Jorj Bayron. Vido

bayron

Jorj Noel Gordon Bayron (Lord George Gordon Byron) (1788.22.1, London — 1824.19.4, Misolungi, Gretsiya) – buyuk ingliz shoiri. Kembrij universitetida o’qigan. 1809 yildan lordlar palatasi a’zosi bo’lgan.
Bayron 1817-22 yillarda Italyada yashaydi. “Chayld Garold ziyorati” (1812,11817-18),“Tasso shikoyati” (1817), “Mazepa” (1818) poemalari, “Manfred” (1817), “Xotin” (1821) dramalarida inson va dunyo, muhabbat va adolatsizlik muammosi yetakchi mavzu bo’lgan. Bayron 1818 yilda shoh asari “Don Juan” she’riy romanini yozishga kirishgan.Asarda nson taqdiri va muhit masalasi birinchi o’ringa chiqqan.
Jorj Bayronning qator she’rlari, “Chayld Garold ziyorati”,“Manfred”, “Shiylon tutuni”,”Shiylon soneti” dostoni o’zbek tilida nashr qilingan.

gul

Jorj Bayron

VIDO

Alvido,yor! Agar shu balo
Qismatda bor bo’lsa – alvido!
Sen berahm bo’lsang ham,ammo,
Men dushmanlik  ko’rmasman ravo!

Quchog’ida shirin,osuda
Uyqu bilan to’lib yotganing,
Yor hislari also ko’zingga
Badnom bo’lib uchramas saning!

Agar qalbim urishlarini,
Jindak seza olsayding – inon!
Shuncha yomon ko’rmakdan mani
Bo’lur eding o’zing pushaymon.

Yurt kulsa ham endi mayliga,
Zarbi gali sendadir bu bor:
Men mubtalo bo’lgan baloda
Seni maqtov qilar sharmisor.

Mayli qaro,osiy bo’lay man,
Haq ham beray qarg’amoq uchun,
Ammo,meni quchib o’rgangan
Qo’llar bilan o’ldirmoq nechun?

Sen ishonkim,sevgi o’tini
Yolg’iz yillar so’ndira olur.
Achchiq g’azab ikki yurakni
Ajratolmas va ojiz qolur.

Shu sezgi senda ham saqlanur,
Sevib yonmoq qismatdur menga,
Bir o’y bilan yuragim yonur:
Endi doim yotdur men senga.

O’luklarga alamli faryod,
Oh,naqadar mudhish bu taqqos?
Ikkimiz ham hayotmiz,hayhot…/
Kunlar o’tar bevalarga xos.

Shirin tili shod etgan chog’da
Qizimizni erkalar ekan,
‘Qizim,otang sendan uzoqda’, —
Deya imo qilganingda san –
Payqaganda mas’uma buni,
Uni o’p-u shu onda bedod
Sevging ichra jannat topganni
Va xayrixoh bo’lganni et yod.

Agar qizda, tashlab ketganing,
Bir yer topsang padarga o’xshash,
Ura boshlar yuraging sening
Va qo’zg’alar manda ham shu g’ash.

Gunohimni bilarsan,balki?
Majnun bo’lib suyganim,xolos.
Armonlarim xazon va seni
Suymak bilan kuyganim,xolos.

Borlig’imni titratding,ishon,
Kiborlikni sevmas bu mag’rur
Ruhim seni derdi va bu jon,
Endi undan abad ajralur.

Hamma bitdi – so’zlardir abas,
Men aytganlar undan ham yomon,
Lekin qalbga biz hokim emas,
Unda orzu cheksizdir hamon.

Alvido,yor! Sendan uzoqda,
Har bir munis narsadan mahrum,
Qalbim azob degan tuzoqda,
Bundan ortiq bo’larmi o’lim?

Hamid Olimjon tarjimasi

(Tashriflar: umumiy 1 216, bugungi 1)

3 izoh

  1. Ажойиб шеър.
    «Видо»нинг ютуқ томони уни қаерда яшашидан, қайси миллатга мансублигидан қатиий назар киши кўнглига бирдай етиб боришида. Таъсирлантиришида.

  2. Don Juan asarini tarjimasini saytga qo’yinglar o’qimoqchi bo’lganlar juda ko’p

Izoh qoldiring