Дунёда шоирман деган зот борки,уларнинг энг самимий, энг жозибали сатрлари оналарига бағишланган. Бу сатрлар юракларга ҳаяжон солади, инсоннинг энг азиз хотираларини уйғотади. Ўзбек шеъриятида она ҳақида ёзилган шеърлар кўп. Уларнинг энг ҳаяжонлисини устоз Абдулла Орипов ёзган, десам хато қилмайман.
Абдулла ОРИПОВ
ОНА ҲАҚИДА ШЕЪРЛАР
ОНАМ ВАФОТИГА
Маконда ломаконсан,энди қайдан излагайдурман,
Фиғоним кимга айтиб,кимга сендан сўзлагайдурман.
Бировлар мотамида оҳу фарёд айлаган эрдим,
Сенинг-чун,эй,ғарибим,ич-ичимдан бўзлагайдурман.
1966
ОНАЖОН
Онам Турди Эрдона Карвон қизи хотирасига
I
Неча кунки йўқ оромим
Келолмайман ҳушимга.
Онажоним кечалари
Кириб чиқар тушимга.
Қўлларида оқ элпиғич
Ой нурида ялтирар.
Онажоним имлаб мени
Қошларига чақирар.
Келтирарлар гоҳо бешик
Кўзларида ҳаяжон.
Ётар пайтинг бўлди-ку дер,
Кела қол, дер, болажон.
Қайларгадир югураман,
Фиғонимдан чиқар дуд.
Йиғлама, деб қўлларимга
Тутқазарлар сўнг тобут.
Тонгда руҳсиз кўз очаман,
Қовурилар танда жон.
Онажоним, бундай қилма,
Бундай қилма, онажон.
Ахир ўзинг дер эдинг-ку,
Силаб ўксук бошимни:
— Энди сенга берсин умр,
Сенга берсин ёшимни.
Афсус, ўзинг эрта кетдинг,
Эрта кетдинг оламдан.
Укаларим бағрим эзар,
Ажрадик деб онамдан.
Бевақт хазон бўлмай ҳар ким
Ёшаб ўтсин дунёда.
Онажоним, ҳар ким ошин
Ошаб ўтсин дунёда.
Гарчи фано ҳар кимсага
Азалий бир қисматдир.
Лекин, она, тириклик ҳам
Билсанг, ярим ҳикматдир.
Тушларимда, майли, бошим
Силаб тургин, онажон.
Қолганларга энди умр
Тилаб тургин, онажон.
II
У кун четда оҳ чекардим
Ғуссаларнинг дастидан.
Сен отамга пул берибсан
Ёстиғингнинг остидан.
Айтибсанки, онасизлик
Келмасин ҳеч ўйига.
Сарф қилингиз, менга эмас,
Абдулланинг тўйига.
О, ўғлингга сен шафқатни
Билардинг-ку, онажон.
Бундан кўра бағрим ўйсанг
Бўларди-ку, онажон.
Заррагина раҳм этгали
Сабринг менга йўқмиди?
Онажоним, бундан ўзга
Жабринг менга йўқмиди?
Йўқмиди ҳеч ўзга гапинг, —
Нола қилиб сўйласанг.
Наҳот, ахир сўнгги дам ҳам
Фарзандингни ўйласанг.
Ахир орзу қочиб кетмас,
Битказар-ку тириклар.
Онажоним, бир кунини
Ўтказар-ку тириклар.
Унутилар ғуссалар ҳам,
Орзулар ҳам чўзар бўй.
Онажоним, балки бир кун
Айтганингдай бўлар тўй.
Балки сенинг қабринг узра
Кўкарганда гул, чечак,
Остонамга қадам қўяр,
Сен истаган келинчак.
Кимдир унинг йўлларига
Балки гул ҳам сочади.
Балки мунис опажоним
Кел, деб, қучоқ очади.
Балки дўстлар даврасида
Камим бўлмас ҳеч қачон.
Лекин сени ўша дамда
Қайдан топай, онажон.
III
Эсимдадир, титрар эдим —
Ғамгин, болиш пастида.
Китобимни кўрдим ногоҳ
Бошгинангнинг остида.
Тошдай қотдим ўшал они
Бор тоқатдан айрилиб.
— Шоир ўғлим, — дединг менга
Секингина қайрилиб.
Онажоним, сўнг бор менга
Нафас қилдинг у замон.
Шоир бўлгин, дея балки
Ҳавас қилдинг у замон.
Онажоним, балки мен ҳам
Бир кун шавққа тўларман.
Балки мен ҳам айтганингдай
Бир кун шоир бўларман.
Куйлай десам ҳурматингни
Ушбу кунда тилим лол.
Балки фақат шу сабабли
Шоир бўлсам эҳтимол.
Балки сарсон-аросатда
Қолиб кетмас бу таним,
Камолимни кўрар балким,
Юртим, она Ватаним.
Пайти келиб тўлар бир кун
Паймона ҳам беомон.
Кузатарлар мени ҳам сўнг
Сенга томон, сен томон.
Балки у кун бошим узра
Дўстлар бош ҳам эгадир.
Ўша дамги иқболим ҳам,
Онажоним, сенгадир.
Дилда неки журъатим бор,
Дилда неки ҳаяжон,
Бари, бари сенга бўлсин,
Сенга бўлсин, онажон.
Сенга бўлсин бор ҳаётим,
Номим, шоним бир йўла.
Хотирангга ушбу шеърни
Ёзди ўғлинг Абдулла.
Dunyoda shoirman degan zot borki,ularning eng samimiy, eng jozibali satrlari onalariga bag’ishlangan. Bu satrlar yuraklarga hayajon soladi, insonning eng aziz xotiralarini uyg’otadi. O’zbek she’riyatida ona haqida yozilgan she’rlar ko’p. Ularning eng hayajonlisini ustoz Abdulla Oripov yozgan, desam xato qilmayman.
Abdulla ORIPOV
ONA HAQIDA SHE’RLAR
ONAM VAFOTIGA
Makonda lomakonsan,endi qaydan izlagaydurman,
Fig’onim kimga aytib,kimga sendan so’zlagaydurman.
Birovlar motamida ohu faryod aylagan erdim,
Sening-chun,ey,g’aribim,ich-ichimdan bo’zlagaydurman.
1966
ONAJON
Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.
Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.
II
U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.
O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?
Yo`qmidi hech o`zga gaping, —
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.
Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.
Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.
Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.
Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.
Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.
III
Esimdadir, titrar edim —
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.
Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
— Shoir o`g`lim, — deding menga
Sekingina qayrilib.
Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.
Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.
Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.
Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.
Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.
Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.
Dilda neki jur’atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.
Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu she’rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.
Har gal shu sherni o’qiganimda ko’zimdan munchoq-munchoq ko’z yoshim to’kiladi.
Silardan iltimos, kimda ushbu sherni O’tkir Siddiqov tomonidan monolog shakilda aytilgan video yoki audio ko’rinishida bo’lsa don_9007@bk.ru pochta manzilimga habar beringlar, iltimos!!! Oldindan raxmat !!!
Salom ushbu polral ijodkollari xamda sayt mexmonlari.
Albatta 1989 yil 11 yoshimda ushbu sher mening ilk sheriyatga mehir qo’yishimga sababchi bulgan , ushanda serni to’laligicha yodolgandim va xaligacha mulola qilib turaman . qolaversa bu she’rdan ilhomlanib o’zim xam ber nechta she’rlar yozdim…
Sayt ijodkorlariga rahmat. Bu she’rlar har doim hayajon uyg’otadi. Bir istak — Abdulla Oripovning eng so’nggi she’rlaridan ham namunalar berilsa…
Dunyoda ona haqida she’rlar ko’p, ammo ustoz shoirning bunday sermahzul satrlari xarsangni ham yig’lata oladi
Bu satrlar men uchun muqaddas.Umringiz uzoq bo’lsin Abdulla aka.
Buyuk dhoirning buyuk sjeri
ха мен хам бу шеърни мактабда укиб юрган чогларим ёдлаганман ва 8мартда сахнада айтганимда пачти хамма йиглаган эди балким онамнинг йуклиги хам сабаб булган булиши мумкин йиглаганларга кишлокда хамма биладию бир бирини жумладан онам йуклигиниям
Umr qisqa Abdulla akaning ohiratlari obod bo’lsin, ruhlari shod bo’lsin, yozgan asarlari doimo qalbimizda.
Почему именно стихи про свою маму
Потому что она его Мама
Шеъриятда она номига ўрнатилган хайкал
Onalarni yo’qlab turing,keyin kech bo’ ladi!
Ажойиб шеър …… Бундан ортик таъриф беришга юрагим хапкириб кетаяпти
бу шеърни жуда кимматли ҳисоблайман
ha albatta ona bebaho onalarimiz bizning baxtimiz shoir va adiblarimizdan minnatdorman
onaga haykal qoysak ham uning bir kecha aytgan allalariga teng kelmas rahmat sizga
дар хакикат бе хад яхши шеьр
Onalar buyukdir zero xar ona oz bolasini oylaydi bundan xech xam charchamaydi xech xam uyalmaydi. Men bu sherni oqiganimda onajonimni yana xam kopiroq Yaxshi korib ketaman.
JUDAYAM ZO’R!
a’lo
Juda mazmunga boy sher. Oqigan odam onasini undanam ortiq yaxwi korishini anglaydi.
Ollohning rahmati bo’lsin shunday qalbli o’g’ilni dunyoga keltirgan Onaga va onani yod olgan O’g’ilga.r
Maма я люлблю тебя
azamatman. Qarshidan. Ona haqida abdulla oripov sherlari meni yig’latadi. Qoyilman.
Qoyil qolish kerak kõzlarimga yosh tõldi. Õzlari ham tilab tilab ona tomon yõl oldi.
Joyingiz jannatlardan bõlsin Abdulla Oripov Mohinurdan.
Juda ham zo’r gap yo’q bunday o’g’ilni dunyoga keltirgan onaning joylari jannatda har bir onaga mana wunday farzand ulg’aytiriw nasib qilsin ilohim.INSHAALLOH
Abdulla oripovning
Jaxolat to’g’risi rivoyatini qo’shsangiz iltimos to’liq shaklida
Bu portal menga juda yoqdi
Voydooooooooood
Baxtimizga onalarimiz sog‘ bo‘lishsin!
Vapshe gap yoq taʼriflashga til ojiz
Абдулла Ориповнинг Хар Бир щеьри жуда мазмунли. Айникса,она хакида ёзган щеьрлари, хар биттаси жуда куп мазмунга ега.
Ona haqida yozilgan eng chiroyli she’r
bu juda zòr
shunchaki ofarin
Она куйилган бу шеърий хайкал . Шоир меъмор булиб берибди сайкал..
Odamdi yiglatib yuboregon sher
Bu she’rni maktab paytida Geografiya domlamiz [A.Zokirov] darsdan tashqari paytlarda ko’p o’qib berar edilar. O’sha payt hamma jim bo’lib qolardi,domlaning ko’zlaridan duv duv yosh oqardi.Maktabni tamomlaydigan yilimiz Domla ham vafot etdilar. Bugun esa shu she’rni o’qib yuragim hapqirib ketti. juda go’zal she’r. Yig’lamaslikning iloji yo’q.
Ha albatta barchamizning qalbizda chuqur iz qpldirgan Abduĺla Oripov va uning Onajon nomli sheri barchaga birday mamnun boldi bu sherni oqigan inson esa qalbida onaga bolgan mehr va qadrni yana bir karra tugsa ajabmas
Ha albatta bu juda zoʻr
Bu judayam zor
Zoʻr sheʼr
Mengaham bu wer juda yoqdi maktabda adabiyot darsida kozlarim yowga tolgan holda aytdim
juda yaxshi she’r ekan o’qib tasirlandim hattoki yig’lab yubordim
Ollox hech qaysimizni onajonimizdan ayirmasin illoho
Judayam tasirli ekan
ajoyib va juda tasirli
Онага куйилган бу шеърий хайкал
Шоир хайкалтарош. Берилган сайкал.
Узлари хам бугун манга уйкуда.
Шеърдан завк оламиз укисак хар гал.
Assalomu alaykum.Menga Abdulla Oripovning sheʼriy toʻplamlari judayam yaxshi va yegʻlatadigan sherlaridan biri «ONAJON»sherlari judayam yaxshi koʻraman. Iloyim jonlari jannatda boʻlsin.
Salom bu she’r Juda ham zo’r
Juda ajoyib sher ekan.O`qib ko`zimdan yosh bchiqib ketdi.
Men bu she’ri mazza qilib o’qidi va yod oldim. Biz bu she’rni 2022 yil 5 mart kuni sinf bo’lib attik. Bni yozgan muallif ga katta-kon raxmat. Jannattiy bo’lsinlar
Assalamu alaykum hammaga. Bu she’rni ilk bor boshlangich sinf rahbarimdan eshitgandim va she’rga muhabbat qòyishimga sababchi bulganlar. Nixoyat yodladim, har oila, dòstlar davrasida aytganimda kòzlarida yosh namoyon buladi. She’rga necha yillar bulgan bulsada hamon kuchini yòqotmaydi, abadiy shunday bulib qoladi insha’Allah
Men bu sherni 1sinfda yod olganman.Yod olganimga 30yil bo’ldi.Har safar bu sherni aytganimda albatta ko’zimga duv duv yosh keladi.Mening onam hayotlar umrlari uzoq bolsin.Lekin bu sher toshni ham yigʻlaydi.Shoir Abdulla Oripovning ohiratlari obod boʻlsin.Bunday shoir qayta tugʻilishi dargumon.
Бу шер жуда чукур манога эга эга хар гал сахналарда шу шерни укисам бутун зал мухлислар кузларида ёш билан эшитишади а охирида уринларидан туриб арсак чолишади бу кадар утинчли шер хар бир инсон калбини титратади.
Бу шеърни онажоним ёшлигида ёдлатган элилар бошини билгандек ёдлатганми деб коламан 1 ёки 2 йил утиб узлари оламдан утдилар 15 йил булибди йиглаб йиглаб укидим
Мен бу шеьрни 1985йилда бир тадбирда ўқиганман хамма кўзда ёш билан тинглаган хозиргача ўқийман ва невараларимга хам ёдлатаяпман шоирга бир умр таьзимдаман
Maktabda adabiyotdan Ustozimiz yodlatgan edilar sherni.sherni necha yıllar izladim bugün topdim.juda tasirli sher.usha maktab paytida ham ohirigacha uqiyolmay yuglab yuborardik.hozir farzandlarimga yarmigacha uqib beroldim.yana yiglavordim.Onajonlarimizni umrilari uzoq bulsin.
Барча Оналарга куйилган хайкал бу шеьр.
Juda zo’r she’r ekan.
Barchaning boshiga keladigan qismat bu hammamiz ham jondan aziz onajonimimizdan ayrilamiz She’rga gap yoʻq judayam taʼsirli Barchamizga Onajonimiz bilan bir kunda oʻlim topish nasib etsin Onalarimizni umrlari uzoq boʻlsin omin
juda zur sher ekan manga yoqti
Ажойиб