O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning shaxsiy kutubxonasidan Gazeta.uz reportaji

47“Gazeta.uz” китобхонликни тарғиб қилиш мақсадида «Кутубхона» номли лойиҳа бошлади. Унда ўз хонадонида кутубхона ташкил қилган мутолаа ишқибозлари билан китобхонлик ва кутубхоначилик ҳақида суҳбатлар уюштирилади. Лойиҳанинг илк меҳмони — Ўзбекистон халқ шоири Хуршид Даврон.

Шоир, драматург, ёзувчи ва таржимон Хуршид Даврон 1952-йилда Самарқанд шаҳри яқинидаги Чордара қишлоғида туғилган. Унинг «Қадрдон қуёш» номли илк китоби 1979-йили чоп этилган. Кейинчалик «Шаҳардаги олма дарахти», «Тунги боғлар», «Тўмариснинг кўзлари», «Болаликнинг овози», «Қақнус», «Бибихоним» каби асарлари босилган.

1999-йилда Ўзбекистон халқ шоири унвони билан тақдирланган. Олий Мажлис депутати бўлган. Турли нашриётлар ва «Тошкент», «Ёшлар», «Ўзбекистон» телеканалларида раҳбар лавозимларида ишлаган. 2007-йилда «Хуршид Даврон кутубхонаси» сайтига асос солган.

Лойиҳа муаллифи: Миролим Исажонов
Тасвирчи ва монтаж устаси: Маъмуржон Обраҳматов
Иккинчи оператор: Шаҳзод Ҳабибуллаев

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida «Kutubxona» nomli loyiha boshladi. Unda o‘z xonadonida kutubxona tashkil qilgan mutolaa ishqibozlari bilan kitobxonlik va kutubxonachilik haqida suhbatlar uyushtiriladi. Loyihaning ilk mehmoni — O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.

Shoir, dramaturg, yozuvchi va tarjimon Xurshid Davron 1952-yilda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning «Qadrdon quyosh» nomli ilk kitobi 1979-yili chop etilgan. Keyinchalik «Shahardagi olma daraxti», «Tungi bog‘lar», «To‘marisning ko‘zlari», «Bolalikning ovozi», «Qaqnus», «Bibixonim» kabi asarlari bosilgan.

1999-yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan. Oliy Majlis deputati bo‘lgan. Turli nashriyotlar va «Toshkent», «Yoshlar», «O‘zbekiston» telekanallarida rahbar lavozimlarida ishlagan. 2007-yilda «Xurshid Davron kutubxonasi» saytiga asos solgan.

Loyiha muallifi: Mirolim Isajonov
Tasvirchi va montaj ustasi: Maʼmurjon Obrahmatov
Ikkinchi operator: Shahzod Habibullayev

Xurshid Davron ijtimoiy tarmoqlarda:

Xurshid Davron kutubxonasi: www.kh-davron.uz/
Telegram – https://t.me/xurshiddavronkutubxonasi
Facebook – www.facebook.com/xurshid.davron.sahifasi/
Facebook – www.facebook.com/khurshid.davron.kutubxonasi/
Instagram – www.instagram.com/xurshiddavron/

52

(Tashriflar: umumiy 58, bugungi 1)

Izoh qoldiring