bim chang bar mushaf zad.

Mazmuni: Jannat go’zallari mening yorimni ko’rish uchun safga tizildilar. Mamnuniyat jannati esa, yorning go’zalligidan ajablanib, ofarin deganday qarsak chaldi. Ul yuzga qora xol qo’yib, go’yo yuzini parda bilan yopganday bo’ldi, abdol (devona) esa qo’rqqanidan Qur’onga qo’l uzatti.
Yuqorida eslatilganlar shundan guvohlik beradiki, bu ruboiy o’sha davrlarda nihoyatda Keng tarqalgan bo’lib, uni har xil talqin qilishlar unga sharh yozishlarni ham taqozo etgan. Shuning uchun Xoja Ahrorning ham unga sharh yozgani besabab emasdi. Shu asarning qo’lyozma nusxalari hamda 1899 yili sharqshunos olim V.A.Jukovskiy tomonidan S.–PeTerburgda nashr ettirilgan nusxasi ham bor.
4. RUQAOT – MAKTUBLAR. Xoja Ahror o’z zamondoshlaridan ko’piga turli munosabat bilan nomalar yozgan. Ularning hammasi ham to’liq saqlangan deb bo’lmaydi. Ba’zi xatlar to’plami – munshaotlarda ularning ayrimlari saqlanib qolgan bo’lsa, muhim bir qismi Alisher Navoiyga yozganlari ulug’ o’zbek shoiri tomonidan avaylab, saqlanib, boshqa xatlar qatori bir albom holiga Keltirilgan. Alisher Navoiy bu xaqda «Nasoyim ul-muhabbat»da shunday yozadi:
«Haqir (Navoiy) bilan iltifotlari ko’p bor uchun vahiyosor ruq’alari (ilhomjaxsh nomalari) bila musharraf qilib, ishlarga ma’mur (amr, farmon) qilurlar edi. Ul ruq’alarni muraqqa’ (albom) yasab, jadval va takallufot bila tabarruk yo’sini bila asrabMen» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 140-bet). Ana shu «Navoiy albomi» bilan mashhur bo’lgan nodir asarning saqlanib, bizgacha yetib kelishida XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Buxoro adabiy-ilmiy muhitining ko’zga ko’ringan vakili Sharifjon maxdum Sadri Ziyoning xizmati kattadir. Bu asar hozirgi kunda O’zBekiston Fanlar akaDemiyasi Abu Rayhon beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.
Xoja Ahrorning Alisher Navoiyga yozgan va bizgacha saqlangan xatlari turli mavzularga bag’ishlangan bo’lsa-da, ammo ularning mag’z-mag’zini «bir faqirga najot bermoq va uning ko’ngliga xursandlig’ bag’ishlamoq» muammosi tashkil etadi. Shunday ekan, Xoja Ahrorning turli shaxslarga yozgan va saqlanib qolgan maktublarini to’plab nashr etish va ularni ilmiy jihatdan har tomonlama tadqiq etish ko’pgina masalalarni tushuntirishga, ko’pgina jumboqlarga aniqlik kiritishga ko’maklashar, degan umiddamiz.
Quyida biz Xoja Ahrorning turli masalalarga doir fikr-mulohazalaridan ba’zilarini keltirib, ulardan xulosa chiqarish yoki ularni sharhlashni muhtaram o’quvchiga havola etamiz.

XOJA AHRORNING AYTGANLARI, HIKMATLARI

1. Aytur erdilarkim: zolimlar va jabr qilguvchilarni yo’qotish borasida himmat qilmoq lozimdir.
2. Aytur erdilarkim: mening sizlarga dunyoni (mol-mulkni) man’ etishim, dunyoni sizlardan darig’ tutishim ma’nosida emas, balki sizlarni dunyodan asramoq ma’nosidadir. Chunki odam shunchalik ulug’vorligi bilan o’z vaqtini arzimas narsalar uchun zoye’ qilmog’iga hayfim Keladi.
3. Ilmni dunyo (mol-mulk) orttirish va mansab egallash uchun xizmat qildirguvchi olimlardan uzoq bo’lmoq kerak.
4. Aytur erdilarkim: takabbur (manmanlik) nihoyatda xosiyatsiz va oqibatsizdir, u oxiri xo’rlik va pastlikka olib Keladi. Aytibdurlarki, har kim o’zining holiga yarasha kamtarlik va xushmuomalalikni egallab borsa, xususan, bu davlat va boylik egalariga zaruriy maqbul odat bo’lgay.
5. Aytur erdilarkim: sufiya toifasining odatiga ko’ra, rasmiy ilmlarni uncha yaxshi egallamagan bo’lsada, ammo payg’ambar rasulullohning olijanob xulq-axloqlaridan xabari bor kishini olim debdilar. Shu bilan birga barcha rasmiy ilmlarni egallagan bo’lsayu, ammo payg’ambar rasulullohning olijanob xulq-axloqlaridan xabarsiz bo’lsa, unday kishini omiy derlar.
6. Aytur erdilarkim: ko’p kulmoq ko’ngilning o’lishi boisidir… Ko’rinadigan ishlarni bajarish ma’naviy aloqani o’rnatish uchun moNe’ bo’lmasligi lozim va, shuningDek, ma’naviy aloqani o’rnatish ko’rinadigan ishlarni bajarishga xalaqit bermasligi kerak. Solik (tariqat yo’lovchisi) shu martabaga yetganda, har qanday ishni bajarishga muhtojdir. G’aflat ko’ngil mavti (o’limi)ning sababidir. Ko’ngilning haqiqiy hayoti ogohlik va huzurdir.
7. Aytur erdilarkim: darveshlik doimiy tarzda zikr aytmoq bilan mashg’ullanmoq emas, balki payg’ambar rasulullohning olijanob xulq-axloqlarini, jumladan, yumshoqlik, karam, saxovat, sadoqat, kamtarlik va boshqalarni o’rganish va o’zlashtirishdan iboratdir.
8. Aytur erdilarkim: har kimki bu sharif makonda (Yerda) bo’lmoq sharafiga muyassar bo’lgan bo’lsa, ul kishi shunga intilmog’i kerakki, uning mavjudligi musulmonlarg’a rohat bag’ishlasa; uning bilan muloqotda bo’lgan amir va sultonlar ham uning mijozi va axloqidan ta’sirlanib, musulmonlarga manfaat yetkazish niyatida bo’lsalaru ularga jabru-zulm qilishdan, ularni kamsitishdan o’zlarini saqlasalar; uning suhbatida bo’lgan va bandalarni tashvishga qoldirishga bois bo’ladigan ma’noni – so’zlarni eshitmasalar.
Go’zal axloq-odob, mukammal farosatlilik va ilmlarning nozikliklariga rioya qilmay yashamoq – umr kechirmoq mumkin bo’lmas.
9. Ba’zan avlod-farzandlariga qarab, shunday der edilar:

Bilingkim, Neki jon rohatidek tuyulgay,
Joningizni azobda qoldirguvchn bo’lgay.

Sizni dunyo (mol-mulk)dan o’zingizni tiyishingizni aytish bu baxillik yoki xasislikdan emas, balki istaymanki, siz bu dunyo (boylik) bilan ovora bo’lib qolib ma’naviyatdan, oxirat saodatidan va maqsud jamolidan mahrum bo’lib qolmasangiz.

Farzand ota-onaning bir bo’lagidir. Hyech bir ota-ona jigargo’shasining nuqsonli bo’lishini xohlamaydi. Vaqt va fursat g’animatdir. Shuni o’ylab ko’ringki, mendan so’ng bunday so’zlarni kimdan eshitarkansiz. Hozir yoshlik va salomatlik payti bo’lib, maishat asbobi – tirikchilik uchun zaruriy narsalar muhayyodir. Har bir narsani qilishni ko’nglingizga Keltirmang, bir-biringizdan xabardor bo’ling. Agar bu ishlarni qila olmay keyin pushaymon bo’lsangiz foydasi yo’q.
Bir marta farzandlariga xitoban shunday Dedilar: hamisha kamtarlik va xushmuomalalikda bo’lingiz, o’zgalarni o’zingizdan kam bilmang, yolg’on so’zlamang, agar birov sizning kamchiliklaringizni aytsa, buni Ne’mat (boylik) deb biling…
10. Aytur erdilarkim: do’stlarga kasalligi vaqti madad qilish va og’irini yengillatish yaxshi ishdir. Madad ikki nav’dir: biri, kasallikdan qutulish uuchun barcha chora-tadbirlarni ishga solish va, ikkinchisi, kasallik tufayli buzilgan kayfiyatni yaxshilash, ko’tarishdir.
11. Aytur erdilarkim: suhbatning foydasi Cheksizdir. Shuning uchun do’stlar bilan bo’lmoq va ular bilan suhbat qilmoqni tark etmaslik darkor.
12. Aytur erdilarkim: biz ko’p vaqtni musulmonlarni podshohlar zulmidan xalos qilish uchun sarflaymiz.
13. Aytur erdilarkim: bizning dunyo (mol-mulk) bilan shug’ullanishimiz saxovat va karam qilish uchun emas, balki odamlarni tama’ qilishdan qutqarish uchundir.
14. Aytur erdilarkim: podshohlarning bilmoqlari lozimki, saltanat yaratuvchining marhamati bilan ularga in’om etilgan buyuk boylikdir. Shuning uchun bu buyuk boylik qadriga yetib, fursatni g’animat deb bilsinlar. Ollohning bandalariga lutf va shafqatini darig’ tutmasinlarki, bu azim nuqsondir. Bu olam rohati boqiy emas, chunki ko’z yumib ochguncha tugaydi. Shuni esda tutsinlarki, ulargacha ham boshqalar podshohlik qilganlar va bir muddat o’tgach, ularning o’rinlariga boshqalar Kelgaylar.
Shohlar nog’orasi chalinganda shunday nido Kelardi:
Bu saroyga har bir podshoh navbati-la Keladi.
15. Aytur erdilarkim: hokim va sultonlar musulmon va fuqaro va raiyatning adabini berish uchun mo’ljallangan qamchiga o’xshaydilar. Shuni bilsinlarki, bir ot yigirmata qamchini ham eskirtirib qo’yadi. Mamlakatning zavoli va xarob bo’lishidan andisha qilsinlar, hyech vaqt raiyat va fuqaro ahvolidan xabarsiz qolmasinlar, chunki saltanat va hukumatga ega bo’lishning asl sababchilari bu fuqaro va raiyatdirlar.
16. Aytur erdilarkim: yoshlar tahsil bilan band bo’lib, ularning vaqti sarfu nahv qoidalarini o’zlashtirish bilan o’tadi. Bunday qoida yodlashdan ularning zehni koyimasligi uchun nima qilmoq kerak? Buyuklar aytibdirlarki, ustoz qoidalarni o’rgatgandan so’ng bu toifaning (tasavvuf) ibratli so’z va shavqli hikoyalaridan so’zlasa, yaxshi bo’lar edi.

XOJA AHRORNING SHUHRATLI MUXLISLARI

Xoja Ahror tarix sahifasiga kirgach, u mansub bo’lgan naqshbandiya tariqatining muxlislari yanada ko’paydi. Bu muxlislar orasida o’sha davrdagi ijtimoiy tabaqalarning – podshohlar, vazirlar, mudarrislar, tolibi ilmlar, san’at va hunar ahli, ilm va madaniyat namoyandalari, dehqonlar, xullas, barcha ijtimoiy guruhlarning namoyandalari bor edi. Ana shular qatorida mashhur shoir va mutafakkirlar Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiy, iste’dodli davlat arbobi, shoir, nosir, muarrix, adabiyotshunos Zahiriddin Muhammad Boburlar ham bor edi. Biz quyida ularning Xoja Ahrorga munosabatlari haqida qisqacha to’xtalmoqchimiz.
NURIDDIN ABDURAHMON JOMIY (1414–1492) – mashhur tojik shoiri va mutafakkiri Xurosonda naqshbandiya tariqatining peshvolaridan bo’lib, Xoja Ahror bilan shaxsan tanishib, Xoja hazratlarini «ka’bai maqsud» deb bilib, u kishi bilan Hirot, Samarqand, Andijon va Toshkandda bir necha marta uchrashish sharafiga muyassar bo’lgan edi.
Abdurahmon Jomiyning Xoja Ahror bilan munosabatlarini yoritishda professar A’loxon Afsahzod va professor A.N. BoldiRev keyingi yillarda samarali mehnat qilib, o’z maqola va risolalarida bu haqda ancha muhim ahamiyatga ega bo’lgan mulohazalarni bayon qilganlar. Shunday bo’lsa-da, bu o’rinda Xoja Ahror va Abdurahmon Jomiy o’rtasidagi munosabat haqida ayrim mulohazalarni bayon etish maqsadga muvofiqdir.
Abdurahmon Jomiy Xoja Ahrorni qachondan beri taniydi, u bilan qanday uchrashgan, degan savollar javob kutadi, albatta. Bu savollarga yuqorida eslatganimiz allomalar javob aytganlar, bu masalani yoritganlar. Shunday bo’lsada, quyidagilarni bayon etishni ma’qul deb bildik. Bizningcha, Abdurahmon Jomiyning Xoja Ahror bilan sirtdan tanishuvi Sa’diddin Qoshg’ariy bilan qilingan muloqotlardan boshlangan ko’rinadi. Chunki Abdurahmon Jomiy 1451–1452 yilda Samarqanddan Hirotga Keladi va bu yerda naqshbandiya tariqatining nufuzli namoyandasi bo’lgan Sa’diddin Qoshg’ariydan tasavvuf bo’yicha ta’lim olib, Sa’diddin Qoshg’ariyni naqshbandiya sohasida o’ziga pir deb qabul qiladi. Abdurahmon Jomiy uning nazdida xojagon tariqati silsilasini o’rganar ekan, Sa’diddin Qoshg’ariy unga o’sha vaqtda bu silsilaning ko’zga ko’ringan vakili, o’zining Samarqandda tanishgan do’sti va hammaslagi Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror haqida ham so’z yuritgan ko’rinadi. Sa’diddin Qoshg’ariyning Xoja Ahror haqidagi hikoyalari Abdurahmon Jomiyda unga nisbatan g’oyibona e’tiqodni ham shakllantirgan ko’rinadi. Chunki Sa’diddin Qoshg’ariy vafot etgach (1456), Abdurahmon Jomiy xojagon tariqatining boshqa namoyandalariga emas, balki Xoja Ahrorga intiladi va 1460 yilda Xoja Ahror Hirotga borganda u bilan birinchi marta muloqotda bo’ladi. Shunda u piri Sa’diddin Qoshg’ariy o’rnida Xoja Ahrorni o’ziga ma’naviy pir deb qabul qiladi va uni o’zi uchun «ka’bai maqsud» – maqsud ka’basi deb e’tirof etadi. Buning sababi shundan iborat bo’lsa kerakki, Abdurahmon Jomiy Xoja Ahror qarashlari bilan Sa’diddin Qoshg’ariy qarashlari o’rtasida umumiylik borligini ko’rdi. Shu bilan birga ularning o’z dunyoqarashi, falsafiy va ijtimoiy-siyosiy aqidalariga hamohangligini ham his etdi. Xususan, Xoja Ahror ta’limotida «al-faqru faxri» (faqirlik faxrimiz) g’oyasining Keng ko’lamda tushunilgani va talqin etilgani Abdurahmon Jomiyga nihoyat ma’qul tushgan ko’rinadi. Shuning uchun ham u o’zining «Tuhfat ul-ahror» dostonidagi Xoja Ahrorga bag’ishlangan bobda bu masalaga alohida diqqat qilib, bundan oldin ham Keltirganmiz quyidagi baytlarni bitgan edi:

Zad ba jahon navbati shohanshahy,
Kavkabai faqri Ubaydullahy.
On ki zi hurriyati faqr ogah ast,
Xojai Ahror – Ubaydullah ast.

Mazmuni:
Jahonga shahanshohlik navbati yetdi,
Ubaydulloh faqri hashamatining.
Faqrning hurriyatidan ogoh zot – bu
Xoja Ahror Ubaydulloh bu.

Ko’rinadiki, Abdurahmon Jomiy «Faqri Ubaydullohi» — Ubaydulloh talqinidagi faqr-faqirlik va «faqrning hurriyati» – ozodligidan ogoh xabardorlikning bilimdoni Xoja Ubaydullohdan faxr bilan so’z yuritadi. Bu masalaning ko’lami shuncha kengki, u juvonmardlik — futuvvat sifatlari va o’zini fuqaro manfaatlari uchun bag’ishlash hamda boshqa olijanob insoniy fazilatlar – kamtarlik, himmat, karam, saxovat, yumshoqlik, odillik bilan ham bog’lanadiki, bularning hammasi Abdurahmon Jomiyning ko’pgina asarlarida nihoyatda katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Shu bilan birga bu masala adolatsizlik va zulmga qarshi kurash g’oyasini ham o’z ichiga qamrab oladi. Abdurahmon Jomiy o’zining «Silsilat uz-zahab» (Oltin zanjir), «Tuhfat ul-ahror» (Ahrorga tuhfa), «Sibhatul abror» (Yaxshilar tasBehi), «Yusuf va Zulayho», «Xiradnomai Iskandariy» dostonlarida Xoja Ahror haqida samimiyat bilan so’z yuritdi. Hatto 1484 yil dekabr oyida, ya’ni Xoja Ahror hayotligi vaqtida unga qarata shunday Dedi:

Ba tu sham’i ravshandilon zinda bod!
Bar ofoq nuri tu tobanda bod!

Mazmuni:
Sening-la ko’ngli yoruђ kishilarning sham’i hamisha
porlasin!
Butun ofoq — dunyoda sening nuring porlasin!

Bu hol o’z asrininggina emas, balki asrlar va xalqlarning mutafakkir hamda adibi bo’lmish Abdurahmon Jomiyning Xoja Ahror ta’limoti mohiyatini naqadar chuqur anglay olgani va yuqori baholaganidan dalolat beradi.
Shuning uchun Abdurahmon Jomiy bu tabarruk zotning huzuriga shoshilar, uning suhbatlaridan bahramand bo’lishga intilar edi. Jumladan, Abdurahmon Jomiy 1465 yilda olti oy Samarqandda yashab, Xoja Ahror bilan muloqotda bo’lgan. Rivoyat qilishlaricha, bu vaqtda Abdurahmon Jomiy Mirzo Ulug’bek madrasasidagi hovliga kiraverishdagi bir hujrada yashagan. Abdurahmon Jomiy Xoja Ahror bilan uning Xoja Kafshiy mahallasidagi, Motriddagi uylarida uchrashgan va suhbatda bo’lgan. Shu bilan birga Xoja Ahror ham o’z navbatida, Abdurahmon Jomiy yashagan Mirzo Ulug’bek madrasasi hujrasiga tashrif buyurgan. Bu madrasa hujralarini qurgan ota-bobolarimiz Abdurahmon Jomiy yashagan hujraning devorida chiroyli qilib yozilgan quyidagi baytni o’qiganlar:

In maqoMest, ki manzilgohi Chomiy budaast,
Choi omadshudi Ahrori kiromiy budaast.

Mazmuni: bu hujra Abdurahmon Jomiyning manzili — yashaydigan joyi, hurmatli Ahror (Xoja Ahror)ning bordi-Keldi qiladigan joyi bo’lgan ekan.

Keyinchalik esa bu yozuvlar nima sababdandir (ehtimolki, ta’mir vaqtidadir yoki qarovsizlik natijasidadir Devor suvoqlari tushish tufaylidir) yo’qolib Ketgan.
Abdurahmon Jomiy 1467 yilda Marvda, 1479 yilda Samarqand, Toshkand va Andijonda Xoja Ahror bilan muloqotda bo’lgan. Muhimi shundaki, Abdurahmon Jomiy o’sha davrda Alisher Navoiyning xohishi bilan tasavvuf tarixiga doir yirik asari «Nafahot ul-unsmin hazarot ul-quds» (Oshnolikning yoqimli hidlari va pokizalik maskani)ni tuzar ekan, tasavvufning zamonasida eng mashhur vakili sifatida Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror zikriga alohida bob ajratadi. Shuning bilan birga Mavlono Ya’qub Charxiy va Sayid Qosim Anvorga bag’ishlangan boblarda ham Xoja Ahrordan eshitgan hikoya va rivoyatlarini Keltiradi.
Abdurahmon Jomiy Ya’qub Charxiy bobida Xoja Ahrorning hikoya qilishdagi mahoratidan so’z yuritib, «garchi Ya’qub Charxiyning olamdan o’tganlariga ancha bo’lgan bo’lsa-da, ammo Xoja hazratlarining hikoyalari tufayli Ya’qub Charxiy mening ko’z o’ngimda tirik siymo sifatida gavdalandilar. mening Xoja hazratlariga bo’lgan irodatim yanada kuchaydi», – deb e’tirof etadi. Bunda Abdurahmon Jomiyga ishonmay ilojimiz yo’q. Yana, shu bobda keltirilgan quyidagi e’tirofda Xoja Ubaydullohning boshqa bir fazilati namoyon bo’ladi: «Mavlono Ya’qub ayturdilarki, – deb hikoya qiladi Abdurahmon Jomiy, – (bu so’zlarni eshitgan kishi tilidan) aziz ustoz suhbatiga Kelguvchi tolibi ilm Xoja Ubaydullohga, ya’ni pilik va yog’i tayyorlangan chiroqqa o’xshashi lozim, chunki uni gugurt bilan yoqish qoladi, xolos (Chomy. Osor, ch, VIII. Dushanbe, «Adib», 1990, sah. 69).
Bunda Xoja Ahrorning juda ajoyib fazilati – ustozdan biror narsani o’rganish uchun o’zini doim tayyor holga Keltirish, ya’ni o’rganishga chanqoq bo’lganlik sifati alohida ta’kidlanadi. Bu esa ibratlidir. Chunki ana shunday fazilatga ega bo’lgan tolibi ilmgina ustozdan bahramand bo’la oladi va ustoz ham u bilan qilgan suhbatidan qoniqish hosil qiladi. Qani endi, hozirgi tolibi ilmlarimizning hammasida ham shu fazilat yor bo’lib, mukammal bilim olishga mushtoq, ilm, o’rganishda, hunar o’rganishda Xoja Ubaydullohdek chanqoq tolib, talabgor bo’lsalar…
Abdurahmon Jomiy shu asaridagi Amir Sayid Qosim Anvor Tabriziyga bag’ishlangan bobda ham Xoja Ubaydullohni Mahdumiy Xoja Nosiriddin Ubaydulloh tarzida tilga olib, u kishining tilidan Sayid Qosim Anvorning Xoja Bahovuddin Naqshband bilan Abevard shahrida uchrashib, u kishining tariqatini ma’qullagani va unga e’tiqod qilgani haqidagi hikoyasini Keltiradi.
Bundan ko’rinadiki, Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»da bevosita Xoja Ubaydullohga alohida bobni ajratish bilan cheklanmasdan, balki boshqa allomalar to’g’risida so’z yuritganda Xoja hazratlari haqida aytilgan ijobiy fikrlarni Keltiradi. Bu bilan Xoja Ahror hayoti va fazilatlarini yangi lavhalar bila boyitadi. Bu jihatdan Xoja Ubaydullohning tolibi ilm sifatidagi fazilatiga ishora qilinishi nihoyatda muhim va ibratlidir. Xoja Ahror va Abdurahmon Jomiyning shaxsan muloqotlari orasida va keyin ham o’zaro noma yozishlari muttasil davom etadi.
Turli munosabat va mavzularda yozilgan bu nomalarida Xoja Ahror ham, Abdurahmon Jomiy ham oxirida «al-faqir» deb o’z nomlarini yozardilar. Qanchalik ibratli! Shogird o’z ustoziga xat yozganida shunday imzo Chekishi ma’lum ma’noda tabiiy ko’rinsa-da, ammo ustozning shogirdiga yozgan maktubida ham shunday yozilishi shogird oldida o’zini faqir tarzida eslatishi bu yuksak madaniyat sohibi bo’lishni, balki o’zgalarni (kim bo’lishidan qat’iy nazar) o’zidan ustun qo’yib, hurmatini joyiga keltirishdan dalolat berguvchi olijanob insoniy fazilatdir. Shularni nazarda tutib, Xoja Ubaydullohning Abdurahmon Jomiyga yozgan bitta maktubining asl matni va tarjimasini muhtaram o’quvchilar diqqatiga havola etamiz.
«Ba’d az arzi niyoz marfu’ on ki iltimos az xidmati shumo onki gohye xudro ba sharafi mulozamati xidmati mavlono Alisher madhali otifat rasonida, infaqirro ba xotiri sharifi eshon ba yod ovarda iltimos kuned, ki xolisan li vachhi subhona hyech dag’dag’a va fikr nakunand dar rasonidan onchi meboyad rasond peshi hazrati saltanatshiory chi foida rasonidand on chi xayri muslimin ast. Ba haqiqat xayr dorini on hazrat ast V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh» (A. Chomy. Nomaho. Dushanbe, «Donish», 1989, 319–320 b., arab yozuvida).
Tarjimasi: Iltijo bilan murojaatimizdan murod shulki, Sizdan iltimos shulki, ba’zan o’zingizni mehribonlik manbai muhtaram mavlono Alisher huzuriga yetkazib, bu faqirni ul janobning tarif xotiriga Keltirib, iltimos qilingkim, xudo hurmati uchun saltanat farmonlig’ hazratlari huzurida xolisan bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni bajarishda hyech qanday dag’dag’a va fikr qilmasinlar. Qanday foyda Keltiraolsalar, u muslimlar manfaatiga yo’naltirilgan bo’ladi. Haqiqatdan yaxshilik va manfaat Keltirish bu hazratning odatidir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh».
Bu maktub 1475–1476 yillardan Alisher Navoiyda Sulton Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilishdan birvarakayiga iste’fo berish kayfiyati paydo bo’lgan vaqtlarda yozilgan. Bu xabar Hirotdagina emas, balki Samarqandda ham tarqalgan, Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiy kabi zotning xalq manfaatlarini himoya qilish uchun ham saroy xizmatida bo’lishi zarurligini Sezib, uni bunday niyatdan qaytarish maqsadida uning o’ziga (bu xat keyin keltiriladi) murojaat qilish – xat yozish bilan qanoatlanib qolmay, balki Abdurahmon Jomiyga ham yuqorida keltirilgan maktubni yozib, Jomiyning bu ishlarga aralashuvi lozimligini uqtirgan. Bu maktubdan Xoja Ubaydulloh fuqaro manfaatlariga tegishli bo’lgan har qanday ishni bajarishga tayyorligi ko’zga tashlanadi. Shu bilan birga maktubda Alisher Navoiy «mehribonlik manbai muhtaram mavlono Alisher» tarzida eslatilganki, bu ham Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga bo’lgan munosabatini yana bir karra ochiq namoyish etadi.
Shuni ham eslatish lozimki, Abdurahmon Jomiy Xoja hazratlari bilan muloqot qilish yoki ularga nomalar yozish bilan qanoatlanib qolmagan. Balki u tasavvuf, xususan, xojagon tariqati, jumladan, Xoja Ubaydulloh aqidalarini chuqur o’zlashtirib o’zi ularga amal qildi va bu aqidalarni o’zining ilmiy va badiiy merosida targ’ib ham qildi. Shuning uchun juda ko’p holda Abdurahmon Jomiy va Xoja Ubaydulloh faoliyati hamda fazilatlarida o’xshashliklar ko’zga tashlanadi. Abdurahmon Jomiy yozadi:

Rohatu ranj buvad guzaron,
Ranj kash bahri rohati digaron.
3-on ki boshand ba mazra’i uMed
Ranji tu tuxmi rohati jovidon.

Mazmuni: Rohat ham, ranj  ham o’tguvchidir. Boshqalar rohat qilsin deb Sen ranj chekkil. Chunki sening ranjlaring umid ekinzorida abadiy rohat urug’idir.

NIZOMIDDIN AMIR ALIShER NAVOIY (1441-1501) – ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkirining Xoja Ubaydulloh bilan munosabatlarini yoritish qamrovi Kengdir. Chunki u Alisher Navoiyning umuman naqshbandiyaga munosabatini aniqlashni ham taqozo etadi. Bu esa alohida va jiddiy tadqiqotni talab qiladi. Shuning uchun biz bu masalaning ayrim tomoni haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Bu esa Alisher Navoiy va Xoja Ubaydulloh o’rtasidagi munosabatlarnigina nazarda tutadi. Shunday ekan, Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh bilan bevosita muloqotda bo’lganmi? Ularning munosabatlari qanday tarzda davom etgan? – qabilidagi savollarning bo’lishi tabiiy.
Bizningcha, bu masalani aniqlashda Alisher Navoiyning o’zi ko’maklashar degan umiddamiz.
Ma’lumki, Alisher Navoiy Abu Sa’id Mirzoning Xurosondagi hukmronligi davrida Hirotda edi va ma’lum muddat uning saroyida xizmatda ham bo’ldi. Ammo keyinchalik Zahiriddin Muhammad Boburning iborasi bilan aytganda, «bilmon Ne jarima bila sulton Abu Sa’id Mirzo (Navoiyni) Hiridin ixroj qildi. Samarqandga bordi». Bu voqyeaning sodir bo’lgan yili va asosiy sabablari haqida haligacha turli-tuman mulohazalar bayon etiladi. Bu masalaga murojaat etganlarning hammasini Boburning «bilmon Ne jarima bila… Hiridin ixroj qildi» so’zlari qiziqtirdi va o’sha «jarima» – gunoh nimadan iborat ekanligi har xil talqin qilindi. Biz ham bu masalaga oydinlik kirituvchi aniq dalillarga duch kelmaganimiz uchun «jarima»ni sharhlashni nazarda tutmaymiz. Bizni qiziqtirgan masala – Alisher Navoiyning Hirotdan ixroj qilinishi munosabati bilan tezlik bilan bu shahardan chiqib Ketish zaruriyati tug’ilgani va qayerga borish mumkinligina bayon etgan bir masnaviydagi mulohazalardirki, undagi ishoralar biz shug’ullanayotganimiz masala bilan – Alisher Navoiy va Xoja Ubaydulloh munosabatlarini aniqlash bilan aloqador deb o’ylaymiz. Bu masnaviy Alisher Navoiy tomonidan otaxoni Sa’id Hasan ArdaSherga yozilgan. Uning yozilish joyi haqida turli xil mulohazalar bayon etilgan: ayrimlar uni Mashhadda, ba’zilar Samarqandda va nihoyat bir guruh navoiyshunoslar Hirotda yozilgan degan fikrdalar. Masnaviy bilan jiddiyroq tanishganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, u Navoiyning nogahoniy tarzda Sulton Abu Sa’id mirzo tomonidan Hirotdan ixroj qilingani to’g’risida ko’rsatma ma’lum qilingan vaqtda Hirotdan uzoqda bo’lgan otaxoni Sa’id Hasan Ardasherga yozilgan bo’lib, unda otaxonning Kelishini ham kutmay Tezlik bilan Hirotdan ketish zaruriyati paydo bo’lgani, bu vaqtdagi o’zining kayfiyati va holati hamda qaysi tomonga borish niyati borligi bayon etilgan. Shunday qilib, masnaviy Hirotda yozilgan Deguvchilarni qo’llab-quvvatlash tarafdorimiz.
Demak, masnaviy Hirotdan ixroj qilingan Navoiyning Samarqandga Ketishga ixtiyor qilgani va uning muhim bir sababi ustida to’xtalgan. Shunisi borki, Navoiy masnaviyda «men Samarqandga borishni ixtiyor qildim» mazmunida ochiq aytmagan, ammo ramz-ishora bilan maqsadini bildirgan:

Zaruratki yasab safar barkini,
Tushub yo’lga qilgay vatan tarkini…
Yana bir budurkim, gado gar muluk,
Talab yo’liga qilgay oncha suluk.
Burun murshidi komil istay yurub,
Ani topkach, o’zin anga topshurub…

Menikim bu savdo nizor ayladi,
Havas ilgida Beqaror ayladi…
Urarmen qadam toki borguncha gom,
Ki bo’lgay menga muyassar ushbu kom.
Agar bo’lsa bu yo’lda umrum talaf,
Chu bu yo’ldadur ul ham erur sharaf.
V-agar bo’lsam o’z komima bahramand,
Zixi mulki jovidu baxti baland.

Keltirilgan parchada muhim masalalar bayon etilgan.
1. Birinchi baytda safar asbobini tayyorlash zarur bo’lib qolganini ta’kidlash. Demak, bu yuqorida bayon qilingan voqyea — Sulton Abu Sa’idning uni Hirotdan ixroj qilish haqidagi ko’rsatmasining kutilmagan holda maydonga kelishi va Navoiyning Hirotdan ketishi, ya’ni tarki vatan qilishi zaruriyatini keltirib chiqarishi. Agar Navoiy o’z ixtiyori bilan safar qilmoqchi bo’lsa edi, bunday ta’kidning va shoshilinch ravishda yo’lga otlanmoqning hojati yo’q edi. Demak, nogahoniylik bunda mavjud. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Navoiyning o’zida ixtiyoriy tarzda safar qilish niyati bo’lmagan ko’rinadi (Safar tushti olimga beixtiyor, Qazo amrida elga Ne ixtiyor). Chunki u yoshlikdan ko’p safar qilib, yaqindagina Mashhaddan qaytgan va endi o’z vatani Hirotda qo’nim topmoqchi bo’lgandirki, u Sulton Abu Sa’id xizmatiga ham kirgan edi. Bu holat Hirotda ixroj qilishning kutilmagan hodisaligini yana bir bor oydinlashtiradi.
2. Keltirilgan parchaning keyingi qismida barcha inson gadomi u, shohmi u, bundan qat’iy nazar, o’sha davr taomiliga ko’ra, «talab yo’lini topish maqsadida «murshidi komil»ni axtaradi va uni topgach, o’zini unga topshiradi» mazmunida so’z boradi. Agar biz yuqorida bayon etganimiz kabi Xoja Ubaydullohning «murshidi komil»ni topish uchun izlanganini xotirga keltirsak unda bu gaplar tushunarli bo’ladi.
Navoiy aytmoqchiki, Men ham ko’p qatori talab yo’lida murshidi komilni izladim va uni topdim, endi esa men uning oldiga yo’l olaman. Demak, yo’l uzoq agar bu yo’lda «umrum talaf» bo’lsa, bu mening uchun sharafdir. Va agar maqsadimga erishsam, bu mening uchun abadiyat mulki va katta baxt bo’lajak.
Ko’rinadiki, Navoiy o’zi istagan murshidi komilni topdim va endi uning huzuriga boraman Demoqda. Bu murshidi komil kim va Navoiy uni qanday topdi?
Ma’lumki, XV asrning 60-yillarida Xuroson va Mavorounnahrda naqshbandiya tariqatining murshidi komili sifatida tanilgan va Navoiy iborasi bilan aytganda, «gado va muluk» – gadolar va podshohlar tomonidan e’tirof etilgan bu zot Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali edi. Xoja Ubaydullohning fuqaro g’amxo’ri, shohu gadoning pushti panohi ekanligi, nashqbandiya tariqati sohasida rahnamo ekanligi yoshu qariga ma’lum edi, Xoja Ahror 1460 yili Hirotga borganida esa, qayd qilinganiDek, ko’plar qatori Abdurahmon Jomiy ham uning bilan muloqotda bo’lib, uning qo’lini olgan — uni o’ziga pir deb qabul qilgandi. Shundan so’ng esa, Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy bilan yaqinlashib, uning nazdida ko’pgina asarlarni, jumladan, Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asarlarini mutolaa qilib, undan juda katta taassurot olgan ediki, biz Navoiyning bu haqdagi e’tiroflarini yuqorida Keltirgan edik. Demak, bir tomondan, Abdurahmon Jomiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi hikoyalari, ikkinchi tomonda Navoiyning uning asarlari bilan tanisha borishi ulug’ o’zbek shoiridagi murshidi komilni topish haqidagi niyatni mustahkamlab borib sirtdan bo’lsa ham uni – murshidi komilni topadi. Bu – Xoja Ubaydulloh edi. Endigi navbat uning suhbatida bo’lish edi. Buning uchun esa Samarqandga safar qilmoq lozim edi. Ana shu niyatni amalga oshirish kutilmaganda yuzaga keldi. Bu esa uning Hirotdan ixroj qilinishi edi. Ehtimolki, bu niyatning amalga oshuviga sabab bo’lgan omillardan biri yana quyidagi voqyea ham bo’lsa kerak. 1465 yilda Abdurahmon Jomiy Xoja Ubaydulloh huzuriga kelgan edi. Navoiyning Hirotdan ixroj qilinishi vaqti Abdurahmon Jomiyning Samarqandga otlangan vaqtiga to’g’ri kelib qolgan bo’lsa, Navoiy bundan foydalanib, Jomiy bilan birga Samarqandni ixtiyor qilmadimikan? Bu mulohazalar haqiqatga yaqindek tuyuladi. Shunday bo’lsa-da, uni tasdiqlovchi qo’shimcha maTeriallar qo’lga kirsa, masala yanada aniqroq bo’ladi…
Shunday qilib, Navoiy «faqir tahsil uchun Samarqandga borg’onda» deb aytganida tariqat yo’lidagi tahsilni ham nazarda tutgan. Alisher Navoiy Samarqandda mashhur olimlar nazdida ta’lim oldi. Uning ustozi Fazlulloh Abulays esa Xoja Ubaydullohni yaxshi bilar hatto uning nazdiga bu murshidi komil tez-tez kelib turar va «Tafsiri Qozi» bo’yicha o’z mulohazalari, shubhalari to’g’risida suhbatlar qilar, mulohazalarida mantiqning kuchliligi bilan mavlono Fazlulloh Abulaysni hayratda qoldirardi. Ana shu vaqtlarda ustozi xonaqohida bo’lgan Alisher Navoiy murshidi komilni — Xoja Ubaydullohni ko’rardi, u bilan tanishgan edi. So’ng esa Xoja Ubaydullohni ziyorat qilish uchun Xoja Kafshiy, Motriddagi uylariga borardi, uning suhbat va iltifotlaridan bahramand bo’lardi. Bu uchrashuvlar Alisher Navoiyda qanchalik katta taassurot qoldirgan bo’lsa, o’z navbatida, o’zi ham Xoja Ubaydullohda yaxshi taassurot qoldirgan ko’rinadiki, keyinchalik Alisher Navoiy «haqir (Navoiy) bila iltifotlari ko’p bor uchun…» deb ta’kidlagan edi. Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytgach, ularning munosabatlari maktub orqali yoki maxsus kishilar (mavlono Qosim, Muhammad Qozi) vositasida davom etgan. Alisher Navoiy Xoja Ahror ahvolidan xabardor bo’lib turar, biror yordam kerak bo’lsa, darrov uni amalga oshirardi. Jumladan, Xoja Ubaydulloh kasalligi vaqtida Samarqandga tabib yuborish.
Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi, xususan, fuqaro uchun g’amxo’rliklaridan, mamlakat obodonligi sohasidagi faoliyatidan xabardor edi va uning bu faoliyatini qo’llab-quvvatlardi, Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va bizgacha yetib kelgan nomalarida ham ana shu mazmun o’z aksini topgan.
Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan maktubining asl matni va tarjimasini keltiramiz:
«Ba’d az raf’i niyoz arzadoshti in faqir on ki in faqirro orzui on ki ba sharafi muloqot yak karat musharraf shavam bisyor ast, namedonam, ki in saodat chi guna va kay muyassar shavad. Shunida Meshavad, ki xidmati shumoro ba sababi avorizi vaqoye’ gohye az mulozamati on hazrat malomat Meshavad. Iltimos on ki baroi on ki musliminro madade kuned xotiri sharif durbori mulozimat dorand. Umed on ast, ki ba sababi on ki xotiri faqire az yory najot yobad va farahye ba dili o’ rasad kushode dar dil chunon zohir shavad, ki dar ayni tafriqa suRe zavq va shuhur va xuzo’r ba haq subhonahu ziyoda shavad. G’ami muslimin xo’rdan dar in vaqt ki kaSero g’ami eshon Nest, behtarin a’mol Menamoyad. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh». (A.Chomiy, Nomaho, s.320).
Tarjimasi: Iltijo izhoridan so’ng bu faqirning arzi shulki, ko’pdan beri bu faqirda siz bilan bir karra muloqot qilish sharafiga muyassar bo’lish orzusi bor bo’lib, ammo bilmonki bu saodatga qachon va qanday erishar ekanmiz.
Turli voqyealar sizni ranjitgani sababli sizda ba’zan ul-hazrat (podshoh) xizmatidan bezish kayfiyati sezilarkan, deb eshitamiz. Iltimosimiz shulki, musulmonlarga madad yetkazishni o’ylab, ul-xizmatdan uzoqlashish fikrini xotirangizga keltirmasangiz, toki sizning ko’magingizda bir faqirning xotiri qayg’udan najot topib, uning ko’nglida xursandlik paydo bo’lar, degan umiddamiz. Shu bilan birga notinch zamonda uning ko’ngli ochilgay va kayfiyati ko’tarilib, shu munosabat bilan Olloh taologa bo’lgan e’tiqodi ham ko’payadi. Chunki inson g’amini yeyishga hyech kim e’tibor qilmaydigan bir davrda musulmonlar manfaatini ko’zlash eng olijanob faoliyatdir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh.
Maktubdagi birinchi gap diqqatni o’ziga tortadi. Unda Xoja Ubaydulloh ko’nglida Alisher Navoiy bilan bir karra muloqotda bo’lish orzusi ko’pdan beri joy olgani ta’kidlanadi. Ammo bu muloqotning qachon va qayerda sodir bo’lishini bilmayajagi aytiladi. Bizningcha, bunda Xoja Ubaydulloh tolibi ilmliligi vaqtida Samarqandda ko’rgan Alisher Navoiyni davlat arbob sifatida ko’rish va u bilan muloqotda bo’lishni nazarda tutgan ko’rinadi. Bu orzuning amalga oshgan-oshmaganligi hozircha noma’lum. Taxminimizcha, amalga oshmagan ko’rinadi. Chunki, 1475-1476 yillardan so’ng Xoja Ubaydullohning Hirotga borgani ham yoki davlat arbobi Alisher Navoiyning Samarqandga kelgani ham tasdiqlangan emas.
Shunisi ham borki, Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning faqat ijtimoiy faoliyatidan xabardor bo’lib qolmay, balki uning badiiy ijodidan ham voqif bo’lgan. Bu jihatdan «Xamsat ul-mutahayyirin»da keltirilgan quyidagi lavha diqqatga sazovordir. «Ul vaqtdakim, shahzodai Behamto Kichik mirzo… tavozu’ va niyoz nahajiga xursand va faqru fano ahliga muxlis va niyozmand erdi, bu faqirning «To’hfat ul-afkor» qasidamdin… bu baytnikim:

Yak nazar farmo ki mustasno shavam z-abnon chins,
Sag chu shud manzuri Najmiddin sagonro sarvar ast.

(Mazmuni: bir nazar tashla tengqurlardan farqli bo’lay: Najmiddinga manzur bo’lgan it hamma itlarga boshchi bo’ldi) bitib, hamul istido’ bila Samarqandga hazrati… Xoja Nosiriddin Ubaydulloh xizmatiga yuborib edi» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 33–34 betlar).

Alisher Navoiyning o’zi asarlarini Xoja hazratlariga yuborgan-yubormaganligi haqida ma’lumotga duch kelmadik.
Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va «Navoiy albomi»ga kiritilgan nomalari to’la o’rganilgan va to’la nashr etilganicha yo’q. Ehtimolki, bu xatlar bizga noma’lum bo’lgan boshqa masalalarga oid mulohazalar ham bordir. Shuning uchun ularni – asl matni, tarjimasini sharhlar bilan ta’minlagan holda nashr etish nihoyatda muhim ish bo’lib, bu ish bilan shug’ullanayotgan muhtaram Asomiddin O’rinboyevga omad tilaymiz.
Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh haqida o’zining ko’pgina asarlarida turli munosabat va mazmunda so’z yuritadi. Muhimi shundaki, ularning hammasida ham Alisher Navoiyning Xoja Ubaydullohga nisbatan ehtirom va samimiyati Seziladi. Jumladan, «Majolis un-nafois»da Ali Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiy haqida so’zlaganda uning Samarqandga borib, Xoja Ubaydulloh qabuli va e’zozi sharafiga muyassar bo’lganini alohida uqtiradi. «Holoti Sayid Hasan ArdaSher» asarida esa otaxoni Sayid Hasan ArdaSherning Xoja Ubaydulloh huzuriga borgani haqida shunday yozadi: (Sayid Hasan ArdaSher) Samarqandga hazrati Xoja Nosiriddin Ubaydulloh sharafi suhbatlarigakim, zamon ahlining ko’pi, xususan, Samarqand ahli xojani «Qutb»ga nisbatan berurlar erdi, musharraf bo’lurga azimat qildilar. Xoja bila Necha kun suhbatlar tutib, ta’zim va tashriflar topib, yana Hirot shahriga azimat qildilar. (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 85-bet).
Alisher Navoiyning bularni alohida ta’kidlagani bejiz emas. Chunki o’sha davrda Xoja hazratlari qabulida bo’lib, uning hurmatiga sazovor bo’lish juda katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan va bunday kishilar alohida hurmat qilingan.
Shu bilan birga Alisher Navoiy o’zining «Hayrat ul-abror» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlarida Xoja Ubaydulloh haqida Kengroq to’xtaladi. Jumladan, «Hayrat ul-abror» dostonida Xoja Bahovuddin Naqshband va Xoja Ubaydullohlar zikriga maxsus bob ajratib, buning asosiy qismini Xoja Ubaydulloh tavsifi va ta’rifiga bag’ishlaydi. Bu qism Alisher Navoiyning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan munosabatini aniqlash hamda Xoja Ubaydullohning o’sha davrdagi mavqyei, fazilati, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faoliyati haqida tasavvur hosil qilishda muhim bir adabiy-tarixiy hujjat sifatida ahamiyatga molik bo’lgani sababli uni muxlislarga to’la manzur etish maqsadga muvofiq ko’rindi (sharhlash oson bo’lsin uchun baytlar oldidan raqam qo’yildi). Alisher Navoiy shunday yozadi:

1. Ulki bu ofoq ichida toq erur,
Toq nekim, murshidi ofoq erur.

2. Charxi nigun dargahida xokro’b,
Balki jabini bila xoshok ro’b.

3. Yuz qo’yubon qullug’iga shohlar,
Bazmida Bexud o’lub ogohlar.

4. Xizmatidin har kishi ogoh o’lub,
Garchi gado ma’ni ila shoh o’lub.

5. Necha tushub egniga qilsang qiyos,
Xozini irfon kafidan yuz libos.

6. Zarq ila tag’yiri libos etmayin,
Tafriqai xazzu palos etmayin.

7. Suhbatida har Necha beshakku rayb,
Jilva qilib shohidi ra’noyi g’ayb.

8. Go’shai xilvat aro tutmay qaror,
O’zini qilmay yashurun oshkor.

9. Atlasi gardun bila ming Zebu far.
To’rqa to’ni ostida ko’k ostar.

10. Lek o’shal to’rqasi har tor ila,
Faqrda yuz murshid uchun silsila.

11. Mulki jahon mazrai Dehqoni ul,
Balki jahon mulki nigahboni ul.

12. Yo’qki mamolikka nigahbon o’lub,
Borcha salotin uza sulton o’lub.

13. Ruq’alari yetsa ne shoh qoshiga,
Ish ani qo’ymog’lig’ o’pub qoshiga,

14. Anglab ani bosh uza toji yaqin,
Har so’zi ul toj uza durri samin.

15. Shahg’a dema lutf chog’i toj baxsh,
Balki gadolarga dog’i toj baxsh.

16. Haq so’zini elga qilurdi ado,
Teng ko’runub oldida shohu gado.

17. Chun cholinib navbati qadriga ko’s,
Shahlar o’lub navbat ila xokbo’s,

18. Xotir o’lub Mehri jahontob anga,
Avji sharaf anjumi ashob anga.

19. Har biri olam eliga rahnamo,
Dema jahon ahliki, ahli samo.

20. Barcha suluk ahliga rahbar bo’lub,
Yo’l eliga tiyra tun axtar bo’lub.

21. Tiyra nazarlarga berib nuru tob,
Har birisi o’ylaki najmi shihob.

22. Garchi tijorat bo’lub oyinlari,
Bo’lmadi bir mulkda taskinlari.

23. Yuklarida to’hfai naqdi fano,
Har biri ul naqddin istab g’ino.

24. Simlari borsa fano qonidin,
Durlari yo’qluk suvi Ummonidin.

25. Chun kivurub har sori raxti najot,
Band bo’lub chorsuyi koinot.

26. Olguvchi gar vahmi ziyenbud etib.
Lek bu savdo chu qilib sudib.

27. Toki jahon qasrining imkoni bor,
Ustida oning falak ayvoni bor.

28. Qo’ymasun ayvoni jahonni tihi.
Dabdabai ko’si Ubaydullohi.

29. Himmatidin bizni ham etsun xudoy,
Faqr yo’lida g’ani, imonga boy.
(A. Navoiy Xamsa. Toshkent, O’zFAN, 1960, 49-bet.)

Muhtaram o’quvchilarga tushunarli bo’lsin degan niyat bilan quyida baytlarning nasriy bayoni ayrim sharhlar bilan keltiriladi (bayon oldidan keltirilgan raqamlar baytning raqamiga mosdir):
1. Bu ofoq-dunyoda nodir bo’lgan zot – Xoja Ubaydullohdir, u faqat nodir zot emas, balki ofoq-dunyoning murshidi, yo’lboshchisi hamdir. 2. Shuning uchun ham falak egilib, uning dargohi tuproqlarini, faqat tuproqlarinigina emas, balki xas-xoshoklarini ham kipriklari bilan supuradi. 3. Shohlar uning quli – muridi bo’lish uchun yuzlarini bu dargohga qo’yadilar: uning bazmiga qatnashish sharafiga muyassar bo’lgan ogoh-xabardorlar ham suhbatlari tufayli o’zlaridan Ketib qoladilar. Unga xizmat qilishga chog’langan har kim ogohlik darajasiga yetadi, agar u gado bo’lsa, ma’naviy jihatdan shoh bo’ladi. 5. Agar uning egniga nazar solsang, unda irfon xazinaboni qo’li bilan kiydirilgan yuz kiyimni ko’rasan, ya’ni irfon ma’rifati undan yuzlab qavat o’rin olgan. 6. Shuning uchun u firib-nayrang bilan to’nni o’zgartirmaydi; u qimmatbaho mo’ynadan yoki oddiy matodan tikilgan to’nlarga e’tibor bermaydi, ya’ni uning kiyimlari dabdabali emas, balki oddiy kiyimlardir. 7. Uning suhbatida g’ayb olamining go’zali hyech shak-shubhasiz o’zini ko’rsatadi, ya’ni ularning suhbatlarida g’ayb olamining sir-asrori shunday go’zal tarzda bayon etiladiki, eshituvchilar uning maftuni bo’lib qoladilar. 8. Xoja hazratlari xilvat burchagini o’ziga vatan qilmay, bir burchakda yashirinib o’tirmay, balki ochiq-oshkora faoliyat ko’rsatadi. 9. Falakning qimmatbaho atlasi va dunyoning hashamati uning oddiy to’nining astaridekdir, ya’ni u oddiy bo’lib, dunyoning hashamatini ko’zga ilmaydi. 10. Ammo o’sha oddiy to’n matoyining har tori-ipi faqr-faqirlik tariqatida yuzta murshid-yo’lboshchiga oltin zanjirday bo’lib tuyuladi. 11. U jahon mulkidagi ekinzorning Dehqonigina emas, balki jahon mulkining nigohboni – qo’riqlovchisidir. 12. U mamlakatlarning nigohboni qo’riqlovchisigina emas, balki barcha sultonlarning sultonidir. 13. Agar uning ruq’alari – xatlari podshohlar qo’liga tegsa, avval uni o’padilar-da, so’ngra qoshlariga surtib e’zozlaydilar. 14. Bu nomalarni har bir podshoh boshidagi tojdek, undagi har bir so’zni esa bezagan qimmatbaho durlardek biladilar. 15. U faqat shohlarga iltifot qilib, ularga tojlar bag’ishlamaydi, balki gadolarga ham iltifot ko’rsatib, ularni ham baland martabalar bilan e’zozlaydi. 16. U Haq (ham haqiqat, ham Olloh) so’zini elga bayon qilar ekan, bu vaqtda uning oldida shohu gado Teng ko’rinadi. 17. Uning dargohida qabul marosimi boshlanishiga guvohlik beruvchi karnaylar chalinar ekan shohlar navbat bilan kirib, dargohi tuprog’ini o’padilar. 18. Ul hazratning xotirlari jahonni yoritguvchi quyoshdek bo’lib, suhbatdoshlari esa, sharaf osmonidagi yulduzlarga o’xshaydi. 19. Uning suhbatdoshlarining har biri olam eligagina emas, balki samodagilarga ham yo’l ko’rsatuvchidirlar. 20. Suhbatdoshlarning barchasi suluk-tariqat ahliga rahbar bo’lib, qorong’i kechalari esa yo’lovchilarga yo’l ko’rsatuvchi yulduzdirlar. 21. Ularning har biri tiyra nazarlarga nur-yorug’lik bag’ishlashda Cho’lpon yulduzidekdir. 22. Ul hazratning odatlari tijorat-savdo qilish bo’lgani tufayli bir joyda sokin bo’lib qolmaydilar. 23. U kishining yuklari fano mulkidan Keltirilgan bo’lib, har bir solik-yo’lovchi bu tuhfalardan boylik orttiradi. 24. Ul hazratning siym-boyliklarining barchasi fano konidan, durru-gavharlari esa yo’qlik (fano) ummonidan olingan. 25. Najot bag’ishlaguchi yuklarni turli tomonga yuborganlari tufayli koinotning chorsulari (bozorjoylari) ular bilan band bo’ldi. 26. Bu narsalarni sotib olguvchilar zarar ko’rsak kerak deb vahimaga tushishadi, ammo ularni sotib olgach, ulardan foyda ko’rishadi. 27. Toki jahon qasri bor ekan, toki uning ustiga falakning ayvoni (osmon-ko’k) bor ekan. 28. Ubaydulloh karnayining (shuhratining) dabdabasi jahon ayvonini holi qoldirmasin. 29. Olloh bul hazratning himmatin bizga ham ravo ko’rsa va shu tufayli biz ham faqr yo’lida boy bo’lib imonimiz ham boyisa (mustahkamlansa).
Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh haqida juda ko’tarinki uslubda so’z yuritadi va muhim fazilatlarini ta’kidlaydi. Uning fazilatlaridan biri tijorat-savdo ishlari bilan shug’ullanib, o’z mollarini turli joylarga yuborgani masalasidir. Alisher Navoiy bu masalaga murojaat qilib, uni tariqatning muammolari bilan ham bog’laydi. Demak, tijorat va tariqat ikkovi birlashib ketib, Xoja hazratlari faoliyatidagi muhim bir tomonni oydinlashtiradi. Shunday ekan, Xoja Ahrorning 1460 yilda Hirotga borib, Sulton Abu Sa’id Mirzodan tamg’a solig’ini Bekor qilinishini so’ragani va sultonning bu iltimosini qondirgani ham tabiiy bo’lib ko’rinadi.
Alisher Navoiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi baytlari va ularda bayon etilgan mazmun 1483 yilda, ya’ni Xoja Ubaydulloh hayot bo’lgan vaqtda yozilgan bo’lib, unga hyech kim e’tiroz bildirmagan. Alisher Xoja Ubaydulloh haqida yozishni yana davom ettirdi. Bu gal uning yozganlari Xoja hazratlari vafotidan keyinga to’g’ri keldi. Alisher Navoiy tomonidan yozilgan bu asar esa uning mashhur «Nasoyim ul-muhabbat»idir. Ma’lumki, Abdurahmon Jomiyning tasavvuf tarixiga doir «Nafahot ul-uns» asaridan ilhomlanish natijasida maydonga kelib, unga nisbatan ko’pgina yangi ma’lumotlari (xususan, turk mashoyixlari haqida) bilan ajralib turadi. Alisher Navoiy ana shu asarda Xoja Ubaydullohni bir necha marta tilga oladi. Masalan, Amir Sayid Qosim Anvor va shayx Kamol Xo’jandiyga bag’ishlangan boblarida Xoja Ubaydulloh ham tilga olingan, uning hikoyalari Keltirilgan. Shu bilan birga Alisher Navoiy o’z asarida Xoja Ubaydullohga alohida bob ajratgan. Bu bobning avvalida Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»ida Xoja Ubaydulloh haqida Keltirilgan fikrlarning qisqacha mazmuni beriladi. Shundan so’ng juda qiziq bir gap aytilgan, ya’ni Alisher Navoiy shunday deydi: «Hazrati Maxdumi Nurankim (Abdurahmon Jomiykim) alar (Xoja Ubaydulloh) vasfida bu nav’ nukta surubdurlar, alarning (Xoja Ubaydullohning) maorifidan ba’zi so’z Keltururlar, chun so’z bag’oyat daqiq biylik erdi va bu bebizoatning fahmi va idroki andin qosir…» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 139-bet).
Bu gapning kishini hayratda qoldirgan joyi shundaki, Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»da Xoja Ubaydullohning tasavvufga oid fikrlarini aynan Keltirgan. Ana shular haqida so’z yuritgan Alisher Navoiy aytadiki, Xoja Ubaydulloh so’zlari shunchalik chuqur va shunchalik buyukdirki, ularni tushunish uchun mening fahmim va idrokim ojizlik qiladi. Agar Alisher Navoiydek buyuk zot tasavvufga oid so’z va fikrlarni tushunishda o’zini shunchalik kamtar tutsa, mening fahmu idrokim ularni tushunishga ojizlik qiladi, deb e’tirof etsa, bunga inonmoq kerak. Chunki bu bilan Alisher Navoiy bu masalada hamma narsani Men bilaman deb da’vo qilish mumkin emasligini uqtirmoqda (Alisher Navoiyning buyukligi shunda-mi deyman) va o’z navbatida, boshqalarni ham ogohlantirmoqda (E vohki, bu ogohlantirishdan saboq olmay, Ummon dengiziga sho’ng’ib qimmatbaho durru gavharlarni qo’lga kiritaman deb undan oddiy bir toshni olib chiqqan va u bilan mag’rurlangan g’avvosdek bugungi kunda biz ham tasavvuf masalalariga berilib Ketib, bizga hamma narsa ayon, biz hammadonmiz, deb da’vo qilayapmiz. Vaholanki, bizning ahvolimiz bu masalada eslatilgan g’avvos holiga o’xshashdir). Shuning uchun bo’lsa kerak, Alisher Navoiy o’zining kitobida «alarning (Xoja Ubaydullohning) ba’zi holatiki, bu faqirga mafhum (tushunarli) va yaqin edi, anga shuro’’ qilildi» deb, Xoja Ubaydulloh tarjimai holi va faoliyati haqida o’ziga tushunarli va ma’lum masalalardan so’z yuritadi (bu masalani yoritishda qo’lingizdagi risolaning muallifi ham Alisher Navoiy yo’lidan borgani muhtaram o’quvchilarga endi ma’lum va ravshan bo’lsa kerak). Shunisi borki, Alisher Navoiyning Xoja Ubaydulloh haqida «Nasoyim ul-muhabbat»ida keltirilgan ma’lumotlari «Hayrat ul-abror»dagi yoki «Nafahot ul-uns»dagi fikrlarning takrori emas, balki yangidir. Shugina emas, balki u Xoja Ubaydullohning vafotidan olti yil keyin o’zbek tilida yozilgan birinchi ma’lumot bo’lganligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun u muhtaram o’quvchilarga to’liq tarzda manzur etiladi. Alisher Navoiy yozadi:
«Alar (Xoja Ubaydullohning mavlidi (tug’ilgan joyi) Toshkanddur va otalari darVesh kishi ermish va ona tarafidan hamonoki, shayxi Tahurki, ul viloyatda mutaayyin shayx ermish, anga yetarlar va o’zlarida bu ish choshnisi tufuliyat ayyomidin bor ermish. Yigit bo’lg’ondan so’ngrakim, sayohatqa qadam qo’yubdurlar, ko’p mashoyix va avliyo xizmatig’a yetib, suhbatlarig’a musharraf bo’lubturlar. Xuroson mashoyixidin hazrati Mir Sayid Qosim Anvor xizmatlarig’a yetibturlar va shayx Bahovaddin Umar mulozamatiga musharraf bo’lubturlar va shayx Zayniddin Xavofiy suhbatiga yetibturlar va mavlono Muhammad Asad va Mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy bila suhbat tutubturlar va Movarounnahr mashoyihidin Xoja Muhammad Porso mulozamatig’a yetibturlar va Xoja Abu Nasr suhbatig’a yetibturlar va Mavlono Nizomiddin Xomush bila suhbat tutubturlar. Mavlono Ya’qub Charxiydin irshodlar va tarbiyatlar topibturlar. Va so’ngralar hazrati Xojaga oncha muknat (qudrat) dast berdiki, ma’lum emaski, mashoyixdin hyech kimga ul dast beribtur yo yo’q. Mulkka ajab istilo (zabardast bo’lmoq) va salotin va mulkka g’arib (ajab) ishrof (oliy rutba, martaba). Movarounnahr salotini o’zlarini alarning muridzoda va mahkumi hukmi tutarlar erdi. Yo’qqi yolg’uz Movarounnahr salotini, balki Xuroson va Iroq va Ozarboyjon, hattoki bir soridin Rum va Misrg’acha va bir soridin Xitoy va Hindg’acha barcha muluk va salotin o’zlarin Xojaning mahkumi hukmi va ma’muri farmoni (hukmiga bo’ysunuvchi va uni amalga oshiruvchi) tutarlar erdi va bir ruq’alari bu salotinga oncha muaasir (ta’sirli) erdikim, alarning ahqomi (hukmlari) o’z xuddomig’a (xodimlariga) bo’lmag’ay. Va hazrati Xojag’a zohir jamiyati barcha abnoi zamondin ko’prak voqyea erdi. Andoqki botin jamiyati barcha abnoi zamondin, balki ko’p moziy mashoyixdin dog’i hamonoki ortug’roq erdi.
Va haqir bila iltifotlari ko’p bor uchun vahiyiosor ruq’alari bila musharraf qilib, ishlarga ma’mur qilurlar erdi. Ul ruq’alarni muraqqa’ yasab, jadval va takallufot (maxsus e’tibor) bila tabarruk yo’suni bila asrabMen. Umidim ulki, alarning barakatidan bu ishning zavqi va talabi natib bo’lg’ay.
Alarning yoshi to’qsondin olti oy (aslida besh oy) o’ksuk (kam) erdi. Sakkiz yuz to’qson to’rtda (aslida sakkiz yuz to’qson beshda) dunyodin o’ttilar.
Alarning ashobidin irshod va talqinga musharraf bo’lg’onlardin mavlono Qosim va Mavlono Xoja Ali va Mavlono Mir Husayn va Mavlono Muhammad (Qozi) va Mir Abdulavval va mavlono Burhoniddin va mavlono Lutfullo va mavlono Husayn Turk va Darvesh Jomiy va dog’i darVeshlar bor edilar va muxtasarda munchasi sabt bo’ldi» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 139–140 betlar).
Agar bu yozuvlar Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin», Ali Safiyning «Rashahot» asarlaridan qariyb o’n yil oldin bitilgani hisobga olinib, Alisher Navoiy Keltirganlarni «Silsilat ul-orifin» va «Rashahot»dagi ma’lumotlar bilan solishtirilsa, unda Alisher Navoiyning bu asarlardan ancha oldin Xoja Ubaydulloh haqida ko’pgina ma’lumotga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Bundan tashqari unda o’zining Xoja Ahror bilan yozishmalari va ularning saqlanishi haqidagi xabarlar esa nihoyatda nodir va katta ilmiy ahamiyatga molikdir. To’g’ri, Alisher Navoiyning yozganlarida Xoja Ubaydulloh umri oylari, vafot yilini ko’rishda ayrim noaniqliklar ham bor. Bulardan qat’iy nazar, Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlaridagi Xoja Ubaydullohga oid ma’lumotlar muhim tarixiy va ilmiy ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy naqshbandiya tariqatining murshidi Xoja Ubaydullohni shaxsan tanir, uni e’tirof etar va asarlarida u haqda qimmatbaho ma’lumotlar Keltirgan edi. O’zining shaxsiy hayoti va faoliyatida esa xojagon tariqati namoyandalari, jumladan, Xoja Ubaydulloh targ’ib etgan eng go’zal insoniy fazilatlarga amal qildi.
Xoja Ubaydulloh ham, o’z navbatida, Alisher Navoiyni yaxshi tanib, uni ardoqlab, unga nomalar yozib, fuqaro manfaatlariga bag’ishlangan ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatladi. Alisher Navoiy va Xoja Ubaydulloh o’rtasidagi munosabatlar shular bilangina cheklanib qolmaydi. Chunki Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh asarlaridagi faqr va ko’ngul haqidagi, axloq-odob mavzuidagi masalalarni chuqur o’rgangan holda ularni o’zining ilmiy va badiiy asarlarida mohirona davom ettirdi. Bu masala alohida tadqiqotning mavzusi bo’lganligini nazarda tutib, uni Kelajakda bajarish orzusi bilan hozircha shu yerda to’xtalsak bo’lar.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483–1530) – mashhur davlat arbobi, shoir, nosir va olimning o’sha zamondagi ko’pgina tarixiy shaxslar bilan muloqotda bo’lgani ma’lum va bu voqyealar o’zi tomonidan ham yozib qoldirilgan. Shu bilan birga o’zi muloqotda bo’lmagan tarixiy shaxslar haqida ham ko’pgina tarixiy ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Ana shunday tarixiy shaxslardan biri Xoja Ubaydullohdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar kabi hazrati Xoja Ubaydulloh bilan bevosita muloqotda bo’lmagan. Chunki uning ijtimoiy faoliyati asosan Xoja Ubaydullohning vafotidan keyin boshlanadi. Ammo u yoshligidan umrining oxirigacha hazrati Xoja Ubaydulloh, uning tariqati va xonadoni haqida yaxshi ma’lumotga ega bo’libgina qolmay, balki bu xonadonga alohida hurmat bilan qarar, hazrat Xoja Ubaydullohning ruhidan hamisha madad istar, uning asarlarini o’qir va hatto, «Volidiya» nomli asarini turkiy tilga she’riy tarjima ham qilgan edi. Shu jihatdan «Boburnoma»ga murojaat qilinsa, unda Boburning hazrati Xoja Ubaydulloh, uning farzandlari bilan bog’liq bo’lgan turli mulohazalarni uchratish mumkin.
Avvalo shuni qayd qilish lozimki, Bobur o’z asarida Xoja Ubaydullohni «hazrati Xoja Ubaydulloh», «hazrati Xoja», «Xoja Ahror» tarzida tilga oladi va bulardan «hazrati Xoja Ubaydulloh» iborasini ko’proq qo’llaydi.
Hazrati Xoja Ubaydullohni tilga olish «Boburnoma»ning 899 hijriy – 1494 Melodiy yil voqyealari tasviriga bag’ishlangan birinchi bobidanoq boshlanadi. Bunda Bobur o’z otasi Umar Shayx mirzo vafoti haqida gapirib, ularning hazrati Xoja Ubaydulloh bilan munosabatlari to’g’risida ham ma’lumot beradi. Jumladan: «(Umar Shayx mirzoning) hazrati Xoja Ubaydullohga irodati bor erdi (alarning) suhbatlariga bisyor musharraf bo’lub edi. Hazrat Xoja ham (ani) farzand deb erdilar» («Boburnoma», Toshkent, O’zFAN, 1960, 64-bet). Ma’lumki, Umar Shayx mirzo (tug’. 860 h. – 1555-56 m.) Abu Sa’id mirzoning o’g’illaridan biri bo’lib, u tug’ilgan va kamolotga erishgan davrda Xoja Ubayddullohning e’tibori bu xonadon nazdida juda katta edi. Shuning uchun u yoshligidan Xoja Ubaydullohga e’tiqod qilib, ularning suhbatlariga ko’p musharraf bo’lgan va Xoja hazratlari ham uni farzandim deb atar edi. Shuning uchun turli munosabat bilan uchrashganda Umar Shayx mirzo Xoja Ubaydulloh maslahatlariga amal qilardi. Bu hol yuqorida ko’rib o’tganimiz Shohruxiyada Temuriy shohzodalar o’rtasida sulh tuzish marosimida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning ta’kidiga ko’ra, Umar Shayx mirzodagi «mulkgirlik dag’dag’asi jihatidin Xele yarashlar urushqa va do’stluqlar dushmanliqqa mubaddal bo’lur edi» («Boburnoma», 65-bet). Xuddi ana shu vaqtlarda Xoja Ubaydulloh uning huzuriga borab, uni urush va dushmanlik yo’lidan qaytarishga urinar, bunga ko’pincha muyassar ham bo’lardi. Ana shunday munosabatlarning biri vaqtida Xoja Ubaydullohning Andijonga borganini Muhammad Qozi ham o’zining «Silsilat ul-orifin»ida eslatib o’tadi.
Shunday ekan, Bobur, dunyoga kelgan oilada Xoja Ubaydullohning e’tibori katta bo’lgach, Bobur ham yoshligidan ana shu ruhda tarbiyalanib, voyaga yetgan edi. Bobur o’zining faoliyati davomida Xoja Ubaydulloh, uning mavqyei, unga nisbatan munosabatlar va avlod taqdirini yaxshi o’rganib bordi. Shuning natijasida katta amakisi Sulton Ahmad mirzo haqida gapirganda ham bu masalaga alohida e’tibor qilib, Sulton Ahmad mirzoning ham «hazrati Xoja Ubaydullohga irodati bor edi. Hazrati Xoja (anga) murabbiy va muqavviy edilar», – deb uqtiradi («Boburnoma», 74–75 betlar).
Uning amirlaridan bo’lmish madaniyatli, shoirtabiat DarVeshBek haqida so’z yuritganda ham xuddi shu ibora «hazrati Xojaga irodati bor edi» takrorlanadi («Boburnoma», 78-bet). Bunday tarzda so’z yuritishni Xoja Mavlonoyi Qozi haqidagi joylarda ham uchratish mumkin. Ma’lumki, Xoja Mavlonoyi Qozining asl nomi Abdullo bo’lib, uni Bobur «ustod va pirim» deb e’tirof etib, yana shunday yozadi: «Xoja (Mavlonoy) Qozi hazrati Xoja Ubaydullohning muridi edi. Alardin tarbiyat topib erdi» («Boburnoma», 112-bet). Demak, Boburga ustodlik qilgan va shu bilan birga, piri hisoblangan Xoja Mavlonoyi Qozi hazrati Xoja Ubaydullohning muridlaridan, uning tarbiyasini olganlardan biri ekanligini ta’kidlagan Bobur bu bilan o’zi ham hazrati Xoja Ubaydullohga e’tiqod qo’yganlardan ekanini yana bir karra vositali tarzda bo’lsa-da, uqtiradi. Bobur Xoja Ubaydullohning o’g’illari – Xoja Abdullo – Xojago Xoja, Xoja Yahyolar bilan turli munosabatda uchrashgan edi. Jumladan, Xoja Abdullo Farkatda (Toshkent yaqinida) ekanligi vaqtida Bobur (906 h. – 1501–1502 Melodiy yilda) Toshkentga kelganida borib uni ziyorat qiladi, Xoja Yahyo bilan esa 1495–1496 yillardayoq Ko’hak so’yi (Zarafshon) oralig’idagi joyda uchrashib, Boysung’ur mirzo bilan «ittifoq va yakjihatlik» qilishni Kelishib olgan edi. Xuddi vaqtda Xoja Yahyo bilan birga mavlono Binoyi va Mavlono Muhammad Solihlar ham Bobur bilan uchrashgan edilar («Boburnoma», 96-bet). Bobur Samarqandni birinchi marta olganida ham Xoja Yahyoning ma’lum hissasi bo’lgan. Samarqandni olgach, u bilan uchrashib turgan ko’rinadi. keyinchalik Bobur Hindistonda ekan, 935 h. – 1528 yilda bir to’y marosimi o’tkazadi. Bu to’yga turli joylardan kelgan mehmonlar qatorida Movarounnahr va Samarqanddan ham vakillar borgan. Ular orasida esa Xoja Ubaydulloh avlodidan bo’lmish Xoja Abdushshahid ham bor ekan. Bobur uni o’ziga yaqin joyga o’tqazib, qimmatbaho to’n va boshqa to’hfalar taqdim etgan («Boburnoma», 423–424-betlar). Bularning hammasi shundan dalolat beradiki, Bobur Xoja Ubaydulloh va uning avlodini Benihoyat ehtirom qilib, bu xonadonga zarar yetkazgan yoki uni kamsitishga intilganlarni yoqlamagan. Bunga Boburning amakisi, Hisor hokimi Sulton Mahmudxon (tug’. 857 h. – 1453 – vaf. 900 h. 1494–1495 m.) haqida yozganlari misol bo’la oladi. 1494 yili Sulton Ahmad mirzo vafot qilgach, Sulton Mahmudxon Samarqand taxtida o’tiradi. Oz muddatda u shunchalik adolatsizliklarni amalga oshirib, axloqiy buzuqlikni o’rnatibdiki, buning natijasida Xoja Ubaydulloh amalga oshirgan ishlarga putur yetib, hatto adolatsizlik Xoja Ubaydulloh farzandlariga nisbatan ham qo’llanilgan ekan. Bobur yozadi: «Hazrati Xoja Ubaydullohning mutaaliqlarig’akim, burun xarj va tahmillarda (haddan ortiq qiynalishlarda) ko’p faqir va miskin alarning himoyati bilan zulm va taaddidin xalos bo’lurlar edi, va joyi ulki alarga mundoq takliflar bo’lgay, ko’p taaddi va tashaddud qila boshladi. Balki bu taaddi (zulm, sitam) va tashaddud (g’azab, dag’allik) Xojaning avlodig’a dag’i siroyat (o’tmoq, ta’sir qilmoq) qildi». («Boburnoma», 79-bet). So’ngra, Sulton Mahmudxonning bunday zulm va adolatsizliklari qanday natijaga olib kelgani haqida shunday yozadi: «Samarqand ahlikim, yigirma-yigirma besh yil Sulton Ahmad mirzoning zamonida rafohiyat (tinch-osoyishta) va farog’at (rohat, xotirjam) bila o’tkarib edilar, aksar muomala hazrati Xoja jihatidin adl va shar’ tariqi bila edi, bu nav’ zulm va fisqdin (Sulton Mahmudxon davridagi) ba jonu dil ozurda va ranjida bo’ldilar. VaZev (oddiy odam) va sharif (yuqori darajadagi odam) faqir va miskin nafrin (nafrat) va duoyi badig’a og’iz ochib, qo’l ko’tardilar» («Boburnoma», 79-bet). Shuning uchun Bobur amakisi bo’lsada, Sulton Mahmudxonni yoqlamadi va «Bad e’tiqod kishi edi, Hazrati Xoja Ubaydullohga istixfof (kamsitmoq, tahqir qilmoq) qilur edi» («Boburnoma», 82-bet) deb unga nisbatan o’zining salbiy munosabatini bildiradi. Xuddi shunday munosabat Xoja Ubaydullohning o’g’li Xoja Yahyo va uning o’g’illarini hiyla bilan o’ldirtirgan Shayboniyxonga nisbatan ham ko’rinadi.
«Boburnoma»da Boburning Xoja Ubaydullohga samimiy e’tiqod qilgani va uning natijalarini tasvirlovchi lahzalar diqqatni o’ziga tortadi. Qizig’i shundaki, Bobur juda qiyin ahvolda, hatto hayoti xavf ostida qolgan vaqtda Xoja Ubaydullohning ruhlari unga madadkor bo’lganini chin ixlos bila eslaydi. Bu ixlos natijalari tush ko’rish shaklida bayon qilingan. Jumladan, Bobur 906 h. – 1500–1501 yilda Samarqandni olish payida Yor yayloqning Asfidak qishlog’ida to’xtalganida tush ko’rgan ekan. «O’shul fursatda ajab tush ko’rim. Tush ko’rarmankim, hazrati Xoja Ubaydulloh Kelmishlar, men istiqbollariga chiqmishMen. Xoja kelib o’lturdilar. Xojaning oldiga g’olibo Betakallufroq dasturxon yozmishlar. Bu jihatdin hazrat xotiriga nima kelmish. Mullo bobo mening sori boqib, ishorat qildilar. Men ham imo bilan dedimkim, mendin emasdur, dastarxon solguvchi taqsir (kamchilik) qilibtur. Xoja fahm qilib, bu uzr masmu’ (ma’qul) tushti. Qo’ptilar. Uzata chiqdim. Ushbu uyning dolonida o’ng qo’limdin yo so’l qo’limdin tutib, andoq ko’tardilarkim, bir oyog’im yerdan qo’pti. Turki dedidarkim: «Shayx maslahat berdi». O’shul Necha kunda-o’q Samarqandni oldim» («Boburnoma», 39-bet). Bu lavha sharhga muhtoj emas. Ammo shuni ham eslatish lozimki, insonning ruhiy Kechinmalari dunyosining murakkab hodisalaridin biri bo’lmish tush ko’rish ko’p hollarda real hodisa-voqyealardan olingan taassurotlarning o’ziga xos tarzida in’ikosi sifatida tush ko’rgan ma’lum bir maqsad sari intilishga bo’lgan e’tiqodini kuchaytiradi va uni ruhlantiradi. Shu jihatdan keltirilgan tushni Boburning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan chin e’tiqodi natijasi sifatida qaralsa bo’ladi. Umuman, e’tiqodli bo’lish yaxshi fazilat, e’tiqodsizlikdan saqlasin odamni ham, olamni ham. Ha-da, ana shu e’tiqod Bobur hayotini xavfdan saqlab qolganini 908 h. – 1502–1503 yilda Karnon qishlog’ida sodir bo’lgan voqyea tasviridan ham bilib olish mumkin. Qizig’i shundaki, yakka qolgan Bobur Xoja Ubaydullohning nabirasini tushida ko’rganini shunday hikoya qiladi: «O’zumni o’lumga qaror berdim. O’shal bog’da bir suv oqib keladur edi, vuzu qildim, ikki rak’at namoz o’qudum, boshimni munojotga qo’yub, tilak tilaydur edimkim, ko’zum uyquga boribdur. Ko’rarmenkim, Xoja Ya’qub, Xoja Yahyoning o’g’li, hazrati Xoja Ubaydullohning nabiralari, ro’baro’yimda ablaq ot minib, ko’p jamoati ablaqsavor bila keldilar. Dedilarkim: g’am yemangiz, Xoja Ahror meni sizga yubordilar. Dedilarkim: «Biz (Xoja Ahror) alarg’a (Boburga) istionat (yordam, qo’llab-quvvatlash) Tegurub, podshohlig’ masnadig’a o’lturg’uzubbiz. Har yerda mushkul ish tushsa, bizni nazag’ra Keltirib, yod etsun, biz anda hozir bo’lurmiz». Holo ushbu soat fath va nusrat sizning soridur. Bosh ko’taring!» («Boburnoma», 175-bet). Unga yordamga kelgan do’sti Qutlug’ Muhammad barlos ham shunday deydi: «Men tush ko’rdimkim, Xoja Ubaydulloh dedilarkim: «Bobur podshoh Karnon degan kenttadur, borib ani olib keling, podshohlik masnadi anga taalluq bo’lubtur» («Boburnoma», 175-bet).
Ehtimolki, bunday tasvirlar Bobur qo’llagan badiiy tasvir usulidir, bu usul Alisher Navoiyda ham mavlono Lutfiyda ham va boshqa shoirlarda ham uchraydi, bas shunday ekan, uni hayotiy va real deb qabul qilish mumkin-mi, deguvchilar ham bo’lar. Biz bunday fikrlarga to’la-to’kis qo’shilamiz. Shu bilan birga qaysi shaklda bo’lishdan qat’iy nazar bu tasvirlarda Boburning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan samimiy ixlosi aks ettirilgan. Bu esa muhimdir.
Ana shu ixlos tufayli Bobur o’z shaxsiy va ijtimoiy faoliyatida Xoja Ubaydulloh fazilatlari va aytganlariga amal qilishga harakat qildi. Xoja Ubaydulloh fuqaro g’amxo’ri bo’lish uchun hamisha kurashdi. Og’irlikni o’ziga olib bo’lsa-da, boshqalarga foyda va rohat Keltirishni odat qildiki, bulardan birini Bobur Hirotdan Qobulga borayotganda amalga oshirganini ko’rib o’tgan edik.
Bobur davlat ishlarini bajarishda ham Xoja Ubaydullohning tajribalaridan foydalanadi. Jumladan, Hindiston fathi bilan bog’liq voqyealar tasvirida shunday yozilgan: «Burunroq niyat qilib edimkim, Rano Sango kofirg’a zafar topsam, tamg’ani musulmonlarga bag’ishlay. Tavba asnosida Darvesh Muhammad Sorbon bila Shayx Zayn tamg’a baxshishini yod berdilar. Dedim kim, yaxshi yod berdingiz iligimizdagi viloyatlarda musulmonlarning tamg’asi baxshish bo’ldi («Boburnoma», 388-bet). Haqiqatan ham Bobur 1526 yilning 7 Fevralida bir farmon chiqardiki, unda, birinchidan, ichkilik qat’iyan man’ qilinadi, ikkinchidan esa Bobur hukmi ostidagi yerlarda yashovchilardan tamg’a solig’ini olish bekor qilinadi («Boburnoma», farmonning asl matni 383–385 betlar, uning tarjimasi 467–469-betlar).
Yuqorida Xoja Ubaydulloh haqida so’z yuritilganda, uning 1460 yilda Hirotga, Sulton Abu Sa’id mirzo huzuriga kelib, ham o’zi ham Samarqandu Buxorodagilar uchun tamg’a solig’ini Bekor qildirgani va bu faoliyatning ahamiyati qayd qilingan edi. Bas shunday ekan, Boburning ham tamg’a solig’ini bekor qilg’uvchi farmoni Xoja  Ubaydullohning foydali faoliyatidan ilhomlanish natijasi sifatida maydonga kelgani jihatidan Boburning hazrati Xojaga bo’lgan e’tiqodini yana bir karra tasdiqlaydi. Shuning uchun Hindistonda boburiylar xonadoniga asos solgan Bobur hazrati Xoja Ubaydulloh faoliyati va asarlariga ko’proq e’tibor beradi va Ta’kidlanganidek, uning «Volidiya» nomli nasriy asarini turkiy tilda She’riy manzumaga aylantiradi. Xuddi ana shu ishning qanday bajarilgani haqida 935 hijriy – 1528 yil voqyealari bayonida Bobur shunday yozadi: «Seshanba kechasi safar oyining yigirma yettisida hazrati Ubaydullohning «Volidiya» risolasini nazm qilmoq xotirimga kechti. Hazratning ruhiga iltijo qilib, ko’nglimga kechurdumki, agar bu manzum ul hazratning maqbuli bulur, xud Nechukkim sohibi «Qasidai burda»ning qasidasi maqbul tushub, o’zi afrij marazidin xalos bo’ldi, Men dog’i bu orizadin qutulub, nazmimniig qabuliga dalele bo’lg’uvsidur. Ushbu niyat bila ramali musaddasi mahbuni aruz va zarb gohye maxbuni mahzuf vaznidakim, mavlono Abdurahmon Jomiyning «Sabha»si bul vaznadur, risola nazmiga shuru’ qildim ham o’shal kecha o’n uch bayt aytildi. Iltizom yo’sunluq kunda o’n baytdin kamrak aytilmas edi, g’olibo bir kun tark bo’ldi. O’tgan yil va balki har mahal mundoq orizakim (kasallik) bo’ldi, aqali bir oy-qirq kunga tortti. Tengri inoyati bila, hazrat (Xoja Ubaydulloh)ning himmatidin payshanba kuni oyning yigirma to’qqizida andake afsurda bo’ldi, o’zga bu orizadin xalos bo’ldum. Shanbe kuni rabe’ ul-avval oyining sekkizida risola so’zlarining nazm qilmoq ixtimomiga yetti. Bir kun ellik ikki bayt aytildi («Boburnoma», 418-bet).

Bu e’tirof ko’p masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi: birinchidan, Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asariga murojaat qilib, uni She’riy tarzda o’zbek tiliga tarjima qilish sabablari ochiladi. Boburning ta’kidiga ko’ra, shu yili u qattiq isitma kasaliga uchrab, undan xalos bo’lish maqsadida Xoja Ubaydulloh ruhidan madad istagan va buning uchun u shu «Volidiya» risolasini o’zbekcha manzumaga aylantirish vositasida unga (madadga) erishishga harakat qilgan. Bunda Boburning hayoti va faoliyati davomida qiyinchiliklarga duchor bo’lganda hamisha Xoja Ubaydulloh ruhidan madad istab, unga erishgani masalasi yana bir karra ta’kidlanadi. Chunki bu asarni tarjima qila boshlagach, kasalligi ham tuzala boradi va undan qutuladi. Bu esa e’tiqod va samimiyat natijasi «ixlosu-xalos»ning yorqin namunasidir.
Ikkinchidan, o’zining qilayotgan ishini «Qasidai burda» muallifining sarguzashtiga, ya’ni qasida muallifi ishining maqbul tushib, uning kasallikdan qutulganiga o’xshatadi. «Qasidai burda»ning muallifi kim va uning Bobur sarguzashtiga o’xshashligi nimadan iborat.
Ma’lumki, Melodiy VII va hijriy I asrda arab adabiyoti tarixida Kaab ibn Zuhayr (vaf. 42 h. – 662 m.) degan shoir o’tgan. U avvallari islom dinining payg’ambari Muhammad Rasulullohni e’tirof etmagan. Hatto u bilan urushib, yarador bo’lib kasallangan. Shunda akasi maslahati bilan Muhammad payg’ambar huzuriga uni e’tirof etgan holda boradi-da, «Suaod meni tashlab ketdi» deb boshlanadigan qasidasini Muhammadga taqdim etadi. Unda Muhammad Rasulullohning maqtovi ham bor edi. Bu qasida Muhammad payg’ambarga ma’qul tushib, shoirni o’z himoyasiga oladi va o’zining burdasini – to’nini unga to’hfa qiladi. Shundan so’ng Kaab ibn Zuhayr kasallikdan qutuladi va uning qasidasi «Qasidai burda» nomi bilan butun musulmon olamida ma’lum va mashhur bo’ladi (qarang: Xanna al-Fahuri. Istoriya arabskoy literaturi. G. I, izd. inost. lit-ri. Moskva, 1959, str. 176 i daLeye). Bundan ko’rinadiki, ixlos qo’yish natijasida kasallikdan qutulish mavzusi Bobur va Kaab ibn Zuhayr sarguzashtlaridagi o’xshashlikni yuzaga keltirgan. Shu bilan birga ikki muallif ham asar yozib, o’z maqsadiga erishgan: birida Muhammad payg’ambar tufayli, ikkinchisida esa Xoja Ubaydulloh ruhi vositasida.
Uchinchidan esa, bu ishora Boburning arab adabiyoti tarixidan juda yaxshi xabardorligini namoyish etadi. Agar diqqat qilinsa Bobur bundan tashqari Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»iga kiruvchi «Sabhat ul-abror» dostonini ham tilga olib, «Volidiya» manzumasi uning vaznida, ya’ni ramali musaddasi maxbunda yaratilganini ham uqtiradi. Bunda esa fors-tojik adabiyotining zabardast namoyandasi Abdurahmon Jomiy asarlaridan xabardorgina emas, balki ularning shakliy-badiiy xususiyatlarini ham yaxshi bilguvchi ekaniga ishora qilmoqda. Bas shunday ekan, Boburning yuqoridagi ta’kidida uning ham arab adabiyoti, ham fors-tojik adabiyotining yorqin obidalaridan yaxshigina xabardorligi ko’zga tashlanadi. «Volidiya»ning o’zbekcha manzumaligi uqtirilar ekan, unda Bobur turkiy adabiyot va badiiy ijodning donishmandlaridan va mohir namoyandasi ekaniga go’yo ishora ham qilmoqda. Bu sifatlar ibratlidir. Chunki Bobur badiiy ijod bilan shug’ullanuvchi shaxsning dunyoqarashi ham, bilimi ham keng bo’lishi lozimligini uqtirganday bo’ladi.
To’rtinchidan va eng muhimi yana shundan iboratki, yuqorida Keltirilgan parcha — e’tirofda «Volidiya» manzumasining yaratilish jarayoni, shoir mehnati va uning tarixi juda ajoyib tarzda ko’rsatilgan. Jumladan, Bobur 935 h. yili safar oyining yigirma yettinchi kuni — seshanBe kechasida, ya’ni 1528 yil noyabr oyining 10 kunida «Volidiya» risolasini turkiy tilga nazm tarzida o’girishga kirishib, bu ishni 935 h. yil rabe’ ul-avval oyining 8 kuni, ya’ni 1528 yil noyabr, oyining 21 kuni — shanbada nihoyasiga yetkazgan. Demak, risolani manzumaga aylantirish uchun hammasi bulib 10–12 kun sarflangan, xolos. Orada esa bir kun dam olgan ko’rinadi. Bundan tashqari, u bu ishga kirishgan kechasi 13 baytni keyinchalik esa kunida o’n bayt va, hatto, bir kun ellik ikki bayt yozganini ham uqtiradi. Bu e’tirofning muhim tomoni shundaki, asarning yozilish tarixi ishning bajarilishi davomida qariyb har kuni yozilgan baytlar soni aniq ko’rsatilgan. Bu esa Boburning badiiy ijod bilan muntazam shug’ullanganidan dalolat beradi. Hatto ilhomi jo’sh urganda bir kunda ellik ikki bayt – bir yuz to’rt misra yozganini ham alohida ta’kidlaydi (Bu o’rinda shuni eslatish lozimki, afg’onistonlik Shafiqa Yorqin Bobur devonini nashrga tayyorlab, uning kirish qismida «Volidiya» haqida ham so’z yuritadi-da, Boburning «bir kun ellik ikki bayt aytildi» jumlasini «har ro’z panchohu du bayt gufta shud», ya’ni «har kun ellik ikki bayt aytildi» mazmunida tarjima qilib, asliyatning mazmuniga putur yetkazgan). Bobur tomonidan bu e’tiroflarning qayd qilingani nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning badiiy ijod bilan shug’ullanish maromi va natijasini o’rganishda juda katta yordam beradi.
Endi «Volidiya» manzumasi haqida qisqacha to’xtalib o’taylik. Avvalo shuni qayd qilish lozimki, Bobur XVI asrning 20-yillarida turli ilmiy-adabiyotshunoslik, tarix, jo’g’rofiya, o’simliklar dunyosi, o’lkalardagi rasm odatlarni o’rganish bilan bir qatorda islom huquqshunosligi – fiqh va tasavvuf bilan ham mashg’ul bo’ldi. Natijada 927 h. – 1520–1521 yillarda islom huquqshunosligi asoslari haqida o’g’illari Humoyun va Komron mirzolarga bag’ishlab «Mubayyin» She’riy asarini yozadiki, u «Fiqhi Boburiy» va «Fiqhi mubayyin» nomlari bilan ham mashhurdir. Shundan sakkiz yil o’tgach, 935 h. – 1528 yilda esa tasavvuf va odob-axloqqa doir «Volidiya» asariga murojaat qilib, uni o’zbekcha manzumaga aylantiradi.
Boburning «Volidiya» manzumasi «Hamd», «Rasulullohning na’ti», «Risola nazmining sababi», «Risola shuru’i», «Risola xotimasi» boblaridan iborat bo’lib, ikki yuzu qirq uch bayt — to’rt yuzu sakson olti misradan tashkil topgan.
Manzuma ikki qo’lyozma nusxada bizgacha yetib kelgan bo’lib, biri asar yozilgan 935 h. – 1528 yilda ko’chirilgan bo’lib, Hindistonning milliy kutubxonasi (Rampur)da saqlanadi. Shu nusxalar asosida u bir Necha marta nashr ettirildi. Jumladan, olima Sabohat Azimjonova uni «Hind Devoni» tarkibida faksimil tarzda nashr ettirgan edi (Toshkent, «Fan», 1966). «Volidiya»ning hozircha so’nggi nashri 1983 yilda Kobulda nashr ettirilgan Bobur Devoni tarkibida bo’lib, biz shu nashrdan foydalandik. Manzuma quyidagi bayt bilan boshlanadi:

Haq taologa deyin hamdu sipos,
Kunhiga yetmas aning vahmu qiyos.
Tugallanuvchi bayt quyidagicha:
Bil tugatganda bu so’z be kamu besh,
Yil to’qqiz yuz edi(yu) o’ttiz besh.

Manzumaning 14 baytdan iborat «Risola nazmining sababi» bobida uning yozilish sabablari haqida «Boburnoma»da bayon etganlarini yanada kengaytiradi. Ma’lumki, manzumaning maydonga Kelish sababi «Boburnoma»da bayon qilinib, biz uni yuqorida ko’rib o’tgan edik. «Risola nazmining sababi» bobida esa Boburning «Volidiya»ga murojaat qilishi va uni nazmga kiritishning asosiy sababi sifatida Xoja Ubaydullohning «o’lgan ko’ngillarni tiriltirish» mazmunida aytgan so’zi asos qilib olinib, bu haqda shunday yozilgan:

Hazrati Xoja Ubaydullohdin,
Eshit ul sirri xudo ogohdin.
Xojalar xojasi ul Xoja Ubayd,
Xodimu chokari Shibliyu Junayd.
Holatu martabasi zohirdur.
Vasfi ta’rifida til qosirdur.
Otasi qilgan uchun takliFe,
Qildi onin otiga ta’life.
Tolib el tiliga mazkur durur,
«Volidiya» bila mashhurdurur,
Har so’z andaki anga men yetsam,
Yetti ko’nglumga ani nazm etsam.
Toki bo’lgay manga xushyorlig’i,
Uyquluk ko’ngluma bedorlig’i.
Yana bu nazm o’qusa har tolib,
Ko’nglining rag’bati bo’lgay g’olib.
Rag’bat aylab anga fayz yetsa,
Tiralik ko’nglidin oning ketsa.
Fayzidan Menga yetishgay asare,
Bexabar ko’nglumga bo’lgay xabare.
Yana o’quguvchilarga ul on,
Zabt qilmoqqa edi nazm oson.
Bu deganlar manga bo’ldi taqrib,
Muni nazm ettimu berdim tartib.
Boqmagil so’zlaguvchining o’ziga,
O’zini qo’y, nazar qilgil so’ziga.
So’z mening ermas, alaringdur bil,
Bilgasen meni mutarjim hosil.
(Kobul nashri, 219–220-betlar)

Bobur manzumaning bu bobida «Volidiya»ning nazmga solishdan asosiy maqsadi nimadan iborat ekanini ro’y-rost aytgan, ya’ni «uyqulik (g’aflatda qolgan) ko’nglimga bedorlig’» yetsin, xushyorlikda bo’lay deb: (xiralik nodonlik) ketib, ko’ngil ma’rifatdan ogoh bo’lib, buning fayzini bilsin deb tarjima qildim, demoqchi. Bu bilan nima demoqchi? Ma’lumki, bunda so’z insonning o’zligini tanish, shu vositada ma’rifati botiniyga erishmoq, ya’ni ko’ngil bilan idrok etmoq ustida bormoqda. Bu bilan Bobur Xoja Ubaydulloh «Volidiya»sining asosiy mag’zini bayon etib, u insonning ruhan, va qalban va amalan pokiza bo’lishini nazarda tutadi. Eng muhimi shuki, Xoja Ahror ham o’ziniig risolasida insonda bu sifatlar faqat ko’rinishdagina emas, balki uning botinida, butun vujudida singib Ketgan bo’lmog’i kerak deb uqtiradi. Masalan, u shunday yozadi (Bobur tarjimasida):

G’aybatu yolg’onu muziy so’zdin,
Ehtiroz et, yiroq etgil o’zdin,
Har yamon qavlni o’zdin dur et,
Tilinga bir nima mazkur et.
Bo’lgay aqvolu kaloming bu sifat,
Ko’nglungga bois nuri oniyat.
Yana mo’min ishida yorliq et,
Ilu til birla madadkorliq et,
Zohiru botin adab mar’i tut,
Beadablik ravishu rohin unut.
(Kobul nashri, 221–238-betlar)

Demak, bunda ma’naviylik omili nazarda tutiladi va uni targ’ib etish maqsad qilib qo’yiladi. Shu jihatdan qaraganda, Bobur ham ana shu asosiy g’oyani ilg’ab olgan va u ham insonning ma’naviy jihatdan pokiza bo’lmog’i uchun zarur bo’lgan bilimdan xabarsiz qolmasin deb, asarni forsiydan o’zbek tiliga nazm bilan o’girgan. Boburning ezgu maqsadi ana shu g’oyalarni turkiygo’ylar orasiga ham targ’ib qilish, ularga tushuntirishga intilishdan iborat. Shuning uchun u «Volidiya»ni juda sodda, tushunarli, ortiqcha badiiy Bezaksiz tarjima qilgan. Ana shu oddiylikka erishib, ortiqcha badiiylikdan o’zini tiya olish ham Boburning uslubiga, badiiy mahoratiga mos keladigan maromdir, bu ham badiiy mahoratdir. Bobur tarjimasidagi «Volidiya» bilan tanishish shundan dalolat beradiki, Xoja Ubaydulloh o’zining asarida ko’ngil va uning ko’zgu ekanligi. Haq taolo unda o’zini tajalli etishi, shuning uchun ko’ngil har qanday xiralik va g’ubordan holi bo’lishi, ya’ni u ogoh va hushyor bo’lmog’i, pokiza va musaffo bo’lmog’i lozimligi, shular bilan bog’liq tarzda odob-axloq to’g’risida so’z yuritgan. Bu fikrlarning ko’pi tasavvuf va naqshbandiya tariqatining boshqa vakillari tomonidan ham bayon etilgan. Shunisi borki, ularning ko’pi inson va o’zlikni tanish, inson va koinot, inson va odob-axloq inson va uning ko’ngli mavzularini yoritganda turli tabaqa va turli davr kishilari uchun ma’qul bo’lgan fikrlarni bayon etganlar. Shuning uchun ulardagi umumbashariy mag’zlar hamisha ardoqlangan. Bu gal Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asariga ham, uning Bobur tomonidan bajarilgan turkiycha manzumasiga ham bevosita taalluqlidir.
Shunday qilib, Boburning Xoja Ubaydulloh, uning faoliyati, asarlari, xonadoni vakillari va muxlislari haqidagi mulohazalari turli shaklda bayon etilib, hamma joyda ham Boburning Xoja Ubaydullohni nihoyatda mo’’tabar siymo, ulug’ murabbiy, madadkor va hidoyat qilguvchi murshid sifatida tan olgani va e’tirof etgani, unga nisbatan dag’allik qilguvchilarga esa nafrat bilan qaragani ma’lum bo’ladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o’z faoliyati, asarlari va tarjimalari bilan Xoja Ubaydullohning shuhratini Hindistonda yanada baland ko’taradi.
Shunday qilib, Xoja Ubaydullohning zamondoshlari va muxlislari bo’lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlarning naqshbandiya tariqatining murshidiga bo’lgan munosabatlari shundan guvohlik beradiki, XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, adabiy-ilmiy va madaniy muhitni o’rganishda naqshbandiya tariqati va uning mashhur murshidlari, jumladan, Xoja Ubaydullohning faoliyati va Merosi nazarda tutilsa, unda tarixni har tomonlama yoritish imkoni yuzaga кeladi.

AHRORIYLAR FAXRI

Xoja Ubaydulloh xonadoni va Ahroriylar naslining keyingi davrlardagi taqdirini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu bilan Ahroriylar naslidan bo’lganlarning ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko’rsatganlari va o’zlaridan qanday yodgorlik qoldirganlarini aniqlash mumkin bo’ladi. Buning uchun bu xonadonga mansub shajaralarni aniqlash, ularning haqiqiyligini sinchiklab o’rganish va shundan so’ng bu masala bo’yicha so’z yuritish ko’p jihatdan asoslangan bo’lardi.
Hozircha bizga ma’lum manbalardan Ahroriylar naslidan yetishib chiqqanligi e’tirof etilgan, badiiy jarayonda o’zidan ma’lum iz qoldirgan ayrim shoirlar haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Bulardan biri Sultonxon to’ra Ado Ahroriy Samarqandiy bo’lsa, ikkinchisi Naqibxon Tug’ral Ahroriy Samarqandiydir.
Sultonxon to’ra Ado Ahroriy Samarqandiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan hamda o’z davridayoq shirin kalom, zullisonayn, sohibdevon shoir sifatida e’tirof etilgan badiiy so’z san’atkorlaridan biridir. Shunisi ham borki, Adoning shajara va tarjimai holiga doir tomonlarning hammasi ham bizga ma’lum deb bo’lmaydi. Jumladan, uning 1834 yilda Buxoroda vafot etgani aniq bo’lgani holda tug’ilgan joyi va yili noma’lum bo’lib qolmoqda, turli bahslarga sabab bo’lmoqda. Shuning uchun uning shajarasi va tarjimai holini aniqlash maxsus tadqiqotni talab qiladi. Shunga qo’shimcha tarzda eslatish lozimki, ana shu tadqiqot doirasini Kengaytirib, unda Adoning shoir sifatidagi mavqyeini ham xolisona yoritish ma’qul ko’rinadi. Chunki hozirga qadar unga saroy shoiri sifatida qarash va ijodini shu nuqtai nazardan baholash mavjud.
Qayd qilinganidek, Ado tirikligi vaqtidayoq zamondoshlari tomonidan mohir so’z san’atkori sifatida e’tirof etilgan va uning shaxsiy fazilatlari ham maqtalgan edi. Masalan, 1821 yilda Qo’qon xonligining amiri Umarxon xohishi bilan «Majmuai shoiron» tazkirasi tuzilgandi. Tazkirada o’sha davrdagi qalamkashlar bilan bir qatorda, Sultonxon Adoga ham Keng o’rin berilib, uning o’zbek va tojik tillaridagi She’rlaridan namunalar, o’zi haqida esa mo’’jaz She’riy ma’lumot va maqtovlar Keltirilgan. Jumladan:

Ado mulki ma’nida sulton erur
Xiradmandi iqlimi Turon erur.
Tojik tilidagi maqtovda esa:
Ado dar riyozi suxan komron,
Sari xojagon, faxri ahroriyon, –

deyilgan, ya’ni Ado so’z bo’stonining komroni, xojagon tariqati – Ahroriylarning faxridir.
Bundan tashqari, «Majmuai shoiron»dagi maqtovlarda Ado nozik suxandon, xushmuomala, shirinbayon, yaxshi niyatli, shoirlikda Tengi yo’q ekanligi alohida ta’kidlanadi hamda uning shayx ul-islomligi, Xoja kalon unvoni sohibi ekani ham qayd qilinadi. Xususan, Adoning Xoja Ubaydulloh – Ahroriylar xonadoniga mansubligi takror va takror aytiladi. Bundan ko’rinadiki, Umarxon zamonidagi Qo’qon adabiy muhitida Adoning ijodi yuqori baholangan. Ado Amir Umarxon vafotidan so’ng bir muddat Samarqandda yashagan va amir Haydar taklifi bilan Buxoroga borgan. Amir Haydar uni Buxoro shayx ul-islomligi mansabiga tayinlagan. Amir Haydardan so’ng amir Nasrullo davrida ham Ado shu mansabda bo’lgan. 1834 yili, ya’ni Ado hayotining oxirlarida Buxoroga mirzo Ja’far nomi ostida mashhur sharqshunos P.I. Demezon keladi. Buxoro va Samarqand bilan tanishadi, turli odamlar bilan uchrashadi va sayohati haqida 1834 yilning o’zida hisobot yozadi. Bu hisobot Peterburgda a’lo darajada qabul qilinib, P.I. Demezon ikkinchi darajali Anna nishoni va uch ming so’m pul bilan mukofotlanadi. Hisobot keyinchalik nashr ham qilinadi. Ana shu hisobotda mirzo Ja’far – P.I. Demezonning Ado bilan bir necha marta uchrashib, turli masalalar bo’yicha suhbatlashgani ham alohida qayd qilingan. Qizig’i shundaki, Sharq xalqlari tillari, urf-odati, adabiyoti, tarixini yaxshi bilgan P.I. Demezon Ado bilan yakkama-yakka suhbat qiladi, uyida Mehmon bo’ladi va natijada yevropalik sharqshunos olim Ado va uning xususiyatlari haqida boshqa manbalarda uchramaydigan jihatlarni yozib qoldiradi. Avvalo, Ado P.I. DeMezonda yaxshi taassurot qoldiradi: o’z qadrini biladigan, tilyog’lamachilikni yoqtirmaydigan, to’g’ri so’zli ehtiyotkor shaxs. U Buxoro amiri atrofidagilarning xushomadgo’yliklarini ham, amirlikning ishlarini ham ma’qullamas edi, deb yozadi P.I. DeMezon. Shu bilan birga Ado ko’pgina ilmlarni o’rgangan, farang ilmiga ham qiziqadigan ekani aytilib, misni oltinga aylantirish maqsadida kimyo bilan shug’ullanishi va hatto, yashirin tarzda tajribalar ham o’tkazishini P.I.Demezonga astagina aytib, Farangiston olimlari bu masalada nima deyishlari bilan qiziqqan ekan, P.I.Demezon ham Farangistondagi ishlar haqida gapirib, Adoning tajriba o’tkazishlaridan bir natija chiqmasligini ham nozik tarzda uqtirgan ekan. Ko’rinadiki, bu ma’lumotlar boshqa manbalarda qayd qilingan emas. Shuning uchun ular yangi bo’lib, Ado faoliyatinint bizga noma’lum tomonlarini yoritishda xizmat qiladi.
P.I.Demezon Adoning she’riyat bilan shug’ullanishi, she’rlari esa uning nomini Turkistonda mashhur qilganini ham yozadi. Sultonxon to’raning adabiy faoliyati XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan «To’hfat ul-ahbob fi tazkirat ul-ashob» (1871–1872 yilda tuzilgan) tazkirasida ham yoritilgan. Tazkira muallifi Rahmatullo VoZeh uning haqida shunday yozadi: «Ado-malik ul-kalom, xalq Peshvosi, fozillar boshlig’i va faxri Sultonxoja shayx ul-islom Samarqandiyning taxallusi. Mazkur Xoja (Sultonxon) hazrati qutb us-solikin Xoja Ubaydulloh Ahrorning muhtaram avlodidandir, Sultonxon Ado forsiy va turkiy she’r aytishda mohir va fasohatlidir. Ikki tilda ham Devonlari bor. Yaxshi qasidalari ham ko’p. Ulardan biri hajmi katta «Nola va fig’on» deb ataladigan qasidadir. Qasida ham, boshqa She’rlari ham go’zal va yoqimlidir».
XIX asrning o’zidayoq Sharq va G’arb olimlari Ado haqida bunday ijobiy fikrlar aytgan ekanlar, demak bular uning haqida xolisona so’z yuritishga turtki bo’lmog’i lozim.
Ado shoir sifatida devonlar tuzgan. Biz ana shunday devonlardan birini, ya’ni 1239 h. – 1824 yilda ko’chirilgan nusxasini ko’rdik. Bizningcha, bu Devon amir Umarxon vafotidan keyin amir Haydar tomonidan Buxoroga taklif qilinishdan oldin bir muddat Samarqandda yashagan shoir tomonidan tuzilgan. Devondan o’zbek va tojik tillarida bitilgan g’azal, ruboiy va muxammaslar o’rin olgan. Bu asarlar turli mavzuda mahorat bilan yozilgan bo’lib, ular Kamol Xo’jandiy, Hofiz Sheroziy, Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulqodir Bedil kabi forsiy va turkiy adabiyotning zabardast namoyandalari an’analarida davom ettirilgani seziladi. O’quvchilarning o’zlari bir xulosaga kelsinlar degan umid bilan shu devondan ayrim she’rlarni misol sifatida Keltiramiz:

Chu kulbam sori keldi yor dutorini soz aylab,
Quyosh oraz bila ul qish ekan orazni yoz aylab.
Boshimni sajdaga qo’ygan mahalda ul oyoq bosti,
Anga berdim salom ul lahza Men tarki namoz aylab,
Chu boshim sajdaga ko’rdi oyog’i birla bir tepti,
Jabiniga solib chin Men sori ko’p ehtiroz aylab.
Dedi Sen qibla sori bosh qo’yarsan boqmayin manga,
Haqiqat yo’liga kirding magar tarki majoz aylab.
Ham andar ham bo’lib zulfingki ul ruxsora yostanmish,
Qaro af’i dururkim, to’lg’onib gulzora yostanmish.
Banogo’shingda mushkin xol gesu halqasi birlan,
Ilingan qiltuzog’a zordurkim, qora yostanmish.
Men Navoiyga ne dey chun fikri boshqardi aning,
Manzili maqsudga urdi rohovardi aning.
Qit’a-qit’a qildi bag’rimni bu bir fardi aning,
Qilsa ko’nglum chok teg’i zahrparvardi aning,
Quymangiz marhamki, o’ltursun mani dardi aning…
Belu og’zing o’lturur be qilu qol, ey umrkim,
Der Ado bo’lsun kamoling bezavol, ey umrkim,
Bir karam qil qilmagil raddi savol, ey umrkim,
ber Navoiy komini yo jonin ol, ey umrkim,
Zulmi elga fig’onni haddidin o’tkardi aning.
Daftari she’rim bu tun ko’rdi Navoiy-yu dedi:
«Ey Ado, Lutfiy so’zi yo toza devondurmi ul!»
Yigitlikda ko’ngulni uzmagan men dilrobalardin,
Qariganda na deb ko’ngul o’zay mijgon asolardin.

Ahroriylar naslining She’riyatdagi namoyandalaridan yana biri Naqibxon Tug’ral Ahroriy Samarqandiydir.
Naqibxon Tug’ral (1865–1919) o’z ijodiyoti bilan XIX asr-ning oxiri XX asr boshlaridagi adabiy muhitda ma’lum mavqyega ega bo’lgan shoirdir. Uning tojik tilida yozilgan asarlaridan bir qismi 1916 yilda Kogon bosmaxonasida Devon holida nashr qilingan edi. keyinchalik, ya’ni tug’ilganiga 125 yil to’lishi munosabati bilan (1990) uning nisbatan to’laroq she’riy to’plami ham hozirgi, ham arab yozuvida Dushanbeda nashr ettirildi. Naqibxon Tug’ralning asarlari Zarafshon vodiysida yashovchilar tomonidan Sevib o’qiladi. Tadqiqotlar davom ettirilsa, Ahroriylar xonadonining zabardast vakillari haqidagi ma’lumotimiz ham kengayib boradi, degan umiddamiz.

SHAYX XOVANDI TAHUR

Markaziy Osiyo xalqlarining o’rta asrlardagi ma’naviyati ildizlariga nazar qilinganda, ulardan biri katta salohiyatga ega bo’lgan tasavvuf hamda uning zabardast namoyandalari qoldirgan boy meros ekanligiga shak-shubha qolmaydi. Chunki bu soha ming yillar davomida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ilmiy va adabiy hayotida, turli toifa va tabaqa kishilariniig ma’naviyatini shakllantirishda muhim omillardai biri bo’lib qolgan edi. Bu jihatdan, xususan, Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning tabarruk nomlari bilan bog’liq bo’lgan xojagon tariqatining yassaviya va naqshbandiya suluklari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu ikki sulukning asosiy maqsadi bir bo’lib, tavhidni e’tirof etish, shariat va Muhammad rasulullohning sunnatlariga amal qilish vositasida insoning o’zligini tanishga ko’maklashishdan iboratdir. Bu ikki sulukning maqsadga erishish usullarida o’ziga xos jihatlar (jahriyai sultoniya va xufiya) mavjud bo’lib, bular esa o’z navbatida, maxsus ishlangai rasm-rusumlar – murshidlar rahnamoligida bajarilishi lozim bo’lgan qonun-qoidalar asosida amalga oshirilgai. Bu ikki suluk Markaziy Osiyo mamlakatlarida Keng tarqalgan bo’lib, zamon va makon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda takomillashib, hozirga qadar o’z muxlislari va murshidlariga ega.
XV yuz yillikda o’z faoliyatlari bilan bu sohada alohida mavqye egallagan xoja Ubaydulloh Shoshiy – Xoja Ahrori Valini maydonga Keltirgan tabarruk ajdodlari – padari buzrukvorlari, volidai muhtaramalari tomonidan bo’lgan bobo va bobokalonlari haqida ham tadqiqotlar olib borish shundan guvohlik beradiki, bu xonadonning vakillari yuqorida eslatilgan ikki sulukka ham daxldor bo’lganlar. Shayx Xovandi Tahur ana shu xonadonning ko’zga ko’ringan namoyandalaridandir.
Mavlono Ali Safiy ibni Husayn Voiz Koshifiyning «Rashahot aynul hayot»da xabar berishicha, Shayx Xovandi Tahur Xoja Ahrori Vali volidai muhtaramalarining bobolari bo’lib, ul hazrat, ya’ni shayx Xovandi Tahur shayx Umar Bog’istoniyning katta farzandlari – o’g’illari bo’lganlar.
Shayx Umar Bog’istoniy (ba’zan Toshkandiy tarzida ham eslanadi, chunki Bog’iston Toshkandga qarashli tog’liq etagida joylashgan mavze) XVI asrda hayot kechirgan tabarruk zotlardan bo’lib, «Rashahot»da uqtirilishicha, Bog’istonda tug’ilganlar va sharafli nasablari o’n olti vosita bilan Abdulloh bin Umar Xattobga borib yetar ekan.
Shayx Umar Bog’istoniy avvalida o’z shaharida ta’lim olib, so’ng Buxoroga borib, qutb ul-vosilin deb e’tirof etilgan, majzubi mahbub sanalgan shayx Hasan Bulg’oriy (1208-1298) huzurida tasavvuf sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirgach, o’z shaharlariga qaytib kelib, tasavvuf sohasida komillik darajasiga erishgan siymo sifatida taniladilar. Shayx Umar Bog’istoniyning suluki jazba (jazava) bo’lib, bu jihatdan turk mashoyixlari bilan hamohangdirlar. Tariqat sohasidagi komillik tufayli shayx Umar Bog’istoniy Turkiston va Movarounnahrda shuhrat topdilar. Shuning uchun o’sha davrda dovruq taratgan Xoja Bahovuddin Naqshband shayx Umar Bog’istoniyni nihoyatda ehtirom etar ekanlar. Bu haqda Xoja Ahrori Vali Xoja Bahouddin Naqshbandning yetuk shogirdlaridan bo’lgan mavlono Ya’qub Charxiydan eshitgan gaplarni aytar edilar:
«Mavlono Ya’qub Charxiy menga aytdilarki, – deb eslaydilar Xoja Ahrori Vali, — hazrati Xojai buzurg, ya’ni xoja Bahouddin Naqshband, shayx Umar Bog’istoniyning tariqatlariga (yo’l, usul) e’tiqod qilib, uni ma’qullardilar hamda aytur edilarki: «shayx Umar Bog’istoniy tariqatlaridagi jazba (jazava)da cheksiz shodlik, jo’sh-xurush, o’zini yo’qotish darajasida zavqlanish holati samimiy intilish va doimiylik bilan uyg’unlashib ketgan».
Shundan so’ng mavlono Ya’qub Charxiy aytdilarki, «xoja Bahouddin hazratlarining shayx Umar Bog’istoniy va ul kishining tariqatlariga oid bu ta’rif – maqtovlari nihoyatda go’zaldir. Chunki jazba (jazava)ning xosiyati kishidagi zavqlanish darajasiga bog’liq bo’lib, undan so’ng shariat rusumlariga itoat qilish qiyin bo’lib qoladi. Bunday holatda ko’pgina jazba (jazava) ahli o’zini idora qila olmaydigan holatga tushadi, ammo faqat ulug’ zotlargina bunday holatda o’zlarini jamlay oladilar, ya’ni o’zlarining holatlarini boshqara oladilar. Bas shunday ekan, hazrat xoja Bahouddin shayx Umarni ulug’ zot sifatida ta’riflaganlar».
Ana shu ulug’ zotning suluk sohasida bitgan asarlari bor-yo’qligi haqida ma’lumotga ega bo’lmasak-da, ko’pgina manbalarda shayx Umar Bog’istoniyning ayrim hikmatomuz so’zlari hamda ul hazratning siyrat va suratlari bilan bog’liq rivoyatlar keltiriladiki, ularda xalqni iymon va e’tiqodga, poklik va halollikka da’vat etish yetakchi o’rinni tashkil etadi. Jumladan:
«Ayturlarki, birov sulukning sirlarini o’rganish uchun uzoq yo’ldan shayx Umar Bog’istoniy huzurlariga kelibdi. Shayx Umar aytibdurlarki:
– Sen turadigan (yashaydigan) joyda masjid bormi?
Aytibdi:
– Bor.
So’raptilarki:
– Musulmonlik ahkomini bilasanmi?
Aytibdi:
– Bilaman.
Shunda shayx Umar Bog’istoniy aytibdurlarki:
– Unday bo’lsa, bu yerga kelishingdan foyda yo’q. Ibodat ahkomi ma’lum bo’lsa, ibodat joyi ma’lum bo’lsa, qaytib bor-da, o’sha ish bilan shug’ullanavergin».
Yana:
«Shayx Umar Bog’istoniy aytibdurlarki, biz muridning ko’nglini boshqa narsalardan bo’shatib, uni ahadiyat (Olloh taolo) Tomoniga qaratamiz. Bularning hammasini biz qilamiz, ammo biz qilmaymiz, ya’ni bu ishlarning hammasi Olloh taoloning irodasi bilan amalga oshadi». Va nihoyat shayx Umar Bog’istoniy o’z o’g’illari shayx Xovandi Tahurga qaratib shunday degan ekanlar: «Tahur, mullo bo’lma, u bo’lma-bu bo’lma, musulmon bo’l!» (Bu iboraning ikkinchi tahriri ham bor: «Tahur mullo bo’lma, shayx bo’lma, so’fi bo’lma – musulmon bo’l!» Ikki tahrir ham Xoja Ahrori Vali tillaridan Keltiriladi).
Shayx Umar Bog’istoniy Mavlono Tojiddin Darg’amiynnng qizlariga uylanib, bir necha farzand ko’rganlarki, ulardan kattasi shayx Xovandi Tahur bo’lganlar.
Shayx Xovandi Tahurning (Xovand – janob, hokim, ega; Tahur – nihoyatda pok. Bu ikki ism birlashganda «nihoyatda pokizalikning egasi, sohibi» yoki «nihoyatda pokiza janob» ma’nolarini anglatadi) tarjimai hollariga doir ma’lumotlar ham yetarli deb bo’lmaydi. Shunday bo’lsa-da shayx Xovandi Tahur tarjimai hollari bilan bog’liq bo’lgan ayrim ma’lumotlar XV va XVII asr boshlarida bitilgan Sayid Abdulavvalning «Masmuot» (Eshitilganlar), Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» (Oriflar silsilasi – xonadoni), Ali Safining «Rashahot aynul-hayot» (Hayot chashmasining qatralari), Oliy shayx Siddiqiyning «Lamahot min nafahot ul-quds» (Tabarruk shabadalardan lahzalar) asarlarida uchraydi. Bularga ilova tarzda XIX asrda noma’lum muallifning 2 Betdan iborat risolasi hamda Muhammadjon Urazayevning «Hazrati shayx Xovandi Tahur (hammasi bo’lib bir bet) nomli o’zbek tilidagi ma’lumotnomasi ham borligi xabar qilinadi. 1915 yilda esa A.A. Semenov «Toshkentlik shayx Xovandi Tahur (Shayxantaur) va unga nisbat beriladigan kuloh» nomli maqolani ham nashr ettirgan ekan.
Demak, shayx Xovandi Tahur hazratlarining nasablari hayot va faoliyatlari haqida ko’ra olganimiz manoqiblar asosida ayrim ma’lumotlarni muhtaram muxlislarga manzur etmoqchimiz.
Qayd qilinganidek, shayx Xovandi Tahurning otalari sayidlarga ham daxldor bo’lgan shayx Umar Bog’istoniy bo’lib volidai muhtaramalari esa sayidlardan bo’lmish mavlono Tojiddin Darg’amiyning qizlari bo’lganlar. Toshkentda yashovchi ana shu tabarruk xonadonda shayx Xovandi Tahur tavallud topganlar.
Shayx Xovandi Tahurning tug’ilishi va nomlanishlari haqida turli rivoyatlar bo’lib, ulardan birini XVII asrda yashagan Olim shayx as-Siddiqiy (vaf. 1087 h. – 1676) o’zining «Lamahot min nafohat ul-qudc» asarida shunday keltirgan:
«Shayx Zayniddin Ko’yiorifon Toshkandiy degan ekanlarki, kimki farzand talab bo’lsa bizning mozorimizga kelib, farzand tilasa, albatta niyatiga yetguvsidir».
O’z zamonasining avliyosi bo’lmish shayx Umar Bog’istoniy umr yo’ldoshlari bilan birga hazrat shayx Zayniddin Ko’yiorifonning mozorlariga kelib, Ollohdan farzand ato qilishni iltijo qilibdurlar. Shayx Zayniddinning inoyatlari bilan Haq subhonahu shayx Umar Bog’istoniyga bir o’g’il nasib etibdiki, u mashhur shayx Hovandi Tahurdir. Shayx Xovandi Tahur dunyoga Kelgach, shayx Umar chaqaloqni shayx Zayniddin mozorlariga olib boribdi, u yerdagi kaftarlar chaqaloqni ko’rib, «at-tahur» deb sayray boshlabdilar. Ana shu karomatli mujda sababli chaqaloqqa shayx Xovandi Tahur deb nom qo’yibdilar.
Shayx Xovandi Tahurning tavallud yillari ma’lum bo’lmasa-da, vafotlari 761 h. – 1359–1360 melodiy yil ekanligi aniq. Agar umrlarining davomini shartli ravishda 70-75 yil deb olinsa, unda tavalludlari yilini 1280-1290 yillar orasi deb taxmin qilish mumkin. Shayx Xovandi Tahur tug’ilgan xonadon ham ota va ham ona tomonidan islomiy ilm va vara’-diyonatda mashhur va tan olingan kishilar edilar. Jumladan, shayx Umar Bog’istoniy Xoja Bahouddin Naqshband tomonidan kamoli hurmat bilan e’tirof etilgan bo’lsalar, mavlono Tojiddin Darg’amiy ham bu sohada ulviy – yuksak maqom sohibi sifatida ehtiromga sazovor bo’lgan edilar. Shuning uchun Ali Safiy «Rashahot»da quyidagilarni yozgan edi:
«Mavlono Tojiddin Darg’amiy… o’z zamonasining akobirlaridan bo’lib, zohiriy va botiniy ilmlarning olimi, taqvo, vara’, fiqh, sirli olam ahvolini bilish va zohiriy karomatlari bilan mashhur edilar».
Ana shu xonadonning olijanob an’analari yosh Xovandi Tahurga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. U kishi maktabda o’qidilar, savod chiqardilar va padari buzrugvorlari – shayx Umar Bog’istoniy tarbiyalarida ulumi zohiriy va botiniy sirlarini chuqur o’zlashtirib valiyat ahlining yuksak cho’qqisiga ko’tarilganlar. Shunday bo’lsa-da, xoja Ahmad Yassaviy avlodidan bo’lib, o’sha davrda katta shuhratga ega bo’lgan Tunguz shayxdan ta’lim olish uchun Turkistonga safar qiladilar. Shayx Xovandi Tahur Tunguz shayx maskanida istiqomat qilib, Tunguz shayxning shunchalik buyuk maqsad sohibi bo’lishlari bilan birga nihoyatda kamtarona yashaganlari, turmush va oila ahli injiqliklarini sabr-toqat va bag’ri kenglik bilan yengganliklarining shohidi ham bo’ldilar. Bu ham bir maktab edi ularga. Ana shu muhitda shayx Xovandi Tahur sufiya ta’limotining ilmiy va amaliy nozikliklarini yanada chuqurroq o’rganadilar. Bu safar vaqtida va Tunguz shayxdan ta’lim olish muddati davomida shayx Xovandi Tahur bilan u kishining mulozimi shayx Muhammad Xuluvviy ham birga edi. Shayx Muhammad Xuluvviy (xuluv – bo’shliq) xatti-harakati, beparvoligi va tinimsizligini kuzatgan Tunguz shayx uning shayx Xovandi Tahurga munosib mulozim emasligini anglaydi. Shayx Xovandi Tahur ham mulozimning o’zlariga noloyiq ekanligini bilardilar, undan qutulish yo’llarini axtarardilar. Xuddi shu vaqtda shayx Xovandi Tahur o’z holatlari, kayfiyatlari, mulozimlari haqidagi mulohazalarini Tunguz shayxga bayon qiladilar. Shunda Tunguz shayx Xovandi Tahurga aytadi: «Shunchalik isTe’dod va qobiliyatingiz bilan nega endi hozirgacha u bilan birga bo’lishga chidab keldingiz?» Shayx Xovandi Tahur shunday deydi: «Johillarning jabru jafosidan sabru toqat bilan qutulishni afzal bildik».
Tunguz shayx shunday deydi: «men ham uning Sizga munosib emasligini sezdim. Shunday qilamanki, Tezda undan qutulasiz». Shundan so’ng Xovandi Tahur va shayx Muhammad Xuluvviy Tunguz shayxdan qaytish uchun ruxsat so’raydilar. Tunguz shayx rozi bo’lib, shayx Muhammad Xuluvviyga teri qoplanmagan nog’orani hadya etadi. Buni ko’rgan shayx Muhammad Xuluvviy taraddudlanib qolgach, shayx Xovandi Tahur aytadi: «Shayx hazratlarining sovg’alari tabarruk va hikmatsiz emas. Shuning uchun uni oling». Ular Buxoro tomon yo’lga chiqadilar. Bir mavzega yetganda, Xovandi Tahur shayx Muhammad Xuluvviyga qarab aytadilarki: «Endi biz ajralamiz, men Buxoroga boraman, Siz esa Xorazmga boring».
Shunday qilib, shayx Xovandi Tahur Buxoroga kelib, o’sha davrning mashhur donishmandlari Xoja Muhammad Bobo Samosiy, Sayid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband va boshqalar bilan muloqotda bo’lganlar, xojagon tariqati to’g’risidagi ma’lumotlarini yanada chuqurlashtirganlar.
Buxorodan Toshkentga qaytib kelgan Shayx Xovandi Tahur o’z faoliyatlarini davom ettirib, muxlislarga islomiyatdan, iymon va shariatdan, tavhid va islomiy qonun-qoidalardan ta’lim berdilar; kishilarni poklanish, o’zligini tanish, diyonatli va adolatli bo’lishga targ’ib va tashviq etganlar. Bunday targ’ibotlar vaqtida aytilgan fikrlar faqat og’zaki tarzda bo’lib qolmay, balki bir Necha risolalarda ham yozib qoldirildi. Afsuski, hozircha bu risolalarning ham taqdiri aniqlangan deb bo’lmaydi. Ammo ulardan ayrim misollar «Silsilat ul-orifin» va «Rashahot» kitoblarida Keltirilgan. Shayx Xovandi Tahur risolalaridan yuqorida eslatilgan kitoblarda keltirilgan parcha-namunalar shundan guvohlik beradiki, shayx Xovandi Tahur o’z risolalarida xojagon tariqatining nazariy va amaliy masalalaridan ham nasriy va ham she’riy tarzda so’z yuritganlar. Bu risolalarni mutolaa qilgan Xoja Ahrori Vali mashhur bobolarining tavhidni sharhlashga bag’ishlangan fikrlaridan ayrimlarini suhbatlari jarayonida o’z aqidalarining to’g’riligini isbotlovchi dalil sifatida misol keltirar ekanlar. Jumladan: «Shayx Xovandi Tahur o’z risolalarida shunday aytibdurlar, – deb davom etadilar Xoja Ahrori Vali, shariatda Tavhid Haqni (Olloh taoloni – B.V.) bir demak va bir bilmakdir, tariqatda esa ko’ngilni Haq subhonahudan boshqa narsalardan yakkalash demakdir».
Bu masalaga doir fikr davom ettirilib, Shayx Xovandi Tahur shunday deganlar:
«Tavhid tanni ibodatga tayyorlash uchun uni shahvatdan tozalashdir hamda ko’ngilni ibodatga muvofiqlashtirish uchun uni har qanday xatarlardan qutqarishdir, chunki u (Olloh taolo – B.V.) yagonadir. Bu masala tariqat fasllaridan bo’lib, bu aqida haqiqat ahli so’zlaridir. Shariatda asa tavhid Xudoni bir bilmoqdir».
Xoja Ahrori Vali bobolarining bu fikrlarini keltirish bilan ularning tasavvufning zabardast namoyandalari fikrlariga asoslanganligini isbotlash yoki, boshqacha qilib aytganda, Shayx Xovandi Tahur aqidalarining shak-shubhasiz ekanligini dalillash maqsadida Xoja Abdulloh Ansoriyning «tavhid faqat Haqni (Olloh taoloni – B.V.) yagona bilmoq emas, balki Haq bilan yagona bo’lmoq hamdir», – degan fikrlarini Keltiradilar.
Shayx Xovandi Tahurning yana bir so’zlari shundaydir: «Dilbar jamolsiz bo’lmas, rahbar esa kamolsiz». Bu hikmatning ikkinchi qismida so’z rahbar – murshid haqida borar ekan, har qanday kishi ham murshid – rahbar bo’laVermasligi alohida uqtirilib, shu sohada kamolotga erishgan shaxsgina rahbar – murshid bo’la olishi ta’kidlangan. Shunday ekan, har bir sohada, jumladan, tasavvufda ham barcha masalalarni nihoyatda chuqur bilgan va muammolarni to’g’ri hal eta oladigan bo’lmoq lozimligidan bahs yuritilganki, bu fikr hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab Kelmoqda.
Shayx Xovandi Tahurning yuqorida Keltirilgan hikmatlarining birinchi qismi ham – «dilbar jamolsiz bo’lmas» o’zining chuqur ma’nosi bilan diqqatga sazovordir. Agar uning zohiriy – majoziy ma’nosi «dil eltguvchi, ko’ngillarni o’ziga band etguvchi jamolsiz – go’zalliksiz va maftun etuvchi jozibasiz bo’lmas», degan ma’noni, ya’ni «go’zal (yor) maftun etuvchi go’zalligi bilan ko’ngillarni band etadi» ma’nosini anglatsa, uning botiniy — haqiqiy ma’nosi esa «Olloh taolo o’zining ilohiy jamoli – go’zalligi bilan ko’ngillarda tajalliy etadi», degan ma’noni anglatib, yuqorida sharhlangan birinchi qismni (rahbar — murshidning kamolsiz bo’lmasligi) yanada kengroq tushunishga ko’maklashadi, ya’ni agar rahbar — murshidning ko’ngli Olloh taoloning tajalligohida aylana olgan bo’lsa, bunday murshid – rahbari komil sanalur.
Demak, Shayx Xovandi Tahurning bu fikrlari insonning ma’naviyati olamiga va uning komil bo’lishiga qaratilganidan hozirgi kunda ham insonlarning ma’naviyatini shakllantirish va uning ustuvorligini ta’minlash ishiga xizmat qila oladi.
Shayx Xovandi Tahur fikrlari ifoda etilgan quyidagi hikmat ham nihoyatda jozibali va umumbashariy mazmunga molikdir:
«Borg’il-da, dushmanning ko’nglini top, Do’stning ko’nglini sinashga esa qanday ehtiyoj bor?!»
Hikmatning mazmuni tushunarli bo’lsa-da, uni sharhlash maqsadga muvofiq ko’rinadi: Shayx Xovandi Tahur aytmoqchilarki: ey inson, sen dushman deb bilgan kishining ko’nglini top-da, tushunmovchiliklarni bartaraf qilib uning bilan tinch-osoyishta yashash yo’llarini izla. Do’stlarni esa imtihon qilishga hojat yo’q, chunki ular bunday imtihonlardan allaqachon o’tib, sening do’sting bo’lganlar. Bas shunday ekan, do’stlarning ko’nglini zaruratsiz imtihon qilaman deb, ularda shubha uyg’otmagil, Zero bu hol ularning Senga nisbatan samimiyatiga darz ketishiga bois bo’lmog’i mumkin. Bas shunday ekan, ey inson, Sen tinch-osoyishta yashash yo’llarini izlagil, dushmanlikdan hazar qilgil.
Bunday olijanob fikr-hikmat shayx Xovandi Tahurning zamondoshlari bo’lmish mashhur Xoja Hofiz Sheroziy she’riyatida quyidagicha ifodalangan edi:

Osoyishi du Gety tafsiri in du harf ast,
Bo do’ston muruvvat, bo dushmanon madoro.

Mazmuni: ikki jahonning osoyishtaligi bu ikki so’zning ma’nosidan iboratdir: do’stlarga muruvvat ko’rsatish, dushmanlar bilan esa madoro – murosa qilish.
Bu fikrlarning hamohangligi shayx Xovandi Tahurni ham, xoja Hofiz Sheroziyni ham bashariyatning asrlardan beri orzu qilib Kelayotgan muddaosini ifodalay olganlari jihatidan zamonamizgacha yetkazdi va bundan keyingi davrlar, asrlar, avlodlar uchun ham ular umumbashariy ulug’ zotlar bo’lib qolaVeradilar.
Ma’lumotlarga ko’ra, «Shayx Xovandi Tahurning maorifanGez she’rlari ko’pdir» («Rashahot»). Shuning uchun shayx Xovandi Tahur o’zlarining tasavvuf va pand-nasihatga doir fikrlarini faqat nasriy risolalarida bayon etib qolmay, balki shoirlik qobiliyatlari yetarlicha bo’lganidan She’riy tarzda ham ifodalab, ularni suhbatlarida o’qiganlar, yozib qo’yganlar. Bu vaqtda esa shayx Xovandi Tahurning mashhur mutasavvuf shoirlardan bo’lmish Abu Sayid Abulxayr, Abdulloh Ansoriy, Pahlavon Mahmudlar an’analarini davom ettirganlarining guvohi bo’lamiz. To’g’ri, hozircha Shayx Xovandi Tahurning she’riy Meroslarini yaxlit tarzda ko’ra olmagan bo’lsak-da, ammo uning ayrim namunalari hazratning bu sohadagi iqtidorlarini namoyish eta oladi. Fikrimizning dalili sifatida bir-ikkita namuna keltirish bilan kifoyalanamiz:

Nigohboni du chashm ast chashmi dildoRe,
Nigoh dor nazar az ruhi digar yoRe,
Holo mabod, ki chashmash ba chashmi tu nigarad,
Daruni chashmi tu binad xayoli ag’yoRe.

Mazmuni:
Dildorning ko’zlari ikki ko’zning posbonidir,
Shuning uchun o’zga yor jamolini ko’rishdan saqlangil.
Xudo ko’rsatmasin, agar ko’zi ko’zlaringga tushsa,
Ularning ichida o’zga yor xayolini albatta ko’rar.

Yana:

Mahbub ba chuz habib zebo nabuvad,
Har bog’cha choi tamosho nabuvad.
Dilro ba kaSe maDeh, ki dar odami ishq,
Har cho ki ravad raxti varo cho nabuvad.

Mazmuni:
Sevikli sevguvchigagina go’zal ko’rinar,
Har bog’cha ham tamosho joyi bo’la olmas.
Ko’ngilni birovga bermagilki, ishq olamida,
Qayg’a borsa ham u qo’nim topa olmas.

Nihoyat:

Sherzodi beshai ishqam qavy dar kori xud,
Go’ harifi man biyo, to zo’ri bozu bingarad.

Mazmuni:
Men ishq o’rmonining arslonzodasi bo’lib, o’z ishimda kuchlilardanman,
Raqibimga ayt, Kelsin-da, bilaklarimdagi kuch-qudratni ko’rsin.

Misollardan ko’rinadiki, Shayx Xovandi Tahurning she’riyatlarida tavhid aa tasavvuf masalalaridan bahs yuritilgan bo’lib, ular pand-nasihat ruhida bitilganlar.
Shayx Xovandi Tahur, shu tariqa, tasavvuf jarayonini davom ettirishda munosib hissa qo’shganlar.
Shayx Xovandi Tahur uylanganlar, farzand ko’rganlar. Ulardan biri Xoja Ahrori Vali onalarining otasi xoja Dovuddir.
Shayx Xovandi Tahur olamdan ko’z yumganlarida Toshkentda dafn etilganlar. Bu mozor joyi keyinchalik Shayx Xovandi Tahur (Shayxontahur) sifatida shuhrat qozonib, hozirga qadar shu nom bilan ataladi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Shayx Xovandi Tahur dafn etilgan joyda XIV asr oxiri XV asr boshlarida maqbara qurdirilgan ekan. U xarob holga kelganda XVII-XIX asrlarda tiklangan ekan. Uning yonida madrasa ham qurilgan bo’lib, uning XIX asr oxirlarida tushirilgan fotosurati saqlanib qolgan.
Shayx Xovandi Tahur nomlari  mashhur bo’lganidan Toshkent shahridagi to’rt dahadan biri hazratning nomlari bilan Shayxontahur dahasi deb atalgan. XVIII asrda Shayx Xovandi Tahur avlodlaridan bo’lgan Yunusxo’ja bu dahaning, keyinchalik esa to’rt dahaning hokimi bo’lgan ekan.
Respublikamiz istiqloliyati tufayli qadriyat va tarixga bo’lgan e’tibor kuchayib, hazrat Shayx Xovandi Tahur bilan bog’liq bo’lgan joylar obodonlashtirilib, Shayxontahur tumani esa respublikamiz poytaxti – Toshkentning go’zal maskanlaridan biri bo’lib qoldi.
Shunday qilib, shayx Xovandi Tahur xalqlarimiz ma’naviyati tarixida o’zlariga xos mavqyega ega bo’lgan buyuk siymodirlar. Bu hazratning tarjimai hollari va qoldirgan meroslarini, risolalarini har tomonlama chuqur o’rganish o’zligimizni tanishga ko’maklashadi, istiqlol mafkurasini shakllantirish hamda yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

ABU BAKR QAFFOLI SHOSHIY

Qadimiy Choch – Shosh – Toshkanddan yetishib chiqqan ko’plab olim, shoir va mutafakkirlar Sharq tamadduni xazinasiga munosib hissa qo’shganlar. Ana shunday tabarruk ulamolardan Shayx Abu Bakr Muhammad bin Ali bin Ismoil Qaffoli Shoshiy X asrning qomusiy bilim egasi bo’lmish siymolardan biridir.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning tarix maydoniga kirib Kelishlari va hozirga qadar e’tiborli siymo sifatida hurmat va e’tiborga sazovor bo’lishlari – va hidu asratin – yagonai zamon deb yuritilishlari Bejiz emas. Chunki bu hazrat tariximizda muhim sahifa bo’lgan bir davrda – Sharq mamlakatlarida, xususan, musulmon olamida yuzaga kelgan Renessansning ibtidosi vaqtida yashab, faoliyat ko’rsatgan edilar. Agar biz islom, uning madaniyati, ilmu fani va tarixi bilan shug’ullangan jahon olimlari asarlariga, jumladan, shveysariyalik sharqshunos Adam Mesning «Die Renaissans des islams» (Islomdagi Renessans – bu asar rus tiliga «Musulmanskiy Renessans» tarzida o’girilgan) deb atalgan va bir Necha tillarga tarjima qilingan salmoqli asariga murojaat etsak, unda IX-X asrlar arab xalifatida, jumladan, Bag’dod, Damashq va boshqa shaharlarda ilm, fan, madaniyat va islomiyatda buyuk o’zgarishlar davri ekanligini ishonarli va boy dalillar asosida isbotlanganligini ko’ramiz. Shu jihatdan xalifalikning shimolidagi Movarounnahr, Xorazm va Turkistonning bir qism o’lkalarini birlashtirgan Somoniylar davlati hududida ham bu davrda yana shunday olamshumul ahamiyatga ega bo’lgan hodisa Renessans jarayonining boshlanganligini kuzatamiz. Xuddi shu davrda ana shu tabarruk mintaqada Sharq ilmiy va badiiy tafakkurining daholari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Rudakiylar bilan bir qatorda islomiyat olamida shuhrat taratgan Abu Mansur Motrudiy (vaf. 940 y.), Abulqosim Samarqandiy (vaf. 953 y.), faqyeh Abu Lays Samarqandiylar (vaf. 985 y.) ham kalom va fiqh – islom qonunshunosligi ilmlarini rivojlantirishda katta hissa qo’shdilar.
Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hazratlari ana shu jarayonda, ana shu muhit hukmron bo’lgan diyorimizda yashab faoliyat ko’rsatganlar. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy tarjimai hollari, qoldirgan meroslariga oid ma’lumotlar uncha ko’p emas. «Silsilat ul-orifin»ning muallifi mavlono Muhammad Qozining eslatishicha, bu hazratga bag’ishlab, «Maqomoti shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol» risolasi yozilgan ekan. Taxminimizcha, bu risola – maqomot Xoja Ahrori Valining kutubxonalarida bo’lib, Muhammad Qozi o’zining «Silsilat ul-orifin» asarida shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy haqida ma’lumot berayotganda ana shu kitobdan bevosita foydalangan. Buni quyidagicha yozganidan ham bilish mumkin: «Dar «Maqomoti shayx Abu Bakri Qaffoli» mazkur ast, ki…», ya’ni «Shayx Abu Bakr Qaffol maqomoti»da zikr qilinganki…». Bu tarzda qat’iy ishonch bilan yozish faqat kitobdan shaxsan foydalanish vaqtidagina sodir bo’ladi.
«Silsilat ul-orifin»da bu hazratning maqomotlaridan keltirilgan ma’lumotlarning ayrimlaridan «Rashahot»ning muallifi ham foydalangan. Shunisi taassufliki, «Maqomoti shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli»ning Xoja Ahror Vali kutubxonalarida saqlanib, mavlono Muhammad Qozi foydalangan nusxasi va yoki boshqa nusxalari haqida hozircha ma’lumotlarga duch kelmaganimiz sababli maqomotning muallifi, yozilgan yili, joyi, mazmuni to’g’risida biror-bir so’z Deyishdan saqlanamiz. Bu tabarruk zotning tarjimai hollari, faoliyatlari haqida quyidagilarni muhtaram muxlislarga manzur etish ma’qul ko’rindi.
Biz so’z yuritayotgan siymoning asl nomlari Muhammad bo’lib, otalari Ali va bobolari Ibrohim deb atalganlar. Hazratning Abu Bakr deb aytilishi bu u kishining kuniyati – sharafli nomi (Bakrning otasi) bo’lib, «shayx» esa islomiyat sohasida ustod ekanliklarining e’tirofi tarzida ishlatilgan. Qaffol – qulf yasovchilik kasbiga aloqadorlikni bildiradi, ya’ni hazratning ota-bobolari hunarmand bo’lib, qulfsozlik bilan shug’ullanganlar. «Shoshiy» so’zi hazratning Shosh – Toshkentdan ekanligini ta’kidlovchi nisbadir. Shunday qilib, bu hazratning to’liq nomlari shayx Abu Bakr Muhammad bin Ali bin Ismoil Qaffoli Shoshiy bo’lib, qisqartirilgan holda ba’zan Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy, ba’zan esa Shayx Qaffoli Shoshiy deb yuritiladi.
Hazratning ota-bobolari, onalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lmaganimizdan faqat ularning nomlarini zikr qilish bilan chegaralandik. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning tug’ilgan yillari ham hozircha aniqlanmagan bo’lsa-da, u kishi Shoshda – Toshkentda Ali Qaffoli Shoshiy oilasida dunyoga kelganlar. Muhammad o’sha davrning udumiga ko’ra boshlang’ich va madrasa ta’limini o’z vatanlarida olganlar, so’ng Buxoro, Samarqand, Bag’dod, Damashq shaharlaridagi olimu fuqaho – fiqh ilmining bilag’onlaridan ta’lim olganlar. Ma’lumki, X asrda sunniylikda islom qonunshunosligi sohasida to’rt mazhab – xanafiya, molikiya, xanbaliya va shofeiya mavjud bo’lib, ular fiqh masalalarini sharhlashda ma’lum o’ziga xosliklarga ega edilar. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy fiqhdagi bu mazhablardan shoFeiyaning tarafdori sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Shu narsa aniqlanganki, shoFeiya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad bin Idris ash-ShoFeiy (767–820 yillar) bo’lib, u fiqh ilmi uslubiyatining (usul-al fiqh) asoschisi sifatida e’tirof etilgan. U ijmo – Kengashib ma’lum bir xulosaga Kelish usulini shaxsiy mulohazaga asoslanishdan ustun qo’yardiki, bu usul – ijmoni barcha mazhab tarafdorlari ma’qullar edilar.
IX-X asrlarda shofeiya Bag’dod va Qohiradagina emas, balki Makka, Madina, Suriya, Kirmon hamda boshqa o’lkalarda keng tarqaldi. Xuddi ana shu davrda Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dod, Damashq, Makka, Madina, Shofeiya mazhabining asoschisi Abu Abdullo Shofeiy tug’ilgan G’azo shaharlariga bir Necha marta safar qilib, Shofeiyaning nazariy va amaliy masalalarini chuqur o’rgandi, o’z ona diyoriga qaytgach, shoFeiyaning Movarounnahr va Turkistonda tarqalishiga asos solganlaridan hazrat shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyga nisbatan imomu asratin – zamonning imomi («imom» so’zi sunniylikda shariat mazhablari, jumladan, shoFeiyaning asoschilariga nisbatan ham qo’llanilgan) hamda «Kibori ulamoi shofeiya» – shoFeiyaning ulug’ ulamolaridan biri faxriy unvonlari berilgan edi. Ana shundan so’ng Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning muxlislari faqat Movarounnahr va Turkistonda emas, balki Arab mamlakatlari, jumladan, Bag’dod, G’azoda ham ko’payadi. Shuning natijasida Xoja Ahrori Valining ota tomonidan ajdodlari bo’lgan Xoja Muhammad Nomiy Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dodda bo’lganlarida ularning suhbatlariga qatnashib, u kishida Valilik fazilatlarini kuzatib, muxlis bo’lib qolib, Bag’doddan Shoshga keladilar-da, hazrat Shayxning xizmatlarida umr kechirib, shu yerda uylanib, farzand ko’rib, turg’un bo’lib qoladilar.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy shuhrat qozongandan so’ng hayotlarini qanday tarzda o’tkazganlari, qanday xizmatlar qilganlari u kishi haqida yozilgan maqomotda bayon etilgan ekan. Uning ayrim lavhalari mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida keltirilgan. Biz uni mazmunan tarjima qilib, muhtaram muxlislarga manzur etmoqchimiz.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z hayotlari vaqtini uch qismga bo’lgan edilar: bir yil Rum tomonidagi G’azo shahriga (Misrda) borardilar, ul vaqtlarda Rumda islom yoyilmagan ekan; bir yil hajga borardilar va yana bir yil viloyatlarida (Shoshda) bo’lib, xalqni Haq tomon da’vat qilurdilar… Va shayx hazratlari bir Necha marta Bag’dod va G’azoga borganlar…
Ayturlarkim, xazrati Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hajga borayotganlarida Bag’dodga kiribdilar. Shaharda tashvish va besarishtalik hukm surishini ko’ribdilar. Buning sababini surishtirganlarida ma’lum bo’libdiki, Rum sultoni Bag’dod podshohiga ibri tilida juda murakkab uslubda chiroyli noma yuborib, unda uch ishdan birini bajarish lozimligi qat’iy shart qilib qo’yilgan ekan. Bu shartlardan birinchisi Bag’dod podshohi Rum sultoni yuborgan noma uslubida ibri tilida javob yozishi kerakligi; ikkinchisi agar bu shartni ham bajara olmasa, unda uchinchi shart: urushga tayyor bo’lish kerakligi aytilgan ekan.
Bu noma Bag’dod podshohini qiyin ahvolga solib qo’ygan edi. Chunki bag’dodliklar rumiylar bilan urushga tayyor emasdilar hamda Rum podshohi talab qilgan miqdordagi boyliklari ham yo’q edi. Shuning uchun podshoh va saroy ahli Rum sultoni xatiga ibri tilida go’zal uslubda javob xati yozishdan boshqa choralari yo’qligini e’tirof etadilar. Shu maqsadda Bag’doddagi ulamo va fozillarni to’plab, xatga javob yozish lozimligini aytdilar, lekin bu ishni hyech kim bajara olmadi. Bu hol bag’dodliklarni nihoyatda tashvishga solib qo’ygan bo’lib, buning ustiga Rum podshohining elchisi esa nomada bayon etilgan shartlarni qabul qilganlik va qilmaganlik haqidagi javobni tezlashtirishni har gal eslatardi. Bag’dodliklar juda bir qiyin ahvolda bo’lgan ayni shu vaqtda shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dodga kirib borgan edilar.
Turkistondan bir donishmandning Bag’dodga kelganligi haqidagi gap shaharga Tezda tarqaldi. Bu xabar Bag’dod podshohiga borib yetdi. Podshoh odamlarini yuborib, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyni hurmat bilan saroyga keltirdi. Podshoh shayxga ahvolni tushuntirib, maqsadini aytdi va Rum sultonining nomasini berdi. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol yetmish ikki tilni bilardilar, shuning uchun xatni o’qib chiqib, agar podshoh bir shartimga ko’nsalar, javob yozaman, dedilar. Podshoh ul shart nimadan iborat ekanligini so’radi. Shayx aytdilar: shart shundan iboratki, podshoh hazratlari amir ul-mo’minin Usmonning mushafi (Qur’oni)ni Menga bersalar, Rum sultoni nomasiga javob yozurman. Podshoh bu shartga ko’nmadi, ammo xatga javob yozishni iltimos qilaVerdi. Shayx hazratlari esa aytgan shartlari bajarilmaguncha, javob yozmasliklarini qat’iy tarzda bayon qildilar. Shunda podshoh o’zining ulamo va amirlari bilan kengashdi. Ular aytdilar: shayxning sharti bajarilmasa, nomaga javob yozmasligi ma’lum bo’ldi. Ahvol esa juda qiyin, Rum elchisi ham Tezlashtirishni talab qilayapti. Yaxshisi, shayxning shartini qabul qilib, mushafni berish ma’qul ko’rinadi. Xatga javob yozganidan so’ng esa, ko’p oltin berib mushafni qaytib olurmiz, agar yo’q desa zo’rlik bilan ham olamiz. Podshoh bu maslahatga rozi bo’lib amir ul-mo’minin Usmon Qur’onini shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolga berdi. Mushaf (Qur’on)ni olgan shayx hazratlari valoyat (valiylik) nazarlari bilan podshohning asl maqsadidan ham ogoh bo’ldilar. Shuning uchun xatga javob yozish uchun podshohdan o’n kun muhlat so’radilar. Podshoh rozilik berdi. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol mushaf (Qur’on)ni olib, podshoh huzuridan chiqdilar va tezlik bilan o’z qo’nalg’alariga yetib keldilar. Shayx hazratlari o’zlarining nihoyatda ziyrak va chaqqon shogirdlariga mushaf (Qur’on)ni topshirib, uni uchar otga mindirib, shunday Dedilar: «O’n kun ichida Tezlik bilan Tabriz shahriga yetib borishing kerak!» Shogirdlari ustodning so’zlarini eshitib, o’sha vaqtning o’zidayoq yo’lga otlandi.
Shundan so’ng shayx hazratlari Rum sultoni nomasiga ibri (qadimiy yahudiylar tili) tilida nihoyatda go’zal uslubda javob xatini yozdilar. O’n kundan keyin podshohning chopari kelib, xatga yozilgan javobni talab qildi. Shayx hazratlari Rum sultoni nomasi va unga yozilgan javob xatni podshoh huzuriga olib bordilar. Podshoh uning ulamo va amirlariga yozgan javob nomani o’qib berdilar. Bunday go’zal javob xatni eshitib hamma hayratda qoldi. Podshohning vakili javob xatini Rum elchisiga topshirdi. Elchi xatni olib Rumga Ketdi. Rum sultoni uni o’qigach, aytdi: menga shu narsa ayonki, men yuborgan nomaga bunday javob yozuvchi Bag’odda yo’q. Bas shunday ekan, uni kim yozdi?! Elchi aytdi: Sulton hazratlarining fikrlari to’g’ri. Sizning nomangizga javob yozishga bag’dodliklar ojiz qolgan edilar. Shu vaqtda Bag’dodga Turkistondan bir donishmand kelgan edi, bu javobni o’sha turkistonlik donishmand yozdi. Rum sultoni bu gapni eshitib, shundayga o’xshaydi, deb aytdi.
Ul mushaf (Qur’on) Xorazmshoh Shoshni xarob qilgan zamonda Abu Muso mahallasidan g’oyib bo’lgan edi.
Bu rivoyatdan ma’lum bo’lishicha, amir ul-mo’minin Usmon hazratlarining mushaf (Qur’on)larini shayx Abu Bakr Qaffolning sodiq shogirdlari Tabrez orqali Shosh (Toshkent)ga olib kelgan va u Shoshning Abu Muso mahallasida saqlangan ekan. V-Ollo-hu a’lam bis-savob!
Shuni ham eslatish joiz ko’rinadiki, mavlono Muhammad Qozi zamonida (XV asr) Shoshning Abu Muso mahallasi ma’lum va mashhur maskanlardan bo’lsa kerak, muallif uning koordinatlarini ko’rsatmagan va nima uchun mushafning aynan shu mahallada saqlanganligini bayon etmagan. Ehtimolki, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol shu mahallada yashagan bo’lishlari ham mumkin yoki bu mahallada ma’lum va mashhur jome’ masjidi bo’lib, muqaddas kitob shu yerda saqlangan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida shayx hazratlariga bag’ishlangan maqomotda keltirilgan yuqoridagi lavhada olib Kelingan mushaf (Qur’on)ning saqlanish mahallasi (Abu Muso) ko’rsatilgan holda uning aniq joyi (masjid yoki uy) haqida hyech narsa deyilmagan. Bas shunday ekan, keyingi tadqiqotlar bu masalaga oydinlik kiritar degan umiddamiz.
Mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» asarida shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hayotlariga oid yana bir lavha Keltirilganki, yuqoridagi lavhada bayon etilgan voqyealardan so’ng sodir bo’lganligi uning mazmunidan anglashiladi. Bu lavha quyidagichadir:
Ayturlarki, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol G’azo shahriga borgan yillaridan birida bag’dodliklar tarafida turib, rumliklar bilan urushganlar. Bu urushda bag’dodliklar yengilib, ko’plari, jumladan shayx hazratlari ham rumliklarga asir tushgan ekanlar. Asirlarni ko’zdan kechirgan Rum sultoni hazrati shayxga qarab shunday debdi:
– Sen bag’dodliklarga o’xshamaysan. Rostini ayt qayerliksan?
Shayx hazratlari shunday javob beribdilar:
– Men Shoshdan bo’laman.
Rum sultoni aytdi:
– Sen mening xatimga ibri tilida go’zal javob yozgan kishi emasmisan?
Shayx hazratlari aytdilar:
– Xuddi shunday.
Rum sultoni Shayx hazratlariga qarab dedi:
– Tavrotni biz uchun arab tiliga o’girib ber! Agar bu ishni bajarsang, seni va boshqa asirlarni ozod qilib, ko’pgina in’om ham berurmen.
Shayx hazratlari aytdilar:
– Juda yaxshi. Faqat shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo’lgan bo’lsa, o’sha nusxani menga keltirib ber, uni arab tiliga tarjima qilib beraman. Ammo hozir qo’llaringizda bo’lgan Tavrot tahrir qilingan nusxadir. Bu nusxani esa Men arab tiliga tarjima qilmayman.
Rum sultoni bu gaplarni eshitib, darg’azab bo’ldi-da, shunday dedi:
– Agar tarjima qilmasang, seni va boshqa asirlarni ham halok qilgum.
Shayx aytdilar:
– Nima xohlasang qil, ammo Men Tavrotning Haqdan nozil bo’lgan nusxasinigina arab tiliga tarjima qilurmen.
Nihoyat, Rum sultoni ulamo va mamlakat oqsoqollari bilan kengashdi. Ular shayx hazratlarining shartlarini bajarishga rozilik berib, shunday dedilar:
– Mayli, Sen aytgan nusxani yetkazurmiz, uni tarjima qilgil, ammo biz undagi Muhammadga bag’ishlangan madhlarga kelganda, ulardan ko’z yumib o’tarmiz…
Alqissa, shayx hazratlari Olloh taolo inoyatlariga shukronalar aytib, Tavrotning nozil qilingan nusxasini Tezlik bilan arab tiliga o’girishga kirishdilar…
Tavrot arab tiliga o’girilgach, Rum sultoni shayx hazratlariga ko’p tuhfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod qilibdi va o’z mamlakatlariga jo’natibdi.
Bu lavhada ham shayx hazratlarining beqiyos xizmatlaridan hikoya qilingan. Biz Haq taolo tomonidan nozil qilingan muqaddas kitoblardan biri bo’lmish Tavrotning arab tiliga tarjimalari tarixi bilan qizikqanimizda bu ish X asrda amalga oshirilgani haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
Demak, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z bilimdonliklari bilan ahl al-kitobga Beqiyos xizmat qilib, hatto mamlakatlar orasida yuz berishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish, ko’plab kishilarning asirlikdan ozod qilinishlariga sabab bo’lganlar, insonlarning bir-biriga nisbatan bo’lgan samimiy, do’stona munosabatlarini mustahkamlaganlar. Agar biz Shayx hazratlari faoliyatiga doir ikki lavhani ham diqqat bilan kuzatsak, unda yuqoridagi fikr isbotlanadi.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy shuning bilan bir qatorda Qur’oni karim tafsiri va fiqh – qonunshunoslik sohalarida yuksak qiymatga ega bo’lgan ko’plab kitoblarni ham yozganlarki, «Shavohid ul-nubuvva», «Daloil al-qibla» kabilar aytilganlarga misol bo’la oladi. Bu va boshqa asarlari keyingi davrning mashhur allomalari Imom G’azzoliy, Imom Navaviy va Imom Roziylar tomonidan hurmat bilan mutolaa qilib qolinmagan, balki ular o’z asarlarida Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy aytgan fikrlarni ko’plab Keltirganlar.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol 366 h. – 976–977 m. yilda dunyodan ko’z yumganlar va Shoshda dafn etilganlar. Bu hazrat qabrlari Shoshning belgili joylaridan bo’lib, keyinchalik uning ustiga maqbara ham bino qilinib atrofida boshqa imoratlar ham qurilgan. Bu joy Hazrati Imom yoki Hasti imom nomi bilan tabarruk qadamjo sanaladi.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning maqbaralarini ko’p ziyorat qilgan Xoja Ahrori Valining hikoyat qilishlaricha, maqbaraning eshigida quyidagi qit’a yozib qo’yilgan ekan:

Doni chi hikmat ast, ki farzand az nadar,
Minnat nadorad, ar chi didash ro’zu shab ato.
Ya’ne dar in jahon ki mahalli xavodis ast,
Dar mehnati vujudi tu afganda maro.

Mazmuni: Bilasanmi, qanday hikmat bor ekanki, o’g’il otadan kechayu kunduz yaxshilik ko’rgan bo’lsa-yu, undan minnatdor bo’lmasa. Ya’ni bu jahon – dunyo hodisa-voqyealar sodir bo’lguvchi joy ekan, ya’ni Sening vujuding azob-uqubatlari bag’riga tashladi.

Bu qit’ani zohiran o’qiganda g’alati bir holga tushadi kishi. Ammo e’tibor bilan qaralsa, unda otadan ajralgan o’g’ilning bu ajralishdan rozi emasligi, bunga shukrona aytaolmasligi, balki otaning g’am-alami to’foni bag’riga tushib qolgani bayon etilgan.
Bas, shunday ekan, bu qit’aning muallifi shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning shoirtab’, ammo nomi hozircha noma’lum o’g’illari emasmikin, degan fikr ham xayoldan kechadi. Agar shunday bo’lsa, bu hol maqbaraning qurilish davri haqida ham ma’lum bir xulosaga Kelish uchun turtki bo’la olarmikan?!
Shayx hazratlari olamdan ko’z yumgan bo’lsalar-da, ammo ul kishi qoldirgan ilmiy meros juda ko’plab allomalarning kamolotga yetishuviga xizmat qilgan.
Shuning uchun uzoq mamlakatlardan bo’lgan allomalar bu hazratdan ruhoniy tarzda saboq olish maqsadida Shoshga kelganlar. Jumladan, hozir Toshkentda shayx Zayniddin Ko’yiorifon tarzida mashhur bo’lgan zot XII asr oxiri va XIII asr boshlarida yashab faoliyat ko’rsatgan, mashhur mutasavvuf shayx Shahobiddin Suhravardiyning nabiralaridan bo’lmish shayx Zayniddin Bag’doddan hazrati Xoja Ahmad Yassaviy ziyoratiga kelib, Toshkentda turg’un bo’lib qolib, tafsir va qonunshunoslik sohasidagi bilimlarini shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol ruhoniyati va asarlaridan mukammallashtirgan. «Lama’ot»da bayon etilishicha, «Shayx Zayniddin har kuni hazrat mavlono Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy mozorlariga borib, alarning ruhoniyatidan ulum kasbini qilur edilar».
Shayx Zayniddin vafot etgach, Shoshda dafn etiladi va u joy shayx Zayniddin Ko’yiorifon nomi bilan qadamjolardan biriga aylanib qoladi.
XIV asr oxiri va XV asr boshlarida hazrat shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning maqbaralari Shoshning tabarruk qadamjolaridan biri bo’lganidan ko’plab kishilar faqat ziyorat qilish bilan Cheklanib qolmay, balki ruhoniyatlaridan madadlar istab, maqsadlariga erishganlar. Jumladan, Xoja Ahrori Vali shunday hikoyat qiladilar: «Yoshligimda hazrat Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning nurli mazorotlariga borganimda tushimda hazrati Isoni ko’rdim.
Hazrati Iso aytdilar:
– G’am yema, biz sening tarbiyangni o’z zimmamizga olganmiz.
Tushimning ta’birini ayrimlardan so’radim. Ular aytdilar:
– Sening tushingni salomat-sog’lom bo’lgaySen, deb ta’bir qilurmiz.
Men bu ta’birdan rozi emasdim. Ularga shunday Dedim:
– Sizning ta’biringiz menga ma’qul emas. Men uni boshqacha ta’bir qilaman:
– Hazrati Iso uyg’otish – tiriltirish mazharidirlar. Qaysi bir avliyoda uyg’otish – tiriltirish sifatlari uchrasa, ularni isaviy mashrab debdurlar. Hazrati Iso mening tarbiyamni o’z ixtiyorlariga olgan ekanlar, demak, Menda o’lik qalblarni qayta uyg’otish, tiriltirish sifati namoyon bo’lgay.
Tez orada aytganlarim ikki marta tasdiqlangach, ko’pgina odamlar undan bahramand bo’ldilar».
Shunday qilib, Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’zlarining chuqur bilimlari, yetmish ikki tilni bilganlari, islomiyat konunshunosligiga qo’shgan katta hissalari bilan faqat o’z zamonalaridagina emas, balki keyingi davr ma’naviyati olamida ham alohida mavqye egallagan ulug’ siymolardan biridirlar. Shuning uchun bu zotning hayoti, faoliyati va ilmiy merosini chuqur o’rganish mustaqillik mafkurasi va qonunchiligini shakllantirishga xizmat qiladigan omillardan biri bo’lib, bu hazratning Abu Mansur Motrudiy, faqyeh Abu Lays Samarqandiy, Burhoniddin Marg’inoniylar qatorida e’zozlanishlariga xizmat qilajak.

XULOSA O’RNIDA

Xullas, tariximiz, madaniyatimiz, adabiyotimizning sinchiklab o’rganadigan va sharhlanadigan varaqlarigina emas, balki jild-jild kitoblari hali navbat kutmoqda.
Ana shunday kitoblar asosida biz XV asrning ikkinchi yarmida faoliyat ko’rsatgan siymolardan biri bo’lmish Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali haqida bizga ma’lum bo’lgan mulohazalarni bayon qilishga harakat qildik, bu hazratning zabardast muxlislari-yu, ahroriylar xonadonining ayrim vakillari haqida qisqacha to’xtaldik. O’ylaymanki, bu hali ishning boshlanishi. Negaki, muhtaram o’quvchilar sezgan bo’lsalar kerak, biz naqshbandiya tariqati tarixi, nazariyasi haqida, ana shu tariqatning nazariy qarashlarini takomillashtirishda Xoja Ubaydullohning o’ziga xos hissasi haqida Deyarli so’z yuritmadik, chunki bu masala alohida tadqiqotning mavzusi bo’lib, uni yoritish kelajakdagi vazifalardan hisoblanadi. Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh haqida bizga ma’lum bo’lgan ayrim lavhalar sizga taqdim etildi. Bu lavhalar to’liq emas. Ammo rivoyatlardan ko’ra tarixiy-adabiy va ishonchli manbalarga ko’proq e’tibor berish natijasida qayd qilingan lavhalardir.
Agar bular sizga ma’qul tushsa, xursandmiz, agar fikr-mulohazalaringiz bilan bizni bahramand etsangiz, unda sizga tashakkurlar deymiz, As-salomu aleykum!

0 content.JPG

(Tashriflar: umumiy 2 531, bugungi 1)

Izoh qoldiring