Темурий ҳукмдорларнинг вафоти муносабати билан марсиялар битилган. Ана шундай марсиялардан бири Ҳофиз Хоразмий ижодига мансуб. Бу марсия туркий тилда ёзилганлиги билан эътиборга лойиқ… Davomini o'qish
Teglar: Hofiz Xorazmiy
O’zbek mumtoz she’riyati. Hofiz Xorazmiy
HOFIZ XORAZMIY
( 1320 — 1389 )
Hofiz Xorazmiy va uning she’riy merosi yaqin yillargacha ilmiy jamoatchilikka ma’lum emas edi.Atoqli olim Hamid Sulaymon bu shoir nomi va uning devoni qo’lyozmasini 1975 yilda Hindistonga ilmiy safari vaqtida kashf etdi.Shoirning yagona nusxadagi devoni Hindistonda – Haydarobod shahridagi Salarjang muzeyining sharq qo’lyozmalari bo’limida saqlanadi.
O’zbek va fors tillarida ijod qilgan va asosan Xorazm va Sherozda yashagan shoir devoni bilan tanishish uning badiiy mahorati yuksak,uslubi yetuk san’atkor bo’lganligiga ishonch hosil qiladi.
G’AZALLAR
* * *
Senga kim tedi,ey jon, noz qilma,
Manga noz aylamakni oz qilma.
Niyoz aylarman,nozing tilarman,
Niyozimni ravo qil,noz qilma.
Nasibi dardu g’amni baxsh etarda
Manga san o’zgani anboz etma.
Gadolarg’a jafo qilmoq tilasang,
Duochi bandadin og’oz qilma.
Ko’ngul sirrini bo’lmasun tesang fosh,
O’shul g’amzani san g’ammoz qilma.
Sanga man oshiqi jonboz erkan,
Nazar o’zgaga,ey jon,boz qilma.
Bu Hofiz yonina ohang qilmay,
Jafo qonunini san soz qilma.
Davomini o'qish