AHMAD YASSAVIY
(1166- yilda vafot etgan)
Ahmad Yassaviyning hayoti haqida ma’lumotlar yetarli emas.U Yassi sharida, Turkistonda ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo‘lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhurdir.Ahmadning yoshligi og‘ir kechgan. Otasi juda erta vafot etgan. Ahmad Yassaviy Arslonbobday yirik mutasavvuf olim qo‘lida tarbiyalangan. So‘ng u Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniy qo‘lida tahsil oladi. Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar yuqori darajada egallaydiki, xalq orasida «Madinada Muhammad,Turkistonda Xoja Ahmad» degan naql paydo bo‘ladi. Ahmad Yassaviy 1166- yilda vafot etgan. Uning shuhrati adib vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida e’tiqod bilan qaragani ma’lum. U 1395–1397- yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning eski qabri o‘rnida yangidan muhtasham maqbara qurdirgan. Bu maqbara hozir ham mavjud. «Hikmat»lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asaridir.Ularda 240 ga yaqin she’r bor. Ular xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Hikmatlarga «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim»,«Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», «Xoja Ahmad», «Ahmad», «Ahmadiy»,«Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo‘yilgan. Davomini o'qish