O’tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. Asardan osti chizilgan parchalar & Adib haqida videofilm

045   5 август — Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ўткир Ҳошимов туғилган кун

Қисса ҳақида Ўзбекистон халқ ёзувчиси Саид Аҳмад шундай деганди: “Дунёнинг ишлари” асарини қисса эмас, достон деб аташни истардим. У қўшиқдай ўқилади. Уни ўқиб туриб, ўз оналаримизни ўйлаб кетамиз. Шу мушфиқ, шу жафокаш оналаримиз олдидаги бир умр узиб бўлмас қарзларимизнинг ақалли биттасини уза олдикми, деган бир андиша, бир савол кўз олдимизда кўндаланг туриб олади. Қисса бизни инсофга, инсонни қадрлашга, ҳурмат қилишга чақиради”.

ОНАЛАРНИНГ БИЗ ТУШУНМАЙДИГАН,
БИЗНИНГ ЎЛЧОВИМИЗГА СИҒМАЙДИГАН
ЎЗ ОЛАМИ БОР

“Дунёнинг ишлари” қиссасидан парчалар
077

06Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ўткир Ҳошимовнинг қирқдан ортиқ асарлари минг-минглаб китобхонларнинг маънавий мулкига айланишга улгурган. Ушбу асарлар жой олган китобларнинг умумий тиражи эса 2 миллион нусхадан ошган. Ёзувчи асарлари кўпгина хорижий тилларга таржима қилинган. Бу натижалар ҳар қандай ижодкор орзу қиладиган, интиладиган маррадир.

Биз қачон китобни севиб ўқиймиз? Унда таниш қисматлар акс этган бўлса, қаҳрамонлар билан дарддош, бахтдош бўла олсаккина. Шу нуқтаи назарда Ўткир Ҳошимовнинг “Дунёнинг ишлари” қиссаси ўқувчилар қалбидан чуқур ўрин эгаллаган асар сифатида қадрли. Қисса ҳақида Ўзбекистон халқ ёзувчиси Саид Аҳмад шундай деганди: “Дунёнинг ишлари” асарини қисса эмас, достон деб аташни истардим. У қўшиқдай ўқилади. Уни ўқиб туриб, ўз оналаримизни ўйлаб кетамиз. Шу мушфиқ, шу жафокаш оналаримиз олдидаги бир умр узиб бўлмас қарзларимизнинг ақалли биттасини уза олдикми, деган бир андиша, бир савол кўз олдимизда кўндаланг туриб олади. Қисса бизни инсофга, инсонни қадрлашга, ҳурмат қилишга чақиради”.

Қуйида “Дунёнинг ишлари” асаридан кўпчилигимизга қадрдон бўлган парчаларни келтирамиз.

077

* * *

Юлдузлар тўла осмонга тикиламан. Эҳтимол, осмондаги энг ёруғ юлдузлар оналарнинг жонидир. Эҳтимол, оналарнинг сўнган юлдузлари бирлашиб қуёшга айлангандир. Офтобни она дейишлари, эҳтимол, шундандир.

* * *

— Волидаи меҳрибонингиз хўп ярлақаган одам эканлар. Тўшакда ётмабдилар, бировга зориқмабдилар… Бунақа беозор ўлим ҳар кимга ҳам насиб этавермайди.
Эҳтимол шундайдир. Онам бу дунёда камсуқумгина яшарди. Ҳеч кимга озор бермасди. Ҳеч ким билан ҳеч нарсани талашмасди. Эҳтимол табиатнинг энг шафқатсиз элчиси билан ҳам олишиб ўтиришни хоҳламагандир.

* * *

Илгари бир ҳақиқатни билардим. Она учун боланинг катта-кичиги бўлмайди. Энди яна бир ҳақиқатни англадим. Бола учун ҳам онанинг катта-кичиги бўлмас экан. Она она экан. Унга бошқа сифат керак эмас.

* * *

Оналар фарзандлари ҳамиша бирга бўлишини истайдилар. Қисмат эса уларни қанот чиқариши билан ҳар ёққа учириб кетади. Ҳаёт лоақал шу масалада ҳам оналарга шафқат қилмайди.

* * *

Ҳақиқат ҳавога ўхшайди. Нафас олиб турасизу ўзини кўрмайсиз. Онам айтган афсоналар ҳам ҳаётдек оддий, ҳаётдек чуқур ҳақиқат экан.

* * *

— Нимага бировнинг боласи бўлар экан! – тўсатдан онамнинг жаҳли чиқиб кетди. – Йиғлаб турган боланинг бегонаси бўладими? Уялмайсанми шунақа дегани? Йиғлаб турган норасидага раҳми келмаган одам – одамми?

Индамадим. Аммо барибир ўшанда онамни ноҳақ ҳисоблаган эдим. Йўқ, чамамда, оналарнинг биз тушунмайдиган, бизнинг ўлчовимизга сиғмайдиган ўз олами борга ўхшайди.

* * *

Ҳар ким ҳар кимнинг кўзига чўп солиши мумкин, ҳар ким ҳар кимга хиёнат қилиши мумкин. Фақат она ўз боласига ҳеч қачон хиёнат қилмайди. Эҳтимол, инсон ҳаётининг шунча йиллардан буён давом этиб келаётгани шундандир.

* * *

Эҳтимол, дунёнинг бу четида туриб бир одам айтган қўшиқни дунёнинг нариги чеккасидаги бошқа бир одам тушунмас. Эҳтимол, дунёнинг бу чеккасида туриб бир одам айтган энг оқилона фикрни дунёнинг нариги чеккасидаги бошқа бир одам тушунмас. Бироқ дунёнинг бу чеккасида туриб она айтган аллага дунёнинг нариги чеккасидаги гўдак бемалол ором олади. Нега шунақа? Наҳотки, гўдак тушунган нарсага биз тушунмасак? Эҳтимол, бунинг боиси бошқа жойдадир. Эҳтимол она тушунган нарсани бизлар тушунмасмиз. Балки шунинг учун ҳам она – табиатнинг энг буюк ихтиросидир.

* * *

Оқ мармар, қора мармар… Бу сўзларнинг ҳар битта ҳарфига қанчадан қанча кўзёши томганини биламан. Эҳтимол булар инсон боласининг ҳаётда энг рост сўзларидир. Фақат… ҳар гал уларни ўқиганда бир нарсани ўйлайман: мана шу сўзларни юрак-юракдан, изтироб билан айтган фарзанд онаси ҳаёт эканлигида қанчалик кўнглини ололди экан?

* * *

Фақат бир нарсани аниқ айтишим мумкин. Мабодо Тангри марҳумларга қайта жон ато қилса-ю оналар тирилиб қолса, ҳаёт пайтида меҳр берганми, бермаганми – барибир фарзандларини мақтаб гапирган бўларди. Оналар ҳатто вафотидан кейин ҳам оналигича қолади.

* * *

Баҳор деворининг офтобрўя этакларидан бошланмайди. Баҳор ариқларнинг кунгай соҳилларидан бошланмайди. Баҳор мана шу ердан бошланади. Қабрлар устида қўнғироқ чалган чучмомалар, ловиллаб ёнган қизғалдоқлар оналарнинг фарзандини юпатиш учун тақдим этган чечаклари бўлса ажаб эмас…

Замира РЎЗИЕВА тайёрлаган

Manba:www.qashqadaryogz.uz/

 

5 avgust — O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun

Qissa haqida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo‘shiqday o‘qiladi. Uni o‘qib turib, o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.

ONALARNING BIZ TUSHUNMAYDIGAN,
BIZNING O’LCHOVIMIZGA SIG’MAYDIGAN
O’Z OLAMI BOR

“Dunyoning ishlari” qissasidan parchalar
077

O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari ming-minglab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Ushbu asarlar joy olgan kitoblarning umumiy tiraji esa 2 million nusxadan oshgan. Yozuvchi asarlari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Bu natijalar har qanday ijodkor orzu qiladigan, intiladigan marradir.

Biz qachon kitobni sevib o’qiymiz? Unda tanish qismatlar aks etgan bo’lsa, qahramonlar bilan darddosh, baxtdosh bo’la olsakkina. Shu nuqtai nazarda O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o’quvchilar qalbidan chuqur o’rin egallagan asar sifatida qadrli. Qissa haqida O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo’shiqday o’qiladi. Uni o’qib turib, o’z onalarimizni o’ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko’z oldimizda ko’ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.

Quyida “Dunyoning ishlari” asaridan ko’pchiligimizga qadrdon bo’lgan parchalarni keltiramiz.

077

* * *

Yulduzlar to’la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug’ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so’ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.

* * *

— Volidai mehriboningiz xo’p yarlaqagan odam ekanlar. To’shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar… Bunaqa beozor o’lim har kimga ham nasib etavermaydi.

Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech narsani talashmasdi. Ehtimol tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o’tirishni xohlamagandir.

* * *

045Ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo’lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo’lmas ekan. Ona ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas.

* * *

Onalar farzandlari hamisha birga bo’lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.

* * *

Haqiqat havoga o’xshaydi. Nafas olib turasizu o’zini ko’rmaysiz. Onam aytgan afsonalar ham hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat ekan.

* * *

— Nimaga birovning bolasi bo’lar ekan! – to’satdan onamning jahli chiqib ketdi. – Yig’lab turgan bolaning begonasi bo’ladimi? Uyalmaysanmi shunaqa degani? Yig’lab turgan norasidaga rahmi kelmagan odam – odammi?

Indamadim. Ammo baribir o’shanda onamni nohaq hisoblagan edim. Yo’q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning o’lchovimizga sig’maydigan o’z olami borga o’xshaydi.

* * *

Har kim har kimning ko’ziga cho’p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o’z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir.

* * *

Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo’shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go’dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go’dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona – tabiatning eng buyuk ixtirosidir.

* * *

Oq marmar, qora marmar… Bu so’zlarning har bitta harfiga qanchadan qancha ko’zyoshi tomganini bilaman. Ehtimol bular inson bolasining hayotda eng rost so’zlaridir. Faqat… har gal ularni o’qiganda bir narsani o’ylayman: mana shu so’zlarni yurak-yurakdan, iztirob bilan aytgan farzand onasi hayot ekanligida qanchalik ko’nglini ololdi ekan?

* * *

Faqat bir narsani aniq aytishim mumkin. Mabodo Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsa-yu onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi – baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo’lardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha qoladi.

* * *

Bahor devorining oftobro’ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor mana shu yerdan boshlanadi. Qabrlar ustida qo’ng’iroq chalgan chuchmomalar, lovillab yongan qizg’aldoqlar onalarning farzandini yupatish uchun taqdim etgan chechaklari bo’lsa ajab emas…

Manba:www.qashqadaryogz.uz/

Zamira RO’ZIEVA tayyorlagan

045

(Tashriflar: umumiy 60 678, bugungi 2)

38 izoh

  1. shu kitobni rosa ham yaxshi ko’raman hech ham elektronniysini topa olayapman

  2. Manga ham uning asarlari juda yoqadi hamma asarlari ajoyib va ta’sirchan yaratilgan

  3. O’tkir Hoshimovning nafaqat «Dunyoning ishlari» qissasi balki, barcha hikoyalari, qissalari hayotimiz uchun eng kerakli ibrat namunasidagi asarlar hamda kitoblar…

  4. Men onamdan juda uzoqdaman. Lekin har kuni gaplashib turaman.shu qissani juda kop o’qiganman. Har gal o’qisam huddi yozuvchi mening onamni tasvirlaganday buladi. Men onamni juda juda yaxshi ko’rishimni yana his qildim. Onajonim sizni sog’indim.

  5. Bu asar menga juda yoqadi.Xuddi meni onamni tasvirlaganday.Onajonimni yaxshi ko‘raman.

  6. Dunyoning ishlarini o’qiganimda guyoki kuksimdagi mitti yuragim hayqirib bir vulqon kabi otilganday buladi. Asarlar ichida tengsiz deyish minkin.Asarni o’qib goho onamga qilgan jahllarim esimga tushadi shunda uzimdan xafa bulaman .onalarimizga gohida bilmasdan jahl qilamiz lekin munisa onajonlarimiz bizni erkaliklamizni kutaraveradi.Sizni yaxshi kuraman oyijon.

  7. O’tkir Hoshimov men uchun eng sevimli yozuvchim.Uning hamma asarlarini sevib o’qiyman

  8. Ushbu asar juda katta maxorat bilan yozilgan.Bu asar menga judayam yoqadi.ASAR INSON HAYOTI BILAN BOG’LIQ.SHuning uchun ham men bu asarni sevib o’qiyman.

  9. Barchasi uchun onajonlarimizga rahmat. Agar shunday buyuk yozuvchini ona tuģib òstirmaganda edi bunday qissalar ham qayerdan yozilgan bòlar edi deysiz.Inson tuģulibdiki qalbi doimo ona bilan chambarchas boģlangan bòladi. Bu asar ham mehribon qalbi daryo onajonlarimizga baģishlangan.Shunday ekan har biringizga bu asarni qaytadan òqib chiqishni tafsiya qilaman

  10. Оналаримизни борига шукур уларга канча яхшилик килсак шунча оз

  11. Bu asar menga onalar haqidagi fikrimni yanada oydinlashtirdi bu asardan so’ng men onalarga qanchalik qiyin ekanini angladim
    Onajon men sizni yaxshi ko’raman dunyo turguncha turing

  12. Bu asar balki hamma asarlari yoqadi bu asarlarni oqib odamlar kozga yosh oladi asar zor yozilgan…..

  13. Meni eng eng va eng yoqtirgan kitobim.Hech ham bu kitobni qoʻlimdan tashlamayman hatto yuz martalab oʻqigan boʻlsamda.Bu kitobda hayotiy, kechalari koʻz yummay bitilgan hikoyalar yashiringan.Bu kitobda abadiy oʻchmas hikoyalar bor.Sizlarga shu kitobni oʻqib chiqishingizni tavsiya qilaman shunda menga rahmat deysiz.

  14. Oʻtkir Hoshimov onajonini juda ham chiroyli tasvirlagan.Menga koʻproq Oʻtkir Hoshimov oʻzining hayotini tasvirlab berishi juda ham yoqadi.

  15. Meaning eng yaxshi ko’rgan kitobim ham shu.Men doim shu kitobni o’qiyman.Bu kitob mening eng yaxshi ko’rgan kitobim.Mening Onam ham huddi shunday mehribon

  16. Bu asar menga juda yoqadi.Baxtimizga onajonlarimiz sog’-omon bo’lishsin

  17. ❤️ona. Bu asar menga juda-juda yoqadi. Oʻtkir Hoshimov mening eng sevimli yozuvchim. Hozirda uning «uzun kechalar» ini oʻqiyapman.

  18. Salom bu qissa menga juda yoqadi bu qissasi ona ♥️♥️tasvirlabdi boshimizga onajonlarimiz soģ bòlsinlar

Izoh qoldiring