Hayot yo’li, Alisher Navoiy, tasavvuf haqida atoqli olim Najmiddin Komilov bilan suhbatlar. Video

09САҲИФА УСТОЗ ВА МУАЛЛИМ НАЖМИДДИН  КОМИЛОВ ХОТИРАСИГА БАҒИШЛАНАДИ

Нажмиддин Комилов, энг аввало, исми, руҳияти, дунёқарашига мос комил инсон эди. Унинг инсон камолати ҳақидаги тушунчалари фақат қоғозда эмас, қаламининг ҳар қораламасида, даврада ёки кафедра айтилган ҳар бир сўзида ҳаёт ва тафаккур ҳикматлари намоён бўлар, Азизиддин Насафий комил инсонга таъриф бериб ёзган тўрт нарса: яхши феъл, яхши ахлоқ ва маориф Нажмиддин аканинг суратида ҳам,сийратида ҳам мужассам эди.

Навоий тили билан айтганда:

Фонийвашеки, ҳам сўзидур пок, ҳам ўзи.
Хуш давлат ул кишигаки, тушгай анинг кўзи.

Мўътабар китобларнинг бирида битилганидек, ”Мавтул олими мавтул олами”,яъни олимнинг ўлими оламнинг ўлимидир. Бу ҳикматдан кўзланган маъно Нажмиддин аканинг инсоний ҳаёти ва олимлик фаолияти ўзига хос такрорланмас ва бебаҳо олам эди,  айни шу сабабдан унинг ўлими нафақат ўзбек, балки Шарқ тафаккур тараққиёти учун оғир йўқотиш бўлди.

Нажмиддин ака университетда менга сабоқ берган домуллам эди. Нажмиддин ака бу ҳаётда камдан-кам одамни устоз деб тан оладиган ўжар табиатли шоирларнинг, шу жумладан менинг маънавий устозим эди.  Гарчи мен шу пайтгача бирон марта Нажмиддин акага қарата “Устоз” деб мурожаат қилмаган бўлсам-да, юрагимнинг туб-тубида бу инсонга нисбатан асл устоз ва муаллимларгагина дохил эҳтиром яширин эди.
Устозимизни Оллоҳ раҳмат қилсин!

Хуршид ДАВРОН
Ўзбекистон халқ шоири

 

077

44Нажмиддин Kомилов (1937.5.10, Панжикент тумани, Тожикистон — 2012.26.04. Тошкент) — адабиётшунос олим, филология фанлари доктори (1975), профессор. (1991). Алишер Навоий номидаги Самарқанд Давлат Университетининг филология факултетини тугатган (1965). Ўзбек совет энциклопедияси Бош таҳририятида катта муҳаррир (1970—71). Тошкент Давлат Университетида катта ўқитувчи (1971—75). Тошкент шарқшунослик институти кафедра мудири (1991—94; 2001 й.дан). Ўзбекистон Республикаси Президенти девонида консултант (1994—95). Давлат ва жамият қурилиши академияси проректори (1995—99). Ўзбекистон Республикаси марказий сайлов комиссияси раиси (1999-2001).
Нажмиддин Комилов дастлаб таржима ва қиёсий адабиётшунослик, таржима тарихининг назарий масалалари бўйича тадқиқотлар олиб борди. Матншунослик ва адабий жанрлар тараққиёти билан боғлиқ масалаларни ўрганди. Кейинги йилларда унинг илмий фаолияти тасаввуф тарихи, асосий йўналишлари, тариқат, шариат, ҳақиқат тушунчаларига қаратилди. Шу йўналишда у Аҳмад Яссавий, Нажмиддин Кубро, Ибн Арабий, Насафий, Баҳоуддин Нақшбанд таълимотлари моҳиятини очиб берди. Фаридиддин Атторнинг «Илоҳийнома», Султон Валаднинг «Маориф», Насафийнинг «Зубайдат ул-ҳақойиқ» ва Ҳусайн Воиз Кошифийнинг «Футувватномаи султоний» асарларини таржима қилди.Олимнинг «Дўстлик кўприклари» ( Т., 1979;ҳамкорликда); «Ибн Сино ва Данте» (Т., 1983); «Бу қадимий санъат» (Т., 1988); «Нажмиддин Кубро» (Т., 1995); «Тафаккур карвонлари»(Т., 1999); «Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи» (Т., 1999); «Тасаввуф. Тавҳид асрори» (Т., 1999); «Фақр нури порлаган қалб» (Т., 2001) ва бошқа китоблари нашр этиган.

Нажмиддин Комилов монография ва рисолаларидан намуналар:

1. Дўстлик кўприклари (ҳаммуаллиф). Тошкент, Ғ. Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. 1979.
2. Ибн Сино ва Данте. Тошкент, Ғ. Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. 1983.
3. Бу қадимий санъат. Тошкент, Ғ. Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. 1987.
4. Нажмиддин Кубро. Тошкент, А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. 1995.
5. Комил инсон ҳақида тўрт рисола. Тошкент, “Маънавият” нашриёти. 1997.
6. Тасаввуф. Биринчи китоб. Тошкент, “Ёзувчи” нашриёти. 1996.
7. Тасаввуф. Иккинчи китоб. Тошкент, “Ўзбекистон” нашриёти. 1999.
8. Тафаккур карвонлари. Тошкент, “Маънавият” нашриёти. 1999.
9. Фақр нури порлаган қалб. Тошкент, “Маънавият” нашриёти. 2001.
10. Комил инсон – миллат келажаги. Тошкент, “Ўзбекистон” нашриёти. 2001.

 

 Najmiddin Komilov, eng avvalo,ismi, ruhiyati, dunyoqarashiga mos komil inson edi. Uning inson kamolati haqidagi tushunchalari faqat qog’ozda emas, qalamining har qoralamasida, davrada yoki kafedra aytilgan har bir so’zida hayot va tafakkur hikmatlari namoyon bo’lar, Aziziddin Nasafiy komil insonga ta’rif berib yozgan to’rt narsa: yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif Najmiddin akaning suratida ham,siyratida ham mujassam edi.

Navoiy tili bilan aytganda:

Foniyvasheki, ham so’zidur pok, ham o’zi.
Xush davlat ul kishigaki, tushgay aning ko’zi.

Mo»tabar kitoblarning birida bitilganidek, ”Mavtul olimi mavtul olami”,ya’ni olimning o’limi olamning o’limidir. Bu hikmatdan ko’zlangan ma’no Najmiddin akaning insoniy hayoti va olimlik faoliyati o’ziga xos takrorlanmas va bebaho olam edi, ayni shu sababdan uning o’limi nafaqat o’zbek, balki Sharq tafakkur taraqqiyoti uchun og’ir yo’qotish bo’ldi.

Najmiddin aka universitetda menga saboq bergan domullam edi.Najmiddin aka bu hayotda kamdan-kam odamni ustoz deb tan oladigan o’jar tabiatli shoirlarning, shu jumladan mening ma’naviy ustozim edi. Garchi men shu paytgacha biron marta Najmiddin akaga qarata “Ustoz” deb murojaat qilmagan bo’lsam-da,yuragimning tub-tubida bu insonga nisbatan asl ustoz va muallimlargagina doxil ehtirom yashirin edi.
Ustozimizni Olloh rahmat qilsin!

Xurshid Davron
O’zbekiston xalq shoiri

«Xurshid Davron kutubxonasi» sahifalarida Najmiddin Komilov hayoti va ijodi bilan bog’liq sahifalar:077

Zarif Sulton. Alloma Najmiddin Komildan durdonalar
Najmiddin Komilov. Ishq otashgohi
Najmiddin Komilov. Aruziy she’r talaffuzi
Rahim Vohidov, Najmiddin Komilov. Zakiy alloma
Najmiddin Komilov. Tasavvuf va badiiy ijod & Najmiddin Komilov «Navoiy gulshani» ko’rsatuvida
Najmiddin Komilov. «Soqiyo, talx o’ldi ayshim…» Alisher Navoiy g’azaliga sharh
Najmiddin Komilov. «Axtarin ashk ettiyu sovuq nafasni oh subh…» Alisher Navoiy g’azaliga sharh
Najmiddin Komilov. «Ahd qildim ishq lafzin…» Alisher Navoiy g’azaliga sharh
Najmiddin Komilov. Jon va jonon mojarosi. Alisher Navoiy g’azaliga sharh
Najmiddin Komilov. «Erur ko’ngulda safo ishq toza dog’i bila». Alisher Navoiy g’azaliga sharh
Alisher Navoiy. Ikki g’azal & Najmiddin Komilov. Aruziy talaffuz
Alisher Navoiy. Ashriqat… & Najmiddin Komilov. Bir g’azal ma’nosi
Aziziddin Nasafiy. Komil inson haqida. Beshinchi risola. Suluk bayonida & Najmiddin Komilov. Tasavvuf
Aziziddin Nasafiy. Komil inson haqida. Yettinchi risola. Ishq bayonida & Najmiddin Komilov. Tasavvuf. VII. Komil inson
Najmiddin Komilov. Tasavvuf & Najmiddin Komilov bilan suhbatlar (Video)
Najmiddin Komilov. Ustoz va yosh iste’dod
Jaloliddin Rumiy. Ma’naviy masnaviy. 1-jild, 1-kitob & Najmiddin Komilov. Rumiyni anglash ishtiyoqi & Hz Mevlana’nın Hayatı. Çizgi Film
Najmiddin Komilov. Adabiyot va uch buyuk zot & Porso Shamsiyev. Jomiy va Navoiy.
Xoja Bahouddin Naqshband o’gitlari & Najmiddin Komilov. Bahouddin Naqshband
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 1.Tarix va ta’rif & Najmiddin Komilov «Navoiy gulshani» teleloyihasida

Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 2.Tariqat
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 3. So’fiy psixologiyasi yoki hol
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 4. Ma’rifat va haqiqat
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 5. Tasavvuf ontologiyasi va gnoseologiyasi
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 6. Markaziy Osiyo tariqatlari
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 7. Komil inson
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 8. Vahdatul vujud va vahdatush shuhud
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 9. Tasavvuf va kalom ilmi
Najmiddin Komilov. Timsollar timsoli. Alisher Navoiy g’azaliga sharh
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. 1.Tarix va ta’rif & Najmiddin Komilov «Navoiy gulshani» teleloyihasida


098

Najmiddin Komilov  (1937.5.10, Panjikent tumani, Tojikiston — 2012.26.04. Toshkent) — adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1975), professor. (1991). Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1965). O’zbek sovet entsiklopediyasi Bosh tahririyatida katta muharrir (1970—71). Toshkent Davlat Universitetida katta o’qituvchi (1971—75). Toshkent sharqshunoslik instituti kafedra mudiri (1991—94; 2001 y.dan). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida konsultant (1994—95). Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi prorektori (1995—99). O’zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi raisi
(1999-2001).

Najmiddin Komilov dastlab tarjima va qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjima tarixining nazariy masalalari bo’yicha tadqiqotlar olib bordi. Matnshunoslik va adabiy janrlar taraqqiyoti bilan bog’liq masalalarni o’rgandi. Keyingi yillarda uning ilmiy faoliyati tasavvuf tarixi, asosiy yo’nalishlari, tariqat, shariat, haqiqat tushunchalariga qaratildi. Shu yo’nalishda u Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Ibn Arabiy, Nasafiy, Bahouddin Naqshband ta’limotlari mohiyatini ochib berdi. Farididdin Attorning «Ilohiynoma», Sulton Valadning «Maorif», Nasafiyning «Zubaydat ul-haqoyiq» va Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai sultoniy» asarlarini tarjima qildi.Olimning «Do’stlik ko’priklari» ( T., 1979;hamkorlikda); «Ibn Sino va Dante» (T., 1983); «Bu qadimiy san’at» (T., 1988); «Najmiddin Kubro» (T., 1995); «Tafakkur karvonlari»(T., 1999); «Tasavvuf yoki komil inson axloqi» (T., 1999); «Tasavvuf. Tavhid asrori» (T., 1999); «Faqr nuri porlagan qalb» (T., 2001) va boshqa kitoblari nashr etigan.

Najmiddin Komilov monografiya va risolalaridan namunalar:

1. Do’stlik ko’priklari (hammuallif). Toshkent, G’. G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1979.
2. Ibn Sino va Dante. Toshkent, G’. G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1983.
3. Bu qadimiy san’at. Toshkent, G’. G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1987.
4. Najmiddin Kubro. Toshkent, A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1995.
5. Komil inson haqida to’rt risola. Toshkent, “Ma’naviyat” nashriyoti. 1997.
6. Tasavvuf. Birinchi kitob. Toshkent, “Yozuvchi” nashriyoti. 1996.
7. Tasavvuf. Ikkinchi kitob. Toshkent, “O’zbekiston” nashriyoti. 1999.
8. Tafakkur karvonlari. Toshkent, “Ma’naviyat” nashriyoti. 1999.
9. Faqr nuri porlagan qalb. Toshkent, “Ma’naviyat” nashriyoti. 2001.
10. Komil inson – millat kelajagi. Toshkent, “O’zbekiston” nashriyoti. 2001.

099

(Tashriflar: umumiy 1 322, bugungi 1)

Izoh qoldiring