Alisher Navoiy. Munojot. Muhammadjon Karimov

MUNOJOT

Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza–lahza chiqtim-u chektim yo’lida intizor,
Keldi jon o’g’zimg’a-yu ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.

Ul parvarash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi.

Ko’zlaringdin necha suv kelgay, deb o’lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’yida qadam,
Yo’lgakim, avval qadam ma’shuqa o’tru qilmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

(Tashriflar: umumiy 5 149, bugungi 2)

3 izoh

Izoh qoldiring