O’zbekning ardoqli shoiri Shavkat Rahmon (1950-1996) tug’ilgan kun.

045Сизга тақдим этилаётган видеодаги расмлар сунъий интеллект ёрдамида жонлантирилган. Шавкат Раҳмон шеърини Қуддус Асад ўқиган

АГАР…

Туҳматдан йиқилса
бирорта дўстим,
мен-чи хилватларда беркиниб ётсам.
Бу ҳам етмагандай анча вақт ўтиб,
покликдан сўйласам,
хотира сотсам.
Йўқ, бўлмас,
яшардим бошимни эгиб,
кезардим умрбод юртма-юрт ошиб.
Одамзот кўзига қаролмасам тик,
кўксимга осилган бўларди бошим.
Йўқ, йўқ, йўқ…
Албатта бирга бўлардим
тамуғ малайлари ишга тушган чоқ.
Дўстимла ёнма-ён туриб ўлардом,
эҳтимол, ўлардим ундан олдинроқ.

Sizga taqdim etilayotgan videodagi rasmlar sun’iy intellekt yordamida jonlantirilgan. Shavkat Rahmon she’rini Quddus Asad o’qigan

AGAR…

Tuhmatdan yiqilsa
birorta do‘stim,
men-chi xilvatlarda berkinib yotsam.
Bu ham yetmaganday ancha vaqt o‘tib,
poklikdan so‘ylasam,
xotira sotsam.
Yo‘q, bo‘lmas,
yashardim boshimni egib,
kezardim umrbod yurtma-yurt oshib.
Odamzot ko‘ziga qarolmasam tik,
ko‘ksimga osilgan bo‘lardi boshim.
Yo‘q, yo‘q, yo‘q…
Albatta birga bo‘lardim
tamug‘ malaylari ishga tushgan choq.
Do‘stimla yonma-yon turib o‘lardom,
ehtimol, o‘lardim undan oldinroq.

85

(Tashriflar: umumiy 49, bugungi 1)

Izoh qoldiring