Avarlar deydiki…

Ashampoo_Snap_2017.02.25_00h49m34s_002_.png    Аварлар Доғистонда яшовчи элатлар орасида нуфус жиҳатидан энг йиригидир. Шоир Расул Ҳамзатов ижоди билан дунёга донғи таралган бу халқ тоғликларга хос мағрурлиги, ўр табиати билан бошқа халқлардан ажралиб туради. Ўзига хос анъаналарини неча асрлардан бери эъзозлаб келаётган аварларнинг ҳаётий қараш ва хулосалари лўнда, қисқа. Ортиқча бўяб-бежалмаган содда ва равшан фикрлар ифодаланган авар мақоллари миллат атворини яққол ифодалаб кўрсатади.

АВАРЛАР ДЕЙДИКИ…
Авар халқ мақоллари
09

Бурч унутилмайди.

* * *

0_2feb3_11667567_XL.jpg

Катта йўлдан узоқлашма; отангнинг дўстларидан айрилма.

* * *

Айтган сўзинг арғумоғингдан қиммат.

* * *

Тўкилган қон қуримас.

* * *

Сабр – жаннат калити.

* * *

Омборингни меҳнатингдан тўлдирасан.

* * *

Келгиндининг уйи – овулнинг этагида.

* * *

Бўлар-бўлмасга акиллаган ит тез қарийди.

* * *

Ватансиз одам нонсиз тўрвадек гап.

* * *

Гапга шошма, ишга шош.

* * *

Ботир жангда жон берар, қўрқоқ тўшакда.

* * *

Тақдиринг — хулқингдан.

* * *

Ҳақиқат чўққига бошлайди, ноҳақлик — жарга.

* * *

Қуён кўрганники эмас, тутганники.

* * *

Ёқутнинг баҳоси гардишида билинар, одамнинг баҳоси эса ўз уйида.

* * *

Қуённинг кушандаси – ўз изи, какликнинг кушандаси – ўз овози.

* * *

Текис ерда турган эгри тўғри бўлиб қолмайди.

* * *

Уйлангунингча, ўн киши билан маслаҳат қил, ажралгунингча эса юз киши билан.

* * *

Ёмоннинг дўсти ҳам ёмон.

* * *

Қуённи тутмай туриб, оловга қозон қўйма.

* * *

Соҳибининг олдида мушук итдан зўр чиқибди.

* * *

Номусини асролмаган хор бўлади.

* * *

Калта узун бўлмайди, ўтмиш ортга қайтмайди.

* * *

Ashampoo_Snap_2017.02.25_00h45m05s_001_.png

Юзига мақтама, ортидан сўкма.

* * *

Сабр – юз уйнинг хўжайини.

* * *

Охирини ўйлаган қаҳрамон бўлолмайди.

* * *

Сўзнинг қисқаси, арқоннинг узуни яхши.

* * *

Болали қарғага емиш тегмас.

* * *

Қўйнинг семизлиги — чўпондан, сигирнинг семизлиги — хотиндан.

* * *

Уйингда тополмаган бахтни бегона жойдан тополмайсан.

* * *

Йўқотилган пулни топиш мумкин, йўқотилган вақтни топиб бўлмайди.

* * *

Тириклар орасида ўлганлари, ўликлар орасида эса тириклари бор.

* * *

Олманинг таъмини билиш учун бутун боғ ҳосилини ейиш шарт эмас.

* * *

Бировни алдаган ўзини алдар.

ХУРШИДА тайёрлади.
Манба: «Қашқадарё» газетаси.20.12.2016

5-1.jpg Avarlar Dog‘istonda yashovchi elatlar orasida nufus jihatidan eng yirigidir. Shoir Rasul Hamzatov ijodi bilan dunyoga dong‘i taralgan bu xalq tog‘liklarga xos mag‘rurligi, o‘r tabiati bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. O‘ziga xos an’analarini necha asrlardan beri e’zozlab kelayotgan avarlarning hayotiy qarash va xulosalari lo‘nda, qisqa. Ortiqcha bo‘yab-bejalmagan sodda va ravshan fikrlar ifodalangan avar maqollari millat atvorini yaqqol ifodalab ko‘rsatadi.

AVARLAR DЕYDIKI…
Avar xalq maqollari
09

Burch unutilmaydi.

* * *

5907.jpg

Katta yo‘ldan uzoqlashma; otangning do‘stlaridan ayrilma.

* * *

Aytgan so‘zing arg‘umog‘ingdan qimmat.

* * *

To‘kilgan qon qurimas.

* * *

Sabr – jannat kaliti.

* * *

Omboringni mehnatingdan to‘ldirasan.

* * *

Kelgindining uyi – ovulning etagida.

* * *

Bo‘lar-bo‘lmasga akillagan it tez qariydi.

* * *

Vatansiz odam nonsiz to‘rvadek gap.

* * *

Gapga shoshma, ishga shosh.

* * *

Botir jangda jon berar, qo‘rqoq to‘shakda.

* * *

Taqdiring — xulqingdan.

* * *

Haqiqat cho‘qqiga boshlaydi, nohaqlik — jarga.

* * *

Quyon ko‘rganniki emas, tutganniki.

* * *

Yoqutning bahosi gardishida bilinar, odamning bahosi esa o‘z uyida.

* * *

Quyonning kushandasi – o‘z izi, kaklikning kushandasi – o‘z ovozi.

* * *

Tekis yerda turgan egri to‘g‘ri bo‘lib qolmaydi.

* * *

Uylanguningcha, o‘n kishi bilan maslahat qil, ajralguningcha esa yuz kishi bilan.

* * *

Yomonning do‘sti ham yomon.

* * *

Quyonni tutmay turib, olovga qozon qo‘yma.

* * *

Sohibining oldida mushuk itdan zo‘r chiqibdi.

* * *

Nomusini asrolmagan xor bo‘ladi.

* * *

Kalta uzun bo‘lmaydi, o‘tmish ortga qaytmaydi.

* * *

2836.jpg

Yuziga maqtama, ortidan so‘kma.

* * *

Sabr – yuz uyning xo‘jayini.

* * *

Oxirini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi.

* * *

So‘zning qisqasi, arqonning uzuni yaxshi.

* * *

Bolali qarg‘aga yemish tegmas.

* * *

Qo‘yning semizligi — cho‘pondan, sigirning semizligi — xotindan.

* * *

Uyingda topolmagan baxtni begona joydan topolmaysan.

* * *

Yo‘qotilgan pulni topish mumkin, yo‘qotilgan vaqtni topib bo‘lmaydi.

* * *

Tiriklar orasida o‘lganlari, o‘liklar orasida esa tiriklari bor.

* * *

Olmaning ta’mini bilish uchun butun bog‘ hosilini yeyish shart emas.

* * *

Birovni aldagan o‘zini aldar.

XURSHIDA tayyorladi.
Manba: “Qashqadaryo” gazetasi.20.12.2016
.

09

(Tashriflar: umumiy 303, bugungi 1)

Izoh qoldiring